Bounded by the stars [8 episode]
PovJennie: Bugun juda oģir kun bòldi òzi ham. Dòkonning ochilish marosimiga ham oz qoldi shuning uchun bir necha kundan beri tinib tinchimayman. Bugun kunim faqat yangi kelgan kiyim qalleqsiyalarini rastalarga joylash bilan òtdi. Shaxsiy kiyim dòkonim bòlishi yoshligimdan beri ozuyim edi. Balki shuning uchun ham quvonchim ichimga siģmayapti. Òz hayollarim bilan bilan òzim yashaydigan kòp qavatli binolardan biriga kirarkanman. Ummumam kutmagan odamimni eshik ostonasida uchratdim. Hayollarim butunlay tarqab ketdi. Huddi osha tundagi azoblarim ortga qaytgandek yuragim tez tez urib sanchib oģriyabdi. Bu yana nimasi? Nega endi hammasi òz iziga tushayotganda qayta hayotimga kirib kelib uni ostin ustun qilishi kerak?
- Sen bu yerga qaysi yuz bilan kelding!?
Jahlim ichimga siģmayapti. Shuncha oydan beri azoblarimga sabab bòlgan inson qarshimda turardi.
- Jennie kel gaplashib olaylik.
U menga yaqinlashib qòlimdan ushlamoqchi bòldi, men qòpollik bilan uning qòlini siltab tashladim.
- Tort qòlingni! Meni endi sen bilan gaplashadigan gapim yòq!
- Iltimos tinchgina gaplashib olaylik. Kel hammasini boshidan boshlaymiz.
Men engsa qotiringancha minģiyda kulib qòydim.
- Shuncha qilgan hiyonatlaringdan keyin yana sen bilan birga bòladi deb òylayapsanmi?
- Ishon men òzgardim, u shunchaki hato edi. U yerda mening aybim bòlmagan.
- Meni alday olmaysan, men ortiq sening yolģonlaringa uchmayman!
- Nima ayrilganimizdan sòng darrov boshqasini topdingmi!?
- Shunday bòlsada senga nima? Bizning oramizda hammasi allaqachon tugagan. Sen endi mening hayotimga aralasholmaysan!
U kutilmaganda iyagimdan qattiq siqib meni devorga tiradi. Yuzini menikiga yaqinlashtirarkan undan alqogol hidi anqib turardi.
- Qòyib yubor!
Men uning changaligan chiqish uchun tipirchilardim lekin u mendan acha kuchli.
- Mendan keyin boshqasi bilan uchrashib yurishga qanday hadding siģdi!? Sen menikisan! Eshityapsanmi MENIKI! MENDAN BOSHQANIKI BÒLOLMAYSAN!,
U iyagimdan battar siqqancha menga oshqirardi. Judayam oģriyapti tanamdan ham battar yuragim oģriyapti. Chidolmay yeģlab yubordim.
- Qoyib yubor TELBA!
- Undan qòlingni tort!
Birdaniga orqadan kimdur kelib Kaini mendan bir deganda ajratib oldi.
- Bu yana kim bòldi yangi òynashingni!?
U mazah qilgancha gapirdi.
- Oģzinga qarab gapir ablax!
Hajun Kaini ayovsiz kaltaklay ketdi. Men burchakda nima qilishimni bilmay faqat yeģlab turardim. Lekin ularni ajratib olmadim. Kai bundan battariga loyiq. Hajun uni dòpposlashda davom etarkan Kaining yuzi allaqachon qonga belangandi lekin u shunda ham tòxtamasdi. Kai zòrģa oyoqda turolmasdan yerda yiqildi.
- Bas yetar!
Hajunning Kaining yuziga tegishga tayyor turgan mushti havoda muallaq qoldi.
- Tòxta bòlmasa òldirib qòyasan.
Men yiģidan qizargan kòzlarim bilan unga qaradim. U Kaining yoqasidan siltagancha òrnidan turdi.
- Daf bòl! Keyingi safar aniq òldiraman!
Ğazab va taxdid bilan dedi u. Kai zòrģa òrnidan turgancha, oxirgi marta men va Hajunga ģazab tòla nigohlar bilan qarab u yerni tark etdi. U ketishi bilan òzimni boshqarolmay xòngrab yeģlab yubordim.
U òylab òtirmasdan meni òz quchoģiga oldi. Men uni qattiq quchoqlab yelkasiga yuzimni kòmgancha battar yeģlardim. U meni tinchlantirish uchun sochlarimdan va yelkamdan silardi. Ustidagi kiyimi allaqachon mening kòz yoshlarim oqibatida hol bòlgandi.
- Tshsh.. hammasi yaxshi, u ketdi tinchlan.
