𝗗𝗼𝗻'𝘁 𝘀𝗮𝘆 𝘆𝗼𝘂 𝗹𝗼𝘃𝗲 𝗺𝗲 ! | 13 𝗲𝗽𝗶𝘀𝗼𝗱𝗲
Quyoshning ilk nurlari oʻynadan moʻralab oshxonani yoritib turardi. Havoni issiqqina qahva va endigina pechdan chiqqan pishiriqning hidi toʻldirib turardi. Stol atrofida esa toʻrt kishi nonushta uchun yigʻilgan.
— Seni uygʻota oladigan odam bu dunyoda borligiga ishonmasdim ochigʻi. — dedi Taehyungning dadasi hazilomuz ohangda.
— Boʻydoqlik davrlarimni sogʻina boshladim. — Taehyung iyagini qoʻliga tiragancha yengil uh tortdi.
Uning soʻzlarini eshitgach Mira tirsagi bilan yigitning qoʻlidan turib qoʻydi. Bu manzarani koʻrgan janob Kim va Kim xonim baland ovozda kulib yuborishdi.
— Sizlarga aytadigan gapimiz bor. — dedi janob Kim uzoq vaqt sukunatdan soʻng.
Taehyung boshini likopchadan koʻtarib bor eʼtiborini dadasiga qaratdi.
— Biz bir haftaga Jeju orolida dam olishga ketayapmiz.
Taehyung qoshlarini chimirib qaradi.
— Bugun. — dedi Kim xonim sokin ovozda.
— Ajoyib! Eshikdan chiqib ketayotganingizda aytardingiz.
Taehyung kinoyali gapirib qoʻydi.
— Shunchaki bir haftaga. Uning ustiga yangi er xotinsizlar, sizlarni biroz holi qoldirishni avzal koʻrdik...
Taehyungning oyisi Miraga bir nazar tashlab qoʻygancha gapirdi. Uning soʻzlaridan qizning yanoqlari qizara boshladi.
Hamma nonushta qilib boʻlgandan keyin, Kim xonim oshxonada idishlarni yigʻishtirayotgan Miraning yoniga yaqinlashdi.
— Mira, sen bilan gaplashib olsak boʻladimi ?
Mira oʻrtiga oʻgirilib bosh irgʻadi.
U shunday degancha Kim xonimga ergashdi. Uning yonidan divanda joy olarkan Kim xonim gap boshladi.
— Bilaman bu toʻy kutilmaganda boʻlganligi uchun hali bir biringizni uncha yaxshi bilmaysiz. — biroz sukunatdan soʻng yana gapida davom etdi. — Taehyungni senda koʻngli yoʻqligini ham bilaman, lekin...
Kim xonim Miraga qaradi u biroz tushkun ahvolda koʻrinardi.
— Lekin agar aqil bilan ishlasang albatta uning koʻnglini olishing mumkin.
Mira yarq etib yonidagi ayolga qaradi.
Qiz savol nazari bilan yuzlandi.
— Shu bir hafta sen uchun imkoniyat boʻlishi mumkin. Uni oʻzingga sevdirib olishing kerak.
Mira bir nuqtaga qarab Kim xonimdan eshitgan soʻzlarini tahlil qila boshladi.
— Soʻzlarimni yaxshilab oʻylab koʻr.
Taehyungning oyisi qizni qoʻlidan silab qoʻygancha oʻrnidan turdi.
PovMira: Yuragim gupillab urmoqda. Uning onasi... mendan nimanidir kutyapti. Taehyungni oʻzimga rom etishim kerakmi? Bu osonmas. U hali ham menga begona, goʻyo har kuni birga yashasak ham yuragimizda devor bor.
Men bu nikohga rozilik berganimda, bu shunchaki vaqtinchalik deb oʻylagandim. Endi esa... nimadir oʻzgargandek. Uning nigohi, hazillari, hatto tinch uyqusi menga gʻayrioddiy tuyulmoqda.
Lekin bu sevgi emas-ku, shundaymi? Faqatgiya mehr, odat... yoki ilinj?
Kim xonimning soʻzlari qulogʻimda jaranglayapti: ‘Uni oʻzingga sevdirib ol.’ Men bunga qodirmanmi? Balki bu mening imkoniyatimdir. Balki u... meni hali toʻliq koʻrmagandir.
