𝗙𝗔𝗧𝗛𝗢𝗠𝗟𝗘𝗦𝗦 | 5 — 𝗘𝗽𝗶𝘀𝗼𝗱𝗲.
Kech. Shahar yumshoq yarim qorong‘ilikka cho‘mmoqda. Kun davomida yog‘gan yomg‘irdan qolgan ko‘lmaklarda birin-ketin yoqilayotgan fonarlarning nuri aks etadi.
Karina kurtkasining zamasini ilib, nafasini ichiga olib, podʼezddan chiqadi. U darvoza oldida uni kutib turgan edi — bir qo‘lida qora soyabon, ikkinchisida esa sigaret qutisi, lekin u qizni ko‘riboq, uni darrov yashiradi. Sochlari biroz betartib, ko‘z ostidagi soyalar yuziga yirtqichlik ohangini qo‘shgan. Ammo bugun u nimagadir sokinroq ko‘rinadi. Tinchroq. Deyarli… o‘zgacha, iliq.
PovKarina: Nega bunchalik asabiylashayapman? Bu oddiy sayr-ku. Oddiygina. Axir biz shunchaki… gaplashyapmiz. Garchi… u bilan hech narsa 'shunchaki' bo‘lmasa ham.
U hatto menga qaramayapti. Yoki... ataylab qaramayaptimi? Balki men bu sharf bilan ortiqcha harakat qilgandirman? Xudoyim. Men uni umuman tushunmayapman.
U yonimda bo‘lganida, ichimda nimadir elektr tokiday yuradi. Ammo bu qo‘rqinchli emas. Shunchaki... o‘tkir. Go‘yoki u birdan yo‘qolib qolsa, menga og‘riqli bo‘ladi. Garchi u qolishga va’da bermagan bo‘lsa ham.
Qiziq, u doim bunchalik jimjittmi? Yoki faqat men bilan shunaqami? Yoki... charchaganmi shunchaki? Men undan nimadir o‘zgacha narsa kutmasligim kerak. Axir o‘zim yonida bo‘lishga rozi bo‘lganman.
Shunchaki kechki sayr boʻlgani uchun unchalik ham yasamadim. Oddiy shim va plash kiyishga qaror qildim, yana men uni oʻziga qaratib olmoqchi deb oʻylamasin.
Aslida ham shundayku ya, ammo hali u nimani his qilishini bilmay turib his tuygʻularimni ochiq oydin koʻrsatolmayman.
Yonma yon yurib ketarkanmiz, yelkalarimiz tasodifan tegib keyardi. U mendan farqli oʻlaroq sokin va hotirjam ekan.
— Sen sanʼatkor insonlarni hurmat qilishingni aytganding. — oʻzim birinchi sukunatni buzib unga yuzlanarkanman u ham yuzini men tomon burdi. — Hoʻsh, oʻzingni birorta hobbiying bormi ?
— Ha, yoshligimdan gitara bilan shugʻullanaman.
Men yengil jilmayib suhbatni yanada choʻzish uchun keyingi savolga oʻtdim.
— Unda nega musiqiy yoʻnalishda qaryerangni rivojlantirmaysan?
Yoongi ogʻir xoʻrsinib qoʻydi.
— Ota onam bu oʻrinli kasb emas deydilar, ammo boʻsh vaqtim gitara chalib turaman.— Biroz sukutdan soʻng soʻzida davom etdi. — Senga havas qilaman Karina.
Men unga tushunmagandek qaradim.
— Chunki sen oʻzing yoqtirgan mashgʻulot bilan erkin shugʻullana olasan.
— Menimcha sen ham gitara koʻproq chalib turishing kerak. Insonni dunyodan uzilib oʻzini — oʻzidek his qilishiga yordam beradigan mashgʻuloti boʻlishi kerak.
Yoongi soʻzlarimni etibor bilan tinglab soʻng keng tabassum qildi.
— Falsafadan dars bersang boʻlarkan.
Uning soʻzlaridan kulib yubordim.
— Menimcha hamma zerikishdan oʻlsa kerak. Dugonam huddi 60 yoshli kampirlardek gapirasan deydi.
U boshini eggancha kulib qoʻydi.
— Menimcha unday emas, men seni kuni boʻyi tinglay olaman.
