May 15, 2025

Bounded by the stars [9 episode]

- Menga turmushga chiqasanmi Mira?
PovMira: Bu juda kutilmaganda bòldi. Taehyung mening qarshimda qumga tiz chòkib, kòzlarimga qattiyat va muhabbat bilan qarab turardi. Quvonchdan yettinchi osmonda uchyapman. Butun vujudim bilan sevgan insonimga qanday yòq deya olaman? Men ham u bilan umrimning oxirigacha birga bòlishni xohlayman.
- Mira bilasanmi, seni birinchi uchratganimdayoq sen menda hech kim bilan his qilmagan òzgacha hissiyot uyģotgansan. Men umrim davomida senga òxshagan qizni kòrmaganman. Oshanda senga bir kòrishda oshiq bòlganman desam ham bòladi. Sen hech kimga òxshamaysan. Kulishlaring, kòzlaring va lablaring meni òziga rom etgan. Tashqi qanday gòzal bòlsang, qalbing undanda gòzal. Sen òzingni sovuq tutishga urinasan, lekin buni ummumam uddalay olmaysan. Odamlar senga qancha yomonlik qilsa ham tezda kechirib yuborasan va yaxshilik qilging keladi. Ummumam arazlay olmaysan. Haddan tashqari oq qòngilsan Mira. Va men shu beģuborliging uchun ham seni sevaman. Sening sevging ham òzingga òxshagan sof. Lekin shunga qaramay sen juda kuchliy qizsan. Hamma narsani yolģiz yengib òtasan. Boshqalardan yordam sòrab ojizligingni kòrsatging kelmaydi. Hattoki yuvinish xonasiga qamalib yeģlashingni ham bilaman. Yuraging qanchalar oģrimasin kòzyoshlaringni artib hech narsa bòlmagandek tabassum qilasan. Seni kòrib men seni doyim himoya qilgim keladi. Kòzyoshlaringni artib hech kimga hafaqildirmay deyman. Senga bòlgan sevgimni tariflash uchun bu sòzlar ham kam aslida. Men sen bilan umrimni birga òtkazmoqchiman, bolalarimning kòzlariga qaraganimda seni kòrmoqchiman. Sen bilan qayģuli va baxtli kunlarni birga òtkazib senga dalda bòlaman. Doyim yoningda bòlaman, nima bòlishidan qattiy nazar seni sevishdan tòxtamayman. Iltimos menga turmushga chiq Mira.

PovMira: Taehyungning gaplari shunchalik samimiylik va mexr bilan chiqardiki yuragim bir onga tòxtab qolgandek bòldi. Men hardoim sevilishni, òzimni himoya ostidagidek his qilishni hoxlardim. Kòzlariga karab turib "yaxshiman" desamham meni baģriga olib "unday emasligini bilaman" deydigan insonni orzu qilardim. Va Taehyung aynan shunday inson edi, men unga turmushga chiqqanimdan hech qachon afsuslanmasligimni bilaman. Uning gaplaridan qanday yeģlab yuborganimni ham bilmay qoldim. Bu baxt kòz yoshlari edi. U menga qarab tabassum qildi.
- Rozimisan?
Deb pichirladi u. Hissiyotlardan gapirishga sòz topmay boshimni tasdiq manosida qimirlatib qòydim. Uning kòzlari baxtdan charaqlab ketdi. U meni bir deganda quchib kòtargancha aylantirishni boshladi. Men uning yelkasidan quchib baland ovozda baxtdan sarmast bòlib kulardim.
- Taehyung bòldi tushur boshim aylanyapti.
Men harhasha qilib dedim.
- HA! HA! U rozi bòldi!
Taehyung boshini ortga tashlab kulardi. Gòyoki bizning baxtimizning cheki yòq hozirgi damda. U vanihoyat òzining ham boshi aylanib meni yerga qòydi. Biz bir birimizga tabassum bilan tikilib turardik. Uning belimda turgan qòli yuzimga kòchib uni silashni boshladi. Mening tabassumim yanada kengaydi. U sekin yuzlarimiz orasidagi masofani qisqartirdi, uning issiq nafasi yuzimga urilardi. Sekin mening yuzim tomon egilgancha lablarimning ustiga òzinikini joyladi. U mayin va yoqimli qilib òpardi. Bu bòsaga javob bermaslikning iloji yòq. Men ham u bilan barobar bòsaga javob qaytara boshladim.
*

