November 16, 2024

Xat...

Bu yurak umid bilan urib turishiga sabachi inson uchun

Seni soʻgʻindim !
Qara yana qish keldi sening sevimli fasling biz uchrashgan bizning qalblarimiz birlashgan fasl senga boʻlgan sevgimni anglagan onlarim yoqimli ovozing va mehr toʻla koʻzlaring ila menga boqgan onlar hamma hammasini sogʻindim !
Yodingdami senga birinchi bora sevishimni aytganim ? Sening mayin va moychechak ifori keluvchi sochlaringni qulogʻing ortiga olib "Seni sevaman" deb qulogʻingga pichirlaganlarim meni hali hamon yodimda quvonchdan koʻzlaring yanada porlab ikki yonogʻing qib qizil tusga kirganlari och qizil lablaring bilan "men ham sii.znii Seevaamman " deganlaring xuddi bularnig hammasi kecha boʻlib oʻtganday
Hayot meni qiynashda davom etmoqda sensizlik bilan ..
Xuddi vaqt toʻxtab qolgandek har bir soniyaning soatning oʻtishi shunchalar qiyinki men dunyodagi eng sabrsiz insonga aylanmoqdaman...

Qanchadan buyon xatlarimga javob yozmaysan lekin men toʻxtamayman toki koʻksimda urib turgan bu yurak seni sevar ekan men hech qachon umid qilishdan toʻxtamayman toʻgʻri charcharman jaxl qilarman nafratlanarman lekin bular bular bir muddatlik holas
Shuni bil ! mayli bir umr boʻlsin hatto seni oʻlimimdan keyin ham sevaman bu yurak bu tan bu ruh faqat va faqat seni deydi .
Hali senga aytar soʻzlarim koʻp faqat seni yana qayta topib olay hech qachon sendan uzoqlashmayman ...

Seni sevaman !

Yaponya 1 12 1968 yil