Uning bu soʻzlaridan yuragimga iliqlik yugurdi. Huddi barcha hujayralarim qoʻzgʻab ketgandek. Kech kimdan hali bunday gap eshitmagan edim.
Men har doim oʻzimni yetarlicha yaxshi emas dek his qilaman. Har doim qilgan ishimdan yoki chizgan suratlarimdan koʻnglim toʻlmaydi. Hattoki kimdir ularni chin dildan maqtasa ham, huddi nimadir yetishmagandek tuyiladi.
Ammo Yoongi bilan hammasi boshqacha u meni shu ahvolimda ham oʻzimni eng mukammal insondek his qilishimga sabab boʻldi.
— Karina, sen buyurtma asosida rasm chizasanmi ?
Men javob berishdan oldin biroz ikkilanib qoldim.
— Yoʻq, bu haqida oldin hech ham oʻylab koʻrmagan ekanman.
— Unda men birinchi mijozing boʻlsam qarshi emasmisan ?
Uning soʻzlaridan hayron boʻlgancha koʻzlarimni pir-piratdim.
— Yaqinda singlimning tugʻilgan kuni shuning uchun uning portretini chizdirmoqchi edim. Hoʻsh nima deysan ?
Men javob berishdan oldin uzoq oʻylanib turdim.
— Toʻgʻrisi...oldin ummumam portret chizib koʻrmaganman..
U mening ikkiglanishimni koʻrib tushungandek bosh irgʻab qoʻydi.
— Unda bu birinchi boʻladi, axir qachondir chizishinga toʻgʻri keladiku? Senga ishonaman bu qoʻlingdan keladi.
Uning soʻzlari beixtiyor yuzimga tabassum yugurishiga sabab boʻldi.
— Hoʻp, urinib koʻraman, ammo oʻxshamasa meni ayblama!
____
PovKarina: Bugun… hammasi boshqacha edi.
U bilan yonma-yon yurganimda vaqt to‘xtagandek bo‘ldi. Osmon g‘ira-shira, shamol yumshoq, u esa… oddiygina qarab kulardi. Qanday qilib bunday ko‘zlar meni bu qadar iliq tutib turdi?
Menga o‘xshagan qiz uchun bu — orzu edi, haqiqat emas. Ammo bugun… men bu orzuda yashadim.
U mening ishim haqida so‘radi. Qiziqdi. Diqqat bilan tingladi. Bu oddiy hol emas — ko‘pchilik faqat o‘zini gapirishni biladi. U esa — meni eshitdi.
Men kuldim. Qandaydir chin yurakdan kelgan kulgi edi. Shunchalik uzoq vaqtdan beri ichimda bosim, xavotir, qo‘rquv bo‘lsa ham… bugun men o‘zim edim. Eng tabiiy, eng yengil holatim.
U menga muzqaymoq olib berdi. Unga ko‘ra men vanilni yaxshi ko‘rarkanman… qanday qilib bildi? Balki… bu kichkina detallar orasida u meni ko‘proq tushunib ulgurgandir.
Yo‘q… men bu hislarga berilib ketmasligim kerak.
Ammo... yuragim boshqa narsani aytyapti.
Balki bu faqat bir kecha edi. Balki ertaga u meni unutadi. Yoki yana sovuqqon nigohlar ortida yashirinar.
Ammo men bu oqshomni eslab qolaman. Men bugun o‘zimga kulishni, erkin bo‘lishni yana bir bor esladim. Men — hali butunlay yo‘qolmaganman.
Va agar u ertaga yana tabassum qilsa… balki men yana ishonib qolarman.
Shularni oʻylagancha uyga kirdim.
Karina hali ham kurtkasini yechmagan, sochlari yomg‘irdan ho‘l. Eshikni ohista ochib, ichkariga kiradi. Koridorda zulmat. U chiroqni yoqadi — va shu zahoti muzlab qoladi.
Pol ustida... qizil atirgul yotibdi. Lenta bilan ehtiyotkorlik bilan bog‘langan. Ichida — surat. Uniki. Bugungi kun. U kulib turgan. Yonida — Yoongi. Ular bog‘dagi skameykada o‘tirishgan.
