Bounded by the stars [6 episode]
PovMira: Bir nuqtaga qarab òylanib qoldim. Atrofimdagi odamlaru bòlayotgan narsalar ummumam sezmasdim. Miyyam bòlayotgan narsalarni singdirolmayapti gòyo. Bularni barchasi tushdek tuyulyapti. Lekin qanchalik òzimni aldashga urunmay bu haqiqat. Qòra kòylakda janoza zalida tòģrimdagi dadamning suratiga tikilib turibman. Kòzlarim yiģidan charchab ishib ketgandi. Endi bu dunyoda umumam yaqin insonim qolmadi. Miyyam buni tan olishni istamayapti. Nega men eng yaxshi kòrgan odamlarim har doim meni tark etadi? Nega hech kim men ularni sevganchalik meni sevmaydi? Sevgiga loyiqmanmi òzi?
Zalni dadamning xotini Sohi xonimning yiģi ovozi laģzaga solardi. Uning yoniqa Wonyoung ham ovozsiz yeģlab onasini tinchlantirishga urunardi. Men esa shunchaki turgan joyimda qotib turibman. Sal nariroqda Jimin meni havotir bilan kuzatib turardi.Janozaga dadamning dòstlari, hamkorlari ham kelishdi. Lekin faqat Sunghoon kelmadi. Tòģri dadam unga ògay lekin dadam hech qachon uni ortiqcha qilib qòymaganlar, huddi òz òģillaridek kòrardilar. Bundan keyin Hayotimni qanday davom etirishni òylardim...
Dadamning òlimi haqidagi gaplar tezda yangiliklarda tarqalib ketdi. Koreyalik mashxur biznesmen Kim Sejonning qizining unashtiruv marosimida, hamkorining uyida òldirilishi, juda ayanchli voqea. Lekin shuni bilamanki bu shunchaki baxtsiz hodisa emas. Kimdir uni ayvondan itarib yuborgan, men albatta qotilni topaman. Òz hayollarim bilan bòlarkanman yonimga òrta yoshdagi erkak yaqinlashdi.
- Kim xonim? Men politsiya mazkamasidan Kang Suho bòlaman. Dadangizni òlimi haqida sizdan kòrsatma olishim kerak. Men bosh silkib, unga ergashdim. Unga ergashib kichkina xonaga kirib kursiga joylashdim.
- Hòsh Kim xonim, ziyofatda hech qanday noodatiy narsani sezmadimgizmi ?
- Yòq. Men òsha kunni eslab, bòlgan voqealarni tahlil qilardim.
- Ziyofatda kimlar bilan uchrashib suxbatlashdingiz ?
- Men u yerga dadamning yordamchigi va dòstim bòlgan Park Jimin bilan bordim. Va u yerda ògay akam bilan duch keldim.
- Baxtsiz hodisa sodir bòlganda siz qayerda edingiz?
- Men marosim bòlayotgan joyda edim.
- Tushunarli, bu narsa sodir bolishidan avval atrofingizdagilarni hech qanday ģalati harakatlariga kòzingiz tushmadimi?
- Yòq, lekin...
Men òsha joydagi hamma detallarni eslardim.
- Hòsh?
- Baxtsiz hodisa sodir berishidan sal oldin Jimin yuvinish xonasiga borish uchun u yerni terk etgandi, lekin uni qòlidan bunday ish kelishiga ishonmayman.
- Kòrsatma uchun rahmat xonim. Boshqalardan ham kòrsatma olib agar gumonlanuvchi topilsa sizga habar beraman.
*
PovJennie: Begona yigit bilan òtkazgan tunimdan keyin ancha vaqt òtdi. Men alqogol tasirida nima qilganimni anglamasdan, ertalab u uyģonmasidan hech bir gap sòzsiz u yerni tark etdim. Lekin osha notanish yigitni hali ham unutolmayapman. Juda qaynoq va yoqimli tun bòlgandi. Nimalarni òylayapman òzi? U uchun bu oddiy hol bòlsa kerak. Meni allaqachon esidan chiqarib yuborgan. Idish yuvish mobaynida shularni òylab hayol surib qolibman. Birdaniga qran ishdan chiqib suv sachirashni boshladi.
- LANATI! Suvni tòxtatishga harakat qilsam ham suv kuch bilan oqib kelayotgandi. Usti boshim jiqqa hòl bòldi, pòl ham suvdan tòlgandi. Suvchi qancha urunmay tòxtatolmaganimdan keyin, qòshnilardan yordam sòrashga qaror qildim. Undan chiqib tòģri menikini ròparasidagi uyning eshigini taqqilatdim. Biroz vaqt dan sòng eshik ochilib ichqaridan bòylari baland kelishgan yigit chiqib keldi.
- Sen!?
U ham menga huddi òzimga òxshab hayron ifoda bilan qarab turibdi. U axir osha qlubdagi yigitku. Endi nima qilaman? Uyatdan yer tagiga kirib ketay deb turibman.