PovMira: Vanihoyat bu kun ham keldi. Bugun mening tòy marosimim. Hayajonim ichimga siģmayapti axir sevgan insonimga turmushga chiqyapman. Tosh oyna qarshisida oq libosda turibman. Hech narsa insonga baxt kabi kòrk qòshmaydi deganlari rost ekan. Oq kòylakdan baxtdan porlayotgandekman. Taehyung menga tòy bòlib òtadigan joy syurprizligini aytdi judaham qiziqib ketyapman. Ortimdan qadam tovushlarini eshitdim bu Taehyung bòlsa kerak. Yuzimda tabassum bilan ortimga ògirildim.
- Tae...

Jimin

- Juda ham ochilib ketipsan.
- Raxmat, haligi.. Taehyung qachon keladi?
Jimin dardini yashirish uchun siniq tabassum qilib qòydi.
- U seni kutyapti, dadangning òrniga seni mehrobga ozim olib borib qòyaman.
Men tabassum qildim.
- Juda hursand bòldim axir huddi akamdeksan men uchun.
- Ha tòģri... Akangdek..
- Yuraqol unda kuyovni kuttirish yaxshi emas.
Biz tòy marosimi bòladigan joyga yòl oldik. Judayam qiziyapman, qanday joy bòlishi mumkin? Mashina tòxtaganida kòzlarim baxtdan yorishib ketdi.

Axir bu sohilku mening eng sevimliy joyim. Har bir detal òzgacha did bilan bezatilgandi. Taehyung bezatish ishlari bilan òzi asta oydil shuģullangan kòrinadi. Allaqachon mehmonlar yetib kelgandi. Dòstlarimiz, oila azolari va bir ikkita biznes hamkorlar. Va mehrob yonida meni kutgancha kelishgan sevgilim turardi. Bugun u rostan ham odatdagidan kelishganroq kòrinardi.

Taehyung
Mira

Jimin menga yaqinlashib qòlini menga uzatdi men ham uning qòlidan ushlab Taehyung tomonga qadam tashlashni boshladim. Sevgilim ham òzimga òxshab menga tabassum qilib turardi. Uning qarshisiga kelganda esa Jimin mening qòlimni òzinikidan ajratib Taehyungnikiga joyladi. Taehyung qòllarimni mayinlik bilan silardi. Sekin egilib quloģimga pichirladi. Issiq nafasi yuzimga urilardi.
- Juda chiroylisan.
Unga minnatdorchilik sifatida tabassum qilib qòydim.
Nikoh mudiri bizga yaqinlashdi va biz nikoh haqidagi hujjatlarga imzo qòydik. Nikoh uzuklarimi taqgach, Taehyung menda bòsa olish uchun boshini men tomon egdi. Qòllarini mening belimdan òrab lablarimizni birlashtirdi. Men ham unga mayinlik bilan javob qaytardim. Atrofdagilar qarsak chalib bizni qutlashardi. Bu hayotimdagi eng baxtli kunim desam hech adashmagan bòlaman.
*

PovJimin: Ularning birga qanday baxtliligini kòrib turarkanman, qanchalik ahmoqligimni tushundim. U meni faqat dòst òrnida kòrgan.Har bir inson oz hikoyasida bosh qahramon deyishadi, men esa ularning hikoyasida ortiqchaman. Mirani nega meni sevmading deb ham ayblolmayman. Men uni jonimdan ortiq sevganimdek, u ham Taehyungni shu darajada sevadi va undan boshqasi kòziga kòrinmaydi. Mening armonga aylangan orzularimga u endi boshqasi bilan erishadi. Hammasini juda yaxshi tushunib turibman lekin yuragim oģriyapti. Yuragim qon yeģlayotgan bòlsa ham uning oldida ojizligimni yashryapman. Aytishlaricha seniki bòlmagan insonni umirbod sevish mumkin ekan. Men uni pinxona sevdim, endi shu sevgimni yuragimning tubiga kòmaman. Shularni òylab hayol surib turarkanman, bir qiz menga urilib qòlida ichimlikni ustimga tòkib yubordi. Yiqilib tushmasligi uchun bir qòlim bilan uning tirsagidan, ikkinchisi bilan esa belidan ushlab qoldim.

