My Darkside
Barmen uzatgan shisha idish ichidagi skoch ichimligidan ho'plagan yigitning etibori club markazidaga har bir erkakni etiborini o'ziga tortgancha raqsga tushayotgan qizga qaratilgandi. Egnidagi haddan ziyod ochiq bo'lgan libos uning har bir tana chiziqlarini yaqqol namoyish qilardi
- U ) ko'rsatgich barmog'i bilan bar markazidagi qizni ko'rsatgancha yonidagi insonga malum qildi
Shahvoniy qizil tusda jihozlangan hona. Honada qizil tusdan o'zga rang yo'q edi go'yo. Egniga hona rangiga monand ravishda alvon tusdagi ochiq libosni ilgancha kirgan Karina atrofdagi muhitdan ajablanmadi. Allaqachon ko'nikib ulgurgan faqatgina Vip mijozlar uchun mo'ljallangan hona. Nigohlarini hona bo'ylab sayr ettirar ekan divandan joy olgancha unga ters o'girilib ichimlik ichayotgan yigitni payqadi. Sochlarini o'nglagancha o'sha tomon harakatlanar ekan qadamlari barobarida egnidagi harir halatini yechib polga tashladi. Yigitning yelkalarida barmoqlarini kezdirar ekan undan hech bir javob olmagach barini o'zi qilishi kerak ekanini anglab divanni aylanib o'tgancha uyog'larini keng yoyib o'tirgan yigitning quchoqlariga joylashdi. Uzun oyoqlarini namoyish qilgancha bir bor bo'lsada yigitga nigoh tashlamay uning ko'ylagi tugmalariga qo'l cho'zdi. Ikkita tugmani bo'shatgan Karina keyingisi uchun qo'l cho'zar ekan o'zi uchun tanish ovoz uning ismini erkalab chaqirdi
- Karina ) qo'llari havoda muallaq qolar ekan quloqlariga yoqimli o'rnagan so'zlar sabab dong qotib qoldi. Kipriklarini og'ir pirpiratgancha nigohlarini o'zi ayni dam quchoqlarini band etib o'tirgan yigitga ko'chirdi
- H...Hoseok ) lablari titragancha bazorgina shivrladi qiz. Allaqachon namlanishga ugurgan kipriklar.... nigohlarini yigitning qorachiqlaridan bir lag'za bo'lsada olib qochmagan Karina dimog'iga urilgan o'tkir atr iforiga to'yish maqsadida istamaygina ko'zlarini yumdi. Kipriklarini zichlagancha yoqimli ifordan zavqlanar ekan qayta ko'zlarini ochib sevgilisiga nigohlarini qadadi, Hoseokning ko'zlari qizning ochiq sonlarida kezarkan bundan hijolat bo'lgan Karina biroz libosini etaklarini pastga tortdi
- O'zgaribsan ) qizga boshdan oyoq zimdan tikilgan Hoseok uning ayni damdagi ko'rinishiga ishora qilgancha so'zladi
- Hammmamiz o'zgardik ) qo'shib qo'ydi qiz
- Ulg'ayganingni payqadim kichkintoy ) biroz qo'pol yangragan yigitning so'zi o'z o'rnida qizning quloqlariga yoqimlidek tuyildi
- Bu yerga meni sog'inganing uchun kelding shundaymi? Bilasanmi nima men ham seni sog'indim oppa~ ) sevgilimning ko'zlaridan bir on bo'lsada uzila olmadim. Uning o'z o'rnidagi sovuq nigohlari menga besh yil oldingi sevgilim emas ekanini takidlasada meni qayta "kichkintoy" deb ataganda yana o'tmishga qaytgandek his qildim o'zimni. Tizzasiga qulayroq joylashib uning harakatlarini kuzatar ekanman ortiq jim tura olmadim hayolan o'tqazgan so'zlarimni ko'zlariga tik boqgancha so'zlar ekanman javobini intiqlik bilan kuta boshladim. U ko'zlarini yumib bir lag'za jim qoldi men esa ongsiz ravishda sevgilimning bo'yniga barmoqlarimni o'rab oldim. Harakatlarim