December 22, 2025

π—¦π—§π—’π—Ÿπ—˜π—‘ π—₯π—˜π—”π—Ÿπ—œπ—§π—¬ || π—π—π—ž

π—–π—›π—”π—£π—§π—˜π—₯ 4 : π—¦π—œπ—‘π—šπ—˜π—₯

Aqldan ozgan.

Men haqiqatdan ham aqldan ozganman.

Men nima qilayotganimni ham bilmayman. Mendagi "reja" umuman reja emas. Bu topshiriq faqatgina omad va aqlga asoslangan.

Bangtan yigitlarini topish va birlashtirish?

Kimni mazah qilyabman? Yigitlar istalgan joyda bo'lishlari mumkin. Ba'zilar boshqa mamlakatda bo'lishlari ham mumkin.

Avvalgi reallikda, Big Hit Interteyment, BTS faoliyat olib borgan musiqiy kompaniya, a'zolarni bir necha yil davomida to'plagan va mashg'ulot olib borgan, muaffaqiyatli guruh yetishtirgan.
Qanday qilib men - o'n yetti yoshli qiz - hatto ikkita bo'lsa ham guruh a'zosini birga uchrashtira olaman?

Mening yagona umidim avvalgi reallikdagi yigitlar orasidagi munosabat bu haqiqatda ham bo'lishi. Va yigitlarning televediniyada ko'ringanidek mehribon bo'lishi. Chunki unday bo'lmasa men aniq tamomman.

Suel Xalqaro Universitetining ulkan old tarafida to'xtadim: Muhandislik kampusining kafedrasi. Tashqari sovuq. Ayoz yerni qoplab mening nafasim kichik oq pufaklar shaklida chiqadi. Bugun shanbaligi uchun atrofda unchalik ko'p odam yo'q. Universitet ishlamasligini bilishim kerak edi. Men shunchaki Namjunni - Bangtan yigitlarining sardori - topishga judayam ishtiyoqman edim. Bu boshlash uchun yaxshi joydek ko'rigandi. Lekin uning bu yerda bo'lmasligi aniq.

Tushkunlikka tushib, mashinamga qaytib ketdim.Mashinaga mingan zahotim jiringlayotgan kalitlar bilan mashinani o't oldirib, isitgich haroratini ko'tardim va haydashni boshladim: uyga. Oyim betobligim uchun mashina haydashimdan xavotirda edi, lekin men bu muhim deb turib oldim.

Uyga qaytarkanman yo'lda Seul Metropolit Kutubxonasiga ko'zim tushdi. Kichkinaligimda ota-onam bilan va sakkizinchi sinfda tarixdan loyiha ishi berilganda Yunji bilan kelib bu yerdan juda yaxshi manbalar topkanimiz yodimga kelib noslatgiya tanamni yuvib o'tdi. Mashinamni yaqin atrofdagi avto turargohda to'xtatib, uni tark etdim. Ulkan kutuxona bo'ylab yurib, bir paytlar Yunji va men birga o'tirgan joyga borish istagini rad etolmay o'sha tomonga bordim. Bu kutubxonaga ilk marta kelganimizda Yunji va men adashib qolgandik. Bu ulkan joy edi.

Odamlar atrofida tegirmondek aylanadi. Kitoblarga qarab, tadqiqot qilib yoki shunchaki musiqa eshitib. BTSning qo'shiqlarini eshitishni sog'indim. Ayniqsa, "Best of me", "DNA" va "Fire". Ortiq telefonimda na pleylistlar, na qidiruv tizimida BTSning qo'shiqlari bor.

Chunki ular hech qachon mavjud bo'lmagan.

Ikkinchi qavatda, kutubxonaning sokinroq qanotida sang'ib yuribman. Yunji va men yo'l topish uchun shu yerlarda yugurganimizni eslayman. Nihoyat kutubxonachi bizga yaqinlashib adashib qoldikmi so'rgandi. O'ylashimcha bu aniq bo'lgan o'shanda.

