October 16

Bo'ritus:Xaloskor maxluq

Kirish

Chalajon bo'lsada omon qolish uchun bor kuchi bilan yugurayotgan tulki harakatlangan sari kuchsizlana boshladi. Jon hovurida shunchalik yugurgandiki qayerga kelib qolganini ortidan quvayotgan to'da tulkilari uning izini yo'qotdilar deb o'ylaganidagina sezdi...
To'lin oy nurini hisobga olmaganda hech bir yorug'lik mavjud bo'lmagan o'rmon....
Qo'rquv bilan oldinga balki chap yoki o'ng tomonga yurgandir. Hamma yoq shu qadar zim-ziyoligidan buni bilib bo‘lmasdi chunki. Ammo to‘satdan bir nimani sezdi-yu to‘xtadi... Turgan joyidan jilmay atrofga alanglay boshladi. Buta shoxlarining qirsillab singan ovozi jim-jitlikni buzdi. Birdan qarshisida olovdan farqlab bo‘lmas bir juft uchqun paydo bo‘ldi. Va bu uchqunlar uni o‘rab olganini sezganda o‘lim shamoli dimog‘iga urildi... U qurshovda, ilojsiz va kuchsiz holda qolgandi...
-to‘da xiyonatni kechirmaydi Hyonsan....
Bu so‘zlarni shu qadar qahr bilan yangradiki o‘lim madhiyasi chalingandek olishuv boshlandi.
Hyonsan yolg'iz o'zi bo'lsada katta bir to‘da bilan olishuvga kirishdi. Aslida qochishga yo‘l tugagani uchun, yashashni istagani uchun kurashdi... Ammo yarim soat o'tmay terisida butun hujayra qolmadi hisob. Yana o‘n daqiqadan so‘ng butun tuki ham qolmasligi tayin. O‘rmon bir nafasda titrab ketdi, ortidan bo‘rining uvvullashi eshitildi. Juda yaqindan...
-Ming la‘nat! Biroz avval mafratdan hayqirgan ovozga qo‘rquv aralashdi.
-Ortga qaytamiz! Afsus o‘limingni ko‘rish nasib qilmaydigan bo‘ldi, biroq tirik qolmasligingni bilish ham zavqlantiryabdi. Bir soniyada yigirmaga yaqin tulki ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Hyonsan haddan ortiq qon yo‘qotgani va tulki tanasida kuchsizlanganligi sabab gurs etib yerga quladi. So'ng bir necha soniyada tanasi inson gavdasiga aylandi.Hushi yo‘qolarkan yumilib qolayotgan ko‘zlari qorong‘uda zo‘rg‘a ko‘rinayotgan bahaybat bo‘ri tanasi va ikki xil rangdagi chaqnab turgan ko‘zlarni ko‘ra oldi xolos....