November 23

My Darkside

- Men fikrimdan qaytdim Jay ) qo'lidagi qog'ozga yahshiroq tikilgan Taehyung keng tabassum bilan so'zladi - Qasd olish uchun ayolimdan foydalandingmi. Mendan intiqomingni rafiqam orqali olmoqchi bo'lgan ekansan nega men bunday qila olmayman. Seni o'liming menga nima bera oladi? Hech narsa shundaymi... Menda boshqa reja paydo bo'ldi. Bu hatni o'qirkanman tan olaman ko'zlarimga yosh keldi, naqadar ajoyib sevgi qissasi. Agar Jungkook rafiqasi va sening o'rtangdagi sevgi haqda habar topsa nima bo'ladi? Qiziq Dea honim omon qolarmikan? ) qo'lidagi kanvertchaga chuqur mano bilan termulgan Taehyung sirli qosh qoqgancha ko'zdan yo'qolar ekan yerto'la Jayning alam bilan baqirgan ovozi bilan to'ldi

- UNDAY QILMA KIM TAEHYUNG!

Jay

*

- Nahot bu men bo'lsam ) oyna qarshisida o'tirgan qiz hamon izzilab yig'larkan hamon o'ziga kelmagandi. Qanchalik o'zini qo'lga olishmasin ko'z yoshlari izmisiz ko'z gavharoga tiqilganch tashqariga chiqishda davom etardi

Pov.Dea: O'z aksimga termular ekanman chindan ham bu menmanmi degan savol tug'ildi. Yuzim qizarib sezilarli darajada shishib ketgandi, ularni yashirish uchun upadan foydalanmoqchi boldim. Ammo yanog'imga barmoqlarim to'satdan tegib ketganda chiddab bo'lmas darajadagi og'riq uyg'ondi. Ularga hatto tegib bo'lmaydi, jizzilab menga azob berayotgan yanog'larimni barmoqlarim bilan payaslab og'riqni kamaytirishga urindim. Bir necha soat avvalgi voqea takror ko'z o'ngimda gavdalanar ekan barmoqlarim o'z o'zidan titrab ketdi. Tae menga qanday tarsaki tushirgani uning zarbasi shu qadar qattiq ediki ikki bor urilgan tarsakiga bardoshim yetmay polga yuz tuban tushdim. Yuzimda hamon zahmi tarqamagan og'riqdan ozorlangancha yig'lar ekanman eng yaqin do'stimning ko'zlarida ko'rgan g'azab meni ko'proq ranjitgandi. U meni ayab o'tirmay kaltakladi... Balki chindan ham bularning barchasiga loyiqdirman, biroq nima bo'lgan taqdirda ham men unda bu ishni kutmagandim.Bu qilganlarim uchun to'lagan eng yengil tovon. Pardoz bilan yuzimdagi qizarishlarni bazorgina yashirdim biroz o'zimga kelib olish uchun ko'zlarimni yumgancha chuqur nafas oldim. Ammo ko'zlarim yumilishi bilan takror o'sha nafrat to'la nigohlar gavdalandi.

Dea

Takror ko'zlarim namlanar ekan lablarimni tishlagancha ko'z yoshlarimni tashqariga chiqishiga izn bermadim. Hayollarimni bir yerga jamlashga urindim. Qo'l soatimga qararkanman Jungkook uyga keladigan vaqt bo'lganini angladim... - Jin ursin ) bilaklarimdagi qizg'ish izlarni unutibman shoshgancha o'rnimdan qo'zg'alib gardirob tomon harakatlandim. Egnimga yengi uzun bo'lgan pidjamamni kiygancha tashqariga chiqdim ammo yotoqga yonboshlab olgan sevgilimni ko'rib esim chiqib ketay dedi. Egnidagi kastyumini yechmagan holda yotoqga o'zini tashlaganidan qattiq charchaganini aniq. Hona bo'ylab qorachiqlarini kezdirar ekan nigohlari menga qadalgach tabassum qildi. Qo'llarini yoygancha yotgan holida meni quchog'iga chorladi, jin ursin men nega uni kelganini payqamadim, mashina ovozini eshitmadimmi yoki u mendan oldinroq kelganmadi? Qo'llarimni qattiq siqgancha iloji boricha o'zimni odatiy tutib u tomon yaqinlashdim. Yotoq qarshisida turgancha unga tikildim hayolan unga nima deyish haqda o'ylay boshladim