Osha qiz

PovYunso: Poshnalar noqulay bòlganligi sababli oyoģim qayrilib yiqilib tushishimga sal qoldi. Yuragim qinidan chiqib ketay dedi. Bir yigitga urilib ketdim va qòlimdagi ichimlik uning oppoq kiyimini bejadi. U yiqilishimga yòl qòymay baquvvat qòllari bilan meni belimdan ushlab qòldi. Men boshimni kòtarib uning yuziga qaradim. Yo hudoyim bunchalar kelishgan yigit bòlmasa? Yana judaham yoqimtoy ekan. Ayniqsa kòzlari va tòla lablari juda chiroyli. Men kòzlarimni undan uzolmay qoldim. U meni birdan òzidan itarib yubordi.
- Kechirasiz men behosdan.
Men qòlimga sochiq olib uning ustini tozalamoqchi bòldim.
- Qoch.
Jimin sovuqlik bilan javob berdi.
- Menga bersangiz kiyimingizni tozalab berishim mumkin, juda hijolatdaman.
- Nima gapga tushunmaysanmi? Men senga qoch dedim!
Jimin qòpollik qilgancha tez qadamlar bilan u yerni tark etdi. Yunso esa uning ortidan qarab qoldi.
- Qòpol.
Deb pichirladi u òziga.
*

- Akajon!
Taehyung u tomon yurib kelatotgan singlisini kòrib tabassum qildi.
- Yunso yaxshi keldingmi?
- Ha, tabriklayman baxtli bòling.
- Raxmat singiljon.
- Kelinoyim hayotda juda ham gòzal ekan.
- Aka?
- Eshitaman.
- Kelinoyim bilan kelgan yigit kim edi?
- Ha umi, mening biznes hamkorim.
- U siz bilan bir kompaniyada ishlaydimi?
Yunsoning kòzlari quvonchdan porlab ketdi.
- Ha, nega sòrayapsan ?
- Yòq, shunchaki.
*

PovMira: Atrof tòla mehmonlar hamma qòngil hushlik qilyapti. Taehyung mening yonimda belimdan quchgancha turibdi.

Shu payt yuzida tabassum bilan men tomon yaqinlashayotgan Jenniega kòzim tushdi. U tezda meni quchib oldi, men ham tabassum bilan uni qayta quchdim.
- Baxtli bòl dugonajon.
- Raxmat.
- Kelin bòlish senga judaham yarashibdi. Mening tabassumim yanada kengaydi.
- Taehyung tanish bu mening eng yaqin dugonam Jennie Kim.
- Tanishganimdan hursandman Men Kim Taehyungman.
- Men ham, ishonchim komilki siz uni baxti qilasiz.
- Albatta.
Taehyung men tomon qarab jilmayib qòydi.
- Kim Taehyung!
Ovoz kelgan tomonga hammamiz qaradik.
- Hali uylanmayman deb mendan oldin uylanib oldingku yaramas!
Hajun hazil tariqasida gap boshladi, Taehyung ham unga qoshilib kulib qòydi.
- Havotir olma senga ham qaysidir baxtiqaro uchrab qolar.
- Yaramas!
- Hajun tanish bu...
- Sen?
Hajunning kòzlari birdan Miraning yonida turgan Jenniega tushdi.
- Nima siz bir birlaringizni taniysizlarmi?
Men shubha bilan Hajun bilan Jenniega qarab qòydim.
- Ha, alsida biz u bilan qòshnilarmiz.
- Rostanmi? Bu kutulmagan bòldi.
Dedi Taehyung ochiqchasiga hayratlangancha.
- Mana yana uchrashdik Jennie xonim.
- Bu shunchaki tasodif.
- Balki bu taqdirdir.
Hajun Jenniega qarab kòz qisib qòydi.

9 episode tugadi.