Yonida — bitta yozuv. Harflar aniq, qora ruchkada yozilgan, xuddi yozuvchi buni sabr bilan bitgandek:
"Sen baxtli ko‘rinyapsan. U esa... juda yaqin. Umid qilamanki, aslida kimga tegishliligingni unutmagansan."
Karinaning yuragi gursillab urmoqda. Qo‘llari qaltiraydi. U eshikka qaraydi — u qulflanganmidi? Yoki... u ichkarida bo‘lganmi?
Karina darrov qulfni tekshiradi. Qulflangan. Ikkilamchi ham. Ammo, kimdir kuzatayotgandek hissi ketmayapti.
U barcha derazalarni yopadi, pardalarni tushiradi, barcha chiroqlarni yoqadi. Telefon — qo‘lida. Lekin kimga qo‘ng‘iroq qiladi? Yoongi? Yoki bu uni battar g‘azablantiradimi?
U polga cho‘kadi, suratni ko‘ksiga bosadi — go‘yoki bu dalildek. Va titroq tovushda pichirlaydi:
PovKarina: Yana u... Men buni darrov bildim. Bu fotosurat, bu nigoh — bu aynan u.
Sirli oshiq... U meni hech qachon tark etmagan ekan. Men buni ichimda his qilardim. Ammo o‘zimga tan olishdan qo‘rqardim.
Mana endi u yana shu yerda. Juda yaqin. Shunchalik yaqin... hatto nafas olgandek. Shu deraza ortida, balki devor ortida, balki yuragim ichida.
Bu rasmni qayerdan oldi? Bu surat qachon olingan?
U meni kuzatgan. Har bir zaifligimni, har bir iltijamni, har bir sukunatimni. U meni teshilib ketguncha kuzatgan. Men his qilganman... tongda, kechasi, tun yarmida...
Men uyg‘onganimda, yuragim gupillab urayotgandi. Endi tushundim nega. Chunki u shu yerda edi. Va men hech qachon yolg‘iz bo‘lmaganman.
Men eshikni ocholmayman. Eshikni ochsam, u kiradi. Yoki... u allaqachon ichkaridadir?
Yo‘q. Men bunga dosh berolmayman. U menga yaqinlashmoqda. U meni nazorat qiladi.
Mening nafasi, yuragim, hayotim — endi unga tegishli.
Men yashirina olmayman. Chunki u meni har joydan topadi.
"Sirli oshiq"... Endi u shunchaki o‘yin emas. Bu — jinoyat. Va men — nishon.___
Taehyung hamkorlar bilan uchrashish uchun tanlangan restoranga kirib keldi. Atrofini yordamchilar va tansoqchilar qoplab olgan edi.
Restoran ichiga kirishi bilan yoqimli skripka ovozi qulogʻiga chalindi. Stol ustidagi chiroqlardan taralayotgan sust nur restoran muhitiga oʻzgacha koʻrk qoʻshib turardi.
Bir necha qora kiyimli odamlar kirib kelishi bilan xona sukunatga choʻmdi. Ularning orasida bir yigit ajralib turadi. U haddan tashqari kelishgan, huddi haqiqiy emas yillar davomida mukammal qilib yasalgan haykalga oʻxshardi.
Qoshlarini toʻsib turgan sochlarining ostida muzdek nigohlar yashiringan edi. Bir qaraganda oʻqdek teshib oʻtadigan nigohlar. Bu koʻzlar yigitning sovuq aurasining asosiy toʻldirib turadi desak adashmagan boʻlamiz.
Uning och jigarrang rang qahvani eslatuvchi koʻzlaridan qahr va qatʼiyat ufirib turardi. Uning ismini jaranglashi insonlarni shu zahotiyoq tiz choʻkishiga majbur qilardi — Kim Taehyung!
PovTaehyung: Ichkariga kirishim bilan ish boshqaruvchi bizni kutib oldi. Vaholanki bu yerda ham hamma meni taniydi va Vip mehmonlardan biri boʻlganim uchun tepa qavatga boshlashdi.
Men zinalardan sokin chiqib kelarkanman yerdan nigohimni uzib qarashimga qararkanman huddi vaqt oʻsha yerda toʻxtab qolgandek boʻldi.