ustidan o'z hukmimni yo'qotgancha uzoq muddat mendan yiroq bo'lgan sevgilimning lablariga labimni bosdim. Har gal meni aqldan ozishimga sabab bo'ladigan lablar bilan 5yil deganda qayta tutashar ekanman ularni qo'yib yuborishni istamadim. Ammo meni o'zligimdan ayrgan yoqimli lag'zalar bir necha soniyaga bormay to'xtadi. Menga bir bor bo'lsada javob qaytarmagan segilim meni oyoqlari ustidan tushirgancha o'zidan uzoqlashtirdi. Huddi sevimli o'yinchog'ini qo'lidan olib qo'ygan yosh bola singari yig'lar ekanman uning g'azabdan qorayib ketgan ko'zlari bilan to'qnashdim. Hoseokning bunday nafrat to'lgan nigohlarini besh yil oldin o'sha kecha meni mehmonxonada ko'rgandek edi
- Bu yerga seni sog'inganim uchun kelmadim Karina ) g'azab bilan malum qilgan so'zlarida menga nisabtan beparvolikni payqadim
- Unda nega? ) o'rnidan qo'zg'alib shimining cho'ntagidan hamyonini chiqargancha titkilagan yigitga qo'rquv aralash savol berdim
- Buni o'zinga qaytarish uchun ) hamyonini ahtarib o'zi izlagan narsani topgan Hoseok qo'liga kichik qog'ozchadagi qizning suratini u tomon tutdi - Yoqib yuborishga haddim sig'madi, tashlab ham yubora olmadim. Bu seniki! o'tkan 5yil ichida senga tegishli bo'lgan barini unutishga urindim biroq uddasidan chiqmadim. Hayolan hamon seni sevishimni o'zimga uqtirdim keyin esa nafratlanishimni. Seva turib sendan nafratlandim... Dadam seni qabul qilmaganda jahlim chiqdi ulardan nega bunday qilganlari haqda so'raganimda sababini keyin bilib olishimni aytgandi. Hech qachon o'zga bir qizga yaqinlashmadim shu o'tgan 5yil mobaynida o'zimcha senga sadoqat saqlagandek bo'ldim. Qiziq men aynidam qarshimda turgan yengiltak ayolni sevdimmi? Shuncha yildan keyin ilk bor bugun o'tmishdagi kichik sevgilimni qayta uchratdim ko'zlarim sen bilan to'qnashganda bariga qo'l siltab seni quchishni istadim ehtimol shuncha yildan so'ng o'zgargandir balki o'tmishdagi o'sha jin urgur hatosini anglab yetgandir, afsuslangandir dedim. Hatto o'sha o'tmishni unutib qayta seni qo'lingdan tutib barini boshidan boshlamoqchi ham bo'ldim. Bilasanmi nima men seni bir necha bor qidirdim Seulning har yeridan surishtirdim ammo topaolmadi ijarada turgan uyingdan ko'chib ketgan ekansan. Ammo bugun nega seni topaolmaginmi tushundim... seni qayerdan qidirishni bilmabman. Hayolimning bir chetiga ham seni clubdan qidirish fikri kelmabdi. Bu qadar jirkanchlikga qo'l urishingni hayolimni bir chetiga ham kelmagandi. ) achchiq tabassum qilgan yigit ko'zlari orqali suratga imlar ekan Karina uning so'zlarini anglab o'zining bir necha yil oldin albomi orasidan yo'qtgan suratini oldi
- Chindan ham oramizda hech narsa qolmadimi Hoseok?
- Ha... endi sen menga, men esa senga begonamiz! ) yotoq ustidagi paltosiga qo'l cho'zgan Hoseok egniga uni kiygancha eshik tomon harakatlandi biroq nimadir yodiga tushgani uchun ortga o'girildi. Yotoq yonidagi tumba ustiga aytilgandan ikki hissa ko'proq pulni qoldiragancha qayta yo'lida davom etib honani tark etdi
- Kechir meni ) kaftlari orasidagi suratiga tikilgan Karina uni siqmlagancha pichrladi...
