My Darkside
- Istagingcha ye! Ammo kechagidek meyyordan oshirib yuborma! ) javoban yengil bosh chayqagan qiz etiborini likopchasidagi taomlarga qaratdi. Qo'liga pichoq va sanchqi olgan Dea kechagidan farqli ravishda yengil bo'lgan tamolarga qo'l cho'zdi. Erta tongdan ovqatlanishni hushlamagan Jungkook esa dasturxon ustiga nazar ham tashlamay janob Jeon bilan ishiga aloqador bir nechta masalalarni muhokama qilishdi. Ularning suhbatini buzushni hohlamagan Jeon honim esa nonushta uchun ajratilgan vaqtni sukutda o'tkazdi. Ora-orada qarshisida o'tirgan Deaga nigoh tashlarkan qiz ham huddi u singari erkaklarning suhbatiga halaqit qilishni istamagani uchun sukut saqlardi. Biroz muddatdan so'ng avvaliga janob Jeon, keyin esa bir necha daqiqadan so'ng Jeon honim ham muhum ishi bor ekanini takidlab mehmonxonani tark etishdi. Bir muddat yonveridagi qizni kuzatib o'tirgan Jungkook uning bo'shagan idishiga ko'z tashlab uzoq muddatlik sukutga yakun yasadi
- Sen uchun libos hozirlashlarini buyurdim tayyorlan! 15daqiqadan so'ng seni tashqarida kutaman. Bir daqiqaga ham kech qolma! ) telefon orali kim bilandir habarlashayotgan Jungkookning ovozi shisha stakandagi sharbatni simirayotgan qizning etiborini tortdi. Lablari orasidagi suyuqlikni vazminlik bilan yutgan Dea bir muddat yigitning yuziga tushunarsizlik bilan termuldi - Bir daqiqaga ham kech qolma dedim, Tezlash!
Yigitning so'ngi so'zlari sabab qo'lidagi stakanni shoshqaloqlik bilan stol ustga qo'ygan qiz o'rnidan qo'zg'alib hech bir etirozsiz yuqoriga ko'tarildi. Telefonini o'chirish oldidan vaqtni tekshirgan Jungkook zinalar yordamida yuqoriga ko'tarilayotgan rafiqasi ortidan tikilgan ko'yi pichrladi
- 15daqiqa~ ) qaytadan etiborini stol ustiga qaratgan yigit rafiqasining endigina yarimlagan sharbati tomon qo'l uzatdi. Shisha stakandagi sharbatni so'ngi tomchisi qolgunga qadar simirgan Jungkook bo'shagan idishni qaytadan stoll ustiga qo'ydi. Telefonini shimining cho'ntagiga solgach vazminlik bilan o'rnidan qo'zg'alib asosiy eshik tomon harakatlandi
Hona ichiga kiriboq tumba ustidagi kichik soatga nazar tashlagan Dea vaqt hisobini oldi. Jungkook aytgandek yotoq ustida u uchun kiyim hozirlangan. Qiz shoshqaloqlik bilan libosni qo'liga oldiyu yuvunishxonasi tomon harakatlandi. 7daqiqadan so'ng honaga qaytgan Dea oyna qarshisiga turgach egnidagi libosini tekshirib, sochlarini tartibladi. Bir necha daqiqagina talab qilgan yengil pardozini yakunlagan qiz so'ngi bor oynaga qaragancha tungi chiroq yonidagi sumkasini qo'liga olib honani tark etdi. Zinlardan shoshgancha tushgan qiz tashqariga chiqgach asosiy eshik qarshisidagi mashinaga suyangancha uni kutib turgan yigit bilan to'qnashdi. Yuzini quyi ekgan Jungkook nigohlarini bir nuqtaga tikgancha shunchaki jim turardi. Qarshisiga kelgan rafiqasining soyasini payqagan yigit boshini yuqoriroq ko'tarib qizga nigoh tashladi
- Kechikding! ) tirsagini bukib qo'lsoatini tekshirgancha o'zining odatiy ovozida dedi yigit
- Kechirasan~ 15daqiqa tayyorlanishim uchun yetarli muddat emas ) yigitdan nigohlarini olib qochgancha ma'lum qildi qiz
- Tushunarli ) qizning kechikganini ilk bor etiborsiz qoldirgan Jungkook mashinaning orqa eshigini ochdi - O'tir!
