My Darkside
EP_15 [18+]
Aeraning so'zlarini so'ngiga qadar tinglagan Eunbi nega uni bu qadar odam ovi ekanini fahmladi. Qiz aytgan voqea Taehyung unga so'zlab bergan o'tmishdan farq qilardi. Qiz Taehyungni ham Aeraning ham qarashlarini bir-biriga solishtirdi. Hayoliga kelgan ilk savolni esa o'ylab o'tirmay qizga berdi
- Aera agar o'tmishga qaytganingizda kelajagingiz haqda barini bilgan holda takror Kim Tahyungning qo'lidan tutarmidingiz? Uni o'zingiz bilan olib qolarmidingiz?
Takror oraga tushgan sukunat. Biroq bu gal ilgargilaridan farqli ravishda bu sukunat uzoqgacho'zilishi aniq. Aeraning ko'zlarida bo'shliq aks etarkan Eunbi esa aksincha qiziquvchan ifoda bilan bemorining yuzini kuzatib o'tirardi.
Kutilgandek uzoq muddat davom etgan sukunat. Qo'l soatini tekshirgan Eunbi vaqtning aniq hisobini oldi. Qaytadan bemori tomon yuzlanarkan hamon o'ychanlik bilan o'tirgan qiz bilan to'qnashdi. Eunbi qanchalik savol javobini bilishni istamasin faqatgina Aerani siquvga olmaslik uchun jim o'tirardi. Stol ustidagi kichik soat signal berib allaqachon ular uchun ajratilgan vaqt tugaganini bildirdi
- Ko'rishguncha Aera~ suhbatimizni keyingi gal davom ettiramiz ) ancha vaqtdan buyon davom etayotgan sukunatni buzgancha dedi qiz. Kumushrang sochlarini ortga taragan Eunbi telefoni tomon qo'l cho'zarkan Aeraning past ovozi sabab to'xtab qoldi
- Savolingizga javob bermoqchiman... ) bir-biriga qovushtirib olgan kaftlaridan nigolarini olgan qiz qarshisidagi shifokoriga tikildi
- Yo'q! ) qat'iylik bilan dedi Aera - Uni tutib qolmagan bo'lardim...
Bir nafasda so'zlarini ma'lum qilgan Aera sumkasini qo'liga olgancha ortiq biror so'z aytmay honani tark etdi. Uning ortidan tikilgan qiz allaqachon yopilishga ulgurgan eshikga tikilib qoldi. Kutilmagan javob. U boshqacharoq javob kutgandi aslida. Qaytadan stol ustidagi ekrani hamon yoniq turgan telefoni tomon qol uzatgan Eunbi ovoz yozishni to'xtatdi. Eng boshidan Aera bilan o'rtasidagi suhbatni yozib olgan qiz ovozli habarni saqlab uni "Kim Taehyung" nomidagi kontaktga yubordi....