- Hayrli kech sevgilim ) bilaklarimdan tortgancha quchog'iga qulatgan yigit tabassum bilan shivirladi

- Senga ham ) men ham u kabi tabassum bilan javob qaytardim. Boshimni par yostiq sirtiga avaylab qo'yib sochlarimni to'zg'itarkan men esa huddi telbadek uning harakatlarini ko'z uzmay tomosha qildim. Barmoqlari bilan sochlarimni o'ynar ekan to'satdan menga tashlanib qoldi kuch bilan lablarimga urilgan o'zga lablar sabab shoshib qolganim uchun erimning o'z navbatida tez va qo'pol bo'salariga javob qaytarolmadim. Lablarimni qiynagancha qonib bo'sa olarkan bu bosamiz avvalgilariga qaraganda qo'pol va uzoq muddatli bo'lgan sabab chuqur chuqur havo yuta boshladim. Lablarimni humoridan chiqguncha qiynagan o'zga lablar zum o'tmay iyagimga bosildi, shu on bazo'rgina og'rig'i bosilgan iyaklarimda takroro o'sha achchiq og'riq qo'zg'aldi

Jungkook

- Ayshsh ) iyagimdagi takror turgan og'riq sabab ingrab yubordim. Ko'zlarim o'z o'zidan namlanib ketarkan, yuzimni burishtirgancha ko'zlarimni yumdim

- Nimadir bo'ldimi? ) mendan bir necha santimetrgina uzoqlashgan yigit iyaklarimdan yengil tutgancha yuzimni tekshirish barobarida savol berdi

- Hammasi yahshi!

- Yahshiga o'xshamayabdi ) yuzimni sinchkovlik bilan tekshirarkan pardoz sabab hech narsani payqamadi. Shunda ham ishonmay pidjamam tugmalarini bo'shata boshladi

- Nima qilyapsan ) qo'llaridan tutib qolgancha uni to'xtatmoqchi bo'ldim

- Tekshirmoqchiman!

- Keragi yo'q

- Dea

- ... ) qo'llarimni yelkmga o'rab olgancha hech bir so'z aytmadim

- Dae men shunchaki tekshirmoqchiman halos. Yahshidek ko'rinmayapsan menga

- ...

- Yahshi ) so'zlarini etiborsiz qoldiraverganimdan hafsalasi sovigan Jungkook yotoqdan turgancha menga yana bir bor nigoh tashlab yuvunishxonasiga kirib ketdi. Men esa sirim fosh bo'lib qolmagani uchun chuqur nafas oldim. Kiyimim yengini biroz yuqoriga ko'targach bilaklarimga nazar tashladim ulardagi iz bir necha kunsiz yo'qolmaydi. Hafsala bilan nafas rostlagancha tungi chiroqni o'chirib yotoq ustiga yonboshlab ko'zlarimni yumdim. Jungkook chiqgunga qadar uhlab olishim kerak. Unga qayta yolg'on so'zlashni istamayman. Ko'zlarimni yumib qancha uhlashga urinmay uddasidan chiqa olmadim. Hayollarim ertangi kun qanday bo'lishi haqdagi tahminlarim bilan to'lgandi. Eng katta qo'rquv bu Jungkook! agar u bu haqda bilib qolsa... nima qilishi haqdagi o'ylar birro'v bo'lsada menga tinchlik bermayapti. Yolg'on so'zlayotganimda nega keyin nima bo'lishi haqda o'ylab ko'rmaganman. Men yolg'onim fosh bo'lgani uchun unga qanday tovon to'lashim haqdagi qo'rquvga yengilyapman. U fosh bo'lganidan emas u uchun to'laydigan badalimdan qo'rquvga solyabfi meni. Vujudim zarracha bo'lsada qilgan ishlarim uchun afsus qilmayapti faqat badal to'lashdan qo'rqyapman... Yuvinish honasi eshigi ochilishi bilan o'zimni uhlaganga solib kipriklarimni bir birga qattiq zichlagancha hech bir harakatsiz jim yotdim. Yotoq sezilar sezilmas qimirlab ortimda uning qaynoq taftini his etdim. Meni o'ziga tortgancha qattiq quchib iyaklarimga labini bosdi

