Bounded by the stars [7 episode]
PovMira: Majlisda òtirarkanman hech narsa quloģimga kirmasdi. Miyyamda Jimin aytgan gaplar aylanardi. Uning taklifini qabul qilaymi yoki merosdan vos kechaymi? Lekin yuragim hali hamon Taehyung tomon oshiqmoqda. Agar Jiminga turmushga chiqib, sevganimning òrniga qulay va yaxshi yigitni tanlasam, bu uchun butun umr afsuslanmasmikinman ? Ikki òt orasida qoldim. Taehyung aytgan gaplar hayolimni bòlib yubordi.
- Honimlar va janoblar sizlarga aytadigan muhim gapim bor. Marhum janob Kimning òlimi sababli kompaniya Kim Miraning qòliga òtadi. Shunday ekan Janob Kim bilan tuzgan shartnomamiz bilan birga, unashtiruv ham bekor qilinadi.
Men karaht bòlib qoldim. U nima jiddiy gapiryaptimi? Nahotki bularni yana men bilan bòlish uchun qilayotgan bòlsa? Quvonchim ichimga siģmayapti. Lekin Jiminchi? Unga umid berib endi tashlab ketamanmi? Hayollardan boshim yorilay deyabdi. Majlis tugagach havo almashtirish uchun kòchaga chiqdim.
- Mira.
Ovoz kelgan tamonga qaradim. Jimin men tomon yaqinlashdi.
- Men bergan taklifni òylab kòrdingmi?
U umid bilan kòzlarimga boqib turardi. Men nima deyishni bilmay zòrģa oģiz ochdim.
- Jimin bilasanmi...
- Yana qanaqa taklif!!?
Shu payt òrtamizga Taehyung qòshildi.
- Bu sening ishing emas. Dedi Jimin jahl bilan.
- Men unga turmush qurishga taklif berdim. Taehyung keskin nigoh bilan menga qaradi. Òzimni huddi hiyonat qilayotgandek his qilyapman.
- Hòsh sen qanday javob berding?
- Men... Menga òylash uchun vaqt kerak. U birdaniga bilagimdan ushlab meni òziga tòrtdi. Men tirsalib uning ustiga yiqilishimga sal qoldi. U bilagimdan siqib lablarini quloģimga yaqinlashtirdi. Uning qaynoq nafasi bòynimni kuydirardi. Burnimda osha tanish va yoqimli ifor urildi. U qulòģimga pichirladi.
- Men senga erishish uchun hamma narsa qilaman! Hattoki unashtiruvni ham buzdim. Uning qarshisiga oq libosda chiqgan kuning tòyingni janozaga aylantiraman shuni bilib qòy! Uning qattiyat bilan aytgan gaplaridan kòzlarim ornidan chiqib ketay dedi. Unga beradigan savollarim juda kòp aslida. U qòlimni asta qòyib yuborib u yerni tark etdi. Men ham tez qadamlar bilan xonamga yòl oldim.
*
PovMira: Òzimni chalģitish uchun ishga shònģib ketdim. Hattoki allaqachon kech tushganini ham sezmay qolibman. Kòchada juda kuchli yomģir yoģardi. Men tezda binodan chiqib mashinam tomon yugurdim. Jin ursin! Mashina òt olmayabdi. Qanday omadsiz kun bòldiya bugun. Yana bir ikki marta urunib kòrdim lekin foydasiz. Ohiri mashinadan tushib taksi tòxtatishga tushib ketdim. Usti boshim jiqqa hòl bòldi lekin yòlda mashina kòrinmasdi. Sovuqdan qaltirab turgan paytim yonimga mashina kelib tòxtab oynasini tushurdi.
- Yur tashlab qòyaman, bòlmasa shamollab qolasan.
- Kerak emas! Nega bunday qilayotganimni òzim ham bilmayman. Axir shuncha yildan keyin tushuntirishlarsiz qaytib keldi hafa bòlishga haqqim bor.
- Mira qaysarlik qilma yuraqol. Men tez-tez yurib undan uzoqlasha boshladim. Taehyung mashinadan tushib menga yetib oldi. Bilagimdan tortib òziga qaratdi va ustimga qastumini kiyģashib qòydi.
- Nega bunday qilyapsan?
- Nima endi senga ģamxorlik qilolmaymanmi?
