May 25, 2025

𝙳𝚘𝚗'𝚝 𝚜𝚊𝚢 𝚢𝚘𝚞 𝚕𝚘𝚟𝚎 𝚖𝚎 [ 1 𝚎𝚙𝚒𝚜𝚘𝚍𝚎 ] 𝑯𝒂𝒕𝒊𝒏𝒈 𝒚𝒐𝒖 𝒊𝒔 𝒕𝒉𝒆 𝒐𝒏𝒍𝒚 𝒘𝒂𝒚 𝒕𝒉𝒂𝒕 𝒅𝒐𝒆𝒔𝒏'𝒕 𝒉𝒖𝒓𝒕...

Author: Muhabbat doim nafratdan keyin boshlanadi deyishadi. Sevgi va nafrat orasida deyarli bir qadam bor va ikki kishidan biri shu qadamni bosishi kerak. Bu hikoyamiz ikki insonning nafrat, sevgi va yana sevgidan nafratga qaytishi haqida..

Erta tong quyosh nurlari derazadan mòralab, yotoqda mazza qillib pishillab uxlab yotgan qizning ģashiga tegardi. Yotoq yonida joylashgan kichkina tokchada turgan telefonidan kelayotgan yoqimsiz ovoz, uni etinibgina yotoqdan turishiga majbur qildi. Telefonning ekraniga qaraganida soat allaqachon sakkiz bòlganini kòrsatardi. Mira sekin òrnidan turib yuz qòlini yuvish uchun yuvinish xonasi tomon qadam tashladi.

Kang Mira ha u haqiqqatdan ham juda gòzal qiz. Tiniq va oppoq terisi, ayniqsa tun kabi qop qòra kòzlari uning kòrinishini noodatiy qilib kòrsatardi. Kòzlariga òxshab tim qòra sochlari belidan òtib turardi.

Kang Mira

PovMira: Yuvinish xonasidan chiqib pastki qavatga tushdim. Oshxonada oyim nonushta tayyorlayotgan ekan.
-Hayrli tong.
Men uyqusiragancha gapirdim. Ovozimni eshitib oyim men tomonga qaradilar.
-Senga ham.
U shunchaki oddiy javob qaytardi. Men indamasdan òzimga suv quyib ichishni boshladim. Suvni ichib bòlib stakanni endi stol ustiga qòyaman deganimda birdan uni tushirib yubordim. Stakan yerga zarb bilan tushib chil chil bòlib sindi. Men darrov polga tiz chòkib singan shisha bòlaklarini yiģishtirishni boshladim. Oyim yerga tushgan stakan ovozini eshitib tezda menga qaradi.
-Senga nechchi marta aytishim kerak etiborli bòl deb!
Oyim qòpol ovozda meni koyishni boshladi.
-Uzur.
Men shisha bòlaklarini yiģishda davom etdim.
-Oddiy uzur yetarli emas, axir kattakòn qizsan endi lekin hech narsani qoyillata olmaysan.
U menga zahrini sochishni boshladi.
Men behosdan shisha bilan qòlimni kesib oldim. Oyimning kòzlari barmoģimdan sizib chiqqan qonga qadaldi.
-Ana! Yana beetiborsan desam ishonmaysan. Hayolingda nimalar bor òzi sen qizni!?
-Bu nimalar deganingiz ? Shu oddiy stakan mendan muhimmi?
Men ortiq chidab turolmadim.
-Gap stakanda emas, gap senda!
-Gap menda emas, aslida sizda oyi! Nima menga baqirish uchun sabab qidirayotganmidingiz?!
-Men seni òylab gapiryapman, sal kallangni ishlatib ish qilishni òrganarsan deyapman!
PovMira:Onamning qòpol ohangda aytilgan gaplari qalbimni òģritardi. Ortiq uni gaplarini eshitishni xohlamay u yerni tark etdim. Menimcha dadam bilan yana tortishib qolishgan, alamini mendan olyapti. Kòzlarimga yana yosh tòlyapti, bu yana nimasi a!? Axir bu arzimagan narsaku, lekin baribir yeģlagim kelyapti. Òzingni bos Mira sen yòlning òrtasida yeģlab yuborolmaysan. Odatda men yeģloqi emasman, lekin menga qadirli bòlgan insonlarning menga bòlgan yòmon muomilasi mening qalbimni oģritadi. Oyimni yaxshi kòraman, lekin u bilan tez-tez tortiship turamiz. Uning fel atvori yoshligimdan beri shunaqa. Hissiyotlarini boshqara olmaydi, jahli chiqsa alamini boshqalardan oladi. Men oilamni yaxshi kòraman, lekin uydan uzoqdaligimda qalbim taskin topadi...