Umurboddek tuyulgan vaqtdan so'ng ilk marta biroz baxtni his qilib, xo'rsinib qo'ydim. Butun kechagi va bugungi kun davomida tarang bo'lgan mushaklarim nihoyat yengillana boshlagandi, ularni bo'shashtirish uchun yelkalarimni biroz harakatlantirdim.

Shundagina kitob javonining chekkasiga o'girildim quvonch so'nib hayrat meni turgan joyimda muzlatib qo'ydi.

Javonning chekkasidagi yigitchaga ko'zlarim mixlanib qoldi. Jimgina komik kitobga o'xshash kitobni o'qiyapti. Qora sochi yuzini biroz yashiradi, lekin men uning chag' chizig'i va burnini tanidim.

Bu Chonguk.

Mening birinchi sezgim - qichqirish va kulish, ismini chaqirib qo'l siltash, ehtimol hatto dasxat so'rash yoki undan ham yaxshisi birga suratga tushish. Lekin keyin BTS hech qachon mavjud bo'lmaganligi yodimga keldi. Bu degani Chonguk... Bangtan yigitlaridan emas. U ehtimol hech qachon hyunglarini uchratmagan, hech qachon "oltib maknae" deb chaqirilmagan yoki hech narsa.

Shunga qaramay, bundan keyin nima qilishim kerakligi haqida o'ylab kaftim terlay boshladi.

Agar rostdan ham urinib ko'rishni, yigitlarni birlashtirishni xohlasam, unda boshlaganim ma'qul.

Rostini aytsam, bu Chonguk bo'lishi kerakmi? Uning kelishgan yuziga qarab turib nima bo'layotganini qanday qilib tushuntiraman? Nima deyishim kerak?

" Salom, Chonguk, sen meni bilmaysan lekin men sen haqingda juda ko'p narsalarni bilaman va sen aslida BTS deb nomlangan guruh bilan judayam mashxurligingni aytmoqchi edim, ammo endi bu boshqa reallikda, shuning uchun mashxur emassan, biroq men guruhni qayta yig'ishni rejalashtiryabman."

Ha, shunday desam bu, albatta, yaxshi o'tadi.

Unday emas.

Qattiq yutundim, tovuqqa aylanib qochib qolmasimdan avval o'zimni oldinga harakatlanishga majburladim. Oyoqlarim kichik qadamlar bilan burchakdagi sokin komik kitob o'qiyotgan sokin yigit tomonga bordi. Men, ehtimol, buzulgan robotga o'xshab ko'rinaman.

"Ch-chon Chonguk?" Undan bir necha fut nariga yetganimda nihoyat duduqlanib dedim. Men o'zimni u hozir mashxur yulduz emasligini eslashga majburladim. U odatiy yigit. Lekin xudoyim, bu yigit avvalgidan kam kelishgan emas. Umuman olganda, bu shaxsan ko'rganda yanayam oshganga o'xshaydi. Chonguk bilan bunday uchrashishni hech qachon tasavvur qilmagandim.

Ismini eshitib u boshini ko'tardi, hayrat uning yuzida miltillaydi. Uning ko'zlari katta, qorong'u.

Chonguk komiklarni yoqtirishini aytgani endi yodimga keldi. O'ylashimcha, uning qiziqishi bu haqiqatda ham mavjud.

Men qaltiroqli nafas oldim. "M-men Song Nariman."

Chonguk ko'zlarini pirpiratdi va muloyimlik bilan bosh irg'adi, lekin hali ham hech narsa demadi. U biroz asabiylashgan ko'rinadi. Uning sokin, shaxsiy vaqtini buzganimdan xafa bo'ldim. U yuzimni qidiryotganini, meni taniydimi yo'qmi eslashga harakat qilyotganini ko'rdim.

"Mani tanimaysan" dedim o'zimni to'xtatolishimdan avval.

Uning ifodasi yanayam hayratga to'ldi. Xudoyim, bu g'alati.

