๐ฅ๐๐๐ก || ๐๐๐ฆ
๐ง๐ข'๐ฅ๐ง๐๐ก๐๐๐ ๐๐ข๐: ๐จ๐ป๐ถ๐ป๐ด ๐๐ผ๐บ๐ด'๐ถ๐ฟ ๐ฝ๐ฎ๐ฟ๐ถ๐๐ถ
Samolyotdan tushib borarkan chuqur nafas oldi. U Tokiyo - Yaponiyaga qaytdi. U 9 oy davomida aynan o'sha bir joy haqida o'ylaydi, hayolida konsert qayta va qayta takrorlanadi. Ular nihoyat qaytish qilishdi va dunyo bo'ylab tur uchun yana Tokiyoga kelishdi. Qizni yana ko'rishi mumkinligi haqida o'ylashning o'ziyoq yuragida uchqun paydo qiladi.
Muhlislari uning uchun qichqirisharkan u sahnada sakray va raqsga tushadi. Har kuni bir narsani boshdan kechirsada, har safar yangidek tuyuladi, bu tetiklantiruvchi. Bu safar ular qish yaqinlashib qolganda kelishgan. U olomon orasidan 9 oy davomida biror marta ham xayolini tark etmagan insonni qidirarkan havo sovuqlashadi. U ko'plab muhlislarga ko'z yugurtiradi, ular baxtdan qichqiradilar. Hoseok keng tabassum qiladi biroq ko'zlari hamon uni ko'rish uchun intiladi. U Namjoonning qismida unga jo'r bo'lar ekan, birdan shamol kuchayib borayotganini his qildi. Osmonga qarab kulrangsifat ko'k bulutlarni ko'radi. Bir lahzada yomg'ir yog'a boshladi.
To'g'rirog'i, yomg'ir yog'ib, uning qimmatbaho kiyimlari va toza qilingan sochlari namlaydi. Atrofga qaraydi, ARMYlar xursandchilikdan sakrab qichqirishlari barobarida yomg'irning tomchilari osmondan erkinlik bilan qulashda davom etardi. Sovuqotayotganiga qaramay Jiminni - faqatgina o'zi biladigan nimadir - qilayotib yiqilishiga kulib yubordi.
U oldinga - sahnaning markaziga - yurib borayotib ko'zlari tanish chehraga ilindi. O'girildi, u shu yerda. Oltinchi qator, sarg'ish sochlari avvalgidan biroz kalta. Uning yomg'irpo'shi yo'q, biroq soyaboni - yurak quchib turgan binafsharang - yonida. BTS nomi tushirilgan xudi va ko'k jinsi shim. Yuzida xotirjam ifoda. Ko'zidagi uchqun uning qanchalik baxtli ekanligini ko'rsatib turibdi. Nihoyat uni topgan beixtiyor Hoseoking lablari yurak shaklida tabassum hosil qildi. Uning yorug'lik tayog'i o'zgacha rang va o'zgacha usulda.
Sevimli a'zosini o'zgartirdimi?
Hayoliga kelgan fikrdan qoshlari chimirildi. Yana tabassum. U "Hope world" ko'rinishida bezalgan. Yoniga Jungkook kelgach nigohini kichik ukasiga qaratdi.
"Nega doim Yaponiyaga kelganimizda yomg'ir yog'adi?"
Yosh yigit so'raydi. Hoseok yelka qisib bilmasligiga ishora qildi. Va ko'zlari yana unga qaytdi.