September 27

Tasodifmi yoki mo'jiza?!

Tasodifmi yoki mo'jiza?!

Sevgi degan tuygβ€˜uni qalbimga joylagan ekansan ketishingga yoβ€˜l qoβ€˜ymayman.
_Muallif_Kan Mire

Odatiy vaqtga qo'yilgan uyg'otgichning yoqimsiz jiringlashi bilan undan bir necha daqiqa avvalroq uyg'ongan Yuna uni o'chirib qo'ydi. Oβ€˜rnini tartibga keltirib, Qisqa muddatda yengil dush qabul qildi. To'satdan ko'zi har kuni termulgancha shoshilib pardoz qiladigan ko'zguga tushdi. Tartibsiz va nam sochlaridan suv tomchilayapti. Ko'z atrofi ozgina qorayibdi. Kattalardek... yo'q! Mustaqil inson sifatida yashash shunday bo'larkanda...! Uyquga to'ymagan qahvarang ko'zlariga qaradi. Biroz horg'in... Ammo hamon goβ€˜zal.
Oyna oldidan uzoqlashib bir necha qadam naridagi oshxonaga kirdi. Doimgidek faqatgina qahva tayyorladi nonushta uchun. Kimning ham ovqatlangisi kelardi bu vaqtda! Stulga o'tirib telefonini yoqdi, qahvani lablariga yaqin tutib sekin ho'pladi. Tahmin qilganidek Sonjiadan kun ta'surotlariga to'la 5-6 ta xabar kelgan ekan. Ularni o'qib yuziga mo'jazgina tabassum tarqaldi.Javob o'rnida bir-ikkita mos stiker yubordi va qo'shib qo'ydi:
"π‘ˆπ‘›π‘–π‘£π‘’π‘Ÿπ‘ π‘–π‘‘π‘’π‘‘π‘‘π‘Ž π‘‘π‘œ'π‘™π‘–π‘žπ‘Ÿπ‘œπ‘ž π‘Žπ‘¦π‘‘π‘–π‘ π‘π‘’π‘Ÿπ‘Žπ‘ π‘Žπ‘›, π‘žπ‘–π‘§π‘–π‘žπ‘–π‘ π‘žπ‘œπ‘™π‘‘π‘–π‘šπŸ˜†"
Keyin lablari yana o'z o'rnida tekislashdi, onasiga ham xabar yubordi.
"π‘†π‘Žπ‘™π‘œπ‘š, π‘šπ‘’π‘›π‘‘π‘Ž β„Žπ‘Žπ‘šπ‘šπ‘Žπ‘ π‘– π‘¦π‘Žπ‘₯π‘ β„Žπ‘–, π‘œπ‘¦π‘–π‘—π‘œπ‘›. 𝑂'π‘žπ‘–π‘ β„Ž π‘£π‘Ž π‘–π‘ β„Žπ‘™π‘Žπ‘ β„Ž 𝑠𝑖𝑧 π‘œ'π‘¦π‘™π‘Žπ‘”π‘Žπ‘›π‘β„Žπ‘Žπ‘™π‘–π‘˜ π‘žπ‘–π‘¦π‘–π‘› π‘’π‘šπ‘Žπ‘ . π‘†β„Žπ‘’π‘›π‘–π‘›π‘” π‘’π‘β„Žπ‘’π‘› 𝑏𝑒 β„Žπ‘Žπ‘žπ‘–π‘‘π‘Ž π‘œ'π‘¦π‘™π‘Žπ‘šπ‘Žπ‘›π‘”. π‘‚π‘¦π‘–π‘—π‘œπ‘›, π‘¦π‘œπ‘›π‘–π‘šπ‘”π‘Ž π‘˜π‘’π‘™π‘œπ‘™π‘šπ‘Žπ‘¦π‘œπ‘‘π‘”π‘Žπ‘›π‘–π‘›π‘”π‘–π‘§ π‘’π‘β„Žπ‘’π‘› π‘œ'𝑧𝑖𝑛𝑔𝑖𝑧𝑛𝑖 π‘Žπ‘¦π‘π‘™π‘Žπ‘šπ‘Žπ‘›π‘”. 𝑀𝑒𝑛 π‘‘π‘’π‘ β„Žπ‘’π‘›π‘Žπ‘šπ‘Žπ‘›. π΅π‘–π‘Ÿπ‘œπ‘§ π‘–π‘ β„Žπ‘™π‘Žπ‘Ÿπ‘–π‘š π‘π‘œπ‘Ÿ, π‘₯π‘Žπ‘¦π‘Ÿ"
So'ng hatto yarimi ham ichilmagan qahvani chetga surib, ishga tayyorgarlik ko'ra boshladi. Kiyim javoni oldida biroz qarab qoldi, juda ko'p shim va fudbolkalar hamda barmoq bilan sanarli ko'ylaklar tartib bilan tizilgan. Bugun barcha odatdagi ishlar ro'yxatidan so'ng noodatiy tarzda qaymoqrang ko'ylagini kiyishga qaror qildi. Takror ko'zguga qaradi faqat bir necha soniyaga. Betakror... Aslida kamdan-kam kiyadigan bu usuldagi kiyimlari ham nuqsonsiz ko'rinadi unda. Kechagina ishdan qaytgach stoli ustiga qo'ygan sumkasini yelkasiga ildi. Uyidan chiqishidan avval hammasi joyida ekanligiga va doβ€˜kon kalitlarini olganligiga ishonch hosil qilish uchun tekshirib koβ€˜rgach eshikni qulflab, doβ€˜konga ketdi. Hali quyosh chiqib ulgurmagan. Atrof koβ€˜kimtir tusda.... Seulning tinib tinchimas odamlari kunlarini allaqachon boshlashgan boβ€˜lsa-da shahar juda tinch.
Deyarli oβ€˜n daqiqada yetib bordi.

