July 28, 2025

๐—ฅ๐—”๐—œ๐—ก || ๐—๐—›๐—ฆ

๐—•๐—œ๐—ฅ๐—œ๐—ก๐—–๐—›๐—œ ๐—•๐—ข๐—•: ๐—จ๐—ป๐—ถ๐—ป๐—ด ๐—พ๐˜‚๐—น๐—ผ๐—ด'๐—ถ๐—ด๐—ฎ ๐—บ๐˜‚๐˜€๐—ถ๐—พ๐—ฎ.

Tokioda zerikarli tush payti, osmon to'q ko'k va kulrang aralashmasi rangida. Gavjum ko'chalarda odamlar shoshilinch odatdiy gavjum yo'lni tozalab qochayotgandek ko'rinadi. Shaharning bu qismi biroz badiiy joy, yo'llar estetik. Katta-katta suv tomchilari keng yoโ€˜lning beton zaminiga uriladi, troruarlarning ikki tomonida katta daraxtlar.Suv daraxtning barglariga qo'narkan, barglar bir maromda silkinib ularni yangilangandek his qildiradi.

Ba'zi mashinalar tezligi yo'lda yig'ilib qolgan ko'lmaklarni uyoq-buyoqqa sachratadi. Qandolatxonaning oynalaridan tortib, deyarli oqshom ekanligini hisobga olsak, yorqin va baxtli odamlar ko'rinib turadigan - qahvaxonanikigacha. Piyodalar yo'lagi hammaning boshi ustida soyabon, tiqilinch holda ketyapti.

Osmondan tushayotgan suv yer, minglab soyabonlar va tomlarni urgandagi shitirlash uning quloqlariga musiqadek tuyuladi. U yo'lakdagi yagona xotirjam qadamlar egasi. Uzoqdan, u og'ir suvda sayr qilayotganga o'xshaydi. Soyabonining uslubi noyob - yurak quchib turgan yakkashohli binafsharang.

U tizzasidan oldin tugaydigan oq shaffof yomg'irpo'sh kiyadi, unga bir juft pushti botinkalari hamrohlik qiladi. 22 yoshli qiz uchun noodatiy yomg'irli kun uchun kiyim.

Yomg'ir plashining ostida odatiy kiyimlar ko'rinadi - pushtirang fudbolka ko'k rangli shortilar.Plashning kapishoni uning tartibsiz sarg'ish sochini yopadi, kokilining ho'l bo'layotgani esa uni bezovtalantirmaydigandek.

U atrofga sokin ko'zlar bilan qaraydi, tetiklantiruvchi shamoldan zavqlanib. U Tokiyoda yolg'iz yashaydi, 2 yil avval o'qish va orzulariga erishish uchun kelgan. Negadir, u doim yolg'iz. Hech qachon chindan suhbatlashish yoki birga vaqt o'tqazish uchun hech kim bo'lmagan.

To'satdan uni kimdir yoki biror narsa turtib yuborib o'ylarini buzdi, tanasi orqaga qoqildi. U tezda muvozanatini tezda yig'ib, ortga - baland bo'yli yigitga o'girilib qaradi. Yigitning yon tomoniga ajratilgan qora sochlari qalpoq, burun ko'prigida to'rtburchak ko'zoynak va yuzining qolgan qismini qoplagan qora niqob bilan yashirilgan. Egnida ko'k sviter va qora jinsi shim.

U qizni bunday turtganligi uchun uzur ma'nosida tez ta'zim qildi. Qiz yaxshiligini birdirib bosh silkib qo'ydi. Yigit tik turgan lahzada u angladi. U bu yigitni biladi, u yigitni tanimaslik uchun uni juda yaxshi biladi.

U yomg'irdan o'zini himoya qilmoqchi bo'lib, shoshib ketishga harakat qiladi. Qiz nima bo'lganini bilmaydi, lekin u birdan uning qo'lidan ushlab oldi. Yigit unga savol nigohi bilan o'girildi.
Qo'lini oldinga cho'zib, soyabonini uning boshi ustida tutdi. Yigit endi sovuq yomg'ir tomchilarini his qilmaydi, o'rniga yomg'irning soyabon matosiga tushgandagi tovushi qulog'ini to'ldirdi. Bir lahza ikkisining bir biriga termulishi bilan o'tadi. Qiz yaqinroq keldi va unga soyabonni tutqazdi. Har xolda u yigitning 177cmli bo'yida soyabon tutib turolmasdi.Yigit chalkash nigohini o'zgartirmagan holda ikkilanib soyabonni oldi.

- soyabon bilan bormoqchi bo'lgan joyingizga tashlab qo'yaman.

U mayin, iliq ohangda labidagi kichkina tabassum bilan dedi. Biroq, yomg'irning kuchli ovozidan uning ovozi bo'g'ilib qoldi, lekin yigit nihoyat nima deganini tushundi. U bosh irg'idi va yurishni boshladi.

Qiz undan ikki qadam orqada, u qizga xavotir bilan qarab barmog'ini soyabonga ishora qildi. U bosh irg'ib, yomg'irpo'shiga ishora qilib, u shu bilan himoyalanganini bildirdi.Yigit yana bosh irg'ab yurishda davom etadi.

Bir daqiqa yoki undan ko'proq vaqt o'tgach, u boradigan muzeyni topadi yoki yomg'irdan qutulish uchun boshpana topishga harakat qilgan. U orqasida uning dumini bilan ichkariga kiradi. Orqasiga o'girilib, soyabonni qaytarib beradi. Unga ozgina ta'zim qilib, nihoyat gaplashmoqchi bo'ldi, lekin qiz bosh irg'ab suhbatlashishga imkon bermay ketdi.

Shu tun, qiz hali ham tashqaridan yomg'ir tovushlarini eshitadi. Telefonidan soatni tekshiradi - 1:30. Tezda kundaligiga so'ngi satrlarni yozadi :

"Bugun yana yomg'ir yog'di. Men bu kunni doim eslayman, to o'lgunimcha. Osmon yig'layotgan kunda, men UNI uchratdim. UNI ilk marta uchratdim. G'amgin atmosferada, mening quyoshcham naqt qarshimda edi. Bugun men UMIDimni uchratgan kun."