Ha, bu oʻsha! Mira, men odashishim mumkin emas. Tush bu darajada jonli boʻlmasa kerak har holda. U zinalardan pasti qavatga tushib kelyapti, qoʻlidagi patnisda ichimliklar.
Kutubxonadan keyin shu yerda ishlayaptimi? Engnidagi oddiy ofitsiant formasida ham u betakror koʻrinardi. Huddi atrofdagi odamlar xira boʻlib qolgandek koʻzlarim faqat uni koʻradi.
Yaqindan yanada chiroyli koʻrinarkan, bir on nafas olishni unutib qoʻygandek qadamlarim oʻgʻirlashdi. Ichimda nimadir uni uchratganimdan beri tinchlik bermayapti.
Yuragim otilib ketay deyapdi. Unga bir qarashning oʻzi kifoya tizzalarim zaiflashib uning jozibasi oldida tiz choʻkishga ham tayyorman. Huddi sehrlab olgandek, hech bir gap soʻzsiz unga qaram boʻlib qoldim.
U boʻlsa meni tanimadi, menimcha etibor ham bermadi. Shunchaki zinalardan tushib yonimdan oʻtib ketdi. Mayin sochlari yelkamdan silab oʻtarkan hali hech qayerga uchratmagan ifor dimogʻimga ufurdi huddi bahorning ilk nafasini eslatuvchi shirin ifor.
Bu ifor — xuddi bahorning ilk tongi kabi, havoda yangilanish va go‘zallik bilan to‘lib-toshgan. Gullar nafasi, ayniqsa, oq yasmin va atirgulning nozik soyasi yuragimi chulg‘ab, esimda qoladigan tuyg‘ularni uyg‘otdi.
Unda yengil shirinlik bilan qorishgan iliqlik bor — go‘yoki quyosh nurlari sharq tongida terilgan gul yaproqlarini silayapti. Bu hid bir vaqtning o‘zida beg‘uborlik va sirli jozibani o‘zida mujassam etadi.
u meni ohangrabodek o‘ziga tortadi, yuragingizda noma’lum, ammo shirin sog‘inch uyg‘otdi. Har nafasda — ayollik, noziklik, va yurakka yetib boruvchi ohang.
Men uning ortidan tikilib qoldim. Oldinlari hech qaysi ayol mening etiborimni bu darajada tortmagan edi. Men ularga ahamiyatsiz buyum, hattoki vaqt oʻtirish manbasi sifatida qarardim.
Ammo...Mira.. har safar unga qaraganimda uning nafisligini va begʻuborligini yakson qilib uni oʻzimniki qilgim kelyapti. Uni butun dunyodan yashirib oʻzimga qaram qilishni xohlayman.
Balki uni shuncha izlab endi bu yerda uchratganim shunchaki tasodif emasdir? Biz har hil dunyolardanmiz, huddi kun va tunga oʻxshab. Men uni oʻz jarligimga tortib zulmat guliga aylantiraman!
Taehyungning hayollarini yoniga kelib turgan katta yoshdagi hamkor erkak buzdi.
— Kim Taehyung, shundaymi ? Mening ismim Han Jison.
Erkak shunday degancha Taehyungga qoʻlini choʻzdi. Yigit hammani daxshatga soluvchi nigohlari bilan bilan erkakga biroz tikilib turib qoʻlini silkib qoʻydi.
— Sizning kompaniya bilan shartnoma tuzish biz uchun sharaf, janob Kim.
Erkak nimalarnidir valdirarkan Taehyung oʻzini huddi tinglayotgandek tutardi, aslida nigohlari bilan butun xonani kezib chiqardi. Ayni damda unga faqat bitta inson kerak — Mira.
— Ichkilik buyurtma qilmaymizmi? Siz nima ichasiz, janob Kim?
Erkak Taehyungga hurmat bilan yuzlanarkan u sovuq ohangda javob berdi.
Erkak bosh irgʻagancha ofitsiantni chaqirdi, ammo uning koʻzlari ulardan sal narida turgan qizga tushdi.
— Anavi qoʻgʻirchoq chakki emas ekan. — dedi erkak Taehyungning eʼtiborini jalb qilib.
Yigit qiziqish bilan u ishora qilgan tomonga qararkan qoʻllari musht boʻlib tugildi. Erkak qizga och nigohlari bilan qarab turganini koʻrib shu yerning oʻzida ogʻiz burnini qonga belashga tayyor edi.