Ortiq hech so'z demagan qiz yigitning buyrug'iga muvofiq tarzda mashinaning ortki o'rindig'iga joylashdi. Eshikni yopilgach bir necha soniyalardan so'ng mashinani aylanib o'tgan Jungkook ham orqa o'rindig'ga joylashdi
- Haydayver! ) Jungkookning buyrug'idan so'ng mashina qo'zg'alib temir panjarali darvoza orqali qo'rg'onni tark etdi. Avvaliga mashinani ishga tushirgan haydovchiga keyin esa old o'rindig'dagi qo'riqchiga nigohtashlagan Dea boshini oyna sirtiga qo'ydi
Yarim soatdan ko'proq harakatlangan mashina kerakli manzilga kelgach to'xtadi. O'zi uchun mashina eshigini ochib bergan haydovchiga ham etibor qaratmagan qiz qarshisidagi binoga tikilib qoldi
- Savdomarkazi...? ) qizning qoshlari tushunarsizlik bilan chimrildi
Mashinadan tushiboq qarshimdagi binoga tikilib qoldim. Bu savdo markazi. Bu yerda Jungkookning qanday ishi bo'lishi mumkinligini o'ylarkanman bir necha soniyadan so'ng yonverimga kelgan erimning soyasini payqadim. Men bilan barobar binoga termulgan Jungkook bir necha soniyadan so'ng nigohlarini men tomon ko'chirdi
- Koreaga qaytgach istaganingcha libos harid qilishinga ruhsat berishimni aytgandim. Kecha bu uchun fursat bo'lmadi ) u aytgan so'zlarni hayolimda tahlil qilishga ulgurmay qoldim. So'zlarini tamomlagach menga biror so'z aytishim uchun imkon qoldirmay, belimdan tutgancha qarshimizdagi bino tomon boshladi
Lift yordamida ikkinchi qavatga ko'tarilib qarshimizdan chiqgan ilk do'konga kirdik. Tabassum bilan qarshimga kelgan sotuvchi qiz hurmat yuzasidan ta'zim qilib menga ortidan ergashishimni aytdi. Nigohlarimni Jungkook tomon ko'chirganimda uning belimdan o'ralgan kaftlari bo'shashib meni qo'yib yuborganini payqadim. Yengil kiprik qoqgan erim mendan bir necha qadam oldindagi qizning ortidan yurishimga imlab o'zi esa bir necha metr uzoqlikdagi divanga joylashdi. Ortimga o'girilib meni kutib turgan qizga ergashish oldidan chuqur nafas rostladim. Chunki meni oldinda butun boshli gardirobimni yangilash kutib turardi. Dokon aylanishni yoqtirmayman deb aytolmayman. Boshqa ayollar singari shoping qilish mening ham eng sevimli mashg'ulotlarimdan biri. Yangi liboslar, har bir kiyimimga mos aksesuarlar va qimmatbaxo taqinchoqlar harid qilishni yoqtiraman. Aniqrog' aytadigan bo'lsam boy erimning pullarini sovurish meni ko'proq zavqlantiradi. Jungkook hech qachon menga bunday narsalarda cheklov belgilamagan, ammo ularning barini o'zi ishtirokida harid qilishimni istardi. Bu sevgi emas... Bu ishonchsizlik! U menga ishonishni to'xtatgan. Ehtimol shu sabab o'zining hamrohligisiz biror yerga borishimga yo'l qo'ymaydi. Bu biroz yoqimsiz... ammo u bilan bo'lsam bu men uchun unchalik ham ahamiyatga ega bo'lmay qoladi. Yarim soatdan ortiq vaqtimni shu do'konda o'tkizdim va o'zim uchun 10dan ziyod liboslar tanladim, sanashni yoqtirmayman shuning uchun ham ularning aniq hisobini olmadim. Men dangas ayollar taofasiga kirmayman aynaqsa kiyimlar borasida, shu sabab ham tanlagan barcha libosni kiyib ko'rdim. Jungkook esa egnimga kiygan har bir kiyimimni zimdan tekshirib chiqdi. Tan olish kerak bir nechta liboslarni unchalik ham yoqtirmadim ammo mening ziqnalikga umuman begona bo'lgan erim ularning barini harid qildi. Bu yerda meni qiziqtirishi mumkin bo'lgan boshqa narsa qolmaganiga ishonch hosil qilgach esa keyingi do'konga o'tdim
