𝗗𝗼𝗻'𝘁 𝘀𝗮𝘆 𝘆𝗼𝘂 𝗹𝗼𝘃𝗲 𝗺𝗲 ! / 15 𝗲𝗽𝗶𝘀𝗼𝗱𝗲
Darslar oʻz maromida ketarkan auditoriya sokin edi. Birdan bu jimlikni buzib Taehyung xonaga qadam qoʻydi. Uning ortidan esa Mira kirib keldi.
Hamma ularga shubhali nigohlari bilan qararkan Taehyung ularga etibor bermay qizning qoʻlidan mahkam ushlagancha oʻz joyiga yoʻl oldi.
Miraning sochlari biroz toʻzgʻigan, yuzida yengil qizarish bor, nigohlari esa pastga qaratilgan edi. Yigit esa uni mamnun tabassum bilan kuzatardi.
Ularning kirib kelganini sezgan Hein tezda Jiminning qoʻlidan turtdi.
Jimin koʻzlarini daftardan uzib qizga qaradi.
— Ularni qara, Taehyung Mirani jahl bilan qoʻlidan tortqilab olib chiqib ketgan edi, keyin yoʻqolib qolishdi. Endi esa xonaga qoʻl ushlashib kirishyapti. Bu senga shubhali tuyilmayaptimi ?
Hein birga oʻtirgan juftlikda qarab ishora qildi.
— Axir ular endi er xotin boʻlishsa, bu oddiy hol.
— Gap bunda emas! Kel senga qisqa qilib tushuntiraman.
Qiz daftaridan varoq va ruchka oldi.
— Meni diqqat bilan tingla. — Hein daftarga odamchalar chizishni boshladi. — Manabu "M" va "T" odamlar "M" "T" ni sevadi, ammo "T" qizil sochli alvastini sevadi.
Jimin hech narsani tushunmagancha koʻzlarini tez-tez yumib ochardi.
— Hein isitmang yoʻqmi ? Bu alifboni ularga nima aloqasi bor!?
— Buncha yetib borishi qiyin a ? "T" bu Taehyung, "M" esa — Mira!
— Aa, unda qizil sochli alvasti kim ?
Jimin endi biroz tushungandek boʻldi.
— Ismi nima edi ya...imm Ha esladim! Yeji. Taehyungning shunday ismli qiz bilan nima aloqasi bor ?
Qiz Jiminning javobini intiqlik bilan kutarkan, yigit javob berish uchun ogʻiz juftladi.
— Yeji bu Taehyungning sobiq sevgilisi, ammo hozir ularning oʻrtasida nima borligini bilmayman ochigʻi.
Hein olgan javobi u kutganidek boʻlmagani uchun lab burib qoʻydi.
— Oʻsha qiz haqida maʼlumot yigʻib berolasanmi?
— Sen eng zoʻrisan Chim-chim oppaa!
Qizning bu qiligʻidan Jimin kulib yubordi.
PovMira: Hali ham uning koʻzlariga qaray olmayapman. O‘sha lahzadan keyin yuzimda issiq bir qizarish bor, go‘yo hamma mening ichimda nimalar bo‘lganini sezib qoladigandek.
Yuragimning urishi hali ham sekinlashmadi. Har bir qadamimda tanam o‘sha iliqlikni eslayapti. Va bu meni uyaltiradi… lekin shu bilan birga, bu hissiyni yo‘qotishni ham istamayman.
U menga tegsa… butun dunyo jim bo‘lib qoladi. Nafaqat tanam, balki ongim ham uning ixtiyorida. Men buni his qilyapman, lekin qarshilik qila olmayapman.
Go‘yo men allaqachon unga tegishliman. Bu menga yoqadi… lekin shu fikrning o‘zi ham meni qo‘rqitadi.
Uning nigohini eslasam, yuragim titraydi. U menga shunchaki qaramaydi — u meni o‘qiydi. Qayerimdan nafas olayapman, yuragim qachon tez uradi, qachon qaltirashimni ham biladi.
Bu kuchli hissiyot… va men, ehtimol, hech qachon undan qocholmayman. Balki qochishni xohlamayman ham.
chimda g‘alati bir quvonch bor — u meni tanladi. Menga qo‘l uzatdi, meni yoniga oldi. Lekin shu quvonchning orqasida qorong‘i bir bog‘lanish yashiringan.