- Nega bundan qilyapsan? Shuncha yildan sòng gap sòzsiz qaytib kelib hayotimga aralashishni boshlading! Hech narsani tushuntirmasdan yana òzingni meni tanimaganga olding! Bu ham yetmagandek singlimga unashtirilib endi buni men uchun buzganingni aytyapsan! Juda ham jahlim chiqyapti. Unga qanday qilib baqirib yuborganimni sezmay qoldim. Yuragim oģriyabdi, kòzlarimdagi yosh yomģir bilan bir bòldi. Men uning kòzlariga javob izlab qaradim.
- Chunki seni sevaman! Bunday qilishim uchun menda sabab bor edi. Hammasini senga tushuntirib beraman. Men jimgina uni tinglardim. Biz yòlning chetida yomģir tagida turardik.
Flashback 7 yil oldin Taehyunging òlimidan oldingi tun.
PovTaehyung: Soat yarim tunga yaqin meni sira uyqim kelmayapti. Quchoģimda yotgan sevgilimga tikilib yotardim. Huddi kichkina pandachaga òxshab meni mahkam quchib olgandi. Telefonim jiringlashni boshladi. Boshida bunga etibor bermadim lekin qònģiroq qayta va qayta bòlavergach gòshakni kòtarishga majbur bòldim. Ekrandagi yozuvni kòrib yuz ifodam òzgardi.
- Nega qòrģiroq qilyapsiz? Men Mirani uyģotib yubormaslik uchun boshqa xonaga òtdim.
- Taehyung zudlik bilan yetib kel singlingni ahvoli yaxshi emas.
- Hozir yetib boraman. Men tezda kiyinib Miraning yanoģidan òpgancha uyni tark etdim. Dadamdan qancha nafratlarsamda singlimni yaxshi kòraman. Men dadamning qòrģoniga yetib keldim.
- Singlim qayerda? Uyga kirishim bilan birinchi aytgan gapim shu bòldi.
- Singling xonasida unda hammasi joyida.
- Nima?! Unda meni nega chaqirdingiz?
- Biz zudlik bilan Koreyadan chiqib ketishimiz kerak seni bu yerda qoldirolmayman.
- Nega? Tushuntiribroq gapiring.
- Mening dushmanlarim kòp ular meni yòq qilishmoqchi.
- Sizning dushmanlarimgiz bòlsa menga nima? Men uyimga qaytaman.
- Esingni yeganmisan!? Sen mening yagona òģlimsan, seni tirik qoldirishadi deb òylaysanmi? Men kesatib kulib yubordim.
- Qachondan beri òģlimgiz ekanim esingizga tushdi?
- Taehyung! Vaziyat jiddiy! Ular bizning izimizdan bormasliklari uchun òlimimizni uyushtiraman. Va bir qancha vaqtga Amerikada yashaymiz.
- Nima!? Men zudlik bilan uyga borishim kerak.
- Òsha qizni debmi? Men dadamga hayron bòlib qaradim.
- Bilmaydi deb òylaysanmi? Uni yoniga bormaysan!
- Meni Mirani yolģiz qoldirolmayman, men uni sevaman!
- Aqlingni yiģib ol! Agar uning yonida qolsang unga ham zarar yetishi mumkin!
- Mayli siz bilan ketman.
Men tezda telefonimni qòlimga olib Miraga habar yozdim:
Sevgilim bu men, juda jiddiy vaziyat yuz berdi. Men biroz vaqtga Amerikaga jònab ketaman. Shu raqamga qònģiroq qilsang senga hammasini tushuntirib beraman. Seni sevaman.
PovTaehyung: Oradan bir yil òtdi men hali ham Amerikadaman. Osha kuni yozgan habarimga u javob yozmadi hatto qònģiroq ham qilmadi. Meni òldi degan gaplarga ishondimikan? Yoki allaqachon boshqasini sevib qolgandir. Lekin men uni judaham soģindim. Tundek kòp-kòra kòzlarini, uzun sochlarini, lablarini burib erkalanib "oppa" deyishlarini soģindim. Òrnimdan turib dadamning xonasi tomon yòl oldim.
- Qachon uyga qaytsam bòladi?
- Hozir buni iloji yòq.
