𝗙𝗔𝗧𝗛𝗢𝗠𝗟𝗘𝗦𝗦 | 7 — 𝗘𝗽𝗶𝘀𝗼𝗱𝗲.
PovKarina: Yoongi bilan ohirgi marta kirishganimizda beri Miyeon meni savollar bilan koʻmib tashladi. Menga huddi u bilan ikkalamiz bir hayotda yashayotgandek tuyuladi, chunki u mening shaxsiy hayotimda nima sodir boʻlsa barchasidan xabardor.
Oʻylashim boʻyicha men ham unga yoqaman, lekin munosabatlar uchun hali juda erta deb oʻylayman. Chunki yuragim unga talpinsa da faqatgina shu uchun u bilan uchrashishni boshlay olmayman.
Miyeon esa gʻirt teskarisi. U yigitlarni huddi paypoqdek almashtiradi. Men hayron qolmayman chunki u juda ham chiroyli, hech qaysi yigit uning oldida oʻzini tutib tura olmaydi. Unga har hafta gullar va sovgʻalar yuborishadi.
Ammo unga sevgining ummumam qizigʻi yoʻq, Miyeon faqat yigitlarning tashqi koʻrinishi va daromadiga qarab baxolaydi. Menimcha u hayoti davomida bir bora boʻlsa ham chindan sevib qolmagan.
Baʼzida hayron qolaman ikkimiz ummumam boshqa boshqa dunyolardan boʻlsakda, eng yaqin dugonalarmiz.
Odatdagidek tongni boshladim. Yuz qoʻlimni yuvib oʻzim uchun toʻster va tuxum pishirishni boshladim.
Telefonimdan chiqqan ovoz etiborimni tortdi. Ekrandagi ismni koʻrishim bilan yuzimga beixtiyor ravishda tabassum yugurdi.
« Hayrli tong! Yaxshi dam oldingmi? »
« Hayrli tong! Ha, oʻzinchi ?»
« Toʻgʻrisi, ohirgi marotaba koʻrishganimizdan beri hayolimdan ketmaysan, Karina. Kechasi bilan seni oʻylab chiqdim »
Habarni oʻqish barobar yuzim qizgʻish tusga kirdi. Bunga nima deb javob berishim mumkin?
Ikkilangancha barmoqlarimni klaviatura ustida yurgazarkanman, birorta tugmani bosishga ulgurmasimdan ekranda keyingi habar paydo boʻldi.
« Odatdagidek nonushta tayyorlayapman »
« Yoqimli ishtaha » — biroz muddat oʻtar oʻtmas keyingi habar keldi.
« Balki bugun yana koʻrishamiz? Oʻtkan safargi suhbatimizni davom ettirishni xohlayman) »
Yana koʻrishishni xohlaydimi ? Menimcha niyati jiddiy. Har gal habar yozganida yuragim gʻalati uryapti. Huddi hayajondna yorilib ketmoqchi dek.
Oʻylab oʻtirmay rozi boʻldim, menimcha bunga hojat ham yoʻq.
« Men markaziy hiyobon yonida bitta yaxshi qahvaxonani bilaman. Balki oʻsha yerga borarmiz ? »
PovKarina: Yoongi bilan yana ozroq suhbatlashdik. Kunini qanday oʻtkazmoqchi ekanligini soʻradim va shunga oʻxshash narsalar.
Birozdan soʻng u menga singlisining suratini yubordi. Sirli oshiq bilan boʻlib unga bergan vaʼdam butunlay yodimdan koʻtarilibdi. Axir singlisining portretini chizmoqchi edimku!?
Tan olish kerak u juda goʻzal qiz ekan, ammo Yoongiga hech ham oʻxshamaydi. Bu meni ummumam bezovta qilmadi, chunki men oʻzim ham onamga oʻxshamayman.
Moy qalam va boʻyoqlarni olgancha, uyimda kichkina xonada joylashgan rasm chizish uchun usta xonamga yoʻl oldim. Oldinlari faqat universitetda berilgan topshiriqlar boʻyida rasmlar chizardim.
Togʻ manzaralari, dengizning joʻsh urayotgan toʻlqinlari, oʻrmonlar, mashhur binolar va shunga oʻxshash rasmlar. Ammo hech qachon inson portretini chizib koʻrmaganman.
Suratdagi qizning yuz tuzilishini yaxshilab oʻrganib chiqdim: Yuzi kichkina dumaloq shaklda, koʻzlari va sochlari och jigarrang, burni tepaga qaragan. Suratda u yengil tabassum bilan yoqimtoy koʻrinardi.
Ogʻir uh tortgancha qalamning uchini oppoq qogʻozga tekkizdim. Bu qoʻlimdan kelishiga ishonchim komil. Shunday chiroyli yuzni barbod qilolmayman axir bu tugʻilgan kun uchun sovgʻa.
Rasm bilan ovvora boʻlib vaqt qanday oʻtib ketganini ham sezmay qolibman. Agar hech kim bezovta qilmasa butun kunimni shu xonada rasm chizish bilan sarflashim mumkin.
Suratni boshlangʻich detallarini chizib boʻldim, rang berish qoldi holos. Oʻrnimdan turib ustimni qoqdim, soatlab hoʻlsting qarshisida oʻtirganim uchun belim ham qotib qolibdi.