Taehyung chuqur nafas olib oʻzini bosishga harakat qildi, chunki bu yerdagilar bu qiz Taehyunga aloqadorligini bilib qolishsa Mira ularning nishoniga aylanishini yaxshi bilardi.
Erkak qoʻli bilan ishora qilib qizni oʻzi tomonga chaqirdi.
— Janoblar nima buyurtma qilasiz?
Qiz yuzida muloyim tabassum bilan erkaklar oʻtirgan stol yoniga kelib turdi.
Erkakning koʻzlariga Miraning tanasi boʻylab uyatsizlacha kezib yurardi.
— Bir kechaga narxing qancha, qizaloq?
Erkak mingʻiyda kulib savol berarkan. Bu qari erkak deyarli oʻz qizi bilan teng qiz bilan tunni oʻtkazmoqchi ekanligini anglagan Taehyunging qoni qaynashni boshladi.
Mira janob Hanga tushunmagandek qaradi.
— Sen bilan tunni oʻtkazmoqchiman, narxing qancha?
Uning soʻzlarini eshitgach qiz erkakga jirkanish bilan qaradi. Taehyung esa qizni sinamoqchi boʻlib uni keyingi harakatini kuzatib turardi.
— Janob, men bu yerda shunchaki ofitsiant man. Sizga kerak odamlar bu yerda ishlamaydi.
Qiz qatʼiy ohangda gapirarkan Taehyung bilinar bilinmas tarzda mamnun jilmayib qoʻydi.
— Meni rad etyapsanmi? — erkak mazaxlagandek kulib qoʻydi. — Qoʻysangchi, istagan narxingni toʻlayman.
Erkak Miraning qoʻlidan ushlab olib tizzasiga oʻtkazmoqchi boʻldi. Qiz chiranib qoʻlini erkakning panjasidan tortib olishga harakat qilarkan, atrofga hech kimning u bilan ishi yoʻq edi.
Qiz erkakning qoʻlidan tirnab uni itarib yubordi.
Qizning bu harakatlarini kutmagan erkak nafasi ostida soʻkinishni boshladi.
Mira ularga nafrat toʻla nigohlar bilan qarab turib, tez tez qadamlar bilan u yerni tark etdi.
— Uni oʻrtidan borib mexmonxonaga yetkazing!
Qizning jahl bilan restorandan chiqib ketishini kuzatarkan yonidagi qoʻriqchilarga buyurdi janob Han.
Qoʻriqchilar tezda bosh irgʻab qizning ortidan yugurib ketishdi. Taehyung erkakga oʻlim nigohlari bilan qarab, stolga musht tushurib oʻrnidan turdi.
— Siz bilan shartnoma bekor qilinadi, janob Han!
Qatʼiy ohangda gapirdi Taehyung tishlari orasida.
— N..Nma ?? Shoshmang, janob Kim!
Erkak jovob berishga ulgurmasidan Taehyung tezda oʻrnidna turib qoʻriqchilarga ergashdi.
Tezda yugurib restoran tashqarisidagi tor koʻchada hansirab toʻxtarkan, qizning yuziga mato bosib turgan ikki erkakga koʻzi tushdi.
Yigitning vajohatidan sapchib tushdi qoʻriqchilar.
— A..ammo janob, bizga uni mexmonxonaga olib borish buyurilgan..
Yigit titrab gapirarkan qiz allaqachon hushini yoʻqotib uning qoʻllariga quladi.
— Hoʻjayining qancha toʻlagan boʻlsa ikki barobar toʻlayman. Uni mening mashinamga oʻtkazinglar!
Qoʻriqchilar bir biriga qarab ikkilanib qolishdi.
Yigitlar tezda bosh irgʻagancha qizning Taehyung qimmat rusumli qora avtomobiliga joylashdi.
Yigit mingʻiyda kulgancha rulga oʻtirdi va oʻrqa oʻrindiqda sokin uxlab yotgan qizga nazar soldi.
— Endi faqat meniki boʻlasan kapalagim....
Agar bu qismiga birorta ham fikr, kamentariya kelmasa fanfik muzlatiladi.‼️‼️