- Unda qachon!? Siz biroz muddatga degandingiz allaqachon bir yil bòldi! Meni ahmoq qilmoqchimisiz? Men uyga ketishim kerak.
- Seni qòyib yuborgan taqdirimda ham qanday ketmoqchisan? Koreyada seni hamma òlgan deb biladi.
- Tòydim barchasidan! Nega meni taqdirimni siz hal qilishingiz kerak!? Sizga òxshagan odam bòlishni xohlamayman! Aslida onamning òlimiga ham siz aybdorsiz!
- Onang òzi foxisha edi.
- Oģzingizga qarab gapiring!!! U meni onam. Aslida siz emasmi oilali bòla turib onamni aldagan. U atigi òn sakkiz yoshda edi tushunyapsizmi!? Òn sakkiz! Sizning soxta sevgingizga ishonardi. Lekin siz nima qildingiz!? Homilador ekanini bilgach bolani tan olmasdan uni tark etdingiz! Siz òta hudbin va ablah odamsiz! Onam sizsiz qachalar qiynalganini bilasizmi? U ichkilikga berilib ketdi va hatto menga ham etibor bermasdi. Juda ayanchli ahvolda yashardik. Onamning men bilan ishi bòlmagani uchun qòshnilar rahmi kelgandan ovqat berishardi. Taehyung jahil bilan dadasiga baqirarkan bòyin tomirlari bòrtib chiqqandi. Kòzlari qizarib kòz yoshlarini ushlab turardi.
- Bir kuni maktabdan qaytganimda oshxonaga kirdim. U yerda esa onam shiftga osilga holda turardi!!! U siz bergan azoblarga chidilmay siz sovģa qilgan kòylakga òzini osdi! Men osha paytda nimalarni his qilganimni hatto tasavvur ham qilolmaysiz. Qòrqqanimdan uydan chiqib ketdim, axir yos bola edim. Kòchaga chiqib yordam sòrash uchun bor ovozim bilan dod solib baqirdim, lekin meni hech kim eshitmadi. Men baqirishga urundim lekin boshim suv ostidagidek edi gòyo. Ana oshandagina yonimda bòlishingizni juda xohlagandim Dadajon!
- Men u sendan allaqachon qutilgan deb òylagandim.
- Keyin siz nima qildingiz? Meni borligimdan habar topib DNA test qildirdingiz. Shundan keyin ham meni òģlingiz òrnida kòrmay hatto familiyangizni ham bermadingiz! Shunchaki pul bilan taminlab, obroimga doģ tushurma dedingiz. Endi menga sizning soxta mehringiz kerak emas! Koshki sizning òģlingiz bòlmaganimda edi!!!
Flashback end.
PovMira:Men òylab òtirmasdan òzimni uning quchoģiga otdim. Sevgilim. U nimalarni boshidan kechirganini bilmasdan unga nohaqlik qildim. U hayron bòlib qoldi keyin esa u ham qòllarini belimdan òrab oldi.
- Seni soģindim. Har kunim seni òylash bilan òtardi. Unda hammasi yaxshimi? U ham meni soģinarmikan? Boshqasini sevib qolgan bòlsachi? Balki turmushga chiqgandir. Shu kabi savollar ich etimni yerdi.
Men uni qattiqroq quchib, yuzimni kòksiga kòmdim.
- Men ham seni juda soģindim. Òlganinga ummumam ishonmadim. Seni sevishdan va kutishdan bir soniyaga bòlsada tòxtamadim. Men boshimni kòtarib unga qaradim. U sevgi tòla kòzlar bilan mening qizargan kòzlarimga qarab turardi. Men oyoq uchida turib uning yoqasidan tortgancha lablarimizni birlashtirdim. Taehyung kutilmagan harakatimdan karaht bòlib qoldi. Keyin u ham men kabi ehtiros bilan bòsaga javob qaytara boshladi. Soģinch ikkalamizni ham juda qiynagandi. Bir birimizga tòyib olish uchun chuqur bòsa olardik. Yomģir hamon tòxtamasdan yoģardi, lekin bu bòsaga halaqt bermasdi. U lablarimni sòrib chanqoqlik bilan òpardi huddi qòyib yuborgidi kelmayotgandek. Yomģir va soģinch aralash bu bòsa uzoq vaqt davom etdi..
Written by: @Miss_Kim95
7 episode tugadi