__

To'rtdan bir qismi sotib olinganidan buyon ishlatilmagan atir-upalar did bilan terilgan sevimli koβ€˜zgusi oldida yelkasidan biroz pastga tushadigan kalta sochlarini turmaklab boβ€˜lgach tabassum qildi Uyeon. Bir yuz sakson yetti martalik urinish, uch yuz yigirma ikkita haqorat va ellik yetti marotaba o'zgartirilgan uslubdan so'ng nihoyat sochlari ajoyib koβ€˜rinishda...
Tizzasidan biroz pastroq turadigan yubkasi va moviy rangli ayiqcha tasviri tushirilgan koftasi, bularsiz ham yeb qo'ysa arziydigan yoqimtoy yuziga yanada ko'proq nafislik qo'shyapti. Yap-yangi bo'lishiga qaramay bir asr avval yasalgandek g'ichirlab ochilgan eshik e'tibor tortishdan ko'ra ko'proq asab tolalarida kontrabass chalgandek ovoz chiqarib qarashga majbur qiladi. Eshikni "kuylashga" majbur qilgan esa Uyeonning jiyani, Hana . Uyeon ham ota-onasi bilan yashamaydi. Shuni istagani uchun emas, Universiteti Seulda bo'lganligi uchun. Hanaga kelsak Uyeonning ota-onasi yoshligidanoq unga jiyanini o'zining soxtalashtirilgan soyasiga aylantirishgan. Esini taniganidan beri hech ortidan qolmaydi, aniqrog'i ota-onalar qoldirishmaydi.
-Bugun qayoqqa yo'l oldilar, Universiteti va ishi bo'lmaganda amakivachchasini uydan haydab ham chiqarib bo'lmasligini bilsa-da kinoya bilan so'radi Hana.

