My Darkside
Ertaga kampanyada ko'rishamiz yigitlar ) egnidagi kastyumini siltab yechgan Taehyung uni g'azab bilan uloqtirgancha ortiq bir so'z demay u yerni tark etdi. Uning jussasi ko'rinmay qolishi bilan Jungkook shoshgancha yerda ikki bukilib olgan qiz tomon harakatlandi. Egilib qarshisiga o'tirarkan uni boshdan oyoq tekshirdi. Bir qo'lini jarohat ustiga qo'yib qattiq bosdida qon ketishini bir muncha vaqtga cheklab qo'ydi
- Jungkook og'riyapti ) ikki qo'lini birlashtirgan Karina qon to'xtamayotgan oyoqlariga tikilgancha yig'lardi
- Jarohat u qadar jiddiy emas Karina ) egilib Karinani ehtiyotlab ko'targan yigit chiqish eshigi tomon shoshdi lift ichiga kirib tugmachani bosishga qanchalik urunmasin ikki qo'li band bo'lgani uchun sira uddalay olmadi 1-qavat tugmasi bosilgach hayrat bilan buni kim qilganini bilish uchun yon tomonga biroz tisarildi lift tugmasidan qo'lini olgan Jin o'zining doimiy vamin qiyofasida ularga etibor qilmay bir nuqtaga termulgancha jim turdi. Lift eshigi ochilib mashinalar turargohiga shoshib kirgan Jungkook o'zi uchun kerakli mashinani qidirar ekan o'zidan bir necha qadam uzoqga kelib to'xtagan qora mashina oynalari sekinlik bilan pastga tushdi
- Har qalay ikkingizni kótarib mashinamga ótqazib qóyishimni kutmayotgandursan ? ) Jin
Seoul markaziy shifohonasi tez yordam bo'limi
- Jinsi ayol 25yoshda oyog'idan o'q yegan106-honada ikkinchi bemor esa 40 yoshli erkak qurilishda beton bosib qolgan ahvoli og'ir Min honim ) navbatchi shifokorga yo'l yo'lakay bemorlar haqda malumot berib ketayotgan hamshira kerakli palata eshiklarini ochib shifokorga yo'l berdi. Ichkariga kiriboq ko'rgan manzarasidan yuzi burishgan qiz yo'nalishini Karina tomon emas uning yonidagi kravatdagi erkak tomon yo'naltirdi qo'lidagi fanarchasi yordamida allaqachon yumilishga ulgurgan ko'zlarini ochib bemorning qorachiqlarini tekshirdi
Dea: Aperatsiya honasini tayyorlang zudlik bilan va menga shifokor Parkni chaqiring ) og'riq zo'ridan yuzini burishtirgan erkakga ko'z tashlagan Deya tezroq bemorni aperatsiya honasiga olib borishlarni buyirib o'i ham ularning ortidan harakatlandi ammo eshikga yetib borishga ulgurmay bilaklaridan tutgan qo'l sabab to'xtab ortga o'girildi
Deaa: Iltimos qo'limni qo'yib yubor men shoshilyapman bemor kutyapti ) bilaklarini yigitning qo'li orasidan ajratishga uringan qiz harakati befoyda ketganidan achchiqlandi
Jungkook: Har bir bemor teng huquqli Min honim ) allaqachon qon yo'qotish sabab hushini yo'qotgan Karinaga ishora qilgancha kesatiq bilan so'zladi
Dea: Bemorlarning hayot kórsatkichlariga qarab huquqlari ózgaradi. Ikki tomchi qon yóqotgan mashuqang sabab “qadirli” erim kóz yosh tókmasliging uchun ólim yoqasidagi bemorni qurbon qilmayman. Ahvoli qoniqarli hozir bu yerga shifokor Park keladi mashuqangni u tekshiradi qo'rqma o'lib qolmaydi ) Jungkookning qo'lini siltb tashlagan shifokor uni chetlab o'tib yugurgancha aperatsiya honasiga kirib ketdi
Bir necha soatdan so'ng ko'zlarini sekinlik bilan ochgan Karina honadagi yorqin muhitga avval moslasha olmadi ammo oyoqlari uzra yoyilgan og'riq sabab inqilagancha yig'lay boshladi qo'liga sanchilgan igna sug'irib olingach 15daqiqadan so'ng og'riq asta sekin tarqarkan ko'zlarini ochib atrofni yahshiroq ko'rishga uringancha o'ziga o'zi pichirladi
Karina: Men o'ldimmi ) o'zidan bir necha qadam uzoqda o'tirgan shifokorning hira tasvirini tiniqlashtirishga tirishgancha so'zladi
Dea: Ha o'lding jahannamdasan azizam) o'zi uchun tanish bo'lgan ovozni eshitgan Karina yuzini burishtirgancha g'inshindi
Karina: Olganimdan so'ng ham sendan qutilmas ekanman-a
Deya: Asti qóyaver, hatto katta kredit olib barchasini hisobiga ótqazib berish taklifini bersang ham, ólim farishtasi sendan nariroq yursa kerak. ) chuqur uhh tortgan qiz o'rnidan qo'zg'alib allaqachon tugagan tomchi dorini boshqasiga almashtirgancha ho'rsindi
Karina: O'lishimni istaganing aniq Min Dea
Dea: Yo'q demasdim
