February 18, 2025

YUNONISTON SHAHARLARI

Shayxontohur tumani 324-maktabning 6-"A" sinf oʻquvchilari Jumanazarova Solihabonu va Samigʻjonova Muxsinaning tarix fanidan loyihasi

23-MAVZU: QADIMGI YUNONISTONNING YUKSALISHI
"YUNON SHAHARLARI"
Yunonistonda dehqonchilik va hunarmadnchilik rivoj topishi natijasida shaharlar soni ham ortib boradi. Yunon shaharlarining koʻpchiligi bir qancha manzilgohlar birlashish yoʻli bilan tashkil topadi. Bunday shaharlar yunoncha "polis", ya'ni "shahar" deb atalgan. Ular shahar-davlatlarni tashkil etgan. Polislar hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari boʻlgsn. Bozor shaharning katta maydonida joylashgan. U yerds qishloq xoʻjaligi va hunarmadchilik mahsulotlari bilan savdo qilinga.
Barcha shahar-davlatlar oʻz qoshinlariga ega boʻlgan. Qoʻshinlarning asosini ogʻir qurollangan askarlar- goplitlar tashkil etgan. Ular toʻrtburchak shaklni yuzaga keltiruvchi bir biriga zich joylashgan qatirda jang qilgan. Bunday jangovar safga tizilish falanga deb atalgan

AFINA DAVLATI: Oʻrta Yunonistonning janubi-sharqiy qismida ATTIKA yarimoroli joylashgan. Mil. avv. 2-mingyillikda Attikaning gʻarbiy qismida yunonlar AKROPOL, ya'ni "yuqori shahar" deb atalgan qal'a quradi. Bora-bora Akropol tevaragiga odamlar oʻrnasha boshladi. Shu tariqa AFINA shahri vujudga keladi. Shaharlarda yashagan odamlarning asosiy qismini hunarmandlar va savdogarlar tashkil etgan.
Afina aholisi uchta katta guruhga boʻlingan: fuqarolar, chet elliklar-meteklar va qullar. Ota-onasi ozod afinalik boʻlgan erkaklargina Afina fuqarosi boʻla olgan.
Faqat fuqarolar barcha huquqlardan foydalangan. Ular ogʻir mehnat va salomatlikka zarar yetkazuvchi ishlardan ozod qilingan.
Afina mustahkamlanishi bilan dengiz savdosi ham rivoj topadi. Afinaning asosiy portiga aylangan PIREY bandargohidan mamlakatga qullar va xilma-xil tovarlar keltirilgan.