August 22, 2025

𝗗𝗼𝗻'𝘁 𝘀𝗮𝘆 𝘆𝗼𝘂 𝗹𝗼𝘃𝗲 𝗺𝗲 ! / 17 𝗲𝗽𝗶𝘀𝗼𝗱𝗲

𝐼𝑓 " 𝐼 𝑙𝑜𝑣𝑒 𝑦𝑜𝑢 " 𝑤𝑎𝑠 𝑎 𝑝𝑟𝑜𝑚𝑖𝑠𝑒, 𝑤𝑜𝑢𝑙𝑑 𝑦𝑜𝑢 𝑏𝑟𝑒𝑎𝑘 𝑖𝑡 ?

Quyoshning ilk nurlari oʻynadan moʻralab xonani sust nur bilan yoritib turardi. Yotoqda esa ikki sevishganlar kechagi iliq tundan soʻng, bir birining bagʻriga kirgancha sokin uhlab yotishardi. Ikkisi ham yalangʻoch, juda chuqur uyquda ekanligi kechagi qaynoq tunning yaqqol isboti edi.

Yigit qizning belidan mahkam quchib olgandi, uning tartibsiz sochlari Miraning boʻyniga tegib qitigʻini keltirardi. Qiz asta koʻzlarini pir piratib ochib, yonida uhlab yotgan eri tomonga oʻgirildi.

PovMira: Bu tushmi, yoki haqiqatmi?.. Hali ham uning qo‘llari belimni qattiq quchib turibdi. Yuragim tez uryapti, go‘yo ko‘kragimdan chiqib ketadiganday.

Kecha… kecha biz chindan ham shu qadar yaqin bo‘ldikmi?.. Men bunday jasoratni kutmagandim. Axir men… men bunday qilishim kerak emasdi. Lekin uning lablari, uning ovozi, menga qarashlari… hammasi meni o‘ziga mahliyo qildi.

U yonimda uxlayapti, xuddi beg‘ubor bola kabi, lekin men bilaman — bu bolaning ichida vahshiy ehtiros yashiringan. U meni o‘ziga shu qadar oson egalladi. Men esa qarshilik qilmadim… qarshilik qila olmadim.

Endi nima bo‘ladi? Men qo‘rqyapman, lekin ayni paytda shu lahzani yana va yana qaytarmoqchiman. U menga qaraganda men o‘zimni yo‘qotaman. Men butunlay unga tegishlimanmi endi?

Xuddi… agar ko‘zimni yumib olsam, hammasi tush bo‘lib chiqadiganday. Lekin yuragimdagi qizg‘in issiqlik aytmoqda: bu tush emas. Bu bizning birinchi kechamiz edi. Va men buni hech qachon unutolmayman.

Taehyung gʻinshib yuzini qizning boʻyniga chuqurroq koʻmdi, bundan Mira ovozsiz kulib qoʻydi. Yigit huddi kichkina ayiqchaga oʻxshab koʻrinardi, lablari biroz ochiq, derazadan yuziga tushib turgan nur esa uni yanada kelishgan qilib koʻrsatardi.

— Inson qanday qilib uylayotganida ham mukammal koʻrinishi mumkin...?

Pichirladi Mira oʻziga, uning nigohida chinakamiga hayrat va bir vaqtning oʻzida erining chiroyidan baxramand boʻlardi.

— Hayrli tong...— pichirladi Taehyung. Koʻzlari uyqudan yarim yumilgan, ovozi esa odatdagidan ham yoʻgʻonroq edi.

Mira uyalganidan hatto gapirish uchun ogʻiz ham juftlay olmas edi. Yanoqlari esa allaqachon shaftolidek yengil pushti tusga kirishni boshladi.

— Seni qizargan yuzing eng chiroyli tongi manzara men uchun.

Taehyung sokin ovozda gapirdi, ammo labining chetidagi tabassumni ilgʻash qiyin emas edi.

Uning soʻzlaridan Mira battar uyalib nigohini olib qochdi.

— Taehyung bas qilsangchi.

Uning qiligʻini koʻrib Taehyung battar kulardi.

— Axir kecha tunda uyalmayotgan edingku, mhm ?

Tunda boʻlgan ishlar huddi film tasmalariga oʻxshab koʻz oʻngidan hira shira oʻtardi. Bu voqealarni eslab Mira yuzini choyshabga koʻmdi.