- Ertaga hammasini gaplashib olamiz ) meni chindan uhlab qoldi deb o'ylagani uchun egilib quloqlarimga shivirlab takror yanog'imga lablarini galma-gal borgancha ketib qolishimdan qo'rqgandek qattiq quchdi. O'zining ulkan kaftini kaftlarimga bosib hech qancha vaqt o'tmay uyquga ketdi. Quloqlarim ortida erimning horg'in nafas olishini eshitib lablarim keng yozgancha tabasssum qildim. Men chindan ham uni sevaman...uni, tabassumini, jahli chiqgandagi qovoq uyishini, meni bemaza taomlarimni ham shirin ekanini takidlaydigan lablarini, doimo yelkalarimdan o'rab oladigan qo'llarini, Karina haqda aytgan paytim qosh ko'tarib ensa qotirishini, meni o'zidan ham ko'p yahshi ko'radigan yuragini.... unda bo'lgan, uniki bo'lgan barini sevaman. Ortimga o'girilib Jungkookning yuzini zimdan tekshirdim, alla qachon charchoq sabab uhlab qolgan erim miq etmasdi. Bir necha soniya ilgari tabassum qilayotgan lablarim bir onda so'nib qoldi. Yuzimni biroz ko'tarib erimning lablariga labimni bosdim

- Sen yo'qotish qo'rquvidan aqldan ozyapman Jeon Jungkook ) o'zimni ortga olgancha uning qanday uhlashini kuzata boshladim...

Dea

Salkam ikki soatdan beri kaftlari orasidagi kanvertdan ko'z uzmagan Taehyung hayolan keyin nima qilishi kerakligi haqda o'ylardi. Hamon bir qarorga kelaolmas ekan hafsala bilan nafas chiqardi. Ichidagi bir ovoz qo'lidagini Jungkookga berishi kerak ekanini takidlasa ikkinchisi esa barini shundayligicha o'z holiga tashlab qo'yishi kerakligini aytardi

- Aslida shundaymiding Dea nega men payqamadim buni. Nega sen haqingda qiziqib ko'rmadim qanday qilib senga bunchalar ishondim. Nega nafratimga yengilib miyyanga o'q joylay olmayapman... ) ko'zlarida toliqish sezgan yigit qo'lidagi kanvertni ish stoli tortmasiga joylagancha o'rnidan qo'zg'alarkan kabinetini tark etdi. Hech bir shovqunsiz qorong'u xonaga kirgan Taehyung yuziga uruligan sovuq havo sabab titrab ketdi. Balkon eshiklari ochiq oynuri sabab hira yorug' bo'lgan hona bo'ylab ko'z yugirtirarkan u yerda o'zidan boshqa hech kimsa yo'qligini payqagach to'k urgan insondek o'zini ortga oldi

- Aera... ) biroz to'zg'igan bo'sh yotoq, hech bir kimsasiz hona. Ishonchsizlik bilan honani yana bir bor ko'zdan kechirgan Taehyung hayoliga kelgan o'ydan qo'rqgancha yuvinishxonasi tamom harakatlandi. Eshikni ikki bor chertgancha biror sado kelishini kutarkan javoban olgan sukuti sabab betoqatlangancha ichkiragi bosh suqdi. Ammo o'zi izlagan insonini u yerda ham yo'q edi

Taehyung

Balkon ustunlariga qo'lini qo'ygancha ko'zlarini yumib olgan Aera toza havoda entikib-entikib nafas olardi. Yarim soat avval bo'g'ziga tiqilgan achchiqlik sabab g'inshinib uyg'ongan qiz shoshgancha yuvinish honasiga kirib bo'g'ziga tiqligan achchiqlikni tashqariga chiqardi. Hamon ko'ngli behuzur bo'lavergach bo'g'zidagi achchiqlikni pasaytirish maqsadida tashqariga chiqgandi. Kipriklarini bir biriga zichlagancha toza havodan qonib nafas olar ekan yelkalardan tutgan kaftlar sabab hurkib o'zini ortga oldi. Yelkalaridan tutgan kaftlarni siltagancha qo'rquv bilan ikki qadam ortga chekindi.

