Bounded by the stars [ 5 episode ]
PovMira: Nega yana oldimdan chiqaveradi? Endi uni unitdim deganimda nega taqdir bizni qayta uchrashtiraveradi?
- Sen bu yerda nima qilyapsan? Meni kuzatib yuripsanmi?
- Nega endi seni kuzatishim kerak ekan? Men bu yerda birinchi raqamli poygachi edim agar esingda bòlsa.
- Bu tasodif demoqchimisan?
- Ha, barakalla ancha ulģayibsan. Lekin baribir poygada mendan òzib ketolmaysan.
- Sen meni maģlub qila olgan yagona odamsan.
- Ayrilganimizdan keyin bu yerda seni uchrataman deb òylamagandim. Ancha hotiralar bor bu yerda. Yana osha damlarga qaytgim kelyapti.
- Ahmoqgarchilikni yiģishtir Taehyung endi hech narsa avvalgidek emas! Sen meni ògay singlimga unashtirilyapsan, men ham endi senga sevgi tòla kòzlar bilan qaraydigan yosh qizcha emasman! U birdan meni bilagimdan qattiq ushlab, meni òziga tortdi.
- Bu sen bilan birga bòlishimga tòsqinlik qiladi deb òylaysanmi? Men ham endi senga gitara chalib sevgi haqida kuylaydigan yigitcha emasman! Men erkakman va men aytgan gapimni istidan chiqaman! U meni kòzlarimga qattiyat bilan qarab turardi. Men ham uni kòzlariga boqdim. Qanchalar yana birga bòlishni xohlaganim bilan endi buni iloji bormikan?
- Mira! Ovoz kelgan tarafga qaradim va biz tomon yaqinlashayotgan Jiminga kòzim tushdi. U tezda kelib uni qòlini menikidan ajratib oldi.
- Nega u bilan bu yerga kelding!? Jahli chiqayotgani yuzidan malum edi.
- U bilan kelganim yòq! U jahl bilan Taehyung tomon qaradi.
- Miradan uzoqroq yur! Sizlarning òrtangizda hamma narsa allaqachon tugagan. U qòlimdan siqib meni òrtiga òtkazdi.
- Bizning oramizda hammasi tugadimi yòqmi buni sen hal qilmaysan! Taehyung meni ikkinchi qòlimdan tortib meni òziga yaqinlashtirdi.
- Mira men bilan ketadi!
- Unga buyruq berolmaysan!
- Bòldi bas! Jimin yur ketaylik. U hali ham kòzlarini mendan uzmasdi. Sekin astalik bilan qòlimni qòyib yubordi. Men ham unga ohirgi marta qarab Jimin bilan ketdim.
Jimin meni qòlimdan ushlab mashina tomon yetakladi, men ham jim unga ergashdim. Jahli haliham bosilmagandi, nima u rashq qilyaptimi?
U jimgina mashinani boshqarib ketardi.
U menga ògirilib qaradi.
- Hali ham uni sevasanmi? Men biroz òylanib qoldim.
- Balki ha, balki yòq lekin bu endi ahamiyatsiz. Uni unutishga harakat qilaman.
- Unuta olishinga ishonching kòmilmi?
- Bundan boshqa tanlovim bormi?
- Tòģri aytasan. Qachon katta bòlishga ulgurding. Men unga jilmayib qòydim.
- Seni birinchi marta uchratganimda kichginagina qizcha eding.
Flashback 10 yil oldin:
PovMira: Maktabdan uyaga qaytganimda dadam bilan birga kelgan yosh yigitda kòzim tushdi.
- Dada bu kim? Men qiziquvchanlik bilan sòradim.
- Qizim yaxshi keldingmi? Tanish bu Jimin u meni yordamchim, bugundan boshlab biz bilan yashaydi senga esa aka òrnida bòladi.
- Menga akani keragi yòq. Uyda begonalarni jinim suymaydi.
- Jimin begona emas u menga òz òģlimdek. U bilan chiqishib ketasan.
- Unday bòlmaydi! Men buni xohlamayman. Men yugurib xonamga chiqib ketdim.
- Jimin hafa bòlma. Miraning feli oģir, lekin juda yaxshi qiz.
- Hop amaki, kelishib keyishga harakat qilaman.
*
PovMira: Tanafusda jimgina òz ishlarim bilan band bòlar ekanman, sinfdoshlarimning gaplari quloģimga chalindi.