Men uni qattiqroq quchdim. Baxtli bòlishga haqqim bormi òzi? Nega hammasi endi yaxshi ketayotgandi biror narsa sodir bòlishi kerak? Men ortiq sevgiga ishonmayman! Bu shunchaki hirs va tushunarsiz hissiyotlar, buni odamlar sevgi deb ataydi. Lekin men endi sevishni hoxlamayman. Sevgidan faqat azob chekganman, agar sevgi shunday bòlsa ortiq sevmaganim maqul. Men ichimdagi bor ģuborimni chiqarib oxiri ozimga keldim. Kòzyashlarimni artgancha undan sekin uzoqlashdim.
- Endi biroz yengil tortdingmi?
- Ha, rahmat.
- Istasang tomga chiqamiz, biroz havo almashtirarding.
- Yaxshi bòlardi.
Men unga ergashib tepa qavatdan tomga kòtarildim. Bu yerga oldin chiqib kòrmagandim juda chiroyli ekan. Allaqachon quyosh botib yulduzlar charaqlay boshlagandi. Men uni harakatlarini kuzatib turardim. U tomning chetida otirib meni ozi tomon chorladi. Men ham unga sherik bòldim.
U sukunatni buzib gap boshladi.
- Boyagi yigit sevgilingmidi?
- Tòģriroģi sobiq sevgilim.
- Tushunarli, seni kòp bezovta qilib turadimi?
- Yòq, aslida Seuldagi manzilimni ham bilmasdi, bugun mast bòlgani uchun kelgan bòlsa kerak.
- Agar aytishga tortinmasang, nima sababdan ayrilgansizlar?
- U juda yengiltak inson. Hiyonatlarining son sanoģi yòq edi. Qancha kechirib, balki òzgarar deb umid qilganlarim bari foydasiz edi va men undan ketishni tòģri deb bildim.
- Uni hali ham sevasanmi?
Men biroz vaqt jim turdim. Uni sevamanmi òzi? Tuyģularim chalkash, buni sevgi deb bòlmaydi.
- Undan qancha nafratlanishga urunmay baribir nimadir meni unga tortyapti, qaytanga òzimdan nafratlanyapman. Meni sevmaydigan, menga ozor bergan insonga hali ham talpinayotganim uchun.
- Sevish bu jinoyat emas. Bu uchun òzingni yomon kòrishing noòrin. Hamma ham sevishga, sevilishga va hato qilishga haqli.
- Balkim.
Men u tomonga ògirilib qaradim, u allaqachon mendan kòzlarini uzmasdan qarab turardi.
- Bu bilan hayot tòxtab qolmaydi. Avvalgi qilgan hatolaringdan hulosa chiqar va davom et.
Men asta jilmayib qòydim.
- Yana bir bora rahmat senga.
- Yordamim tegganidan hursandman.
U ham menga qarab jilmayib qòydi. Negadir u bilan gaplashganimdan keyin anchagina yengil tortdim. Oldinlari hech qachon meni yupatadigan insonim bòlmagan.
*
PovMira: Taqdir juda ham tushunarsiz narsa. Bir kun baxtdan sarmast bòlasan, boshqa kuni esa dardlar yomģirini yoģdiradi ustinga yana boshqa kuni huddi hazil qilgandek kòz ochib yumguningcha hammasi òzgarib ketadi. Bir nech oy oldin uning qaytib kelishi hatto hayolimni bir chetida ham yòq edi. Lekin taqdirning hazilini qarangki u bilan yana birgamiz. U bilan birga kompaniyaga keldik. Liftga chiqishimiz bilan ortiq sabir qilolmagan sevgilim meni quchoģiga tortdi.
- Eeey Taehyung axir kompaniyadamiz.
U meni qattiqroq quchdi.
- Nima bòlibdi?
- Kimdir kòrib qolishi mumkin.
- Kòrishsa kòrishaverishsin, sen meniki ekanliging haqida dunyoga jar sola olaman.
Birdaniga lift eshiklari ochilganda men undan tezda uzoqlashdim. Qarshimizda shayxvoniy kulgancha Sunghoon turardi.
- Hòsh singiljon dadangning òlimidan sòng darrov òynashingni qòyniga kirib olibsanda.
Yaramas! Bu yigit mening asabimni buzishda ustasi farang. Hattoki erkak kishi bòlsa ham tili ikki qarich.
- Oģzingga qarab gapir! U òynashim emas!
- Oģzimga qaramsam nima bòladi!? Nima yolģonmi? Balki Taehyung uni boshini aylantirib olganing uchun ham unashtiruvni buzgandir?
- Men haqimda bilmay turib bunday qapirishga qanday hadding siģdi!?
Taehyung darrov mening bilagimdan ushlab tortib meni ortiga olib, òzi Sunghooning qarshisiga chiqdi.
- Agar u bilan oģzingga qarab gaplashmasang, qarshingda meni kòrasan!
Sunghoon minģiyda kulib qòydi.
- Kim kimning qarshisiga chiqishini vaqt kòrsatadi Kim Taehyung.
Shu gaplar bilan Sunghoon u yerni tark etdi.