- Aera... bu menman ) havoda muallaq qotib qolgan kaftlariga hayrat bilan tikilgan Taehyung Aeraning bunday qilishini kutmagandi. Nigohlarini kaftlaridan olib qarshisidagi qo'rquvdan ko'zlari katarib ketgan rafiqasiga qaratar ekan hamon u nima sabab bunday qilganini tushina olmasdi. Kaftlarini sevilisi tomon cho'zar ekan past ovozda qizni tinchlantirishga urundi

Aera

- M...men... ) ortiq hech bir so'z aytamagan qiz nigohlarini yerga tikgancha yig'lay boshladi. Pidjamasi yengi bilan yuzidagi namlikni artar ekan hech qancha vaqt o'tmay yuzi takror yoshlar bilan namlanardi. Darhaqiqat Aeraga Jay bilan bo'lib o'tgan ishlar qattiq ta'sir qilgandi. U o'sha bir necha kun Jay bilan takror to'qnashish qo'rquvi ostida hadik bilan yashagandi. Hoseok bir necha bor Jayga Aeraning oldiga yaqinmlashmasligini ta'kidlasada Jay uning so'zlariga etibor qilmay yana bir bor qiz bilan o'zining jirkanch o'yinini o'ynagandi. So'zlar bilan qizni tahqirlarkan, zaif ekanini, kimsasiz, keraksiz, qadrsiz ekanini bot bot eslatgandi. Iyaklarini barmoqlari bilan paypastlagancha o'zi bir necha kun oldin qoldirgan izlarni yodiga solib uni ortiq "eri"ga kerak emas ekanini uqtirar uning tuyg'ularini o'yin qilgancha nochor ahvolidan zavqlanardi. Ishini tamomlab bo'lgach kaftlari orasidagi qizni yerga uloqtirgancha honani tark etdi. Aera o'sha kundan so'ng qo'rquvlariga to'laligicha yengilgandi. Sal oldingi voqea esa uni takror o'sha qo'rquv bilan yuzlashtirgandi. Aerani chetdan kuzatib turgan yigit hech bir harakatsiz qarshisida izzilab yig'layotgan rafiqasini kuzatardi. Unga yaqin borishga haddi sig'may kaftlarini musht qilib turgancha ich-ichidan o'zini lanatladi. Ortiq uni kuzatib turish uchun bardoshi yetmay rafiqasi tomon ikki qadam tashlagancha uni bag'iga bosdi

- Seni qo'rqitib yubordim kechirasan... ) bir necha daqiqa shunday turgan Taehyung Aeraning ovozini pasaya boshlagnini sezgach uni qo'llarida ko'targancha ichkariga olib kirdi. Rafiqasini yotoqga joylab ortga qaytgancha balkon eshiklarini yopdi. Isitish tizimini yoqgach yotoq tomon yaqinlashar ekan Aeraga tumba ustidagi suv bilan to'ldirilgan stakanni uzatdi. Kaftlari orasidagi suv idishiga uzoq termulgan qayta chuqur o'ychhanlik domiga tushib qolgandi.Hayollarida Jayning so'zlari aylanardi "ortiq eringa kerak emassan! u ortiq seni qabul qilmaydi". U o'yg'ogan paytdagi Taehyungning munosabati o'sha so'zlarga teskari bo'lmasin ammo allaqachon qiz o'sha so'zlarga ishonib bo'lgandi

- Aera sen bilan gaplashib olsam bo'ladimi? ) alla qachonbo'shan ulgurgan stakanni Aeraning qo'lidan olgan yigit bosiq ovozda so'zga kirdi

- ... ) hech bir so'z aytmagan qiz boshini qimirlatgancha rozi ekanini bildirdi

- Jay senga nima qildi Aera? ) rafiqasi tomon biroz surilgan yigit o'ziga qaratilgan nigohlardan ko'z uzmay savol berdi. Ammo so'zlari yakunlangach nigohlarini kaftlariga tikgan qiz uni umuman tushinarsiz vaziyat ichiga solib qo'ydi. Hayoliga kelgan ilk o'y sabab allaqachon taranglashishni boshlagan yigit kaftlarini musht qilib tugdi " Jay ung a tegingan* bo'lishi mumkin emas" su so'zlarni o'ziga uqtirdi. Agar shunday bo'lgan bo'lsachi? keyin nima bo'ladi? Aeraga oldingidek qaray oladimi? Huddi avvalgidek rafiqasini qizg'onib seva oladimi? Yana uni qabul qiladimi?