Men bilaman, agar u meni qo‘yib yuborsa, men o‘zimni yo‘qotaman. Agar u qolsa, men butunlay unga aylanaman. Qaysi biri yomonroq ekanini bilmayman… faqat bitta narsani bilaman — u ham menga befarq emas!
Hayollarim bilan parishon boʻlib universitetning boʻm boʻsh yoʻlaklaridan yurib kelarkanman, kutilmaganda oldimdan chiqqan qiz meni choʻchitib yubordi.
Hein sabirsizlik bilan sakragancha, dugonasining javobini kutardi.
— Oʻtakamni yordingku! — Mira koʻksini ushlab gapirdi. — Bu yerda aytolmayman, boshqa joyga boraylik.
Hein tushungancha bosh irgʻab qoʻydi.
Mira dugonasining qoʻlidan ushlagancha universitet qampusining orqa tomoniga yoʻl olishdi. Yaqin oʻrtadagi oʻrindiqda joy olishar ekan, Hein dugonasi gap boshlashini kutardi.
— Balki nima boʻlganini aytarsan ?
— Nima ham gapmi! Balo boʻldi, Hein!
Qiz asabiylashgancha peshonasini siladi.
— Hoziroq menga nima boʻlganini oqizmay tomizmay aytib berishing shart!
— Hoʻp, ammo...oldin oʻzingni bosib ol.
Mira chuqur nafas olgancha hammasini boshidan aytib berishni boshladi. Jungkook bilan boʻlgan janjaldan Taehyung bilan boʻsh auditoriyada boʻlgan yaqinlikgacha*.
Heinning koʻzlari hayrat va hayajondan yorishib ketdi. Dugonasining yanoqlari qizil rangning eng toʻq tusiga kirarkan, iyagini qoʻliga tiragancha etibor bilan tinglardi.
— Nimaa!? Rostan ham u seni barmogʻi bilaaan....
Dugonasi ortiqcha gap gapirib qoʻymasligi uchun Mira tezda uning ogʻzini kafti bilan berkitdi.
Hein hayratdan qanday qilib baland ovozda gapirib yuborganini anglamay qoldi. Atrofdagilar ularga huddi ruhiy nosogʻlom odamga qaragandek qarashardi.
— Esingni edingmi? Bunday soʻzlarni jamoat joyida aytib boʻlmaydi!
Sekin qoʻlini olish mobaynida dugonasiga dakki berdi Mira.
— Nima boʻlibdi? Men bundan ham yomon soʻzlarni aytganman.
Heinning soʻzlariga qoʻshilmasdan ilojim yoʻq edi. Chunki uning yoqimtoy yuzi huddi unga soxta niqobdek edi, chunki bu qizning miyasida qanday hayollar borligini bilgan inson ortiq unga begunoh qizga qaragandek qaray olmaydi.
Hein miyasiga kelgan gapni ochiq oydin aytishga odatlangan va bunga koʻnikishga majburman.
— Nima boʻlganda ham, bu rejamiz oʻxshagandan dalolat.
Uzoq sukutdan soʻng gap boshladi Hein.
— Reja oʻxshashga oʻshadiku ya, ammo endi uning koʻziga qanday qarayman!?
Mira dugonasiga lablarini choʻchaytirgancha qararkan, buni koʻrgan Hein bor ovozi bilan kulib yubordi.
— U seni ering bu narsa ertami kechmi sodir boʻlishi kerak edi.
Asta dugonasiga tushuntirdi endi sal jiddiyroq ohangda.
— Toʻgʻri, ammo men reja bu darajaga boradi deb oʻylamagandim.
Hein Miraning yelkasiga qoʻlini qoʻydi.
— Boʻlar ish boʻldi, endi rejaning uchinchi qismiga oʻtsak ham boʻladi.
— Bu rejalaring meni adoyi tamom qiladi!
— Uchinchi va eng asosiysi bu — Ehtiros!
Dugonasining soʻzlari qulogʻiga chalishi bilan koʻzlari hayratdan kengayib ketdi.
—. Ataylab qilyapsanmi !? Hozir uning oldida uyatdan yerga kirib ketay deb turibman!
— Oʻzingni bos! Men senga hoziroq borib u bilan aloqa* qil demayapmanku! — biroz sukunatdan soʻng soʻzida davom etdi. — Shunchaki oʻzingga qulay fursatni tanla.
— Senga omad! Men esa ketishim kerak, Jimin kutib qoldi.
