November 21

My Darkside

- Men fikrimdan qaytdim Jay ) qo'lidagi qog'ozga yahshiroq tikilgan Taehyung keng tabassum bilan so'zladi - Qasd olish uchun ayolimdan foydalandingmi. Mendan intiqomingni rafiqam orqali olmoqchi bo'lgan ekansan nega men bunday qila olmayman. Seni o'liming menga nima bera oladi? Hech narsa shundaymi... Menda boshqa reja paydo bo'ldi. Bu hatni o'qirkanman tan olaman ko'zlarimga yosh keldi, naqadar ajoyib sevgi qissasi. Agar Jungkook rafiqasi va sening o'rtangdagi sevgi haqda habar topsa nima bo'ladi? Qiziq Dea honim omon qolarmikan? ) qo'lidagi kanvertchaga chuqur mano bilan termulgan Taehyung sirli qosh qoqgancha ko'zdan yo'qolar ekan yerto'la Jayning alam bilan baqirgan ovozi bilan to'ldi

- UNDAY QILMA KIM TAEHYUNG!

Jay

- Nahot bu men bo'lsam ) oyna qarshisida o'tirgan qiz hamon izzilab yig'larkan hamon o'ziga kelmagandi. Qanchalik o'zini qo'lga olishmasin ko'z yoshlari izmisiz ko'z gavharoga tiqilganch tashqariga chiqishda davom etardi

Pov.Dea: O'z aksimga termular ekanman chindan ham bu menmanmi degan savol tug'ildi. Yuzim qizarib sezilarli darajada shishib ketgandi, ularni yashirish uchun upadan foydalanmoqchi boldim. Ammo yanog'imga barmoqlarim to'satdan tegib ketganda chiddab bo'lmas darajadagi og'riq uyg'ondi. Ularga hatto tegib bo'lmaydi, jizzilab menga azob berayotgan yanog'larimni barmoqlarim bilan payaslab og'riqni kamaytirishga urindim. Bir necha soat avvalgi voqea takror ko'z o'ngimda gavdalanar ekan barmoqlarim o'z o'zidan titrab ketdi. Tae menga qanday tarsaki tushirgani uning zarbasi shu qadar qattiq ediki ikki bor urilgan tarsakiga bardoshim yetmay polga yuz tuban tushdim. Yuzimda hamon zahmi tarqamagan og'riqdan ozorlangancha yig'lar ekanman eng yaqin do'stimning ko'zlarida ko'rgan g'azab meni ko'proq ranjitgandi. U meni ayab o'tirmay kaltakladi... Balki chindan ham bularning barchasiga loyiqdirman, biroq nima bo'lgan taqdirda ham men unda bu ishni kutmagandim.Bu qilganlarim uchun to'lagan eng yengil tovon. Pardoz bilan yuzimdagi qizarishlarni bazorgina yashirdim biroz o'zimga kelib olish uchun ko'zlarimni yumgancha chuqur nafas oldim. Ammo ko'zlarim yumilishi bilan takror o'sha nafrat to'la nigohlar gavdalandi.

Dea

Takror ko'zlarim namlanar ekan lablarimni tishlagancha ko'z yoshlarimni tashqariga chiqishiga izn bermadim. Hayollarimni bir yerga jamlashga urindim. Qo'l soatimga qararkanman Jungkook uyga keladigan vaqt bo'lganini angladim... - Jin ursin ) bilaklarimdagi qizg'ish izlarni unutibman shoshgancha o'rnimdan qo'zg'alib gardirob tomon harakatlandim. Egnimga yengi uzun bo'lgan pidjamamni kiygancha tashqariga chiqdim ammo yotoqga yonboshlab olgan sevgilimni ko'rib esim chiqib ketay dedi. Egnidagi kastyumini yechmagan holda yotoqga o'zini tashlaganidan qattiq charchaganini aniq. Hona bo'ylab qorachiqlarini kezdirar ekan nigohlari menga qadalgach tabassum qildi. Qo'llarini yoygancha yotgan holida meni quchog'iga chorladi, jin ursin men nega uni kelganini payqamadim, mashina ovozini eshitmadimmi yoki u mendan oldinroq kelganmadi? Qo'llarimni qattiq siqgancha iloji boricha o'zimni odatiy tutib u tomon yaqinlashdim. Yotoq qarshisida turgancha unga tikildim hayolan unga nima deyish haqda o'ylay boshladim

- Hayrli kech sevgilim ) bilaklarimdan tortgancha quchog'iga qulatgan yigit tabassum bilan shivirladi

- Senga ham ) men ham u kabi tabassum bilan javob qaytardim. Boshimni par yostiq sirtiga avaylab qo'yib sochlarimni to'zg'itarkan men esa huddi telbadek uning harakatlarini ko'z uzmay tomosha qildim. Barmoqlari bilan sochlarimni o'ynar ekan to'satdan menga tashlanib qoldi kuch bilan lablarimga urilgan o'zga lablar sabab shoshib qolganim uchun erimning o'z navbatida tez va qo'pol bo'salariga javob qaytarolmadim. Lablarimni qiynagancha qonib bo'sa olarkan bu bosamiz avvalgilariga qaraganda qo'pol va uzoq muddatli bo'lgan sabab chuqur chuqur havo yuta boshladim. Lablarimni humoridan chiqguncha qiynagan o'zga lablar zum o'tmay iyagimga bosildi, shu on bazo'rgina og'rig'i bosilgan iyaklarimda takroro o'sha achchiq og'riq qo'zg'aldi

