My Darkside
EP_16
Nigohlarini qizdan bir soniyaga bo'lsada uzmagan Taehyung ikki barmog'i bilan qizni o'zi tomon chorladi
- Bu yerga o'tir kichkintoy~ ) ikkinchi bor qizni erkalab chaqirgan yigit o'zi tomon mayda qadamlar bilan yaqinlashayotgan rafiqasiga tizzasi ustiga o'tirishini imladi
Hech qanday ortiqcha qo'rquvsiz, hotirjamlik bilan Taehyungning oyoqlari ustiga joylashgan Aera yigitdan anqib turgan spirtli ichimlik hidi sabab yuzini burishtirdi. U turib ketishni istadi biroq yigit uning belidan kaftlarini bog'lab olgancha bunga imkon qoldirmadi. U hech qachon bunday mast ahvolga uyga kelmaydi. Taehyungning alkagolga chidamlilik darajasi yuqori, u ayni dam o'zini unutar drajada mast ekan esa bugun haddan ziyod ko'p ichganinini bildirardi
Kaftlari orasidagi qizni qattiqroq quchgan Taehyung tongdan beri oβzini qiynayotgan savolni berishni istadi. Qizning tillarang sochlarini barmoqlari yordamida oβynarkan yuzini rafiqasining boβyin sahosiga koβmdi
- Hamon meni yomon inson deb bilasanmi? ) yengil harakat bilan qizning sochlarini ortga taragancha dedi yigit - Nahotki shuncha yil o'tgan bo'lsada fikringni o'zgartirolmagan bo'lsam?
Rafiqasini imkon qadar qattiqroq quchishga qasdlashgan Taehyung uning qochishiga yokida yigitdan bir lag'za bo'lsada uzoqlashishiga imkon bermadi. Bu bosim* qiz uchun birmuncha noqulaylik tug'dirdi
- Me.... men...siz...ni... tushunmayapman... ) ikki daqiqalik sukunatdan so'ng nixoyat qizning past ovozi yangradi. Taehyungning bilaklariga yopishgan Aera teskari ravishda o'zi qurshovi ichida qolgan changakdan halos bo'lishga intila boshladi
- Tushunmayapsan...? ) kinoya aralash qosh uchurgan Taehyung telefoni orqali tongda yuborilgan ovozli habarni qo'ydi. Aera aniqroq eshitishi uchun telefonini yuqoriroq ko'targan yigit qizning yuz ifodasini sinchiklab kuzata boshladi. Ilk daqiqalari sukunatdan boshlangan suhbat... Aera tongda aytgan har bir so'z takror quloqlari ostida jaranglarkan noqulaylik bilan barmoqlarini o'ynadi. Eng boshidan beri yigitdan bir soniyaga bo'lsada uzilmagan qorachiqlar endilikda Aeraning kaftlariga tikilgandi. Suhbatning yakuni.... eng so'ngi savol. " Uni tutib qolmagan bolardim..." telefoni ekranini o'chirgan yigit hech ikkilanishsiz uni uloqtirib yubordi. Butun hona bo'ylab jaranglagan shovqun sabab kipriklarini zichlagan rafiqasini hech bir hissiz kuzatdi yigit