Dugonasiga havodan boʻsa yoʻllab shoshgancha oʻrnidan turib u yerni tark etdi.
PovJimin: Hein… uning ismini o‘ylashning o‘zi yuragimni qattiq urishga majbur qiladi. Uning kulgisi — eng sovuq kunimda ham quyoshdek issiq.
Har bir qarashi — meni so‘zsiz tushunadigan nigoh. Men hech qachon bir insonni bunday sevishim mumkinligini o‘ylamagandim. U menga qanchalik kerakligini hatto o‘zim ham to‘liq anglay olmayman.
Uning yonida bo‘lganimda vaqt to‘xtab qolgandek tuyuladi. Gaplari, mayin ovozi, hatto tasodifiy teginishlari ham meni hushimdan ayiradi.
Men uchun u — oddiy qiz emas, u mening boshpanam, mening xotirjamligim. Shunchaki qarashlari ham yuragimni tinchlantiradi.
Balki u bilmas… men unga qanchalar oshiqmanligini yashirishga harakat qilaman. Chunki ba’zida sevgim juda kuchli bo‘lib ketadi, undan qo‘rqaman.
U mening dunyom, mening eng katta baxtim. Men faqat bitta narsani xohlayman: uning qo‘lini hech qachon qo‘yib yubormaslik.
Restoran eshigidan kirib kelgan qizning yoqimli ovozi meni sergak tortishimga majbur qildi.
Men tomonga tabassum bilan yurib kelarkan men ham unga qoʻlimni silkib qoʻydim.
— Kechga qolganim uchun uzr, Mira bilan suhbatlashib qolib ketibman. — dedi qiz yigitning qarshisidan joy egallash barobar.
— Hech qisi yoʻq. Nima buyurtma qilamiz?
Hein oʻylangacha Menyuni qoʻliga oldi. Birin ketin taomlar va ularning narxlarini koʻzdan kechirarkan Jiminga ogʻirligi tushishini xohlamas edi.
Qizning soʻzlaridan Jimin qoʻsh chimirdi.
Ofitsiant yaqinlashayotganini koʻrgan Jimin, buyurtma berdi.
Qiz unga hayron boʻlib qarab turardi.
— Jimin unday qilishing shart emas! Kel yaxshisi hisobni ikkiga boʻlamiz.
— Hein! Men erkak kishiman, xohlagan narsangni buyurtma qil oʻzim toʻlayman! — dedi yigit qatʼiy ohangda.
— Shunchaki senga ogʻirligim tushishini xohlamayman, uning ustiga onangning muolajalari....
Xato gapirib qoʻyganini anglagan Hein tezda jim boʻldi.
Jimin bu safar jahl aralash gapirdi.
— Meni notoʻgʻri tushunding.— Hein yigitning koʻzlariga boqib ularda afsus va aybdorlik hissini koʻrdi. Asta uning qoʻllaridan ushlab gapida davom etdi.— Jimin, sen oʻzingni aybdor his qilmasliging kerak. Hech bir inson qanday oilada va qaysi taqdir bilan tugʻilishini tanlamaydi. Shuning uchun.... Dadangning qilmishida oʻsingni ayblama.
Yigit oldin oʻzining qoʻlini ushlab turgan qizning kaftiga, soʻngra uning yuziga qaradi. Nigohlaridan huddi bir nima yumshagandek boʻldi.
Havotir oʻlmasin deb unga muammolarini aytmayotgan boʻlsada, Hein ularni juda yaxshi sezib turgan edi. Uning soʻzlari yillar davomida ich etini yeb kelgan yaralarga taskinlik bergan edi.
Huddiki shu soʻzlarni yillar davomida eshitishi xohlagandek. Yoshlikda ham, hozir ham Hein uning — yuragini davosi.
Jimin qizga qarab siniq tabassum qilib qoʻydi.
— Agar nimadir seni bezovta qilsa, dalda berish uchun doim yoningdaman. — Dedi Hein yigitning qoʻlini silagancha.
Jiminning etiborini telefoniga kelgan habarga qaratarkan. Uni koʻrib tabassumi soʻndi.
«Bugun kelasanmi? Katta pul tikilgan.»
Yoqimli mutola Moonlights 💓 Keyingi qsim uchun 30+ reaksiya va 50+ fikr kutaman 💋 Agar oʻtkan safargiday fikrlar bilan mani quvontirsela keyingi qsimni hot qvoraman 🌚