☆𝗜 𝗟𝗢𝗦𝗧 𝗬𝗢𝗨 𝗜𝗡 𝗠𝗬 𝗗𝗥𝗘𝗔𝗠𝗦☆
Baʼzan muvaffaqiyatga erishish uchun borimizdan voz kechishimizga toʻgʻri keladi. Orzularimiz yoʻlida shafqatsizlarcha boshqalardan foydalanib, soʻng ularni huddiki hech narsa boʻlmagandek tark etamiz. Bunday odamlar jamiyatda xudbinlar deb nomlanadilar. Bu hikoya esa kimningdir xudbinligi haqida emas, balki xatosini vaqtida tushunib, uni tuzata olgan, niyatlarini amalga oshirish bilan birga oʻz baxtiga erisha olgan yigitchaning hayot yoʻlini soʻzlaydi...
Yorqin kun! Bugun kun ajoyib boshlandi. Kecha kechgacha biznes gʻoyalari bilan boʻlib uyquga toʻymagan Namjoon uchun bugun haqiqiy jannat sari yoʻldek tuyuldi. Chunki bugun yakshanba.
Soat 10³⁰ lar atrofida uygʻongan Namjoon atrofga alanglanib qaradi. Kompyuter yerda, bir dunyo kofe kukuni qoldiqlari har joyga sochilgan, iti Nick yotoq ustida choʻzilib yotar, hullas uy algʻov dalgʻov boʻlib ketgandi.
-ufff, Nick tur. Uyni yilishtirish kerak
Oʻrnidan turar ekan yotoqdan badboʻy hid taralardi
-fuuu Nick😖 bu kimni ishi, senikimi yoki meniki?
It ikki marta akkilladi. Bu Namjoonga nisbatan ishora edi
-yaramasee, men seni hayvonlar uyiga tashlab kelaman,-deya Nickni qoʻrqitmoqchi boʻldi, biroq it ham boʻsh kelmadi. Biroz kelishgach Namjoon yuvinish xonasiga kirib ketdi va yarim soatdan soʻng qaytib chiqib, oʻzi uchun nonushta, Nick uchun itlar yeguligini tayyorladi.
Kun Yunjin uchun juda erta boshlandi. Oʻgʻli Sanwooni enagasiga topshirishi kerak. Yakshanba kuni boʻlishiga qaramasdan kechagi chala qolgan reklama syomka jarayonini bugun bitirishlari kerak, chunki ertaga xaridor mahsulotni olib ketishi kerak
Yunjin darhol enagaga qoʻngʻiroq qildi
-xayrli kun Kyong xonim! Kechirasiz, mobodo bugun ham Sanwooga qarab tura oladizmi? Meni favqulodda ishga chaqirishyapti, bormasam boʻlmaydi bilasizku😕....A? Qarab berolssizmi! Raxmat Kyong xonim!.....nima? Kelolmaysizmi? Yaxshi uyingizga olib borib qoʻyaman. Minnatdorman Kyong xonim! Yaxshi qoling!
Telefon uzilgan tezda Sanwooni kiyintirishga tushdi.
-oyi, bugun ham ishfa borasizmi?
-ha oʻgʻlim, bugun ham chaqirishdi.
-axir vaʼda bergandizku oyi! Bugun ikkimiz multfilm koʻramiz degandiz...
-Sanwoo, men ertaroq qaytishga vaʼda beraman oʻgʻlim. Agar bugun Kyong xonim bilan qolib, yaxshi bola boʻlsang, seni hayvonot bogʻiga olib boraman