- Uni yurish turishini kòrdingizmi? Onasiz òsgan qizlar mana shunaqa bòladi.
- Eshitishimcha u mafianing qizi.
- Hattoki onasini qotili uning dadasi deb ham eshitganman.
- Nima rostanmi? Bunday qiz kimga ham kerak? Men ortiq chiqab turolmadim.
- Onasiz òsgan bòlsam nima qilibdi!? Men haqimda bilmay turib bunday gaplar gapira olmaysan!
- Nega jahling chiqyapti? Demak bu gaplar rost ekanda? U mazah qilgandek gapirdi.
- Oģzinga qarab gapir! Meni dadam unday odam emas!
- Oģzimga qaramay gapirsam nima bòladi? Òzi ģazabi qaynab turgan Miraning battar jahli chiqarkan, kutilmaganda qizning sochiga yopishib ketdi.
- Hoy! Sen nima aqildan ozganmisan!? Qiz ham bòsh kelmay Miraning sochidan tortqilay boshladi. Toki ustoz kelmaguncha hech kim ularni ajratib olmadi.
PovMira: Hozir direktorning xonasida otiribman, bu shu oyda uchinchisi. Ee hudoo, menga shu kerakmidi!?
- Kim Mira! Bu shu oy ichida uchinchi marta! Qaydan qizsan òzi! Bu safar aniq dadangni chaqiraman. O yòq, endi aniq tamom bòldim. Dadam meni òldiradi. Keyin miyyamga kelgan ģoyadan kòzlarim porlab ketdi.
- Dadamning òrniga akam kelsa bòladimi?
- Aga voyaga yetgan bòlsa ha. Men Jiminga qònģiroq qildim.
- Alo, Mira hammasi joyidami?
- Aslida unchalik emas, maktabga yetib kelolasanmi? Kelganingda hammasini tushuntirib beraman.
- Boryapman, meni kut. U darhol gòshakni qòyib qòydi. Men Jiminni kutib òtirarkanman, Semining yani men bilan urushgan qizning oyisi menga maruza òqirdi.
- Qiz bola bòla turib shu darajada ham urushadimi?
- Oyi u birinchi boshladi.
- Bu yolģon! Uni òzi oģziga qarab gapirganda men uni urmasdim.
- Qizimdan uzur sòra!
- Nima uchun?! Men yomon ish qilganim yòq!
- Gap qaytarishinichi buni!
- Mira tezda Semidan uzur sòra. Dedi direktor hotirjam ohangda.
- U hech kimdan uzur sòrashga majbur emas! Shu payt xonaga Jimin kirib keldi va meni yonimga turdi.
- Bu yana kim bòldi?
- Men Miraning akasiman. Agar qizingiz uni haqoratlagan bòlsa Mira undan kechirim sòrashga majbur emas.
- Lekin u qizimga qòl kòtardi!
- Hech kim sababsiz urush boshlamaydi. Bu yerdan Mira mutloq aybdor emas. Yur ketdik. Jimin mening qòlimdan ushlab meni olib chiqip ketdi.
- Jimin rahmat senga.
- Arzimaydi, men shunchaki sen haq bòlganing uchun tarafingni oldim.
- Jimin iltimos bu haqida dadamga aytma. U menga jilmayib biroz jim turdi.
- Agar men bilan bilan dòst bòlishga vaqa bersang aytmayaman.
- Vada beraman! Men unga qayta tabassum qildim.
*
PovJimin: Miradan habar olish uchun xonasiga kirarkanman uni kravatda kuvonchdan sakrab tabassum qilayotganiga kòzim tushdi. Uni kòrib beihtiyor yuzimga tabassum yugurdi.
- Nimaga buncha hursandsiz Mira honim? U menga qarab ayyorona tabassum qildi.
- Jimin hozir senga bitta gap aytaman lekin buni dadamga aytmaslikga vada ber.
- Menga bemalol ishonishing mumkin.
- Mening sevgan yigitim paydo bòldi.
PovJimin: Men bir on jim turdim. Quvonchdan uni kòzlari charaqlardi. Men nima qilishni bilmayapman. Nahotki shuncha vaqtdan beri meni faqat dòst deb bilgan bòlsa? Nima bòlgan taqdirdaham endi mening tuyģularim muhim emas. Men soxta tabassum qildim.