Bo'shagan dori idishini ahlat qutisiga tashlagan qiz qayta stol ustidan joy olgancha bemor haqdagi hujjatni birma bir to'ldira boshladi. Palata bo'ylab jimlik hukum surarkan bu to eshik ochilib undan ikki yigit kirib kelguncha davom etdi
Jungkook: Ahvoling yahshimi ) biroz vazmin qadam bilan Karinaga yaqinlashgan Jungkook undan ahvoli haqda so'rarkan ko'zi osti bilan birnimalarni qog'ozga tushirayotgan qizga nigoh tashladi
Karina: Men yahshiman
Jin: Min honim~
Dea: Jin ) homushlik bir zumda tarqagan Deya yuziga tabassum oldi
Jin: Tungi navbatchilik tugagan bo'lsa sizni qahva bilan mehmon qilsam boladimi
Dea: Sizdek kelishgan yigitni rad etsam odobdan bo'lmaydi ) palata boylab yoqimli kulgu yangrar ekan Jungkookning yuzi tundlashishni boshlagandi
Jungkook:Rafiqam bilan qahva ichishdan oldin balki mendan ruhsat olishing kerakdir Jin ) norozi qiyofani yuzida gavdalantirgan Jungkook g'azabda ekanini yashirmay so'zlarkan bunga javoban Dea "shundaymi" degandek qosh ko'tardi
Jin: Bunga hojat bormi
Jungkook: Ha
Dea: Yo'q
Junkook: Nima "yo'q" Jeon honim haddingizdan oshmayapsizmi
Dea: Bazan sizga qoyil qolaman Janob Jeon, inson haddiga chegara qóyishga ôta maxoratli bo'lgan aqlingiz nega aynan óz shaxsiga kelganda ojizlik qiladi? Qolaversa boya ayni óz tilingiz bilan alohida takidlab ótgandek Doctor Min xonim! Boshqa qóshimcha ismim yonida xiralashib qoladi. Darvoqee teng xuquqlar haqida sóz ochgan ekansiz, ayol va erkak órtasida ham bunday huquqlar davlatimiz qonuni doirasida mavjud ekanini eslatib o'tishim lozim. Muxtarama jazmaningizni esa nozik oyoqchasi 2 haftada butunlay soğayadi. Siz har bir bemor teng huquqli dedingiz chindan ham shunday men uchun yot begona bo'ladimi yoki erimning jazmanimi men bemorlarga teng qarayman. Har birini saqlab qolish mening burchim lekin mashuqangizda bor bo'lgan vaqt o'sha bemorda yo'q bo'lgan bir vaqtda men sizni aytganingizga kirganimda hozir boshqa inson hayotdan ko'z yumgan bo'lardi. To'g'ri bu siz uchun muhim emasdir lekin kechirib qo'yasiz ikkisidan birini tanlash imkoni bo'lganda ham men o'sha bemorni tanlardim endi esa bizga ruhsat mashuqangiz bilan sizni yolg'iz qoldiramiz
Pov.Dea: Har bir so'zimni ishonch bilan so'zlarkanman Jungkookning ko'zlaridagi hayrat yaqqol sezilib turardi. Chindan ham u hayratda sababi meni hech qachon bunday g'azabda ko'rmagan tan olaman hech qachon bu qadar g'azablanmaganman u o'sha qizni qo'llarida ko'tarib kirgan payti hamon ko'z o'ngimda imkonim bo'lganda edi har ikkisini bir qoshiq suvga cho'ktirgan bolardim. Lanati yana mendan kechirim so'rash o'rniga keliboq jazmaning ahvoli bilan qiziqdi. Qo'llarim titrab ketdi tittoq turgan barmoqlarim ruchkani tutib turish uchun ham ojizlik qildi to'yimiz bo'lganiga bir hafta ham bo'lmay erimni boshqa ayol bilan ko'rib o'zimni yo'qotib qo'ydim. Karinani aperatsiya qilishni istamadim chunki ahvolim o'zimga ayon agar bu ishni men qilganimda qo'limga tushgan tig'ni o'ylab o'tirmay uning ko'ksiga sanchgan bolardim lanati nega uni o'zim aperatsiya qilmadim🗣🗣. Min honim emish hhh...siz uchun Min honim bo'ldimmi hali uyga borganingizda kuningizni ko'rsataman janob Jeon. So'ngi so'zim lablarim orasidan chiqgandan so'ng g'azab bilan o'zim sevgan keng yelkali yigitni bor kuchim bilan turtib o'tdimu palatani tark etdim jin ursin sal qoldiya uning atiri hidiga mast bolib to'xtab qolishimga
- Kesatishni ham unutmading yovvoyi honqizi, meni zaharhanda so'zlaring bilan siylab ortinga bir bor bo'lsada o'girilmay ketding ) rafiqasi ortidan tikilgan Jungkook o'ziga o'zi so'zlarkan tishlarini zichladi. Rafiqasining yoqimli rashkidan mamnun holda pastki labini qimtidi
- Sen uchun mehmongonadan joy band qilaman bugun uyingda omon qolmaysan ) Jungkookning yelkasiga qo'lini qoygan Jin u yuzlangan tomondan ko'z uzmay so'zladi
- Hali o'lish niyyatim yo'q u bilan sinab ko'rishimiz kerak bo'lgan bir talay ishlar bor....
( Chalg'ib ketmasligingiz uchun aytib o'taman oradan ikki oy o'tgan Min Deya 25yoshda va Jungkookning rafiqasi.)
#Nisa
@gold_fanfics