Oʻzimni yoʻqotganimni his qilayapman, lekin shu bir hafta ichida, ehtimol, oʻzimni ham, uni ham yangidan kashf etarman... Balki bu sevgi boshlanishining ilk qadami boʻlar.
__
Taehyungning ota-onasini ham kuzatib qoʻydik, uyda endi faqat ikkimiz qoldik. Bugun dam olish kuni boʻlganligi uchun hech qayerga borishim shart emas. Birdan koʻzim zinalardan tushib kelayotgan Taehyungga tushdi.
— Bir ikkita ishlarim bor. — beparvolik bilan gapirdi u oyoq kiyimining ipini bogʻlash mobaynida.
Javob berishdan oldin menga qisqa nazar tashlab qoʻydi.
— Bilmayman, meni kutib oʻtirma.
Oʻhirgi soʻzlarini aytgancha hatto javobimni ham kutmasdan uyni tark etdi.
____
Hein sochlarini ko‘tarib, chamandek yashil soyabon tagida turibdi. Yomg‘ir birdan boshlanib, uni bir necha daqiqada ho‘l qilib yubordi. U kulib, osmonga qaraydi, qo‘llarini ochadi — yomg‘ir uni bezovta qilmayapti, go‘yo u bu lahzani kutgandek.
Orqasidan kimdir yugurib keladi. Bu — Jimin. Nafasini rostlab, qoshiga yetib keladi va soyabonni ochib, uning ustiga tutadi.
— Nega har doim shunaqa o‘zingni bilmasdan yuraverasan? Aytdim-ku, yomg‘ir yog‘adi deb! — dedi Jimin huddi dakki bergandek.
— Menga yomg‘ir yoqadi.—bir oz sukutdan so‘ng— Senga yoqmaydimi?
— Menga sen yoqasan. Agar yomg‘ir seni quvontirsa... demak, menga ham yoqadi. — dedi Jimin mayin ovozda.
Ular park yo‘lagi bo‘ylab sekin yurishadi. Soyabon tagida ularning yelkasi bir-biriga tegib ketadi. Boshida faqat mayda kulgu va jimjitlik. So‘ng Hein to‘xtab qoladi.
— Yomg‘ir har doim tushkunlikni olib ketadi.
Pichirladi Hein.
:
— Endi yomg‘ir yog‘sa, men har doim yoningda bo‘laman.
Jimin bir qadam oldinga tashladi.
— Hatto quyosh chiqmay qolsa ham?
U asta sekin qo‘lini cho‘zib, uning yuzidagi ho‘l soch tolalarini artadi. So‘ng yanogʻiga eng muloyim, eng samimiy bo‘sa beradi — qo‘rquv yo‘q, shoshilinchlik yo‘q, faqatgina iliqlik va hayajon. Hein ko‘zlarini yumadi, yuragi tez urmoqda, lekin labida nozik tabassum bor. Bu ularning ilk "yomg‘ir ostidagi va'dasi" edi.
Qisqa oʻpichdan soʻng Jimin sekin uzoqlashdi. Lablarida esa keng tabassum aks etardi.
Hein past ovozda kulgancha soyabonni oʻyinqaroqlik bilan chetga oʻldi , Jiminni tashqariga chiqarib qo‘ydi. Endi u ho‘l, Jimin esa hayron.
— Ey! Nima qilayapsan, shayton qiz!
— Sen quyosh bo‘laman deganding-ku. Quyosh yomg‘irdan qo‘rqmasligi kerak!
Hein shunday degancha qiqirlab kulardi.
Jimin qoshini koʻtarib qaradi va mingʻiyda kulib qoʻydi.
Birdan Heinga yaqinlashib soyabonni tortib olishga urindi. Yomgʻir chelaklab yogʻardi, huddi osmonda tushayotgan yomgʻir tomchilari soyabonni teshib yuborgidek.
Jimin qizning qoʻlini qattiq siqib "qasos" olish maqsadida soyabonni silkitardi. Hein qancha qochishga urinmasin bari befoyda edi, chunki Jimin uni qattiq ushlab turgan edi. Ikkalasini ham usti boshi jiqqa hoʻl boʻlgan, ammo sovuq yomgʻirda ularning iliq kulgulari yangrardi.
— Men sen bilan bo‘lsam, yomg‘ir ham, sovuq ham, hech narsa muhim emas.
Jimin harakatdan toʻxtab hansiragancha pichirladi.