— Qoʻysangchi, axir bu er xotin oʻrtasidagi boʻladigan oddiy hol-ku. — soʻzini davom ettirishdan oldin mingʻiyda jilmayib qoʻydi. — kechagi tundan zavqlanmadim deya koʻrma.

— Taehyung, jim boʻlsangchi! — dedi Mira jahl va uyat aralash.

Xotinining uyalishini koʻrib Taehyung zavq olardi. Uni sinash maqsadida sekin choyshabni pastka torta boshladi.

— Oʻlgiy keldimi !?

Mira tezda yigitning qoʻlidan ushlab harakatlarini toʻxtadi, koʻzlari hayratdan kengayib ketdi.

— Yoʻq, shunchaki...xotinimni yana bir bora tatib koʻrmoqchiman. — uning ovozi ehtiros aralash pasaydi.

Mira ogʻir yutinib qoʻydi, yigit mingʻiyda kuldi qoʻli esa allaqachon koʻrpaning tagida ayolining ochiq koʻkraklarini* silashni boshlagan edi.

— mmhm Taehyung...

Gʻinshib qoʻydi Mira, ammo uning harakatlarini inkor etolmasdi.

Taehyungning qoʻli pastlashib qizning belidan quchib oldi. Mira hayajondan ogʻir nafas olardi, yuzlarimiz orasidagi masofa shu darajada yaqin ediki erimning qaynoq nafasi terimni quydirardi.

Taehyungning qoʻzgʻalgan qattiq aʼzosi* sonimga tegib turardi, ammo uni bu ummumam bezovta qilmayotgan koʻrinadi. Ochiq tanamni silash barobar yuzimga yanada yaqinroq egildi.

Men avtomatik ravishda qoʻlimning erimning mushakdor koʻksiga qoʻydim. Taehyung asta jilmayib lablarini labimga bosdi mayin va iliq boʻlgan boʻsa. Men huddi u kabi talqinda boʻsaga javob qaytarishni boshladim.

U meni lablari bilan shunaqangi yaqin erkalar ediki, huddi uning quchogʻida erib ketadigan dek his qildim oʻzimni.

Ikki sevishganlar deyarli bir birining ogʻushida singib ketarkan, hatto xonaga yaqinlashayotgan qadam tovushlarini ham sezmay qolishdi. Ularning eʼtiborini eshik taqillagan ovozi tortdi.

Mira yigitning koʻksidan itarib huddi toʻk urgandek undan uzoqlashdi. Taehyung unga qosh chimirib qaradi.

— Shu mahalda kim kelgan boʻlishi mumkin?

Qiz inkor maʼnosida yelka qisib qoʻydi.

— Taehyung, uygʻondingizlarmi ?

Eshikning narigi tarafidan Taehyungning oyisining ovozi yangrar ekan, ikkalasi ham haykaldek tosh qotib qolishdi.

— Hali ham uhlab yotishibdimi bular? Men kiryapman.

Eshik dastasini buralishi bilan Taehyung oʻrnidan sapchib turdi, hali ham yotoqda yotgan Mira esa tezda tanasini choyshab bilan yopib oldi.

— Yoʻq! — keskin gapirdi yigit oyisining harakatlarini toʻxtatib. — Uygʻondik oyi, hozir chiqayapmiz.

— Tezroq boʻlinglar universitetga kechga qolasiz.

Shunday degancha Kim xonim xonadan uzoqlashdi.Yigit tezda sport shimi va oddiy futbolka ustiga kiyib oldi.

— Nega kiyinmayapsan? Hozir oyim kelib qoladilar.

Yotoqda hali ham harakatsiz yotgan ayolini koʻrar ekan qosh chimirdi.

— Haligi....— Mira uyalib gapirdi. — kiyimlarimni olib bera olasanmi ?

Taehyung qizga tushunmagandek qarab turarkan, birozdan soʻng bor ovozda kulib yubordi.

— Hazillashyapsanmi? Kechagi boʻlgan voqeadan soʻng ham mendan uyalyapsanmi ? — dedi yigit hali ham oʻzini kulgidan tiya olmay.

— U boshqa narsa edi, bu boshqa!

Mira huddi arazlagandek labini choʻchaytirib oldi.

Taehyung shkaf yoniga borib Miraning kiyimlarini olib chiqdi, ammo jiddiy qiyofada emas, balki o‘ziga xos sho‘x tabassum bilan qizga qarab turardi.