Tungi Seul ko'chalari. Qish kunlari bo'lgani sabab turgan kechki izg'irin inson tanasini sovuqdan titrashga majbur qilardi. Pastdagi shovqindan qochib tungi clubning tom qismidan qo'nim topgan yigit kaftlari orasidagi ichkilik sabab sovuqni sezmasdi go'yo. Beton ustiga oyoqlarini keng yoygancha o'tirgan Taehyung qo'lidagi allaqachon tugashga ulgurgan so'ju idishini tomning boshqa bir qismiga uloqtirgancha barmendan boshqa ichimlik olmagani uchun o'zini lanatladi. Hafsala bilan nafas rostlab nigohlarini chiroqlar bilan yoritilgan ko'chaga tikarkan o'zi tomon tutilgan hali qadoqdan ochilmagan so'ju shishasini ko'rdi. Nigohlarini ichimlikdan olib unga yuqoridan tikilib turgan yigitga qaratar ekan kulib yubordi
- Sening kimsasiz boshpananga sherik bo'lsam boladimi? ) Taehyungning qarshisida tik turgancha unga zimdan tikilgan Hoseok savol bilan u tomon yuzlanar ekan yigit haman manosiz kulib turardi
- Bo'ladi ammo haqqini nima bilan to'laysan? ) hamon yuzidagi kulguni yo'qotmagan Taehyung yigitga huddi o'zi kabi javob qaytardi
- Mmm yomon taklif emas roziman ) Taehyung qosh ko'targancha yoniga o'tirishini imlab Hoseok uzatgan shishaga tikilgan yigit lablarini tishlab tabassum qildi
- Unga zahar qo'shmaganman tikilishni bas qil Taehyung ) qo'lidagi ikkinchi shishani ko'tarish oldidan hitob qilib o'tdi yigit
- Agar dushmanim qo'lida o'lim topish taqdirimga yozilgan bo'lsa o'shi dushmanim sen bo'lishingni istardim. Bilasanmi agar bir necha oy muqaddam Jung Hoseok bilan birga ichishim haqda gapirishsa ishonmagan bo'lardim
- Men ham ) nigohlarini chiroqlar bilan yoritilgan ko'chalardan uzmagancha malum qildi
- Do'stingni o'limi uchun afsustaman Hoseok kechir...
- Tan olish kerak bunda sen ham aybdor emassan. Bu oilalar orasidagi nizo edi. Mafia olamdagi qoida bu...kuchli oila doim g'olib bo'ladi, mag'lub oilaning har bir azosi o'ldiriladi. Bu qoidani sen yoki men o'ylab topmaganmiz. O'z intiqmongni olib, ota-onang hunini shunday chiqarib olding. Qiziq bu so'zni aytish haqda hech qachon o'ylab ko'rmagan ekanman ammo ) bir muddat to'xtalib qolgan yigit chuqur nafas oldiyu bog'ziga tiqilib tashqariga chiqa olmayotgan so'zni lablari orasidan qo'yib yubordi - Kechirdim...
Birgina so'z har ikki yigitni chuqur o'ychanlikga solib qo'ydi biri eshitgan so'zlariga ishonmasa, ikkinchisi esa bu so'zni ayta olganidan hayratda edi. Oraga noqulay sukut cho'mdi. Har ikki yigit bir necha yillik adovatdan so'ng hozirgi vaziyatda biror so'z deyishga ojizlik qilardi. Mashinalarning shovqunlik harakatlariga hamohang ravishda ikkisining horg'in nafas olishi yangradi. Ular ortiq hech bir so'z deyishmadi shunchaki atrofni kuzatgancha qo'llaridagi shishani bo'shatishdi halos. Yarim soatdan beri orada hukm surgan sukunatni qo'ng'iroq tovushi buzdi. Paltosi cho'ntagidan telefonini chiqargan Hoseok ekranga nigoh tashalab tabassum qilgancha yashil tugmani bosdi
- Tungi reys bilan Nyu-Yorkga qaytaman. Tongda uyg'onmasingdan oldingda bo'laman
-Men ham seni sog'inganman... Ko'rishguncha sevgilim~ ) so'zlarini tabassum bilan aytgan yigit qo'ng'iroqni yakunladi
- Shunday ) so'juning keyingi qultumini lablari orasiga to'kgancha tasdiqladi - Jayni o'ldirdingmi? ) Hoseokning savolidan so'ng yuzi sovuqlashgan Taehyung uning so'zlari yoqmagainini ochiqchasiga malum qilgandek bo'ldi
- Hozircha tirik ammo qilgan ishlaridan so'ng uni shunchaki qo'yib yuborolmayman buni bilasan
- Bilaman ) qo'lidagi alla qachon bo'shagan idishni yon tomoniga qo'ygan Hoseok hafsalasiz javob qaytardi - Aera honimni va kichkina Kimni asra. Alvido Taehyung!
- Ko'rishguncha Hoseok ) o'zining doimgi jiddiy ohangda yigitga javob qaytargan Taehyung unga biroz tabassum bilan tikilgan yigitga bosh silkidi. Hoseokning sharpasi tomni tark etganiga ishonch hosil qilgan yigit uning bo'shagan shishasiga tikildi
- Ehtimol boshqa olamda boshqacha sharoitda sen bilan tanishganimzda do'stlar bo'lgan bo'larmiding Jung Hesoek?