— Shunaqami? Unda... bugungi kunni eslab qol. Bu bizning birinchi yomg‘irimiz.
Jimin jilmaygancha nigohlarini oldin qizning koʻzlariga keyin esa lablariga koʻchirdi.
Yomg‘ir ularni qurshab olsa-da, vaqt go‘yo to‘xtab qolgandek. Yomgʻir ham ahamiyatsiz, goʻyo yomgʻir tomchilari havoda muallaq qolgandek.
Jimin yuzini sekin egib ularning lablari uchrashadi — muloyim, nozik, uyatchan. Ammo yuraklari ichida olov yoqilgandek.
Soyanob Jiminning qoʻlidan butunlay tushib ketdi, ammo buni hech kimga qizigʻi yoʻq, uning bor etibori qarshisidagi qizga qaratilgan.
Yomgʻir tomchilari yuzlarni silab, sochlari ham jiqqa hoʻl qilgan. Jimin boyagina soyabon ushlab turgan qoʻli bilan qizning belidan quchib oldi va boʻsani tobora chuqurlashtirdi.
__
PovMira: Soat tungi ikkiga yaqinlashib qoldi, uni kutmasligimni aytgandi, ammo ichimdagi toʻfon toʻxtamayapti. Undan havot olyapman, dam olish kuni bu vaqtda qayerda boʻlishi mumkin?
Ora orada eshikka umid bilan nazar tashlab qoʻyardim. Yuragim unga talpinyapti, hozir uni koʻrishni juda xohlayapman. Bir ogʻiz soʻz aytmasa ham mayli, shunchaki uni koʻrishimni oʻzi kifoya edi.
Eshik dastasi buralganini koʻrib oʻrnimdan sapchib turdim, yuragim tartibsiz uryapti.
Taehyung uyga bir ahvolda kirib keldi: sochlari toʻzgʻigan, koʻylagining yoqasi ochiq, undan ichkilik hidi anqib turardi.
— Taehyung, shu paytgacha qayerda eding? Sendan havotir oldim!
U tomon bir qadam tashlamasimdan eshikdan kirib kelgan qiz meni joyimda muzdek qotishimga sabab boʻldi. U qiz huddi oʻz uyiga kelgandek bemalol kirib keldi va Taehyungning qoʻlini yelkasidan oʻtirib oldi.
— Siz kimsiz ? — soʻradim men.
Qiz hatto menga etibor bermasdan Taehyungning tepa qavatga olib chiqib ketdi. U shu darajada mast ediki hatto qayerda turganini ham anglolmasdi. Bugungi kungacha uni sevishimni inkor qilib kelgandim, ammo hozirgi manzarani koʻrib yuragim ostin ustun boʻldi...
Qiz hotirjam tepa qavatdan tushib keldi. Ha, u chindan ham chiroyli : toʻk qizgʻish rangda boʻyalgan sochlari, tulkini eslatuvchi koʻzlari va oʻziga boʻlgan ishonchi.
Men hozir borib Taehyungdan "nega meni emas uni tanlading?" — deb ham hisob soʻray olmayman, chunki bu qiz boshqacha edi. Shunga qaramay hattoki Taehyung bu qizni sevsa ham, men undan osonlikcha kechmayman!
Boshimni tik koʻtargancha oʻzimga ishonch bilan oʻsha qiz tomonga yaqinlashdim.
— Nima eshitmadingmi ? Uning sevgan qiziman, Yeji.
Qiz soʻzlariga juda urgʻu berib gapirishi mening qonimni qaynatardi.
— Qanday qilib sevgan qizi? Men uni xotiniman! Sen oʻybashiman desang toʻgʻriroq boʻlardi. — Qizning tirsagidan siqqancha gapirdim.
— Oʻgʻzingga qarab gapir! Bizning munosabatimizni sen paydo boʻlishingdan ham oldin qurilgan. — qiz qoʻlimni siltab tashladi. — Aslida bu oilaga men kelin boʻlishim kerak edi — sen emas!
— Endi tushunmayapman nega Kim xonim seni kelin qilmaganini.
Men u qizga boshdan oyoq jirkanish bilan qaradim. Va gapimda davom etdim: — Sizlarning oʻrtangizda nima boʻlgani meni qiziqtirmaydi. U hozir mening erim va hamma meni Kim Taehyunging ayoli Kim Mira deb taniydi seni emas!