Taehyung

Pov.Taehyung: Yuvinishxonasini ham bo'shligini ham ko'rgach aqlddan ozay dedim. Men ortiq uni yo'qota olmayman! Qayta honaga qaytgancha uning ismini aytdim ammo honada hech bir so'z yangramadi. Yuzimga uriilgan sovuqlik sabab balkon eshiklari ochiq ekanini sezdim. Qiziq sal oldin buni nega payqamadim? Katta qadamlar bilan tashqariga chiqar ekanman ustunlarga qo'lini qo'yib olgancha atrofni kuzatayotgan tanish qomatni ko'rim hotirjam bo'ldim. U tomon harakatlangancha ikki qo'lim bilan yelkalaridan tutdim. Ammo u o'zini mendan olib qochgancha kaftlarimni siltab tashladi, havoda qotib qolgan kaftlarimga nigoh tashlar ekaman butunlayiga hayratda qoldim. U nega menga bunday qildi? Ko'zlarida aks etgan hislar qo'rquvmi? U nega bu qadr qo'rqib ketdi? Men ortiqcha harakat qilmagandim shunchaki rafiqmaning yelkalaridan tutgandim halos biroq u huddi azroilni ko'rgandek oqarib kettib. Ko'zlarini pirpiratgancha menga termulib turar ekan so'ng piqqillab yig'lashga tushdi. Yuzini kaftlariga bosgancha tinmay yig'lar ekan nima qilishim kerak ekanini bilmay qoldim. Yaqinlashishga haddim sig'may shunchaki uni kuzatib turdim. Ortiq uni yig'alashini kuzatishni istamay bag'rimga bosgancha rafiqamni ovutdim. U bir necha daqiqadan so'ng jim bo'lib qoldi va ortiq hech nima demadi. Honaga olib kirgach mendan ko'zini uzmay harakatlarimni kuzatdi, ortiq bu sukutgan bardoshim yetmay og'iz juftlagancha unga savol berdim "Jay senga nima qildi". U savolimga javob bermay ko'zlarini olib qochgancha nigohlarini kaftlariga tikdi. Yana jimlik... ming lanat yana o'sha yoqimsiz sukunat! Aera hech bir so'z aytmay meni asabiylashtirar ekan hayolimga kelgan ilk o'ydan aqldan ozdim. Aqlim anglab bo'lmas g'azab bilan hiralasha boshladi. O'zim o'ylagan narsalardan qo'rquvga tusha boshladim

- U senga nima qildi sevgilim? ) qanchalar g'azablanmay iloji bosricha o'zimni bosishga harakat qilib tishimni tishimga bosgancha savolimni qaytardim. U biror so'z aytishi kerak meni aks holda qaldan ozaman

- ... )

- Nega indamayabsan? yoki u senga... ) ortqi davom eta olmadim so'zlarim o'sha yerda to'xtab qoldi. Davomini aytishga bardoshim yetmadi. O'sha so'z Aera uchun haqorat bo'lishi haqda o'ylab inday olmadim

- Oppa o'sha kuni u meni urdi ) uzoq muddatlik sukunatdan so'ng hona bo'ylab qizning ingichka ovozi yangradi - Menga tarsaki tushirdi, kamar bilan kaltkladi meni ) avvalgilariga qaraganda biroz balandroq chiqgan ovoz yig'i aralash yigitga shikoyat qilardi - U meni haqorat qildi... ortiq sizga kerak emas ekanimni, siz uchun qadrsiz bo'lib qolganimni aytdi... ) namlanga kipriklarini pirpiratgan qiz ortiq ko'z yoshlarini ushlab tura olmay ularni qo'yib yubordi. Jay ikkinchi bor Aera bilan o'yin o'ynaganda unga jismonan aytarlik ziyon yetkazmadi ammo qizni to'laligicha ruhiy sindirishga erishgandi. U kichkina qizni qalbi bilan o'ynashib tuyg'ulari bilan uni sindirgandi. Taehyung alla qachon bularni tushunib ulgurgani uchun biroz hotirjam tortganday bo'ldi. Biroq bir narsa aniqki endi Jayni shunchaki o'ldirib yubormaydi