— Mana, kiyimlaring... — dedi u kiyimlarni qo‘lida silkitib. — Lekin bitta shartim bor. Avval «rahmat, oppaa » deysan.

— Taehyung! — Mira jahl aralash uyalib qichqirdi. — Tezroq ber! Oying kelib qoladi!

Taehyung esa kulimsirab kiyimlarni balandroq ko‘tarib, qiz choyshabni tanasi atrofida oʻrab olib kiyimlarini olish uchun ularga choʻzildi.

— O‘zimning xotinimni ozgina qiynab qo‘ysam bo‘lmaydimi? Kecha sen meni ancha qiynab qo‘yganding-ku...

Mira uning ustiga sakrab kiyimlarni olishga urindi, ammo choyshab sirg‘alib ketdi. Shu ondayoq Taehyungning uning yalang‘och tanasiga tushdi.

Yigit bir zum jim qotdi, yuzida qizib ketgan, hayrat va ehtiros aralash ifoda paydo bo‘ldi. Toʻgʻri u kechagina bu tanani koʻrdi, ammo roʻstdan ham hozir boshqacha edi.

Qiz uning qarshisida butunlay kiyimsiz, kecha tundan farqiy oʻlaroq yorugʻlikda uning tanasining har bir detalini koʻrishi mumkin edi.

Mira esa yuzlari qizarib sutdek oppoq tanasini yigitning nigohlaridan yashirishga urinadi. Taehyung ogʻir yutinib qoʻydi.

— mhm, Mira... — dedi u past ovozda, kiyimlarni hali ham bermasdan. — Men senga kiyimlaringni topshirsam ham, yana yechib olishimga to‘g‘ri keladiganga o‘xshaydi...

Mira esa qizarib ketgan yuzini yana choyshab bilan yopishga harakat qildi:

— Taehyung, bas qilsangchi! Yo‘qsa... oyingni o‘zim chaqirib kelaman!

Bu so‘zlardan keyin Taehyung kulib yubordi va kiyimlarni nihoyat qizning yoniga tashladi.

— Yaxshi, yaxshi... ammo keyin meni «menga kiyimimni ber» deya yalinib yurmagin, tushundingmi?

Mira esa kiyimlarini tezda quchoqlab oldi va yuvinish xonasiga yugurib ketdi, lekin ko‘zlarini yerga tikib, ichida: “Mana shu odam meni kun sayin aqldan ozdiryapti,” deb o‘ylardi.

Kichkina stol ustida nonushta tarqatilgan: issiq bugʻlangan guruch, kimchi, tuxum va sharbat. Mira odatdagidek xijolat bo‘lib, boshini pastga egib oʻtirar, Taehyung esa uyqudan endi uygʻongandek lanj, sochlari biroz tartibsiz.

Onasi ular qarshisida idishga sharbat quyar ekan, birdan toʻxtab qoldi. Koʻzlari Taehyungning boʻyniga qadaldi. U yerda kechadan qolgan aniq iz – qizil va yengil binafsha rangda, yangi iz koʻzga tashlanib turardi.

— Oʻhhoʻ — dedi onasi ovozini choʻzib, qoshlarini qiziqish bilan koʻtarib. — Bu nima ekan-a, oʻgʻlim? Chivin chaqqanmi yo... kimdir sen bilan kurashib chiqdimi?

Mira birdan qoshiqni tushirib yubordi, yuzlari qip-qizarib, ko‘zlarini yashirish uchun pastga qaradi.

Taehyung esa birdaniga qotib qoldi. Bir lahza nima deyishini bilmay, lablari qimir-qimir qildi. — “O-ona...” — dedi u ovozini past qilib. — “Bu... bu shunchaki…”

Onasi esa qoshlarini chertib, kulimsirab unga qaradi.

— Ha, shunchaki chivin bo‘lsa, juda romantik chivin ekan-da. Oʻgʻlim, axir yangi er xotin boʻlsangizlar. Oʻzingni oqlashga harakat ham qilma!

Janob Kim ham oʻgʻlining yelkasidan yengil urib qoʻygancha kulardi. Taehyung xijolatdan qulogʻigacha qizarib ketdi. Bir qo‘li bilan boʻynini berkitmoqchi bo‘ldi, lekin bu yanada noqulayroq koʻrindi.

Mira esa tishlarini labiga botirib, ichida yer yorilib ketsa, shuning ichiga kirib ketishni xohlardi.