"Sizga yordam bera olamanmi?" u birinchi marta menga qapirdi, ovozi yumshoq lekin aniq.

Uning ovozidan paydo bo'lgan yana ARMYga aylanish xohishi tezda bostirdim.

''Men shunchaki.. uh, sizdan ba'zi savollarni so'ramoqchi edim" dedim, unga shunday yaqinlashganim uchun yaxshi bahona uchun miyamni titkilab.

"O," Chonguk komik kitobini yopib o'rnidan turdi va jin ursin -

U baland bo'yli.

"Kollej talabalaridan Seul San'at Intituti haqida intervyu olib yurgan o'quvchilardan birimisan?" u so'radi.

"Bu sen boradigan kollejmi?" so'radim ovozimdagi biroz hayratni yashirolmay. Chonguk kollejda. Yaxshi fakt.

"Ha" u bosh irg'idi.

"Yaxshi, ajoyib, um.. shunday qilib, uh, ha men intervyu oluvchilardan biriman,"
qarshimda oltin maknae turarkan men o'z so'zlarimga qoqilib tushkunlik jari yoqasida turardim.

"Sendan intervyu olsam bo'ladimi?"

Chonguk yana bosh irg'idi.

"Xo'sh, yaxshi, kollejning nechanchi yilidasan?"

Endi faqatgina o'zimni qoyadan uloqtirishni xohlayman. Qanday axmoqona savol. O'ylashimcha avvalgi reallikda BTS bilan yuzma yuz ko'risholmaganimning sababi bo'lgan. Men o'zimdan haqiqiy ahmoqni yaratgan bo'lardim.

"Boshlang'ich" Chonguk menga kutganimdek g'alati nigoh tashlamadi.

"Um, Seul Institetutida qanday darslarga qatnashasan?" Bu adolatli oqilona intervyu savoli, to'g'rimi?

"Asosan kuylash, biroz raqs" dedi Chonguk.

"Karyerangda qo'shiqchi bo'lishni xohlaysanmi?" nervlarimni nazoratga olishni boshlarkanman ovozim nihoyat biroz barqarorlashdi. Ko'z aloqasi qilmayotgan ekanman, menimcha hammasi yaxshi bo'ladi. Shunga qaramay Chongukning keng ko'zlari menikiga magnitdek tuyuldi, har safar ularga duch kelganimda yanoqlarim qiziyotganini his qildim.

"Ha, o'ylashimcha bu yaxshi karyera bo'lardi. Men uchun." qo'shib qo'ydi o'ychan, nigohi hali ham menda.

"Yakkaxon yoki guruh bilan?" Men suhbatni yo'naltirishga harakat qildim, shunda men BTS yoki shunga o'xshash narsalarni ushbu... intervyuda keltira olaman.

"Katta ehtimol bilan yakkaxon, men hech qachon guruh haqida o'ylamaganman." Chonguk biroz yelkasini siqdi. U oddiy oq fudbolka va jinsi shim kiygan, sochi to'liq qora. U juda tabiiy va deyarli oddiy ko'rinadi. Uning betakror ko'rinishidan tashqari albatta.

Yana bir marta chuqur nafas oldim. "Senga bir qator ismlarni aytsam, ular tanish yoki notanish ekanligini ayta olasanmi?"

Chongukning yumshoq yuziga ikkilanish qaytdi, lekin u bosh irg'idi. Vov, u juda yoqimtoy, sabrli va sokin. "Kim Taehyung."

Chonguk bosh chayqadi.

Mana shu tarzda mening Vkook shipim o'z nihoyasini topdi.

"Jung Hosok."

Chonguk bosh chayqadi, yana.

" Dunyo bo'yicha kelishgan."

"Nima?" Jungkookdan kulib yuborishga yaqin bo'lgan kichik ovoz chiqardi. Uning ko'zlariga yanada qiziqarli ko'rinish paydo bo'ldi, garchi u aurani saqlasa ham.