*
PovMira: Ohirgi paytlarda alamimni faqat ishdan oladigan bòlib qolibman. Ertalabdan asabim buzildi.Hujjatlarga kòmilib òtirgan paytim eshik taqqilatdi. Men boshimni kòtarmasdan "Kiring" dedim va òz ishimni davom ettirdim.
- Juda band kòrinasan, hattoki sevgilingni ham payqamaysan.
Taehyung yoshbolalarcha labini burib arazlagandek gapirdi.
Men boshimni hujjatlardan kòtardim.
- Uzur kirganingni sezmay qolibman.
- Ishni hozircha qòyib tur. Dam olish uchun biror joyga bormaymizmi?
- Yaxshi fikr. Masalan qayerga?
- Òzing òylab kòr, sen eng yaxshi kòradigan joylardan biri.
- Sohilgami!?
Men miyyamga birdan kelgan fikrdan kòzlarim porlab ketdi.
- Bingo!
Men hursand bòlgancha uning qòlidan tortqiladim. Sohilga bormaganimga ham ancha bòldi.
- Yuraqol tezroq boraylik!
U kulgancha menga ergashdi. Biz mashinada sohilga tezda yetib keldik.
Biz sohil boyiga borib, qirģoqga yaqin yerga joylashdik. Havo sal salqin edi, yengil shabada esib sochlarimni havoda uchirardi. Tun qoronģusida faqat yulduzlar va oy nur sochib turardi. Dengiz tolqinlarining ovozi quloģimga huddi musiqadek eshitilardi. Men boshimni uning kòksiga qòydim va yulduzlarni tomosha qilishni boshladim.
- Taee?
-Men asta pichirlab dedim.
- hmm?
U menga ògirilib qaradi.
- Sen taqdirga ishonasanmi?
Men qiziquvchanlik blan sòradim.
- Ha.
U oddiy javob berdi.
- Nimaga.
- Aytishlaricha biz tuģilishimizdan million yillar oldin taqdirimizdagi insonning ismi biznikining yonida yozilgan bòlarkan. Nima bòlishidam qattiy nazar biz osha insonni umrimiz davomida uchratamiz.
- Balki shuning uchun ham taqdir bizni qayta uchrashtirayotgandir.
- Yulduzlar taqdirning ramzi ham deyishadi. Shuning uchun ham yulduzlar shaklidagi tatuni chizdirganmiding?
- Bilmasam, bu menga chiroyli kòrindi. Yulduzlar menga hardoim seni eslatardi.
U menga mayin jilmayib, yanoģimdan siladi.
PovTaehyung: Yo hudoyim bu qizni sevmaslikning iloji bormi òzi? Men u bilan umrimning ohirigacha, sòngi nafasimgacha birga yashashni hoxlayman. Mening bolalarimning unikiga oxshagan kòzlari bòlishini xohalyman. Meni oziga oshiq qilgan bu tundek tim qòra kòzlar. Shunchlik zulmatdek qop-qoraki hatto qorachiģi ham kòrinmaydi. Bu kòzlar meni òziga mahliyo qilgan.
U sekin asta òrnidan turdi men uni qiziquvchanlik bilan kuzatib òtirardim. Oyoq kiyimini yechib, sohil boyida oyoq yalang yurishni boshladi. Men ham òrnimdan turib unga ergashdim. Unga tezda yetib olib ortidan quchib oldim. U biroz jim turdi keyin esa kutilmaganda muzdek suvni tòģri menga qarab sepdi.
- Mira! Bu nima qilganing ?
U yosh bolalarcha qiqir-qiqir kulib yana menga sepdi.
- Ashsh! Sen qiznimi!
Men ham unga suv sepishni boshladim. Kulguyim unikiga sherik bòldi. Birbirimizni ustimizni allaqachon hol qilgandik. Lekin u òyinqaroqlik bilan hali tòxtash niyati yòq edi.
- Bòldi bas men charchadim.
Men tòxtab nafasimni rostladim. U meni oldimga yaqinlashib sochlarimni tòzģitib, tezda qochib ketdi.
PovMira:Kulgancha iloji boricha tezroq undan qocharkanman. U chaqqonlik bilan meni bir zumda ortimdan quchib ushlab oldi.
- Qòlga tushdingmi!
Meni kòtarib aylantira boshladi. Men mazza qilib kulardim.
- Taehyung bas qil meni yerga qòy.
U sekin meni yerga qòydi. Men unga sevgi tòla kòzlar bilan qarab turardim. Naqadar baxtliman shuncha yillardan beri kutgan insonnim bilan axiyri birgaman. Uning yuzi birdan jiddiy tus oldi.
- Mira meni hizir diqqat bilan tinglashingni hoxlayman.
Men uning harakatlarini kuzatib turardim. U birdan mening qarshimda tiz chòkib chòntagidan uzuk chiqardi.
- Menga turshunga chiqasanmi Mira?
8 episode tugadi
Written by @Miss_Kim95