February 26

๐“—๐“ฎ๐“ช๐“ป๐“ฝ_๐“œ๐“พ๐“ป๐“ถ๐“พ๐“ป

EP.2
Shaharni piyoda sayr qilishni istagan Taehyung mashina va haydovichidan qutilib qolgan yo'lni yayov davom ettirdi. Erta bahor bo'lgani uchun turgan kechki yelvizak odamni biroz titrashiga sabab bo'ladi. Shaharning odamlar gavjum joylashgan qismi bo'lmagani uchun ko'chalar deyarli bo'sh. Katta yo'lda yolg'iz sayr qilayotgan yigit bolaligi o'tgan yo'llarga uzoq termuldi. Seoulning qashshoq aholisi joylashgan mavzey. Har bir qarichi, har bir burilishi yod bo'lgan ko'chalarga qararkan istamay lablarini qimtidi. Hatto o'zining qo'riqchilari-yu qo'l ostidagi hizmatchilar ham bundan ko'ra yahshiroq turarjoylarda yashashadi. Egnidagi hozirgi muhitga mos kelmaydigan oq kostyumiga nazar tashlarkan ular o'rtasidagi tafovud uni keragicha hayratga solardi.