SAVE ME 1qism
"Meni bu dunyoga kim olib keldi?
Bu savolga javob topish uchun men yuzlab marta o'lishimga to'g'ri kelgan edi.
Minsu! Yana fanfic yozyapsanmi?"
Dugonasining xabari telefon ekranida paydo bo'ldi.
D— Uch kundan beri uxlamayapsan.
Chunki u hozir yozayotgan hikoya oddiy hikoya emas edi. Bir oy oldin u tushida g'alati joyni ko'ra boshlagandi. Ulkan qora qal'a. Qon rang osmon. Va har kuni o'tkaziladigan maxluqlar jangi. Avvaliga buni oddiy tush deb o'yladi. Keyin tushlar takrorlana boshladi. Har safar bir xil arena. Bir xil odamlar. Bir xil yetti shahzoda. Va har safar qizlar yordam so'rab unga qarardi. "Bizni qutqar."
Faqat shu so'z. Shundan keyin Minsu shu tushlar asosida hikoya yozishni boshladi. Minsu bilmasdi...
U hikoya yozmayotgan edi. U ko'rayotgan dunyoni qog'ozga tushirayotgan edi.
Minsu navbatdagi bobni yozardi.
"Bugungi jangda Shimoliy qirollikning shahzodasi g'alaba qozondi." Klaviaturadagi barmoqlari birdan to'xtadi.
Ekranda yangi satr paydo bo'ldi.
Minsu muzlab qoldi. Sekin monitorga yaqinlashdi.
Bir necha soniyadan keyin yana yozuv paydo bo'ldi.
"Bizning dunyomizni sen yozmading."
Minsuning yuragi tez ura boshladi. Qo'llari titradi. Darhol kompyuterni o'chirmoqchi bo'ldi. Lekin klaviatura o'z-o'zidan harakatlana boshladi. Yangi jumla yozildi.
"Agar haqiqatni bilmoqchi bo'lsang, ortingga qara."
Minsu asta boshini burdi va qotib qoldi. Xonasining eshigi yo'qolgan edi.
Minsu– la'nati , nimalar bólyapti 😰...
Uning o'rnida esa ulkan qora darvoza turardi. Darvoza ortidan odamlarning qichqirig'i eshitilardi. Hayvonlarning bo'kirishi. Temirlarning jaranglashi. Go'yo urush ketayotgandek. Monitor ekranida oxirgi jumla paydo....
va Minsu qorong'ulik ichiga tortilib ketdi. Minsu nima bòlayotganini tushubmay qoldi ,kózlarini ochishga xarakat qildi ammo qandaydir tarzda ular ochilmadi.