Onasi esa kulib qoʻshib qoʻydi.

— Mayli, men ko‘rmadim, deb hisoblaymiz. Faqat, keyingi safar izlaringni uncha oshkor qilmang, xo‘pmi? Nonushtani sovutib yubormanglar.

Shu gapdan keyin xonada yana sokinlik choʻkdi, lekin Mira hali ham nigohlarini tepaga qaytishga jur’at qilolmas, Taehyung esa birinchi marta o‘zini bunchalik yoʻqotib qoʻygan edi.

Oradagi sukunatni janob Kim tomoq qrgancha buzdi.

— Taehyung, ertaga kechqurun Janob Hwaning uyida bazim uyushtirilyapti. Sen va Mira ham borishingiz shart.

Otasining soʻzlaridan soʻng Taehyunging nigohi jiddiylashdi.

— Ha, men ham shuni aytmoqchi boʻlib turgan edim. Bazimda Yeji jam qatnashar ekan.

Yeji ismi qulogʻiga chalinishi bilan Mira kim haqida gap ketayotganini darrov angladi. Ishonch hosil qilish uchun eri tomon nazar tashladi, allaqachon uning qoʻllari musht boʻlib tugilgan edi.

PovMira: Axir Yeji haqida bilishimdan uni hali habari yoʻq. Sezib qolishimdan qoʻrqyaptimi ? Nima boʻlganda ham men bu bazmga borib oʻsha qizga kim bilan oʻralashib qolganini koʻrsatib qoʻyishim kerak!
* * *

Mashina sokin yoʻlda asta harakatlanardi. Derazadan kirayotgan tonggi shamol biroz tetiklik bersa-da, mashina ichidagi muhit butunlay jiddiy edi.

Taehyung rulni qattiq qisib olgan, koʻzlari oldinga tikilgan, yuzi esa odatdagidek yengil kulgi yoki mehribonliksiz, sovuq va jiddiy koʻrinardi.

Uning yonida Mira oʻtirib, har gal oʻziga qarab qoʻyishini kutardi, ammo Taehyung bir marta ham koʻzini qiz tomonga qaratmadi. Bor eʼtiborini yoʻlga qaratgan edi.

Mira ichidan yutindi. “Demak, bu Yeji haqida... uni eshitganda darrov oʻzini yoʻqotdi. Nahotki hali ham bu mavzu unga ta’sir qilsa?”

Qiz bir lahza qoʻlini yonidagi o‘rindiq oralig‘iga uzatib, nimadir qattiq narsaga tegib ketdi.

Uni asta tortib chiqarganda, nozik, kumush rang zanjir oʻziga tanish boʻlmagan.Uning uchidagi mayda yurak shaklidagi kulon esa xuddi birovning nafisligi va dididan darak berardi.

Mira qotib qoldi. Yuragi qattiq ura boshladi. Bu bezakning kimga tegishli ekanini soʻrashga ham hojat yoʻq edi — u buni darrov his qildi. Yeji.

Bir lahza qoʻllari titradi, ammo yuzida hech qanday oʻzgarish chiqarmaslikka harakat qildi. Taehyungning yonida jiddiy oʻtirib, hech narsa sezmagandek koʻrindi. Zanjirni asta sumkasiga soldi.

PovMira: Men buni hozir unga aytmayman. Hozir emas. Lekin bilib qoʻy, Taehyung... endi men bechora, uyatchan Mira emasman. Agar u qiz chindan ham yoʻlimga chiqsa — oʻz joyini koʻrsataman.

• • 2 kun oldin • •

Mashina tungi shahar chiroqlari ostida harakatlanar edi. Mashina salonining ichida esa tarang jimlik hukm surmoqda. Yigit bir qoʻli bilan rulni boshqarish barobar ora orada qizga nazar tashlab qoʻylardi.

Uzoq muddat diydorini sogʻingan sevgilisi hozir qarshisida boʻlsada qiz negadir bezovta koʻrinardi, huddi nimadir yetishmayotgandek.

— U bilan qachon ajrashasan ?

Qaltis ohangda gapirdi Yeji birdan sukunatni buzib.

— Nima hazillashyapsanmi? Axir toʻyim boʻlganiga hech qancha vaqt boʻlgani yoʻq hali.

Yigit rulni qattiq siqqancha qizga yuzlandi.

