August 4, 2020

Qiziqarli geografiya. Markaziy Osiyo davlatlarini boshqa davlat hududlari bilan taqqoslaganda

Markaziy Osiyoning umumiy maydoni - 4 mln kv kilometr. Bu degani Hindistondan bir oz katta, Avstraliya maydoniga nisbatan kichik.

Markaziy Osiyo: 5 mamlakat, 5 xil dunyo

🇺🇿 O‘zbekiston

Mamlakatimiz hududi - 447 ming 400 kv. km. Finlandiyadan (338 ming 178 kv. km) katta, lekin Tailandan (514 ming kv. km) kichik.

Bu yerga ikkita Buyuk Britaniya, beshta Avstriya yoki o‘n uchta Moldaviya sig‘ishi mumkin.

O'zbekiston xaritasi

🇰🇿 Qozog‘iston

Maydoni - 2 mln 724 ming 902 kv. km. Jazoir maydonidan (2 mln 381 ming 740 kv. km) bir necha bor katta, lekin Argentina hududidan (2 mln 780 ming 400 kv. km) kichik.

Qozog‘iston maydoni jihatidan dunyoda sakkizinchi o‘rinda. Unga uchta Turkiya, beshta Fransiya yoki o‘n sakkizta Bangladesh maydoni to‘g‘ri keladi.

Qozog'iston xaritasi

🇹🇲 Turkmaniston

Maydoni kattaligi bo‘yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi davlat - 488 ming 100 kv. km. Shvetsiyadan katta (449 ming 961 kv. km), lekin Ispaniyadan — 561 ming. 782 kv. km. kichik

Turkmaniston hududiga ikkita Belarus, yettita Irlandiya yoki yigirma to‘rtta Sloveniya to‘g‘ri keladi.

Turkmaniston

🇰🇬 Qirg‘iziston

Qirg‘iziston hududda maydoni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi - 198 ming 500 kv. km. Bu Bangladesh maydonidan katta (144 ming 500 kv. km), lekin Belarusdan kichik (207 ming 600 kv. km).
Qirg‘iziston maydoniga ikkita Vengriya, to‘rtta Litva yoki oltita Isroil to‘g‘ri keladi.

Qirg'iziston xaritasi

🇹🇯 Tojikiston

Hududdagi eng kichik davlat - 143 ming 100 kv. km. Maydonining 93% tog‘lardan iborat. Tojikiston Islandiyadan (103 ming 125 kv. km) katta, lekin Tunisdan kichik (163 ming 610 kv. km).

Tojikiston hududiga ikkita Kosta-Rika, beshta Armaniston yoki o‘n beshta Kipr to‘g‘ri keladi.

Tojikiston xaritasi