Yuzim yondi. "Uzur, Kim Sokjin demoqchi edim. Kim Sokjin tanish tuyuladimi?" yashirinishni xohlayman, lekin shu bilan birga Chonguk meni kulguli topganidan yuragim tebranadi. Umid qilamanki u meni yaxshi ma'noda kulguli deb hisoblaydi.

"Yo'q, uzur."

"Pak Jimin."

Chonguk to'xtaydi va kuchukchaga o'xshab boshini ko'taradi.

U sekin bosh irg'idi. "U Seul Institetutidagi eng yaxshi raqqoslardan. U bilan uchrashmaganman, lekin bir yoki ikkita ijrosini ko'rganman. U ajoyib."

Voydod! Jimin ham Seul San'at Institetutida! Ishora uchun rahmat Chonguk.

"Ajoyib. Min Yungichi? U Agust D sifatida ham tanilgan.

Chonguk, yana, biroz bosh irg'idi. "Qo'shiqlaridan birini eshitganman. U o'z qo'shiqlarini yaratadigan repper, shundaymi?"

"Ha," dedim ishtiyoq bilan. Nihoyat bir nimalarga yetyabmiz.
"Va oxirgi ism, Kim Namjun."

Chonguk bosh chayqadi. "Bu ismlar nega muhimligini so'rasam bo'ladimi?" so'radi.

"Oh, um, xo'sh, bu odamlarning hammasida musiqiy va boshqa senikiga o'xshash qobiliyatlarga ega." Mana yana, so'zlar amalda o'lgan.

Chonguk boshini biroz egdi.
"Rostdanmi? Qayerdan bilasan?"

Ah la'nati.

Men rostdan ham bu bo'shliqqa chuqur quladim.

"Yaxshi, asosan men boshqacha haqiqatni ko'rganman, aytishing mumkin, u yerda sen va men ismlarini sanab o'tgan boshqa yigitlar BTS deb nomlangan kpop guruhida edingiz va sizlar juda muvofaqiyatli edingiz." so'zma so'z dedim. Men buni chiqarishim kerak. Agar Chonguk ishonmasa, vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilaman. Balki. Umid qilamanki.

"B.T. S.?" Endi labida haqiqiy tabassum paydo bo'ldi. Nima deb o'ylashni bilmayman. "Men Pak Jimin, Agust D va o'sha boshqa yigitlar bilan bir kpop guruhida edim?"

Men faqatgina bosh irg'iy olaman. Yigitcha, men yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishim kerak edi. O'ylashimcha, qanotli narsalar faqat shokolad va pomidor sendvichi kabi ba'zi narsalar uchun ishlaydi.

Chonguk qo'lini cho'zib sochi bo'ylab yurgazdi, silliq peshonasini miltillaydi, u hali ham menga bir xil lablarida o'ynagan ko'zlaridagi qiziquvchan chaqnash. Shunchaki porlash. U men o'ylaganimdan ko'ra jiddiyroq.

"Birinchi marta intervyu oluvchi menga u meni boshqa bir olamda men hech qachon uchrashmagan yigitlar bilan ijro qilayotganimni ko'rganini aytishi."

"Bilaman bu ahmoqona eshitiladi." ko'zlarimni oyoqlarimga pastlatib qishki ko'ylagimni tortgancha ming'irladim. Nega bu yer isib ketyapti?

"Unchalik emas. Bu bilan qayerga bormoqchiligingni ko'rish qiziqarli bo'lishi mumkin."

Keskinlik bilan boshimni ko'tardim. "Nima?"

Chonguk ozgina boshini egdi.
"O'ylashimcha, qandaydir tarzda nega bunday o'ylayotganingni ko'rishni xohlardim. Ismingni nima deding?"

"Nari" zudlik bilan javob berdim, ichimda hosil bo'layotgan hayajon bilan. "Rostdan ham guruh hosil qilib boshqa yigitlar bilan ijro qilishni xohlarmiding?" men shoshqaloqlik bilan Chonguk tomonga qadam tashladim.

