July 29, 2025

๐—ฅ๐—”๐—œ๐—ก || ๐—๐—›๐—ฆ

๐—จ๐—–๐—›๐—œ๐—ก๐—–๐—›๐—œ ๐—•๐—ข๐—•: ๐—ข๐˜€๐—บ๐—ผ๐—ป ๐˜†๐—ถ๐—ด'๐—น๐—ฎ๐—ด๐—ฎ๐—ป๐—ฑ๐—ฎ.

Keyingi kun:

U o'sha yerda turibdi, atrofga alanglab, o'sha sarg'ish sochlarni ko'rish uchun bo'ynini orqaga burdi. Aynan o'sha - u bilan uchrashagan, qiz unga soyaboni bilan yordam bergan, uning muxlisi bo'lib chiqqan qiz bilan uchrashgan ko'chada. U bilan uchrashishga umid qilib aynan u bilan uchrashgan vaqtda keldi. Hoseok u bilan gaplashishni, unga rahmat aytishni xohlagandi. Ichidagi nimadir uni qizga, uning sirli ko'rinishiga xavfli darajada qiziqtirib qo'ydi.

U atrofga qarashda, yo'lakdagi minglab boshlar orasida faqatgina uni qidirishda davom etdi. Ularning hech biri Hoseokning ko'ziga tushmadi, ularning hech biri unga o'xshamasdi. Band jadvali tufayli Hoseok ertaga ertalab Koreyaga qaytadi. U bir muddat davomida Yaponiyaga qaytolmasligini bilardi va ketishidan avval uni ko'rmoqchi.

Bir joyda tinmay aylanib yurgach, u mag'lubiyat bilan xo'rsindi. Undan darak yo'q, hech qanday. Beton yo'lga ma'yus qarab, o'zi to'satdan bo'm-bo'sh his qildi. Osmonga qaraydi, g'amgin kun. Quyuq kulrang bulutlar chegariz osmonda, xotirjam uslub parvoz qilyabdi.

Osmon bulutlar orasidagi teshiklar orqali ko'rinadi. U shunchaki termuladi, hayollari butun o'zga maskanda. To'satdan sovuq shabada terisini o'pib, unga biroz sovuqni his qildiradi.

Ko'zlarini osmondan uzib yana bir marta atrofga qaraydi, u yo'q. Ko'zoynagini taqib, keta boshlaydi.

- Bugun shunchaki bulutli. Balki shuning uchun u kelmagandir. U yomg'ir bilan paydo bo'ladi, ehtimol u yomg'ir parisidir? Unda, bugun osmon yig'lasa xursand bo'lardim.

U qo'lini cho'ntagiga solib ketarkan o'ziga pichirladi.