— Sen juda ham hotirjam koʻrinyapsan. Bu munosabatlar uchun faqat men qaygʻuryapmanmi ? Uni sevib qolsangchi !?

Qiz jahl bilan ovozini balandlatdi.

— Bunday boʻlmaydi, havotir olma. — dedi yigit hotirjam ohangda.

— Sen-ku mayli, ammo u chi? Seni sevib qolib ajrashishdan vos kechsa nima boʻladi !? Nega man emas u? Nega ota onang uni tanlashdi ? Aqilli va sodda qiz boʻlgani uchunmi. Sen qayerdan bilasan balki allaqachon boshqasini boʻyniga osilib olgandir!?

— Yetar! — Taehyungning sabr qosasi toʻlib birdan oʻshqirib yubordi. — men seni uylanayotganimda ogohlantirgan man! Oʻzing qolishni tanlading, endi boʻlsa sabr qil.

Yigitning keskin ovozidan Yeji yegʻlab yubormaslik uchun lablarini tishladi.

Qizning koʻzlaridan marjon koʻz yoshlar oqishni boshladi.

— Sabr!? Qachongacha, ayt menga qachongacha sabr qilishim kerak!? U bilan bola chaqali boʻlishinga qadarmi? Sen bilan necha yildan beri birgamiz, yana qancha sabr toqat kutyapsan mendan..

Yonida qiz unumsiz yegʻlarkan, Taehyung mashinani keskin burib yoʻl chetida toʻxtadi shinalarning asfaltga ishqalangan ovozi butun salonni qoplab oldi.

Ayni damda uning boshi qotgan, huddi ikki oʻt orasida qolgandek. Negadir uylanganiga unchalik ham koʻp vaqt boʻlmagan qiz, hozir yonida oʻtirgan koʻp yillik sevgilisidan koʻra muhimroq tuyulardi.

Aybdorlik hissi uni qiynayapti Yejini kutishga majbur qilgani uchun va Mirani aldab yurgani uchun. Ammo qanday yoʻl tutishni bilmasdi. Mirani uchratib huddi Yejiga boʻlgan sevgisi aslida mavjud boʻlmaganini anglagandek.

Hozir u qaror qabul qilish uchun juda qiyin ahvolda. Hali ham yegʻlayotgan qiz tomon oʻgirildi.

— Oz qoldi...juda ham oz, ortiq sabr qilishinga hojat yoʻq.

Qizning yuzini kaftlari orasiga olgancha past ovozda pichirladi. Qiz biroz tinchlanar ekan uning yanoqlaridan siladi. Yigit birdan Yejini boʻynidan ushlab oʻziga yaqinlashtirdi va lablarini uniki bilan birlashtirdi.

Taehyungning lablari Yejining titrab turgan lablariga tegishi bilan mashina ichidagi barcha janjal, qichqiriq, alamli so‘zlar birdan jim bo‘ldi. Ularning nafasi bir-biriga aralashib, qalblaridagi chigal tuyg‘ularni so‘zsiz ifoda qila boshladi.

Qizning qo‘llari avvaliga yigitning ko‘ksini asta itarib qo‘ymoqchi bo‘lgandek qimir etib qo‘ydi, ammo keyin asta-sekin bo‘shashdi va uning bo‘yinlariga o‘ralib ketdi.

Taehyung ham o‘zini to‘xtata olmayotgandek, chuqurroq, yanada talmovsiragan bo‘sa bilan Yejini o‘ziga yanada mahkamroq tortdi. Har bir lahza ichki qarama-qarshilikni, azobli sevgini, berilmaslik va berilib ketishni o‘zida jamlab turardi.

Shu payt qizning bo‘ynidagi nozik kumush zanjir titrab ketdi. Yigitning qo‘llari bexosdan u yerdan sirg‘alib o‘tgandek, to‘satdan bilinar-bilinmas tovush chiqdi. Zanjiz sirgʻalib qizning oyoqlari orasiga tusharkan, boʻsa bilan band boʻlib buni hatto sezishmadi ham.

17 𝗲𝗽𝗶𝘀𝗼𝗱𝗲 𝗲𝗻𝗱

• • • •

Hi Moonlights fanficining yangi qismi tayyor yoqimli mutola yoqadi degan umiddaman 💗 Fikr va reaksiya esingizdan chiqmasin. Qanchalik koʻp fikr va reaksiya boʻlsa keyingi qsim tezroq chiqadi 🫶