Jungkook

- Ayshsh ) iyagimdagi takror turgan og'riq sabab ingrab yubordim. Ko'zlarim o'z o'zidan namlanib ketarkan, yuzimni burishtirgancha ko'zlarimni yumdim

- Nimadir bo'ldimi? ) mendan bir necha santimetrgina uzoqlashgan yigit iyaklarimdan yengil tutgancha yuzimni tekshirish barobarida savol berdi

- Hammasi yahshi!

- Yahshiga o'xshamayabdi ) yuzimni sinchkovlik bilan tekshirarkan pardoz sabab hech narsani payqamadi. Shunda ham ishonmay pidjamam tugmalarini bo'shata boshladi

- Nima qilyapsan ) qo'llaridan tutib qolgancha uni to'xtatmoqchi bo'ldim

- Tekshirmoqchiman!

- Keragi yo'q

- Dea

- ... ) qo'llarimni yelkmga o'rab olgancha hech bir so'z aytmadim

- Dae men shunchaki tekshirmoqchiman halos. Yahshidek ko'rinmayapsan menga

- ...

- Yahshi ) so'zlarini etiborsiz qoldiraverganimdan hafsalasi sovigan Jungkook yotoqdan turgancha menga yana bir bor nigoh tashlab yuvunishxonasiga kirib ketdi. Men esa sirim fosh bo'lib qolmagani uchun chuqur nafas oldim. Kiyimim yengini biroz yuqoriga ko'targach bilaklarimga nazar tashladim ulardagi iz bir necha kunsiz yo'qolmaydi. Hafsala bilan nafas rostlagancha tungi chiroqni o'chirib yotoq ustiga yonboshlab ko'zlarimni yumdim. Jungkook chiqgunga qadar uhlab olishim kerak. Unga qayta yolg'on so'zlashni istamayman. Ko'zlarimni yumib qancha uhlashga urinmay uddasidan chiqa olmadim. Hayollarim ertangi kun qanday bo'lishi haqdagi tahminlarim bilan to'lgandi. Eng katta qo'rquv bu Jungkook! agar u bu haqda bilib qolsa... nima qilishi haqdagi o'ylar birro'v bo'lsada menga tinchlik bermayapti. Yolg'on so'zlayotganimda nega keyin nima bo'lishi haqda o'ylab ko'rmaganman. Men yolg'onim fosh bo'lgani uchun unga qanday tovon to'lashim haqdagi qo'rquvga yengilyapman. U fosh bo'lganidan emas u uchun to'laydigan badalimdan qo'rquvga solyabfi meni. Vujudim zarracha bo'lsada qilgan ishlarim uchun afsus qilmayapti faqat badal to'lashdan qo'rqyapman... Yuvinish honasi eshigi ochilishi bilan o'zimni uhlaganga solib kipriklarimni bir birga qattiq zichlagancha hech bir harakatsiz jim yotdim. Yotoq sezilar sezilmas qimirlab ortimda uning qaynoq taftini his etdim. Meni o'ziga tortgancha qattiq quchib iyaklarimga labini bosdi

- Ertaga hammasini gaplashib olamiz ) meni chindan uhlab qoldi deb o'ylagani uchun egilib quloqlarimga shivirlab takror yanog'imga lablarini galma-gal borgancha ketib qolishimdan qo'rqgandek qattiq quchdi. O'zining ulkan kaftini kaftlarimga bosib hech qancha vaqt o'tmay uyquga ketdi. Quloqlarim ortida erimning horg'in nafas olishini eshitib lablarim keng yozgancha tabasssum qildim. Men chindan ham uni sevaman...uni, tabassumini, jahli chiqgandagi qovoq uyishini, meni bemaza taomlarimni ham shirin ekanini takidlaydigan lablarini, doimo yelkalarimdan o'rab oladigan qo'llarini, Karina haqda aytgan paytim qosh ko'tarib ensa qotirishini, meni o'zidan ham ko'p yahshi ko'radigan yuragini.... unda bo'lgan, uniki bo'lgan barini sevaman. Ortimga o'girilib Jungkookning yuzini zimdan tekshirdim, alla qachon charchoq sabab uhlab qolgan erim miq etmasdi. Bir necha soniya ilgari tabassum qilayotgan lablarim bir onda so'nib qoldi. Yuzimni biroz ko'tarib erimning lablariga labimni bosdim

- Sen yo'qotish qo'rquvidan aqldan ozyapman Jeon Jungkook ) o'zimni ortga olgancha uning qanday uhlashini kuzata boshladim...

Dea

Hannshnsgxysgdcndgdbs8hdduydnsbydh dduh6dhd