- Yòģe? Sen uchun juda hursandman.
- Uning ismi Taehyung ajoyib yigit yana judaham kelishgan. Uning gaplari ummumam quloģimga kirmasdi. Vujudimni rashk egallab olgandi.Lekin hech narsa qila olmayman..
Flashback end.
PovJimin: Hayollarim bilan bòlib qòrģonga yetib kelganimizni ham sezmay qolibman. Miraga qaraganimda u allaqachon uxlab qolgandi. Osha kuni qanchalar hursand bòlgani hali ham yodimda va hozir ham u Taehyungni kòrganida kòzlari shunday porlaydi. U hech qachon menga bunday nigohlar bilan qaramagan. Uni yuragida faqat bir inson bor u ham bòlsa men emas. Bir zum uning yuziga tikilib otirdim. Uyģotgim kelmayabdi juda yoqimtoy bòlib uxlayapti. Uni uyģotishni istamay lekin qòllarimda kòtarib oldim. Qattiq uxlaganidan sezmadi ham. Sekin shovqin qilmaslikga harakat qilib uni xonasiga olib borib yotoqqa joylashtirdim. U meni sevmasligini bilsamda ichimda hali ham umid bordek gòyo. Bu ģirt ahmoqgarchilik. Aqlim buni tushunsa ham, yuzagim ozor chekib buni tan olishni istamayapt.
*
Unashtiruv kechasi:
PovMira: Buni kòrish men uchun qanchalar oģriqli bòlmasin men bu yerga kelishga majburman. Biz Kimlar qòrģoniga keldik, odam juda kòp edi. Barjasi mafia azolari va oqsuyaklar. Unashtiruv marosimi uy tashqarisidagi gullar bilan bezatilgan boģda nishonlanayotgandi.Yolģiz kelishni istamay Jimin bilan keldim. Va yana kòzlarimiz uchrashdi men bu jigarrang kòzlarga umirbod tikilib turishga roziman. Lekin uni yonidagi ògay singlimni kòrib tezda nigohimni undan oldim.
Bazim avjida edi shu payt yonimga Sunghoon yaqinlashdi. Bu yigitni kòrishim bilan asab tolalarim birma bir uzilishni boshlaydi.
- Hayrli kech singiljon. U kesatib gap boshladi.
- Senga ham.
- Ògay bòlsada singling uchun hursand emasga òxshaysan. Men unga òlim nigohlari bilan qaradim.
- Nima yoki sendan oldin singling turmushga chiqayotgani alam qilyaptimi?
- Senga nima a? Men unga òxshsab ersirab turganim yòq. Agar xohlaganimda allaqachon turmushga chiqgan bòlardim.
- Hatto yigiting ham yòqku. Shu zahar tiling bilan kim ham senga uylanardi.
- Akajon òzingiz ketasizmi, yoki ataylab jahildan portlashimni kutyapsanm? Men kesatib gapirdim. U ham òlganni ustiga tepgandek gaplarim bilan qonimni battar qaynatardi.
- Mayli, kechang hayrli òtsin singiljon.
- Mira men hozir kelaman, yuvinish xonasiga bòrishim kerak. Dedi Jimin, men bosh silkib qòydim. Hahilam kòzlarimni ulardan uzganim yòq. Wonyoung Taehyungni qòlidan ushlab olib unga nimalarnidir gapirardi. Taehyungga bu qiziq emasligi yuzidan malum. Nahotki u hech narsa qilmaydi? U menga sen uchun kurashaman degandi. Men qiz bola bòla turib nima qila olaman? Uni unashtirilishini jimgina kuzatib turamanmi? Tashqaridan buni bilintirmaslikga harakat qilyapman, lekin ichimda yuragim parcha parcha bòlishga ulgurgandi.. U ham menga kòz uzmasdan qarab turardi. Uzuk taqish marosimini elon qilishganda ikkimiz ham kòzlarimizni uzdik. U qarshimda boshqa qizni qòllaridan ushlab turardi. Men bunga ortiq chiday olmayman. Shu payt birdaniga ayvon oynalari sinib, tepadan erkak kishining tanasi kelib zarb bilan yerga urildi. Hamma shock holatiga tushib qoldi. Tana artofida odamlar yiģilarkan, uning yuzini kòrishim bilan kòzlarimga yosh yiģildi.
- Dada...
Written by @Miss_Kim95