My Darkside
Ufqni qizg'ish tus tark etib tun zulmatini yoyishni boshlagan chog'. Hashamatli uy qarshisiga birma-bir kelib to'xtayotgan mashinalar ichidan dab-daba bilan kiyingan mexmonlar tushardi. Mehmonlar uchun mo'ljallangan zall benihoya chiroyli tashqi ko'rinishga ega. Yashirincha suhbatdoshining egniga boshdan oyoq nazar tashlagan ayollar bepisandlik bilan tabassum qilardi. Ular o'zlaridagi eng alosini ko'z-ko'z qilish istagi bilan ovvoralar holas. Erkaklar esa ularni kuzatish bilan. Hech qaysi erkakning nigohlari o'ziga tegishli bo'lgan ayolga qaratilmagan. Ular o'zinikini emas boshqasiga tegishlisini kuzatishdan zavqlanadi. Bu noodatiy emas. Bu davra uchun bunday jirkanchliklar odatiy hol aslida. Faqatgina bir nigoh o'zi uchun atalgan insonga qaratilgan, va har doimgidek uni yolg'iz qolishiga izim bermayapti
- Nega ularning davrasiga qo'shilmayapsan? ) nafasi ostida pichirladi Jungkook atrofni zimdan kuzatib turgan rafiqasining quloqlariga
- Meni yolg'iz qoldiryapsanmi? ) kesatiq bilan dedi qiz
- Qolaversa ular bilan bilan suhbatda hech qachon omadim kelmagan meni
Nigohlari orqali o'zidan bir necha metr narida yuzidagi sohta tabassum bilan suhbatlashayotgan ayollarga ishora qildi. Yigitning nigohlari ham endi qiz ishora qilgan tarafga qaratilgan. Ularning suhbatida samimiylik yo'qligini sezmaslik uchun ahmoq bo'lish kerak aaslida
- Istasang seni yolg'iz qoldiraman azizam~ Biroq ishonchim komilki bu senga yoqmaydi ) yuzini quyi ekgan erkak rafiqasining yanog'iga lablarini bosgancha shivirladi - Bilasanmi ular senga mensimay so'zlashlari uchun haddan ortiq mukammalsan. Doimo shunday bo'lgansan shu sabab bu olam ayollari sen bilan suhbatlashmaydi. Ular senga mensimay munosabat bildirisholmaydi. Tashqi ko'rinish borasida senga yetisholmasliklari tayin. Qarshingda tomiridagi aslzoda qonida bolak maqtanadigan narsasi yoq ularning. Sen....! ular kabi emasan. Shunday ekan hech kim olmosning oldida hira tortishni istamaydi
- Oshirib yuboryapsan ) yuziga urilgan yigitning nafasi sabab entikgan Dea o'zini olib qochishga urungancha dedi
- Qay biri yolg'on ekan? ) rafiqasining beli atrofiga kaftlarini bog'ladi erkak. U qizni o'ziga qattiqrroq tortgancha uning iforidan lazzatlandi. Uning harakatlari chetdan ahmoqona tuyilishi mumkun biroq bu Deani boshqa erkaklarning nigohlaridan himoyalaydi. Qiz o'zini yigitning changalidan qutqarishga urundi-yu har galgidek uning kuchi qarshisida ojiz qoldi. Biroq Dea yengilganini tan olmoqchi emas. Tinmay pitirchilarkan uning harakatlari faqatgina Jungkookning kulgusiga sabab bo'lardi halos
- Davom et malikam holdan toyib qolmaguningacha seni tutub turolaman ) lablaridagi kulguni yo'qotmay dedi Jungkook. Uning nigohlari atrofni zimdan kuzatarkan faqatgina ayollar shivirlash bilan ularni kuzatib turganini payqadi. Bepisand kulib qo'ydi erkak. Uning yuzidagi tabassum toki asosiy eshikdan kirib kelgan juftlikni ko'rmagunga qadar so'nmadi. Darhol yuziga jiddiylik yugurgan Jungkook chuqur nafas oldi - Lanati telba!
Nafasi orstida pichirlagan erkak lug'atidagi barcha yomon so'zlarni qarshisidagi inson uchun ishlatdi. Bir necha soniyadan so'ng esa uning lablari tekkislandi. Va shunchaki jimlik bilan qarshisidagi manzarani kuzatarkan, kaftlari rafaqasining belidan yanada qattiqroq bog'landi
- Sekinroq ) pichrladi qiz faqatgina Jungkook eshitaoladigan to'nda. Shu ondayoq kaftlari bosimini yumshatgan erkak qo'lini tortib oldi
- Kechir azizam ) lablarini qizning iyagiga bosgan Jungkookning nigohlari qaytadan zal markaziga tikildi. U jim. Uyilgan qovoqlar va bir-biriga bog'langan kaftlar. Uning ko'zlarida esa hozirning o'zida portlashga tayyor nimadir yashiringandek. Dea uning harkatlariga tushunmay uning nigohlari ortidan ergashdi
- Senda hammasi yahshimi? ) savol berdi Dea yigitning qo'liga kaftlarini qo'ygancha - Bu sen uchun noqulaylik tug'dirayotgan bo'lsa ortga o'girilishimiz mumkun. Shunchaki barchasidan yuz o'gir!
Ikki daqiqalik o'ychanlik ketidan Jungkookning lablariga kulgu yugurdi. U rafiqasining kaftidan tutgani ko'yi yuqoriroq ko'targancha ularga lablarini bosdi
- Chindan ham... Doimgidek haqsan! ) u eshitishni istagan so'zlar. Dea aytgan so'zlar so'ngi ikki kun Jungkook eshitishni istagani edi - Sen yolg'iz qoldiraman. Bir ishni yakunlashim kerak
Javoban bosh chayqagan qiz Jungkookga ketishi uchun ijozat berdi
- Undan ikki qadam ham uzoqlashma! ) ulardan bir necha qadam uzoqda turgan yigitga qat'iy buyruq berdi u - Uni aslo yolg'iz qoldirma
Evan tomon yaqinlashgan erkak uning quloqlariga pichrladi. So'ng esa ulardan uzoqlashdi. Bir necha qadam bilan zalni keyin esa butun boshli uyni tark etgan Jungkook shaxsiy mashinasiga o'tirdi. U mashinani harakatlantirmadi shunchaki o'rindiqning yuqori qismiga boshini qo'ygancha kipriklarini zichladi