- Tshsh bo'ldi ) Aerani o'zi tomon tortgan yigit uni qattiq quchgancha quloqlariga pichrladi. Barmoqlari bilan qizning iyaklaridagi namlikni sidirgancha siniq jilmaydi

- U yolg'on gapirdiku to'g'rimi? Y..yoki..rostmi? ) pichrladi qiz siniq ohangda

- Yolg'on!

- U menga tegmadi... ) sevgilisining ko'zlariga uzoq termulib turgan yigit uning so'zlarini javobsiz qoldirdi - Rost aytyapman tegmadi. Janob Hoseok yo'l qo'ymadi menga yaqnlashtirmadi uni. Gaplarim rost...

Aera

- Ishonaman senga! Meni aldasang ham ishonaman. Sen aytgan yolg'on men uchun haqiqat bo'ladi sevgilim. Dunyo haqiqatig qo'l siltagancha seni yolg'oninga ishonaman. Men uchun aytgan har bir so'zing haqiqat. Borliq yolg'on bo'lishi mumkin ammo sening so'zlaring emas!

Har bir so'ziga alohida urg'u berib aytgan erim so'zlari yakunida tabassum qildi. Men u aytgan har bir so'zga sehrlanib qolgandek edim undan birro'v bo'lsada ko'z uzmadim. Lablarimizni tutashtirgancha meni erkalar ekan meni tanasiga singdirib yuborgudek qattiq quchdi. Meni bir lag'za bo'lsada o'zidan uzoqlashtirmadi. Ayni dam lablarimni erkalayotgan o'zga lablarni shu qadr yoqimli tuyildiki ulardan bir on bo'lsada uzoqlashishni istamadim. Qo'llarimni erimning bo'ynidan o'rab olgancha har bir harakatiga javob qaytarar ekanman ortiq uni qo'yib yubormadim...

*

Chiqish eshigi oldida turgan juftlik huddi nigohlar orqali so'zlashgandek bir-biriga tikilgancha hech bir so'z aytishmasdi. Tabassum bilan Jungkookning kiyimlarini to'g'irlayotgan qiz erining kelishgan tanasiga ko'z yugirtirib chiqar ekan buni payqagan yigit ham beihtiyor tabassum qilardi

- Bugun boshqachasan ) hitob qildi yigit qarshisidagi rafiqasining harakatlaridan ko'z uzmasdan

- Unday emas ) inkor qildi qiz boshini ikki yonga qimrlatgancha

- Chindan boshqachasan Dea ilk bor meni qistovimsiz o'z qo'ling bilan nonushta tayyorlading. Tongdan beri tabassuming so'ngani yo'q. Endi esa o'zing meni ishga kuzatyapsan odatda hech ham bunday qilmasding. Agar biror narsa kerak bo'lsa aytishing mumkin

- Hech narsa kerak emas Jungkook shunchaki erimga uni qanchalik sevishimni ko'rsatgim keldi halos. Enda har kuni shunday qilaman ) ishini tamomlagan Dea bir necha qadam ortga chekinib qarshisidagi yigitga zimdan tikilgancha bari alo darajada ekaniga ishonch hosildi

Dea

- Unday bo'lsa rafiqasining sevgisidan vafot etgan birinchi inson bo'larkanmanda Jeon honim! ) rafiqasining qo'llaridan tortgancha eshik sirtiga tiragan yigit uning lablarini bosh barmog'i bilan silagancha pichrladi

- Qarshiliging bormi?

