๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐
Butun tong davomida xonamda qoldim. Uyoqdan buyoqqa. Mendan ter to'kilyapti. Quyosh doimgidek ko'tarilishni davom ettiryapti. Mening derazam ostidagi mashinalar odatdagidek ish joyiga borishadi - vaqti-vaqti bilan signal signallari eshitiladi. Bir necha chaqirim naridagi poyezd vokzalida odatdagidek minglab yoโlovchilar bilan poyezd kelib-ketadi.
BTS hech qachon mavjud bo'lmagan.
'Naver'da ular haqida qidirdim, lekin hech narsa topolmadim.
Kechagi 'Mnet yil Artisti' unvonini EXO egallagan. Men uni boshidan oxirigacha You tube'dan qayta ko'rib chiqdim. Muhlislar qichqirishyapti, a'zolar o'zlarining mukofotlari bilan xursand bo'lib turganlarida, o'zlarining yorug'lik tayoqlarini ishtiyoq bilan silkitishdi.
Hatto BBMAlar, Shavn Mendes degan kanadalik artist ham yutgan ko'rinadi aftidan.
Yunji va men hech qachon do'st bo'lmaganmiz.
Bizning yozishmalarimiz va biz bor bo'lgan guruh chatlari endi mavjud emas. U juda qattiq yig'laganimni ham bilmaydi.
Ko'rinishidan hozir va kecha tunda bo'lgan voqeadan yagona havola o'sha parchalangan marjon edi.
Bundan hech qanday ma'no yo'q. Bularning hech biridan. Ayniqsa marjon qismidan.
Men boshqacha haqiqatdaman, marjonning nima aloqasi bor? Hech narsa Yunji va mening oldingi do'stligimiz mavjudligini ko'rsatmaydi. Marjondan tashqari.
Uni ushlashni xohlamayman. Uning singan bir parchasiga ham teginish to'g'ri emasdek.
Peshindan keyin meni bo'g'a boshlagan xonamdan sirg'alib chiqib ketdim. Ota-onamning ikkalasi ham ishdaligi uchun uy bo'sh. Lekin unda hech narsa o'zgarmagan.Stol ustida turadigan, Yunji va mening kichkinaligimizda, sohilda tushgan suratimiz yo'qolganligini ko'rib hayratlanmadim. Uning o'rnida vazada gullar. Shunchaki ichimda chuqur og'riqni his qildim.
Mehmonxonada divanda o'tirgancha pastki labimni tashvishga solib, telefonimni tinmay ag'dardim. Men kecha tunda aniq mana shu joyda MAMAni tomosha qilayotgan edim. Nima qilishni bilmay behuda telefonim ekraniga termulaman. Nimadir qilishim kerakdek, nima bo'lsa ham. Biroq nima?
Xayolimga birdan fikr keldi. Men o'zgacha haqiqatdaman, lekin ota-onam o'zgarmagan. Yunji hali ham mavjud. Shunday qilib, bu Bangtan yigitlari hali ham mavjud bo'lishlari mumkin deganimi? Balki ular guruh emasdirlar, biroq ehtimol yigitlarning o'zlari mavjuddir. Namjun, Sokjin, Yungi, Hosok, Jimin, Tehyon va Jungkook baribir mavjud.
Bu va oldingi reallik orasidagi chiziq qayerda chizilgan?
Kim Sokjin va Chon Chonguk haqida hech qanday ma'lumot yo'q. Lekin Min Yungi nomini qidirganimda 'Agust d' nomi paydo bo'ldi va yuragim titrab ketdi.
- Ajoyib... pichirladim so'zlarim jaranglashini to'xtatolmay. Telefonimda Yoongi suratlarini ko'rish va uning onlayn profilini o'qish uchun o'tqazyotganimda, intiqishga o'xshash narsa meni hayajonga soldi.
Bu haqiqatda Yungi Suga emas ammo qandaydir tarzda u Agust dga aylangan. U yaratgan qo'shiqlar boshqacha, ammo men u eski haqiqatda yaratgan qo'shiqlar va hozirgilaridagi o'xshashlikni ko'ra olaman. U hali ham xavfli paydo bo'ladi: men matematikani tushunishimdan ham tezroq rep aytish, musiqiy videolari va qo'shiqlarida kichkinaligimda men chiroyli deb o'ylab ushlab olgan pechkadan ham issiqroq.
Kim Namjun deb sizlaganimda 'Runch Randa' paydo bo'ldi. Lablarimni tishladim. Xo'sh, Suga- aytmoqchimanki, Agust d- ya'ni Yungi.... yo Xudoyim. Men boshimdagi narsalarni buzyabman. Ehtimol bu haqiqatda Yungi Agust dga aylangandir, lekin tahminimcha RM, ya'ni Namjun, Rapmonster yoki RMga aylanmagan. Yana uning sahifasidan Namjun Seul Xalqaro universitetini, Muhandislik Fakultetida o'qirdi. U hozirda sinfda eng yuqorisi.
BTSning ikkita repperi onlaynda paydo bo'lganini ko'rganimda o'zimni kulgili his qildim. Bu Bangtanning sobiq a'zolari qayerdadir borligini isbotlaydi. Nihoyat telefonimni o'chirib, boshimni quchog'imga ko'mdim. Bunday bo'lishi mumkin emas. Bunga o'xshash narsalar kitoblarda bo'ladi. Fantastikada. Haqiqiy hayotda emas.