3soatdan oshiqroq vaqtimni shu qavatdagi har bir do'konni aylanib chiqish bilan o'tkazdim. Ikkinchi kiyimlar do'konidan keyin esa liboslarni kiyib ko'rish men uchun yoqimsiz ishga aylanishga ulgurdi. Men faqat kiyimlar va ularga mos bo'lgan poyabzallarni tanladim Jungkook esa ularning barini harid qildi. Hozir ham qo'lini shimining cho'ntagiga solgancha ortimdan qadamma-qadam menga ergashib kelayotgan basavlat yigitdan bir necha qadam ildamlab ketdim. Kayfiyatim anchagina ko'tarildi. Hattoki lablarimdagi tabassum ham o'tkan vaqt moboynadi bir on bo'lsada meni tark etmadi
- Menimcha sen uchun yetarli bo'ldi Dea ) ortimdan kelgan Jungkookning ovozi sabab to'xtab qoldim. Men u tomonga o'girilib qarashga ulgurmadim Jungkookning o'zi bir necha soniyaga bormay qarshimda paydo bo'ldi. Menga boshdan oyoq tikilarkan chuqur yutungacha lablarimni juftladim
- Chindan ham. Bugun juda ko'p narsa harid qilib yubordim ) chindan oshirib yubordim u qarshilik qilmagani uchun ko'nglimga kelganini qilayotgandim. Menimcha bu uning jahlini chiqargan sababi men uning 3soatdan ortiq vaqtini o'g'lagandim
- Buni nazarda tutmadim~ ) bir qadam bilan yanada menga yaqin kelgancha pichrladi. Ha u pichrlab gapirdi. Atrofga nigoh tashlab bu yerda deyarli yolg'iz ekanimizni agladim unda nega so'zlarini pichrlab aytdi - Men uchun ham kiyimlar* harid qilishingni istayman~
U uchun kiyimlar? atrofni alanglab bu qavatni deyarli barcha do'konlarni aylanib chiqganimizni payqadim. Biz kirmagan faqat uch dona do'kon qolgandi. Va ishonchim komilki ularda erkaklar kiyimlari sotilmaydi
- Nazarimda bu qavatda erkaklar kiyimi sotilmaydi ) so'zlarimni yakunlaganim hamonoq Jungkookning yuziga tushunarsiz tabassum yugirdi
- Bilasanmi nima? ) u yuzidagi kulguni yo'qotmay turib so'zladi - Bazan sen bilan tengqur ekanimizga ishonolmay qolaman
U hamon kularkan men esa bu kulgu nimani anglatishini tushunmay halak bolardim
- Nimalar deyotganingni tushunmayapman
Yigitning qo'llari takror rafiqasining belidan tutgancha o'zi tomon tortib navbatdagi do'kon tomon yetaklay boshladi. Ichkariga kirgan onning o'zidayoq bu yerda ayollarning shaxsiy* kiyimlari sotilishini anglagan qizning yuzi noqulay sabab burishdi. Hijolat bilan lablarimni qimtigan Dea o'zini ortga olishga urindi. Biroq hamon qizning belidan tutib turgan kaft qattiqlashib bunga imkon bermadi. Kuch bilan uni oldinga harakatlanishga majbur qilayotgan Jungkookga qarshilik qilishga uringan qiz yigitning sovuq nigohlari bilan to'qnashgach to'xtab qoldi
- Istamayman ) nihoyat qarshiligini so'zlar bilan ifodalashga qaror qilgan qizning past ovozi yangradi
- Sendan so'ramadim Dea! ) qizga huddi o'zi singari past ovozda javob qaytargan Junkook qarshisiga kelgan dokon hodimigi nogohlarini ko'chirdi
~ Hush kelibsiz janob, honim ) o'rta yoshli ayol avval Jungkookga keyin esa Deaga qoidalarga muvofiq tarzda ta'zim qildi ~ Honim siz uchun aynan qanday tungi* liboslar kerak?
