Jeon Jungkook " Telba detiktiv , ep:1
TELBA DETEKTIV
Seul ko‘chalari sokin, faqat yomg‘ir tomchilari asfaltga urilib, shovqin solardi. Neon chiroqlar suvga aks tushirgan, havo esa sovuq edi.
Politsiya mashinalari atrofdan odamlarni uzoqlashtirar, hodisa joyini qizil tasma bilan to‘sib qo‘yishgan edi. O‘rtada esa qora pal’tosi yomg‘ir tomchilaridan ho‘l bo‘lgan, nigohi sirli yigit turardi.
Bu Jungkook edi – telba detektiv.
Jasad asfalt ustida qimirlamay yotardi. Uning oppoq qo‘llari, xuddi qor kabi, sovuq edi. Qizning barmoqlari orasida siqilgan qog‘oz bor edi. Jungkook uni ohista ochdi va yozuvni o‘qidi:
Jungkook bir necha soniya sukut saqladi, keyin lablarini tishlab, yerdagi qizga yana bir bor qaradi.
Yonida turgan politsiya inspektori ohista javob berdi.
Inspektor: "Mashhur ishbilarmonning qizi. Yaqinda katta yutuqqa erishgan, lekin dushmanlari ko‘p edi."
Jungkook jasad yonida tiz cho‘kib, atrofga qaradi. Hech qanday iz yo‘q. Hech qanday qarshilik alomati sezilmadi. Bu shunchaki oddiy qotillik emasdi.
Shu payt u uzoqroqda kimdir unga tikilib turganini sezdi. Kaguya.
Kaguya devorga suyanib, jilmayib turardi. Uning nigohi o‘tkir edi. Jungkook unga yaqinlashmoqchi bo‘ldi, lekin Kaguya ortga burilib, qorong‘u ko‘chaga singib ketdi.
Jungkook: "Bu yerga kelishimni bilganmidi? Yo‘q, bu tasodif emas."
Shu payt orqasidan kimdir titrab gapirdi.
Y/N: "Man... man uni tanirdim..."
Jungkook sekin unga yuzlandi. Y/N qo‘rquv bilan atrofga qarar, lablari titrardi.
Jungkook: "San bu o‘yinda ishtirok etyapsanmi, Y/N?"
Y/N hech nima demadi. U qo‘rqqan edi. Yoki bu sir faqat unga tegishlimidi?
Tungi Soatlar – Kimsasiz Bino
Yuqori qavatdagi derazadan kimdir ularga tikilib turardi. Ko‘zlarida sirli jilmayish aks etardi.
U sigaretasini ohista tutatdi va qora ko‘ylagining yengini silkitdi.
Taehyung: "Hali juda erta. O‘yin endigina boshlanmoqda."
Shu payt u yonidagi odamga qaradi. Bu Kaguya edi. U o‘zining odatdagidek sirli jilmayishi bilan javob qaytardi.
Kaguya: "Jungkook hamma narsani tushunib yetguncha kech bo‘ladi."
Taehyung: "Shunday bo‘lishi kerak."
Jungkookning Uyida – 02:47 Tungi
Jungkook eshikni ohista yopdi va yelkasini silkitib, ichkariga kirdi. Xonasi qorong‘u edi, faqat kompyuter ekrani xira nurni taratar, unda bir nechta jinoyat hujjatlari ochilgan edi.
U stolga o‘tirib, qo‘lidagi qog‘ozga yana bir bor qaradi. "O‘yin endi boshlandi."
Jungkook (o‘ziga): "O‘yin? O‘yin bo‘lsa, demak qoidalari ham bor... Qoidalar bo‘lsa, demak... uni buzish ham mumkin."
Shu payt telefoniga notanish raqamdan SMS keldi.
Jungkookning yuragi tez urib ketdi. 72 soatdan keyin nima bo‘ladi?
Sirli Shaxsning Xonasi – Noma’lum Manzil
Taehyung stol ortida o‘tirardi. Oldida joylashtirilgan suratlar orasida Jungkook, Y/N va Kaguya bor edi.
U sekin barmoqlari bilan suratlarni silab chiqdi va qog‘ozda qizil siyoh bilan yozilgan so‘zlarga qaradi.
Taehyung: "Bu faqat boshlanishi..."