La mia regina nell'oscurità / 1 episode
Sokin tong. Sohil hali ham uning bosib o'tgan izlarini saqlab turgandek tuyulardi. Karina uzun palto ichida, qo'llarini cho'ntagiga solib, boshini past solganicha sokin, ammo chuqur nafas oldi.
Kecha u bilan gaplashdi. Gaplashdi degani... suhbat bo'ldi, ammo so'zlardan ko'ra ko'proq ko'zlar so'zladi.
Jungkook kechki soat to‘qqizlarda jo‘nashi kerak edi. Karina bu haqida o‘ylagan sayin yuragi g‘ash tortardi. Hozirgi hislari haqida aniq bir narsa deyolmasdi. Sevgi emas, do‘stlik emas, ammo biror narsa bor edi.
Ularni boshqa hech kim tushunmasdi.
Jungkook ketishidan avval, sohil bo‘yida yana bir bor uchrashishdi. Salqin shamol, sukunat, va ularning qarshisida oppoq to‘lqinlar.
Jungkook indamay turdi, Karina esa yerga qarab, nima deyishni bilmay:
— Yaxshi... vaqt o‘tdi. Ketishing kerak, to‘g‘rimi?
Jungkook yumshoq jilmaydi. Qaradi.
— Ha... Aytmoqchimanki... raqamingni olsam bo‘ladimi?
Karina boshini ko‘tardi. Nigohi biroz qochdi.
— Yo‘q, unday emas. Shunchaki...
U jim bo‘lib qoldi. Go‘yoki yuragidagi narsa tiliga yetib kelolmasdi.
— Faqat... meni tezda unutib yuborishingni istamayman.
Jungkook kulimsirab, cho‘ntagidan telefonini chiqarib, unga uzatdi. Karina asta raqamini terdi. Keyin u telefonni Jungkookga qaytarib berdi.
Jungkook esa, orqaga bir qadam tashlab, uning yuziga qaradi.
— Ha?
Karina ko‘zlarini keng ochgan holda unga termuldi.
Jungkook unga yaqinlashdi. U go‘yo nimanidir ichida yengdi, so‘ng Karinaning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi. Sekin, ehtiyotkorlik bilan uni quchdi.
Qattiq emas. Go‘yo kuch ishlatsa, uni sindirib qo‘ygandek. U bir lahza Karinaning sochlari orasiga yuzini kõmdi uning iforini huddiki sõngi bor his qilayotgandek va ohista quloğiga pichirladi
— Ehtiyot bo‘l, — dedi past ovozda. — Ko‘rishamiz...
Karina jim turdi. Faqat yuragining urishi go‘yo sohildagi to‘lqinlarga ohang berayotgandek edi.
...
O‘sha kechasi Karina faqat deraza oldida o‘tirib, uning quchog‘ini esladi. Yuragining qayeridadir iliqlik, ammo aniqlanmagan tuyg‘u bor edi. Ertasi tongda esa, u birinchi bo‘lib telefoniga qaradi. Xabar yo‘q.
Ammo kechqurun telefon titradi:
Jungkook: Salom, Karina. Bu men — Jungkookman. Kecha kechasi Seulga yetib kelganim uchun yozolmadim. Uxlayotgandirsan deb, bezovta qilishni xohlamadim.
Karina uzoq vaqt ekranga tikilib qoldi. Yozmoqchi bo‘ldi, lekin so‘zlar topilmadi. Shunchaki, yana deraza oldiga qaytdi. Bir kun o‘tdi.
Jungkook: Xabaringni uzoq kutdim. Seni sog'indim, Karina.
Yana jimlik. Karina o‘zini aybdordek his qilardi, lekin nima yozishni bilmasdi. Kechqurun:
Karina: Salom, kech javob berganim uchun uzr. O‘qishlarim bor edi, biroz band bo‘ldim.
Jungkook: Bilaman, sen doim band bo‘lasan. Lekin sen habar yozguningcha 1 kun o‘tdi, va men bu bir kun ichida seni juda sog‘indim. Céleste.
Karina xabarni o‘qigach, yuragi biroz tez ura boshladi. U bu nomni hech qachon eshitmagan, lekin qandaydir ohangli, g‘alati chiroyli edi. U tabassum qildi. Yana javob yozmadi.
Kunlar o‘tdi. Ular muntazam emas, lekin yozishib turishdi. Karina har doim javobni kech yuborar, Jungkook esa har safar biroz sog‘inch bilan, lekin mehr bilan yozardi.
Jungkook: Bugun yomg‘ir yog‘di. Ko‘nglim xotirjam emas. Nimanidir unutgandekman. Ehtimol, sening ovozingni eshitmaganimdandir. Céleste, hali ham ko‘z oldimda qolgandek...
Karina uzoq o‘yladi. Ekranga tikilib, labini tishlab o‘tirarkan, yuragida nimadir harakatlanayotgandek tuyuldi.
U yozmadi. Lekin yuragida bu ism — "Céleste" — tobora chuqurroq joy egallay boshladi.
Ular hali sevishganlar emasdi. Ammo oddiy do‘stlar ham emasdi. Yaqin, iliq, ishonchli...
Bu endi oddiy boshlangan bir narsa emasdi.
Bu — yurakdagi sokin inqilob edi.