October 12

My Darkside

EP.27 [ 18+ ]

Inson ko'nglini ozdiradigan darajada yoqimsiz bo'lgan shifoxona hidi. Hech bir shovqinsiz palatada faqatgina uskunalardan chiqayotgan ovoz jarang sochardi halos. 2soat deganda bazo'rgina palata ichiga kirish uchun ruhsat olgan yigit butun kunini yotoq ustidagi kichik jussaga termulish bilan o'tkazdi

- Ikkinchi bor ) stoll ustiga bor og'irligi bilan joylashgan yigit ko'zlarini o'sha insondan uzmasdan horg'in nafas chiqargancha g'o'ldirandi - Ikkinchi bor men sabab shu ahvolga tushdi

- Tae...

- Nima Tae? chindan ham men sabab. Unga nima qilishgan ) ikki kaftini jamlagancha yuziga yaqinroq tutgan yigit asabiy ovozda so'zlarini yakunladi

- Aytarlik hech narsa

- Unda nega bu ahvolda, men uni topganimda hushsiz edi hali hamon uyg'ongani yo'q. Nimadir qilishganki shu ahvolga tushib qolgan Dea rostini ayt

- Bu jismonan emas, ohirgi bo'lgan voqealar uni sindirib qo'ygan. Ruhiyatiga qattiq ta'sir qiladigan nimadir bo'lgan. U qisman uyg'oq lekin o'yg'onishni istamaypti. Nimadir uni qattiq qo'rquvga solgan, go'yo uyg'onsa o'sha narsa bilan to'qnashadigandek qo'rqyapti ) so'zlarini yakunlagan Dea yigitning yelkasiga qo'lini qo'ygancha unga dalda bergandek b'ldi. Ammo Taehyung uning harakatlarini javobsiz qoldirdi

Dea

- Qachon o'ziga keladi

- Bu o'ziga bog'liq bir nima deyolmayman

- Dea bir narsani iltimos qilmoqchiman ) nigohlarini qo'lidagi bir qancha tekshiruv natijalaridan olgan Dea yigit tomon yuzlanar ekan uning keyingi so'zlarini kuta boshladi - Aerani olib ketsam bo'ladimi?

- Taehyung haligi ) qo'lidagi salbiy natijalarga tikilgan Dea avval Taehyunga qarshilik qilmoqchi bo'ldi. Ammo do'stining ko'zlaridagi kemtiklik sabab jimib qoldi - Yahshi ertaga ertalab javob beraman. Ammo bir narsani unutma u uchun mahsus sharoit yaratasan, malakali shifokorlar nazoratida bo'lsin. 1daqiqa 1daqiqa ham yolg'iz qoldirmasliging kerak

- Yahshi ) birgina so'z bilan kifoyalangan do'stim menga bir nigoh tashlagancha kiprik qoqib qo'ydi. Uning so'lg'in yuziga tashalanar ekanman bir necha kunlik uyqusizlik ko'zlarida aks etardi. Bunaqasi bo'lmaydi kechadan beri tik oyoqda turibdi, Aerani ko'rikdan o'tqazgunimizgacha bir bor kiprik qoqganini ko'rmadim. Unga ikki qadam yaqinlashgancha qarshisiga egilgancha joylashdim

- Tae balki biroz dam olarsan ) qarshisiga o'tirgan paytim nigohlari menga tikilganini payqabbiroz tortingancha so'zlarimni bazo'r yakunladim

- Istamayman ) hech bir o'ylashsiz so'zlarimni qat'iy rad etdi. Qaysar!