Harakatlanishga imkonsizlanib dadam ishdan qaytguncha divanda qoldim.
- Hoy, Nari. O'zingni yaxshi his qilmayapsan deb eshitdim, old eshikdan kirib oyoq kiyimi va ish kurtkasini yecharkan chaqirdi u.
Men most kelmaydigan nima deb g'o'ldiradim.
- Onang qandaydir qisqartma haqida gapiryotganingni aytgandi.
- BTS, dedim asta bundan muammo paydo qilishni istamay.
"Bangtan Sonyondan".
- O'q o'tqazmas bolalar? Dadam oshxonaga borishdan avval to'xtab qoldi. Nima u?
- Hech narsa, xo'rsindim. Bu shunchaki... maktabdagi klub.
Yunjini sog'indim. U men har doim gaplasha oladigan odam... edi. Mening haqiqiy do'stim bo'lgan odam.
Kechki ovqatda ota onam menga tashvishli nigoh tashlashni kanda qilishmadi, biroq jim turishdi.
- O'zingni yaxshi his qilmayotgan bo'lsak maktabingga qo'ng'iroq qilib Dushanba kuni borolmasligingni aytib qo'yishim mumkin. Nihoyat dedi onam.
- bir haftaga uyda qolsam bo'ladimi? ming'irladim yarim hazil likopimdagi ovqatni zanchqi bilan o'ynarkanman.
Hayron bo'lib boshim ko'tariladi. Onam รงhindan ham men haqimda qayg'uryapti. U rostdan ham maktabimga qo'ng'iroq qilmoqchi. Yaxshi, chunki bu yaqin orada Yunji bilan ko'rishishim shart emas degani. O'sha payt kelganda nima qolaman bilmadim.
- Rahmat, javob sifatida aytolganim shu bo'ldi.
Men kechki ovqatdan keyin o'zimni tepaga sudrab chiqdim va yana telefonimni yoqdim. O'zimni yo'qotgandek. Men telefonimda "yo'qolganimni his qilaman" deb yozdim va ilhomlantiruvchi tirnoq uchun bir qancha veb-saytlar ochildi. Men ularni bemalol varaqladim. Men nima o'qiyotganimni hatto tushunmayapman ham.
Bu yerda shunga o'xshash narsaga duch kelgan kimdir bormidi? Haqiqati o'g'rilangan boshqalar? Agar bor bo'lsa, ular nima qilishgan? Bu yerda eski, deylik normal haqiqatga qaytishning biror yo'li bormidi?
Men chindan ham "haqiqat" so'zidan nafratlana boshladim. Ehtimol 'haqiqat' degan narsaning o'zi yo'qdir. Ehtimol, har bir kishi bizni o'rab olgan narsalarning turli xil versiyalarida yashar.
Boโyinbogโimning kumush changlari quyoshning soโnggi nurlarida yaltirab yotgan stolimga bir nazar tashlamay qoโya olmadim.
Bu men bilan sodir bo'layotgan narsaga aloqasi bormi? Xuddi shu kechada Yunji bilan janjallashib qolganimiz tasodifmi? Qanday bo'lmasin, men tufayli nima sodir bo'lgan bo'lishi mumkinmi? Buni to'g'irlashning yo'li bormi?
Bu savollar boshimda toโplanib qolganda, men ingrab ekranga qaytib, โilhomlantiruvchi statusโga qarayman.
Boshqa havolani bosdim va ekran tepasida katta qalin harflar bilan yozilgan iqtibos paydo bo'lib, ko'zimni tortdi.
"Buzilgan narsalarni qayta tiklash uchun, yo'qolgan narsalarni birlashtiring."
Bu so'zlar xuddi menga gapiryotgandek.
Singanni tuzat, yo'qolganni qaytar.
Men sekin miltillayman. Ahmoqona fikr miyyamni egalladi. Rosti u qayoqdan kelganini bilmayman.
Bangtan yigitlarining meni hayratga soladigan narsa ularning do'stligi, bir-biri bilan aloqasi edi. Ular bir-biriga qanday g'amxo'rlik qilishgan, bir-birlari uchun haqiqiy aka-uka, hyunglar kabi edilar.
Yun-ji va mening do'stligimiz va Bangtan yigitlarining aloqalari, ular buni bilishadimi yoki yo'qmi, xuddi shu kechada buzilgan edi. Balki, agar men BTS o'rtasidagi do'stlikni tiklay olsam, bolalarni birlashtirsam, haqiqatni avvalgidek tiklay olardim. Yoki hech bo'lmaganda ikkita haqiqatni biroz yaqinroq birlashtirgan bo'lardim.
Men haqiqatdan ham haqiqat so'zidan nafratlana boshlaganimni aytdim, to'g'rimi?
Men karavotimga egilib o'tirdim, xayolim hamon shu fikr bilan g'o'ng'irlab turibdi. Va men bu g'oyani amalga oshirishni rejalashtirmoqdaman.
Tarjimon: Mire (@mirenity)
@Busan_Female kanali uchun maxsus.