Uyda nonushta qilaolmaganligim uchun, uyimiz yonidagi kichik qahvaxonaga kirib òzimga sutli qahva va shirinlik buyurtma berdim. Oyna yonida joylashgan stuldan òrin egallab òtirarkanman telefonim jiringladi. Ekrandagi isimni kòrib gòshakni kòtardim.
-Alo, eshitaman.
-Mira, hayrli tong.
-Senga ham hayirli.
Beihtiyor yuzimga tabassum yugurdi.
-Bugun kechqurun tungi qlubga borishga nima deysan?
-Qòysangchi Hein, bilasanku men unday odam gavjun va shovqinliy joylarni yoqtiraman.
-Yuraqolsangchi, axir nufuzli universitetlardan biriga kirganimizni nishonlashimiz kerakku.
-Bòpti kòndirding.
Heinning kayfiyati kòtarilib ketdi.
-Ajoyib, unda men senga kechroq manzilni jònataman.
-Hop, kòrishguncha.
-Kòrishguncha, òpib qolaman.
Hein shunday degancha gòshakni qòyib qòydi.
PovMira. Hein bilan gaplashib kayfiyatim kòtarildi. U meni maktab davridan beri eng yaqin dugonam, shuning uchun ham ikkalamiz bir universitetga marketing sohasiga topshirgandik. Bugun universitetga kirganimizni nishonlash uchun tungi qlubga borishga qaror qildik.
*

PovMira: Soat millari kechgi soat sakkizdan òttiz daqiqa òtganini kòrsatarkan, men Hein yuborgan manzilga yetib keldim. Men yengil pardoz qilib, minimalist bòlganim uchun ustimga oddiyroq lekin òzgacha bòlgan chiroyli kòylak kiydim.

Kang Mira

PovMira: Tungi qlub ichkarisiga kirishim bilan dimoģimga alqagol va tamaki hidi urildi. Bu yer juda shovqinli edi, baland musiqa yangramoqda, atrof tòla rang barang chiroqlar. Bu yerga har hil insonlar kòngil hushlik qilish uchun kelishgan. Qlubning òrtasida ochiq sochiq kiyingan qizlar va ularga sherik bòlayotgan mast yosh yigitlar raqsga tushishmoqda. Ularga qarab men jirkanib ketyabman, juda bachkana. Men burchakda joylashgan bar yonida òtirib Heinni kuta boshladim. Uzoqdan tanish chehrani kòrib qòlimni silkidim.

Han Hein

PovMira: Uni kòrishim bilan tabassumimni boshqara olmay qoldim. Hein yaqinlashishi bilan men qòllarimni keng yoyib oldim, u meni mahkam quchib oldi, men ham uni qayta quchdim.
-Uzoq kutib qolmadingmi?
Mendan ajralgancha sòradi Hein.
-Yòq, òzi hozir kelgandim.
-Ichishga biror nima buyurtma beraylik.
-Men alqagol ichmayman.
-Bu nima deganing axir maktab òquvchisi emassanku.
Hein lablarini burib gapirdi.
-Hayrli kech janob, bizga ikkita viskiy.
-Sizni tushindim honim.
Sokin javob berdi barmen yigit.

Atmosfera

-Biz uchun!
Men birinchi marta spirtliy ichimlik tatib kòrdim. Viskiyning achchiq tamidan yuzim burishdi.
-Hòsh qanday?
Qoshini kòtarib Hein gap boshladi.
-Chidasa bòladi.
Men yuzim burishib javob berdim. Qadirdon dugonam bilan kòrishmaganimizga ham ancha vaqt bòlib qolipti. Biz birimizning diydorimizga tòyib, miriqib suxbatlashdik.
-Men yuvinish xonasiga borib kelaman.
Dedi Hein gapni bòlib. Men bosh irģab qòydim va viskiydan hòplagancha uni kuta boshladim. Bar yonida, mendan unchalik uzoq bolmagan òrindiklardan biridan shovqinliy yigitlarning kulgu ovozi eshitilardi. Men ularga etibor bermadim. Keyinchalik ulardan biri men tomon yaqinlashib, yonimdagi stulga òtirib oldi. Tan olish kerak u juda kelishgan va baland bòyli edi.

Osha yigit

-Agar mijoz qidirayotgan bòlsang notòģri odamni tanlabsan.
Osha yigit men tomon qarab sokin ovozda qapirdi.
-Tushunmadim?
-Òzingni gòllikga solma, bu yerdagilar ozidan soddani yasab oladiganlarni yoqtirishmaydi.
-Men siz òylagan odam emasman.
Meni kòchadagi qizlarga òxshatayotgani meni gazabimni keltirdi.
-Qòysangchi, bu yerga yozģiz keldingmi?
-Yòq, dugonam bilan.
Men sovuq javob qaytardim. Bu qiz qayerlarda qoldi ekan a?
-Juda yaxshi, men ham bu yerga dòstlarim bilan keldim bizga qòshlishingiz mumkin.
-Yòq, raxmat.
-Buncha òzingni olasana ?
U mensimagandek gapirdi.
-Senga nima?
U minģiyda kulib qòydi.
-Shunchaki òziga mos bòlmagan joylarda yuradiganlarni yoqtirmayman.
Men engsa qotirib qòydim.
-Men esa òziga aloqasi yòq narsalarga burnini suqadiganlarni yoqtirmayman!
U past ovozda kulib qòydi.
-Hoy qizaloq, ohanginga qarab gapir. Bu yerda hurmatga loyiq bòlish kerak- yoki hurmatingni yoqotasan!
-Unda sen allaqachon òz hurmatingni òzing yoqotib bòlding. Chunki men seni hurmat qilishimga arzimaysan!
Men shunday degancha tez-tez qadamlar bilan qlubni tark etdim. Bu yaramasning gaplarini tinglashga ortiq asab tolalarim chidamaydi. Osha yigit Miraning ortidan qiziquvchanlik bilan tikilib qoldi.

1 episode end