- Mmm yo'q! bu nozik kaftlardan o'lim topish men uchun sharaf... ) lablarini rafiqasining kaftlariga bosgan Jungkook tabassum bilan undan uzoqlashgancha eshik tutqichini ochgancha tashqariga chiqdi

- Seni sevaman Jungkook... buni hech qachon unutma hopmi? Men doim seni sevganman! ) eshik tomondan yangragan ovoz sabab to'xtab qolgan yigit ortga o'girilgancha rafiqasiga nigohlarini qadadi

- Hech qachon unutmayman!

Jungkook

*

Kimlar qo'rg'oni qarshisida kelib to'tagan mashinadan tushgan Jungkook vazmin ammo o'z o'rnida tez bo'lgan qadamlar bilan qo'rg'on ichkarisi tomon harakatlandi. Uchinchi qavatga ko'tarilgan yigit o'ziga kerakli hona qarshisiga kelgach ogohlantirishsiz eshikni ochgancha ichkariga kirdi

- Jungkook ) eshikni ruhsatsiz ochilganligi sabab nootbookidan boshini ko'targan Taehyung arshisida ko'zlari g'azabdan qizarib ketgan do'stini ko'rdi

- Kim Taehyung ) hitob qildi yigit o'zining yoqimsiz ovozida. U do'stining ismini huddi uzoq yillar mobaynida nafratlangan insonning ismini tilga olgandek nafrat bilan aytgandi. Jungkookning ovozidagi yoqimsizlikni payqagan Taehyung qoshlarini chimirdi

- Jungkook bu qanday murojat bo'ldi?

- Qanday murojat... qanday murojatmi Kim Taehyung? ) yana o'sha yoqimsiz ohangda yangragan so'zlardan so'ng asabi tolalari yanada qattiqroq tortishgan Taehyung ortiq o'zini nazorat qilaomay honani to'ldirgancha do'stiga o'dag'ayladi

- Jin ursin o'zgartir ovoz to'ningni Jungkook. Haddingdan oshyapsan! ) ortiq o'zini nazorat qila olmagan Jungkook kaftlari musht qilib tuggancha qarshisidagi do'stining yuziga zarba berdi. Zarba tasirida bir muddat o'zini yo'qotib qo'ygan Taehyung nazoratni qo'ldan boy bergan pol sirtiga quladi. Unga nigoh tashlagan Jungkook asabiylik bilan sochini ortga taradi

Jungkook

- Haddimdan oshdimmi? Bu yerda o'z haddini unutib qo'ygan kim senmi yoki men? Sen o'zingni kim deb bilyapsan? Rafiqamga qo'l ko'tarish huquqini senga kim berdi Kim Taehyung. Hozirgi o'rning hech nimani belgilamasligini bilasanmi? hamon o'sha ahlatxonadan topib olingan bolakaysan, Jin va men to'p o'yanab yurgan paytimiz topib olgan o'sha bolakasan. Seni yana o'sha axlatxonaga ravona qilaomaymanmi seningcha?

- Jungkook bas qil endi yetarli

- Yetarli emas rafiqamga qilganlaringni hisobini chiqarib olmagunimcha hech biri yetarli bo'lmaydi. Shu kundan boshlab ortiq o'rtamizda do'stlik yo'q! Tabriklayman Kim Taehyung o'zinga dushman ortirib olding. Seni takror o'sha kelgan axlatxonanga uloqtirmagunimgacha endi to'xtamayman!

- Demak endi dushmanmizmi? biz sen bilan 22yildan beri tanishmiz Jungkook, ammo sen bizning shuncha yillik do'stligimizni taniganinga endigina 2oy bo'lgan qiz sabab yo' qilding. Meni qilganlarimni bilibsanu ammo nega bunday qilganim bilan qiziqmabsanda? O'zingcha hukum chiqarib uni amalda isbotlashdan oldin mendan saabini so'ramading ham ) achchiq tabassum bilan bilan o'rnidan qo'zg'algan Taehyung ish stoli tortmasidagi kanvertni Jungkook tomon uzatar ekan uni o'qishini imladi. Hatdagi har bir so'zga ko'z yugirtirib chiqar ekan asabiylik bilan kaftlari orasidagi qog'ozni g'ijimladi. Ko'zlarini yumgancha barini birinma ketin tahlil qilar ekan vujudi fushaymonlik hissi chulg'ab olganda

Taehyung

- Taehyung men... ) afsustalik bilan lablarini tishlagan yigit ortiq hech bir so'z deyaolmay qilgan ishi uchun o'zini lanatlardi - Bilmagandim...