Moy qalam va boʻyoqlarni yigʻishtirib uchrashuvga tayyorgarlik koʻrishni boshladim. Oldiniga koʻylak kiymoqchi boʻldim, ammo tashqari salqin. Oq shim va sviter kiydim. Sochlarimni yengil toʻlqinli turmakladim va shunchaki yoyib qoʻydim.
Pardozga keladigan boʻlsak, odatda ummumam boʻyanmayman. Lekin buni yaxshi uddalayman. Oʻta yorqin boʻlmagan, ammo eʼtiborni tortuvchi pardoz qildim.
Uydan chiqishdan oldin soatga qaradim, ayni vaqtida tayyor boʻlibman. Padʼyezddan chiqishim bilan katta tezlikda kelayotgan mashina mendan unchalik ham uzoqda boʻlmagan koʻlmakdagi suvni ustimga sachratib yubordi.
Jahl bilan haydovchini lugʻatimda bor soʻkinishlar bilan haqoratladim. Oppoq shimim endi esa loyga belangan edi. Uff tortib kiyimimni almashtirish uchun uyga qaytib kirib ketdim.
Qanday qilib men uchun muhim boʻlgan kunda bunday narsa sodir boʻlishi mumkin!? Balki bu belgidir? — deb ham oʻylab qoldim.
Hayollarimni yigʻishtirib tezda kiyinishni boshladim, bu vaqt ichida allaqachon kechga qolib boʻldim. Tezda taksi chaqirib Yoongi aytgan qahvaxonaga yoʻl oldim.
Qahvaxonaga kirishim bilan unga koʻzim tushdi tezda shoshib u oʻtirgan stolga yaqinlashdim.
— Ming bor uzur soʻrayman, kechga qoldim. — dedim men oʻtirish barobar.
— Hech qisi yoʻq, qizlarning kechga qolishi bu oddiy hol.
Uning soʻzlarini eshitgach yengil tabassum qilib qoʻydim.
— Men allaqachon taom buyurtma berib boʻldim. Umid qilamanki senga yoqadi.
Men bosh irgʻab qoʻydim. Yoongi bilan taom ustida suhbatlashdik, huddi 10 yildan beri tanishlardek. U menga bolaligi va singlisi haqida soʻzlab berdi. Oilada yolgʻiz farzand boʻlganim uchun unga juda havas qildim.
Yoshligimda oʻzimni koʻp yolgʻiz his qilardim. Hattoki qoʻrqinchli tushlardan titragancha uygʻongan paytlarim meni ovutadigan inson boʻlmagan.
Men unga chizgan rasmlarim va sanʼatga qiziqishim qanday paydo boʻlganini aytib berdim. U esa shunchaki jimgina meni tinglardi. Bu kechani birga juda maroqli oʻtkazdik.
— Ancha kech tushib qolibdi, men ketishim kerak. — dedim men muloyim ohangda.
— Oʻzim seni kuzatib qoʻyaman.
— Shart emas, oʻzim yetib olaman.
— Bunaqasi ketmaydi, uyingga hafsiz yetib olganingga ishonch hosil qilishim kerak.
Yoongi qatʼiy ohangda gapirdi, men ham ortiq qarshilik qilmadim.
Yoʻl boʻyi deyarli gaplashmadik shunchaki yonma yon ketdik, ammo hattoki sukunat ham yoqimli tuyulardi u bilan. Biz men yashaydigan koʻp qavatli binoga yetib keldik.
— Kuzatib qoʻyganing uchun raxmat.
Yengil tabassum bilan gapirdim. U ham jilmayib koʻzlarini menikilardan uzmasdi, nigohlari pastlashib lablarimda toʻxtadi.
U ikki qoʻlini yelkamga qoʻyib yuzim tomon yaqinlasha boshladi. Nima qilmoqchi ekanligini anglagan onim tanam boʻshashib ketdi. Shunchaki koʻzlarimni yumib unga oʻzin berdim.
Lablarimiz oʻrtasida deyarli masofa qolmaganida kimdir orqamdan kelib meni turtib yubordi. Men oldinga tirsalib ketdim, telefonim esa qoʻlimdan chiqib ketdi.
— Hooy! Yoʻlingga qarasang boʻlmaydimi !? — dedi Yoongi meni turtib yuborgan yigitga qarab.
U yigit baland boʻyli boshdan oyoq qoʻra rangda kiyingan edi. Yuzini bosh kiyimi yopib turardi, ammo yanogʻidagi chandiqni payqash kiyin emas edi. Yigit Yoongi tomon oʻgirildi va shunchaki qoʻlini koʻtarib unga oʻrta barmogʻini koʻrsatdi.
Yigit oʻrtiga oʻgirilmasdan ketarkan Yoongi uning ortidan soʻkingancha qoldi.
Men uni tinchlantirishga harakat qildim va telefonimni yerdan oldim. Hayriyatki erkan sinmabdi.
Yigitning qoʻllari musht boʻlib tugildi.
— Qoʻysang chi, bu shunchaki tasodif edi.
— Men endi ketishim kerak, hayr.— dedim men uzoq qolib ketganimizni anglagandan soʻng.
Unga ohirgi marotaba jilmayib uyga kirib ketdim.
Yoqimli mutola Moonlights 💓 Kam boʻlib qolgani uchun uzr soʻrayman chunki ohirgi paytlarda ff yoziw uchun na xohish bor, na idea. Please kament yozib reaksiya bosib manga mativatsiya berib turila 🥲