Qiz qoʻllarini musht qilib tugib menga gʻazab bilan qarardi.
— Yaxshisi oʻzingni bosib ol! Oilali erkakning uyiga bostirib kiradigan darajada orsizmisan? — men mazax qilgandek past ovozda kulib qoʻydim. — Erimdan uzoqroq yur!
Qiz qoʻpollik bilan meni turtib oʻtgancha eshik tomon qadam bosdi, ammo yarim yoʻlda toʻxtab yelkasi uzra menga oʻgirildi.
— Menku eringni tinch qoʻyaman, ammo u mendan vos kecharmikan?
Qiz shunday degancha eshikni tars yopib uyni tark etdi.
PovMira: Men shuncha paytdan beri ushlab turgan koʻz yoshlarimni ohiri ozodlikka chiqardim. Yejining soʻngi soʻzlari yuragimga hanjar kabi urildi. Men hech qachon hech kimning birinchi tanlovi boʻlmaganman.
Hech qachon sevilib sevilmay turib, Taehyung menga oʻzgina etibor berganda buni sevgi deb oʻylab oʻzim ahmoqlik qilmadimmikan ?
Koʻzyoshlarim daryo boʻlib oqardi, kuchim qilmay polga choʻkkalanib oʻtirib qoldim. Men uni sevaman, ha, men seni sevaman Kim Taehyung! Oʻsha kuni basketbol toʻpi boshimga uchib kelgan kundan beri sevaman! Sening tabassumingni koʻrgan birinchi kundan beri sevaman! Asabimga tegishlaringu, ahmoqona hazillaring bilan, barcha barchasini sevaman!
Uy ichida birdan jimlik cho‘kdi. Lekin mening ichimda shunchalik qattiq shovqin ko‘tarildiki, yuragim g‘iyqillab yorilib ketgudek. Nafas ololmayapman. Qonim bosimimni eshitib turibdi go‘yo. Hamma narsa to‘xtab qolgandek.
Nimalarni eshitdim hozir? Nimalarni ko‘rdim?
U qiz… u qiz “uning sevgan qizi” dedi. Qanday qilib? Qaerdan paydo bo‘ldi u? Nechun u bu darajada bemalol edi, go‘yoki bu uyi, go‘yoki bu yurak… unga tegishli?
Balki bu tushdir? Balki bu yomon bir nohaq ssenariy bo‘lib, ko‘z oldimga kelgan xayolparastligimdir? Yo‘q, men buni his qildim. Tanamda. Yuragimda. Ularning yonidan o‘tganida yuzimga urilgan ichkilik isi... menga tegmasada, yuragimni zaharladi.
Sen meni kutma deganding. Lekin baribir kutdim. Chunki men sendan umidimni uzmagandim. Chunki yuragim hali ham senga tegishli. Lekin sen... kechasi, meni emas, boshqani bag‘ringga olib kelding.
Men sendan aslo gullar kutmadim. Katta so‘zlar ham kerak emasdi. Faqat... kamida shuncha emasligini, shuncha hafsalamni pir qilmasligingni umid qilgandim.
Nima bo‘ldi bizga? Yoki hech narsa bo‘lmaganmi aslida? Men o‘zimga yolg‘on gapirib, har bir nigohingda “men”ni izlaganmikanman?
Ammo yuragim og‘riyapti. Bu yolg‘on emas. Bu hislar chin edi. O‘zim bilmasdan sevib qo‘yganman. Xuddi bu sevgi meniki bo‘lishi mumkin deb ishongandek. Men axir, seni himoya qilishni istagandim. Yuzingni ko‘rib, xotirjam bo‘lishni. Ishonishni. Endi-chi? Endi men kimman senga? Hech kim?
Balki shunchaki kechikdim. Balki u allaqachon senga yetib borgan edi... Men faqat yuragimni aldagandek bo‘ldim.
Yo‘q... bu og‘riq, bu hafagarchilik, bu iztirob — bu muhabbat edi. Ammo uni tan olganim, seni butunlay yo‘qotganimga to‘g‘ri keldi.
Marhamat Moonlights yoqimli mutola, yoqadi degan umiddaman. Agar qiziq boʻlsa albatta fikringizni kamentariyada yozib qoldiring, chunki fikringiz men uchun juda muhim. Keyingi qsimni tezroq oʻqishni xohlaysizmi kamentariya va reaksiyani koʻp qilib qoʻyila 💗