๐ฅ๐๐๐ก || ๐๐๐ฆ
๐๐๐๐๐ก๐๐๐ ๐๐ข๐ : ๐ฌ๐ฎ๐ป๐ฎ ๐ฏ๐ถ๐ฟ ๐บ๐ฎ๐ฟ๐๐ฎ, ๐๐ฎ๐น๐ผ๐บ
Muhlislar qichqirib yorug'lik chiroqlarini uyoq buyoqqa silkitarkan u raqsga tushyabdi, sahnada sakrayabdi, rep aytib, guruhdoshlarini bilan kuylayabdi. U hali ham o'sha binafsharang soyabonini berib turgan qiz haqida o'ylayapti.
Hoseok unga rahmat aytolmadi, hatto bitta so'z ham deyolmadi. Nimagadir, u qiz haqida o'ylashdan to'xtay olmadi. U... sirli ko'rindi.
Ammo uning pushti labidagi kichik tabassum?
Bu unga yoqdi.
Va to'satdan u tanasiga suv tegayotganini his qildi. U osmonga qarab yana yomg'ir yog'ayotganini sezdi, to'xtovsiz. Yomg'ir uning sochi va kiyimlarini jiqqa ho'l qildi. Yomg'irning tovushi u o'sha yoqimli tabassumni yaratgandagi yumshoq ovozini eslatadi.
O'ylaridan chiqish uchun boshini chayqadi-yu, nigohi sahnaning boshqa burchagidagi sardorning ko'zlari bilan uchrashdi. Yuzi savol tusiga o'zgarib, undan nima qilishlari kerakligi haqida so'radi. Uzun bo'yli, turmaklangan qora sochli yigit unga jilmayib, muhlislarga ishora qildi. Hoseok yomg'irdan zarracha ham bezovtalanmagan minglab qichqirayotgan va ular qo'llab quvvatlayotgan muhlislarga qaradi.
Tetiklantiruvchi muhit va tabiatning teginishi hammani yanada xursand qilgandi. U muhlislariga baxtli tabbassum qilib, sahnaning boshqa qismiga o'tish yo'lida Jimin bilan raqsga tushishga ham ulgurdi. O'z qismini mukammallik bilan kuylarkan sahnaning chap burchagiga yetdi. Baxtdan qichqirayotgan muhlislariga qo'l silkidi. Atrofga qararkan ko'zlari o'ziga xos insonga qadaldi. Mana u to'rtinch qatorda yuzida o'sha Hoseok ko'rgan xortirjam ifoda bilan turibdi.Uning qo'lida bezalgan army bomb, ko'k toshlar suv tomchisi illuziyasini beradi.
Hoseok unga termulayotganini sezmaydi ham - uning go'zal biroq befarq ko'zlari Jinga qadalgan.
U yana o'sha yomg'ir plashini kiyib olgan, yuqoriga yig'ilgan sarg'ish sochini kapishon yopib turibdi. Ostida oq BTS logosi tushurilgan qora fudbolka va oq tennis yubkasi.
Uning ko'zlari nihoyat Hoseokka qaraydi. Va to'satdan u yuragining harakatini sezyabdi, uning tovushi qulog'ida baland jaranglayabdi.
U Hoseokdan ko'zlarini uzmaydi. Yorug'lik chirog'ini tezda silkitib, unga jilmayadi. U ham qizga javoban tabassum qildi, kim bilibdi u ham ARMY ekanligini. Shunday qilib kecha u Hoseokni tanib olganiga endi shubha yo'q, u ARMYlarning sezgisiga ishonadi. Hoseok u tartibsizlik yaratmagani va yordam bergani uchun minnatdor.
ARMY bombni silkitarkan, u ko'k toshlar orasidan kumush rangli svaravski toshlarini ko'rdi. Toshlar "Hope" ko'rinishida terilgan. Hoseokning tabassumi kengaydi, shunday qilib u qizning sevimli a'zosi.Jungkook orqadan unga sakraganini va uning yonida Taehyung ahmoqlarcha raqsga tushayotgani uning e'tiborini qizdan ajratdi.
U Yoongining mikrofonida qichqirayotganini eshitadi va ular musiqa sadolari ostida sakray boshlaydilar. U ketishdan oldin qizga oxirgi marta nazar tashlaydi.
U Jiminning oldiga yugurib borarkan o'ziga pichirladi, biroq bu unga qaratilgan edi.