- Janob men ròparangizdagi uyda yashayman. Yordamingiz kerak oshxonadagi qranim buzulib qoldi, undan tòxtamasdan suv oqyapti.
- Sizni tushundim xonim. U tezda menga ergashib oshxona tomon yòl oldi. Pòl suvdan tòshib ketgandi. Qrandan esa kuchli oqim bilan suv ketardi.
- Qranni tuzatish uchun menga asboblar kerak. Men tezda unga asboblarni olib keldim. U vaqt yòqotmay qranni tuzatishga òtib ketdi. Uning usti ham hòl bòldi, tanasi juda mushakdor ekan. Juda kelishagan yigit. Men uni ishini mohirona bajarishini kuzatib turardim. Biz zumda ishini yakunladi va suv tòxtadi.
- Katta rahmat janob, siz bòlmaganingida nima qilardim.
- Arzimaydi, axir oddiy ishku. Agar xohlasangiz bu yerni yiģishtirishga yordam berardim.
- Òzi shundoq ham sizni ovvora qildim.
- Hech qisi yòq. U lattani qòliga olib pòl artishda menga yordam berdi.
- Ismingiz nima?
- Jennie Kim, siznikichi?
- Vi Hajun, shunchaki Hajun. Men unga tabassum qildim.
- Menimcha biz oldin ham uchrashganmiz Jennie xonim, tungi qlubda. Ikki yanoqim qip qizil tusga kirdi.
- Iltimos bu haqida unutaylik, men noqulay bòlyapman.
- Mayli bu haqida eslatmayman, lekin osha tunni unutishim qiyin bòladi. Men battar qizarib ketdim. U jilmayib qòydi.
- Biz undan oldin ham uchrashganmiz.
- Rostanmi? Qachon? Men hayron bòlib sòradim.
- Ha, dòkonda. Men birdan bòlgan voqealarni esladim.
- Haa, òsha dòkondagi yògurt òģrisi, shundaymi?
- Huddi òzi. Ikkalamiz ham kulib qòydik.
- Sizni qayta uchrataman deb òylamagandim, bu tasodifmi?
- Balki.
- Tasodiflar buncha tez-tez bòlmaydi. U òyinqaroqlik bilan menga kulib qòydi.
- Yordamingiz uchun yana bir bora raxmat.
- Arzimaydi. U shunday deb uyni tark etdi.
Yo hudoyim shunday kelishgan yigit qòshnim ekan. Men uni qaytib hech qachon uchratmayman deb òylagandim. Bu taqdirmi?
*
PovMira:Dadamning òlimiga ham ikki hafta bòldi. Men shu ikki hafta ichida ummumam uydan chiqmadim hattoki tayinli ovqat ham yeganim yòq.Juda ham dangasa bòlib qoldim, vaqtimni vaqat unda yotish bilan sarflayapman. Hattoki javondagi kiyimlarni ham tartibga keltirishga kuchim yòq. Uyni ahvolini gapirmasaham bòladi. Bugun dadamdan qolgan merosni bòlishish uchun meni ularning qòrģoniga chaqirishdi. Erinibgina qiyinib qòrģonga yetib keldim. U yerda mendan tashqari faqat Sunghoon bor edi.
- Hayrli kun.
U dedi sokin ovozda.
- Hatto janozaga kelmasdan, meros bòlishishga kelganda darrov yetip kelipsanmi? Men kesatib gapirdim. Uni qilayotgan ishlari qonimni qaynatyapti.
U minģiyda kulib qòydi. Shu payt Wonyoung va Sohi xonim ham yetib kelishdi.
- Ahvoling yaxshimi? Sohi xonim mendan havotir bilan sòradi.
- Chidasa bòladi. Biroz vaqtdan keyin Jimin va dadamning kotibi janob Kang ham yetib keldi.
- Hamdardlik tilayman. Men bosh silkib qòydim.
- Òlim kutilmaganda yuz bergani uchun marhum hech qanday vasiyatnoma yozishga ulgurmagan. Shuning uchun undan qolgan meros hammangizga teng bòlib beriladi. Lekin..
- Nima lekin?
- Kim Mira xonim dadangizni Iltimosiga kòra kompaniya faqat siz turmush qurgandan keyingina sizning qòlingizga òtadi.
- Agar turmushga chiqmasamchi?
- Unda kompaniya avtomatik tarzda akangizni nomiga òtadi. Men xonani tark etdim.
PovMira: Sunghoon meni mamnun tabassum bilan kuzatib turardi, yaramas! Men kompaniyani uning qòlida qoldirolmayaman. Dadam meni sevgan insonimni topib baxtli bòlishimni xohlagandilar, lekin bu darajaga borish shart emas edi. Xonaga Jimin kirib keldi va manga yaqinlashdi.
- Mira senga bir taklifim bor. Men unga tushunmagandek qarab turardim.
- Bu muammoni birga yechishimiz mumkin.
- Lekin qanday!?
- Menga turmushga chiq.
6 episode tugadi
Written by @Miss_Kim95