- Uyimdan hoziroq daf bo'l Jeon Jungkook! Va ortiq bu yerga qadamingni bosma o'zing takidlagandek endi dushmanlar ekanmiz ortiq yolimdan chiqma ) boshini yerga ekgancha hech bir so'zsiz turgan sobiq do'stiga so'ngi bor nigoh tashlagan Taehyung ortiq hech so'z demay honani tark etdi

- Seni o'ldiraman Min Dea.... ) kaftlari orasidagi qog'ozni kuch bilan siqgan Jungkook hissiz ovozda so'zladi

Jungkook

*

Tashqaridan mashina ovozi eshitilar ekan so'ngi bir oynaga qaragancha aksimga termuldim. Pardozim o'z o'rnida bari alo darajada. Huddi yosh boladek yugirgancha zinalardan pastga tushdim. Endigina eshikni ochib kirgan yigitni ko'riboq o'zimni uning quchog'iga otdim

- Oppa ) lablarimni keng yoygancha erimning yelkalaridan quchib o'zimni uning bag'riga otdim

- Bu nima qilganing ) meni quchog'idan siltab chiqargan yigit yuzida aks etgan tund ifoda bilan menga tikildi. Ilk bor menga nisbatan qilgan bunday qo'polligidan hurkinib ortga tisarildim

- Erimni quchoqladim nima mumkin emasmi ) chuqur yutinib g'azabdan to'laligicha qorayib ketgan ko'zlariga tikilib arang so'zimni yakunladim

- U aynan qayeringa tegingan? ) yuzimni kaftlari bilan siypalab yanog'imga kelganda barmoqlarini qattiq botirib oldi - Shu yerga tekganmi uning lablari

- Nimalara deyaps... ) ilk bor uning harakatlaridan to'laligicha qo'rquvni his etdim. Erimning hech bir harakati hozirgichalik meni qo'rquvga solmagandim. Lablarim orasidan chiqgan so'zlarimni bo'lib qo'ygan sevgilim iyagimni qattiq siqimladi

- Jayning qo'li tegmagan jismingning biror qarichi qolganmi? Uning lablari labingni erkalaganda... Jin ursin barini! ) yelkalarimdan tutgancha bor kuchuni bilan devor sirtiga tanamni urdi. Ko'zlarida to'laligicha alanga olgan g'azabni ko'rgach qo'rqganim boshimga tushganini angladim

- Jay aynan nimani aytdi?

- Barini ) ko'zlarimni pirpiratgancha tomog'imga tiqilgan narsani yutishga urindim

- Jazoyim o'limmi? ) yerga nigohlarimni tikgancha bazor pichrladim va shu on yuzimga kelib tushgan tarsaki sabab tanam ustidan muvozanatni yo'qotib yer sirtiga quladim. Majburan iyaklarimdan tutgancha yuzimni o'ziga qaratgan yigit bor g'azabini so'zlari orqali sochdi

- Seni uchratmasam yahshi edi! Koshki edi hayotimdan isming va suratingni toabadga o'chirib yuborsam. Chirkinlikga to'laligicha botgan tanangni olda ko'zimdan yo'qol. Shu qadar uzoqga ketginki ayni dam butun vujudim bilan nafratlanayotgan tanang soyasini ham ko'rmay ) meni siltab qo'yib yubirib o'zining og'ir qadamlari bilan ko'zdan g'oyib bo'ldi. Ortidan qichqiragancha faqat bir gapni takidladim "Barini tushinturib beraman" ammo u ketdi ortiga bir bor bo'lsada o'girilmay ketib qoldi. Devor sirtiga tiralgancha qo'limni ko'ksim ustiga bog'lab o'pkamni to'ldirgancha qichqirib yig'lay boshladim...

Dea

Davomi bor...

Tugadi Shadows. Hato va kamchiliklar uchun oldindan uzur. Keyingi qism finalπŸ₯Ή

#Nisa
@gold_fanfics