Qizning savoliga javoban hech so'z aytmagan Dea o'zini huddiki uni eshitmayotgandek tutdi
- Rafiqam biroz tortinchoq shu sabab ham sizga javob berolmayapti. Bizga eng so'ngi toplamni ko'rsata olasizmi? ) Jungkookning javobidan so'ng dokon hodimi Deani ortiq hijolatga qoymaslik uchun biror so'z aytmadi. Shunchaki ularni kerakli bo'lim tomon boshlab o'zi bir necha qadam ortga chekindi
- Bir qadam ham oldimdan uzoqlashishga urunma! ) rafiqasi beliga o'ralgan kaftini bo'shatish oldidan ogohlantirgan bo'ldi yigit. Bir necha qator qilib ilingan tungi liboslar to'plamini ko'zdan kechirgan Jungkook ularning orasidan ikkitasini tanlab ortiga o'girildi
- Ularning barchasini harid qilamiz ) nigohlari bilan ortidagi barcha liboslarga imlagancha ma'lum qildi yigit. Jungkookning yakunlangan so'zlari sabab hayratga tushgan do'kon hodimi unga ishonqiramay tikildi
- Butun boshli to'plamnimi janob? ) aniqlik kiritish uchun dedi qiz
- Barchasini! ) o'zining odatiy to'nida qizning so'zlarini tasdiqlagan Jungkook yuzini yonverida turgan rafiqasi tomon burdi. Deaning ko'zlari bu yerga kirishgandan beri yerdan uzilgani yo'q. Sal avval yuzidagi tabassumni sira tiya olmagan qiz endilikda hijolatdan boshini ko'tarolmasdi. Jungkook qarshisidagi rafiqasining jismini zimda kuzata turib yuziga istehzoli tabassum yugirdi - Bu ikkisini esa boshqalaridan alohida o'ramga joylang!
Biroz oldin tanlab olgan ikkita tungi libosini sotuvchiga uzatgan yigitning nigohlari hamon rafiqasida edi. Jungkookning so'zlari sabab yuzini yuqoriroqga ko'targan Dea yigitning qo'lidagi oq va alvon rangdagi liboslarga tikilib qoldi. Qizning nigohlari aynan nimaga qadalganini payqagan Jungkook ikkisi yolg'iz qolishganiga ishonch hosil qilgach rafiqasi tomon hiyol eglgancha pichrladi
- Bilasanmi nima? ayni dam hayollarim ularda qanday ko'rinishing haqdagi o'ylar bilan band...
Qosh qorayishga ulgurgan. Quyosh botib o'z o'rnini oyning hira nurlariga bo'shatib bergan payt. Oradan bir necha yil o'tgan bo'lsada yoshlar orasidagi eng mashxur bo'lgan o'rini yo'qotmagan o'sha tungi club. Atrofdagi baland musiqa sabab ko'tarilgan shovqin-u, o'smirlarning quloqni qomatga keltiradigan ovozlariga ham qo'l siltagan yigit faqatgina qadahiga ketma-ket quyilayotgan o'tkir ichmlikni bo'shatish bilan ovvora edi. Shisha idishdagi har bir tugallangan alkagol keyingisi uchun o'rin bo'shatardi
- Yana quy! ) bo'shagan idishni qaytadan barmen tomon surgan Taehyung boshini stol ustidagi ikkinchi qo'li ustiga tashladi. Clubda ichkilik uchun ma'lum br limit belgilangan biroq bu faqat o'smir yigitlar uchungina amal qiladi. Qarshisidagi mijoz allaqachon o'n ikkinchi qadahni bo'shatgan bo'lishiga qaramay hamon to'xtash nima ekanini bilmayapti. Ilojsizlik bilan keyingi alkagol shishasini bo'shatgan barmen undagi so'ngi tomchi ichimlikni ham oyoqda turaolmaydigan darajada mast bo'lishga ulgurgan yigitning idishiga quydi
- Kimlarni ko'ryapman? ) ortidan kelgan qizning yoqimli ovozi Taehyungning ensa qotirishiga sabab bo'ldi. Bir lag'zaning o'zida asabiylik yuzini qoplab olgan yigit qaytadan alkagol bilan to'ldirilgan idishni ko'tardi. Barmen esa aksincha qarshisidagi go'zalligi bilan clubdagi har qaysi erkakning etiborini o'ziga torta oladigan qizga ko'zlaridagi chaqnoqlik bilan tikilardi
- Sen yetmay turganding o'zi ) lablari orasidagi ichimlik qultumini yutgan Taehyung yuzidagi norozilik qiyofasini yo'qotmay turib so'zladi