Orqaga qadam tashlarkan hayrat uning yuzini qopladi. "Uh, men unday demoqchi emasdim. Aytmoqchi edimki, ko'pi bilan sen nomlagan yigitlarning bittasi bilan uchrashib, bu qanday ishlashini ko'rgan bo'lardim. Men uni nazarda tutmadim..."

Yuzim yana eng boshidan yonayotganini his qildim. Men juda quvonib ketib o'zimni tark etdim va Chongukni noqulay vaziyatga solib qo'ydim.

Yaxshi, men uni eng boshidan noqulay xolatga solyotgandim, lekin hayratlanarli tarzda meni eshitadigandek ko'rindi. U kichik o'zgarish bilan tarafdorlik bilan hamma narsani sindirib yubordi. Unga bunday yaqinlashganim uchun o'zimni juda yomin his qildim. Bu men uchun uyatli va hayajonli va... bu Chonguk uchun qanday ekanligini umuman bilmayman.

"Pak Jiminshi bilan uchrashishimga yordam berolasanmi?" qo'shib qo'yib so'radim. Ismlar bilan juda norasmiy bo'lganimni angladim.

Chonguk ikkilandi. "Avval u bilan hech uchrashmaganman," u sekin dedi. "Ammo, ha, agar chindan Jimin bilan ko'rishishni xohlasang, o'ylashimcha hech bo'lmaganda senga ko'rsata olaman..."

"Katta rahmat, Chonguk," nihoyat ichki ARMYim paydo bo'lishiga qo'yib berdim. "Sen ajoyibsan!"

Chongukning yanoqlariga pushti miltillash paydo bo'ldi. "Ha, uh, muammo emas."

"Sen bilan yana uchrashish uchun eng yaxshi vaqt qachon bo'ladi?" so'radim biroz oldinga egilib, biroq u tomonga, yana, qadam tashlamaslikka ishonch hosil qilib.

Chonguk qo'lini yana sochi bo'ylab yurgizdi. U aniq bezovta, biroq avvalgidek oldingidek tarang emasdek ko'rindi. Men Chonguk juda uyatchanligini - ayniqsa qizlar bilan esda saqlashib kerak, chunki menimcha men uni hozirgina qulay hududidan chiqardim.

"Ertagaga nima deysan? Seul San'at Instituti qayerdaligini bilasanmi?"

"Ha." Topib olaman.

"Old zinapoyada ko'rishamiz. Soat yetti yaxshimi? Chunki bu bizga Pak Jiminni topishga va so'ramoqchi bo'lgan savollaringni so'rashga biroz vaqt beradi, agar shu sen xohlagan narsa bo'lsa," Chonguk qat'iyat bilan taklif qildi.

Kuchli bosh irg'adim. "Ha! Mukammal! Bu men uchun qanchalik muhimligini tasavvur ham qilolmaysan. Rahmat, Chonguk opp-" to'liq "oppa" og'zimdan chiqishidan avval uni qo'llarim bilan berkitdim.

Chonguk qoshlarini chimirdi.

"Ertaga ko'rishguncha" dedim tezda, kutubxona burchagidan uzoqlasharkanman bir necha marta ta'zim qildim va o'zimni 100% kamsitishimdan va Chongukning saxiy yordam qo'llarini yo'qotishimdan avval tark etdim.

Men deyarli to'xtamay mashinamga qaytib ketdim: chunki to'xtash joyidagi yupqa muz ustida yiqilib tushayozdim. Qandaydir tarzda yoki boshqa, men birinchi oldingi BTSning a'zoni uchratdim. Kookie, maknae, quyoncha, ro'yxat davom etadi. Aniq men rejalashtirgan tarzda emas, ammo so'ngida bu baribir ishladi va men uni ertaga yana ko'raman, shu bilan birga umid qilamanki Pak Jiminni ham.

Balki bu reallik o'ylaganimchalik yomon emasdir.

Xuddi o'ylarimga javobdek uyga qaytish yo'limda pochta qutisiga deyarli urilay dedim.