- Bu yerdan kutganingdan naf yo'q, biroz dam olishing kerak

- Dam olishmi... uni shu yerda yolg'iz qoldirib ketib dam olishim mumkinmi Dea. Endigina topganimdan yolg'iz tashlab Ketaymi! ) hona bo'ylab jarang sochgan baland ovozidan titrab qo'llarimdagi hujjatlarni yerga tashirib yubordim. Qo'llarim bilan quloqlarimni to'sgancha ko'zlarimni yumib oldim. U shunchaki baland ovozda gapirmadi, shu qadar qattiq baqirdiki tanam bo'ylab uchmagan biror tuk qolmadi

- Kechirasan ) o'rnidan qo'zg'algancha qarshimga turgan yigit qo'llarimni qoloqlarimdan olgancha bosiq ovozda so'zladi. Unga qarar ekanman hamon asabiylik tark etmagan yuzi bilan to'qnashdim. Bilaklarimni siltagancha uning kaftlari orasidan ajratib olgancha yerda sochilib yotgan natijalarni fayl ichiga joylab shoshgancha honani tark etdim

Taehyung

- Bilganingni qil Kim Taehyung ) eshik yopish oldidan unga huddi o'zidek qichqirishni ham unutmadim. Eshikni shu qadar qattiq yopdimki kutish zalida o'tirganlarning bari bir nigohda menga termulishdi...

*

- Ho'sh kichik honim meniyana qancha jazolamoqchisan? Bu qasosmi ikki oy senga qilgan qo'polliklarimning tovonini shunday chiqarmoqchimisan, bu juda yomon jazo

Ko'zlarini hamon sevgilisidan uzmagan yigit kaftlari orasidagi o'zinikiga nisbatan anchagina kichik bo'lgan nozik barmoqlarni siqgancha pichirladi

- Bu men to'lagan eng qimmat tovon bo'ldi ) kipriklarini biroz tez ritmda pirpirqtgan yigit ko'zlarda qalqigan yoshni yashrish uchun tirishardi - Bo'ldi endi Aera haddingdan oshib ketding, bunisi ortiqcha...hoziroq ko'zlaringni och! Ochmaysanmi qo'rqoq quyoncham ) titrab turgan lablar orasidan sizib chiqgan so'zlar shu qadar ta'sirli eshitilgandiki yigit ortiq ko'zyoshlarini tutib turaolmadi - Kimdan qo'rqyapsan Aeram, o'sha nusxa senga nima qildiki bu ahvoldasan. Yoki...yoki seni qo'rquvga solgan inson menmanmi? Agar shunday bo'lsa qo'rquvlaringni unutda kozlaringni och. Men senga qilinganlarning hech birini javobsiz qoldirmayman. O'sha kimsa*lar senga yomonlik qilganlarning barini yo'q qilaman, bekafan ko'mamaman barini faqat meni oldimga qaytib kel kichkintoy*. Ortiq seni havf ostida qoldirmayman, vada beraman. Bilaman mening vada*larimga ishonmay qo'ygansan... doim ularni unutib qo'yaman, bular seni hafa qilishini bilaman biroq o'zimni to'xtaolmasdim. Bu uchun afsustaman va meni kechir hopmi

Pov.Taehyung: Lablarini Aeraning kaftlariga bosgancha ko'zlarini yumdim,boyadan bri bazorgina tiyib turgan yoshlariga erkinlik berar ekanman ilk bor haqiqy ojizlik qanday bo'lishini his qildim. Achinarli... So'ngi bor 5yoshligimda oyim tashlab ketgan kunda ko'z yosh to'kgandim, o'sha kun men o'zim uchun qoida yaratganman "hech qachon yig'lama" ko'z yoshlar doimo ojizlikni bildirgan. Men hech qachon ojiz bo'lmagan, yoki ojiz bo'lsamda sira tan olmaganman hatto oyim va dadam o'lgan kun ham. Bir tomchi yosh to'kmaganman ichimda g'alayon ko'targan barcha hislarni kaftlarim orasiga jamlab hech qachon oshkor etmaganman. O'sha kundan so'ng ilk bor ko'z yosh to'kdim, ilk bor chindan ojiz ekanimni his etgancha, yig'ladim. Lablarimni tishlagancha hech bir sado chiqarmay huddi yosh bola singari ko'z yosh to'kdim. Kaftiga labimni bosar ekanman mayinlikdan aqldan ozay dedim. Qo'lining har qarichni bo'sa bilan to'ldirib chiqishdan o'zimni bazorgina tiydim

- Kechirding shundaymi?

- ....

Aera