- O'lgani emas, demak borishim mumkin. Shu kungacha bo'lgan barcha tortishuvlar olimpiadasi chempioni hisobiga yana bir g'alaba yozildi.
-Uyeon-aaaa! Bugun qolib, menga yordam berishga va'da bergansan, yalingudek mo'ltiradi nima qilib bo'lsa ham qolishga majbur qilish uchun.
-Hana-yaaa, qara qanday chiroyli qiz bo'ldim, kunimning yarmi shunga ketdi, qolgan yarmini uni maqtanib oβ€˜tkazmasam behuda vaqt sarflagan boβ€˜laman.
- senda hatto buni maqtanish uchun yoqtiradigan yigiting ham yoβ€˜q-ku?!
Mana bu haqiqiy zarba!
- Hana, ertaroq kelishga harakat qilaman. Mustaqil topshirig'imni bajaraman-u qaytaman.Yarim soat tayyorlagan rugzagini yelkasiga ildi va Hanaga havodan o'pich yuborib bamaylixotir uydan chiqib ketdi. Hana esa hamon turgan joyidan jilmay Uyeon unutmaslik uchun sumkasining yonginasiga qo'ygan, biroq unutib qoldirib ketgan telefondan ko'zini uzmasdi. Eh, bu qiz..!
______
Uyeon ko'chaga chiqib, tez taksi to'xtatdi-yu uyidan chiqqanidan buyon takrorlayotgan manzilni aytdi. Qoyil! Ajoshi yaxshi odam ekan! Yuna ishlaydigan do'kon joylashgan tor ko'chaning boshigacha olib kelib qo'ydi. Uyeon bu joyga kelishni yoqtiradi. Buning birinchi sababi Yuna bo'lsa, ikkinchisi do'konning "yoqimtoy" egasi. Ha, avvalroq aytganimdek Uyeon biroz tentakroq! Qiyofasi sabab odamga o'xshamasa naqt King Kongning o'zi, yuzida yoqimtoylikdan asar ham bo'lmagan devqomat do'kon egasini yoqtiradi bu qiz!
Taksidan tushishi bilan, yo'l boshidan ko'rinib turgan do'kon tomonga chopqilladi. Shart eshikni ochib "tashrif buyurganini" tantanavor e'lon qildi.
-Saloooom~~! tishlarini ko'rsatib tirjaydi Uyeon
kassa oldidagi dugonasi Yuna va hayratdanmi yoki kulgudan o'zlarini zo'rg'a turganidanmi unga tikilib qolgan odamlarga. Yunaga quruqqina "Rahmat" deb do'konni bo'shatib qo'yishdi mijozlar.
-Eh! Tentak! Yuna kulib yubordi biroz avvalgi holat eslab. Hali biroz vaqtli emasmi?! qo'shib qo'ydi.
- Yo'q!Hatto 10 daqiqa o'tib ketdi ham.
Chindan ham (yarim kunlik)ish vaqti tugapti. Chuqur nafasi ostida pichirladi Yuna: "Nihoyat!"
Shoshqaloq Uyeon Yunadan avval uning sumkasini olib ko'chaga chiqib oldi.
Qachon katta bo'larkin! har uchrashganda xayolidan o'tadigan senarriy yana aylandi Yunaning miyasida. Tahminan yigirma marotaba
"bo'laqolsangchi Yunaa" dan keyin chiroqlar o'chirilganiga, bir soniya avval qulflagan bo'lsa-da eshik berkligiga ishonch hosil qilgach nihoyat shahar kutubxonasiga yo'l olishdi.
Kutubxonaga kelgach o'zlariga deraza oldidan o'rin(stol) band qilishdi-da, ikki tomonga tarqalishdi. O'zlariga kerak bo'lgan kitoblarni topib darslariga sho'ng'ib ketishdi. Biroz vaqtdan so'ng ishlarini tugatay deb qolganida nimadir deyish uchun boshini ko'tardi-yu so'ng to'xtadi.
-Yuna, anavi yerdagi yigit nega bizga g'alati qarayapti?istamasada lablaridan titroq bilan chiqdi so'zlari. Yuna boshini ko'tarib ortga o'girildi. Chindan ham bir nechta stol narida o'tirgan o'siq qora sochlari bo'yniga tushib turgan, qora niqobidan faqatgina kashtanrang ko'zlari ko'rinib turadigan, viqori tufayli nigohi yanada sovuqroq ko'rinayotgan yigit ulardan ko'z uzmayotgandi....