Mastligi sabab biroz chalkash qadamlar bilan uy ichiga kirgan yigit zinalar tomon harakatlanar ekan tomog'ida quruqshashni sezib yo'nalishini oshhona tomon o'zgartirdi. Ichkariga kirib ko'z qirini atrofda kezdirdi. Oy nuri sabab hira yorug' bo'lgani uchun u yerdan o'zidan boshqa inson sharpasini payqamagan Taehyung chiroqni yoqgancha qo'liga stakan olib oshxona chanog'i oldiga bordi. Suvni o'chirib stakanni lablari orasiga yaqinlashtirgancha undan ho'pladi. Tomog'idagi kichkina koptokdek narsa yuqorilab pastga tushar ekan chuqur nafas olgancha sochlarini ortga taradi. Ko'ylagi manjetini bo'shatib yuqoriga shimaralarkan bog'ziga taqalib nafas olishi uchun biroz qiyinchilik tug'dirayotgan ko'ylak tugmalarini bo'shatdi. Uchta tugma boshagandan so'ng o'pkasini to'ldirgancha nafas olib boshini ortga tashlab tanasidagi qaynoqlik bosilishini kutdi. Ammo shu payt oshxona bo'ylab "kurs" etib tishlangan olma ovozi yangradi. Darhol o'ziga kelgan Taehyung atrofni ko'zdan kechirar ekan, oshxonadagi stollardan biriga o'tirib olgancha oldiga bir dunyo shirinliklarni tahlab uning harakatlarini o'zgacha hayrat bilan tomosha qilayotgan rafiqasini ko'rdi. Bir necha kundan beri honasiga qamalib olib tashqariga chiqishdan bosh tortayotgan Aera bugun o'zi pastga tushib hech narsa bo'lmaganday ovqatlanayotgani sabab sevindi. Rafiqasining o'ziga qaratilgan nigohlarini payqab tabassum bilan u tomon yaqinlashayotgan yigit o'zidan bir soniyagabo'lsada uzilmagan nigohlarni payqadi
- Hayrli kech sevgilim ) egilib qizning peshonasiga lablarini bosgan Taehyung unga halaqit qilmaslik uchun ortiqcha harakat qilmay shunchaki yoniga o'tirdi
- Sizga ham ) ko'zlarini pirpiratgancha javob qaytargan Aera qayta qo'lidagi olmadan tishladi. Qo'lini likopchadagi shirinlikga cho'zgan qiz stol ustidagi har bir shirinlikdan totib chiqarkan o'ziga qaratilgan o'tkir nigohlar sabab to'xtab yigitga tikildi - Siz ham yeysizmi?
- Yo'q och emasman shunchaki seni kuzatib o'tirmoqchiman ) boshini inkor manosida silkiga Taehyung mendan bir on bo'lsada ko'zini uzmadi
- Oppa... ) yuzimni likopga qaratgancha uni chaqirdim
- Eshitaman chagi~ nimadir demoqchimisan? ) menga huddi o'zimdek javob qaytargan erim butun etiborini menga qaratgancha so'zlarimni kuta boshladi
- Men... meni muzqaymoq yegim kelyapti. Muzlatgichda yo'q ekan ) hafsalasiz nafas chiqargancha pichrladim harakatlarimdan tabassum qilgan Tae sochlarimni to'zg'itib qo'ydi
- Yahshi faqat bir necha qoshiq yeyish sharti bilan olib beraman ) uning javobidan hafsalam pir bo'lib labimni qimtidim
- Bir necha qoshiqga to'ymayman kerak emas olib kelmang ) qo'limdagi qoshiqni stol ustiga jahl bilan qo'ygancha zinalar tomon harakatlanib yuqoriga ko'tarila boshladim. Ortimdan ismimni bir necha bor chqirgan erimning ovozini eshitishni ham istamadim.
Issiq ko'rpam ichiga kirgancha boshimni ham o'rab oldim. Jahlim chiqyapti men undan muzqaymoq so'rgandim halos ammo u qancha yeyishim kerak ekanini ham belgilab berdi jin ursin* odam shunnchalik ham ziqna boladimi. Qo'l telefonimga qo'l uzatib uni titkilab chiqdim biroq o'zimga qiziqarli hech narsa topmadim oradan salkam yarim soat o'tdi erim mendan o'tgan qaysar chiqdi o'zicha menga jahl qilib yuqoriga chiqmayapti. Hatto o'rnimda tinch yotolmay qaddimni tiklab yotoqning yuqori qismiga suyangancha joylashdim
- Dadang bizni yomon ko'radi mittivoy, bizdan bir necha qoshiq muzqaymoqni qizg'ondi ) hali sezilib ulgurmagan qornimni silagancha mittivoyga gapira boshladim. Meni bu uydan boshqa hech kim eshitmaydi
- O'g'limga meni yomonlama! ) hona eshiklari ochilgancha erimning sovuq ovozi eshitilarkan lablarimni kaftim bilan to'sdim. O'zimchasiga so'zlarimni balanda ovozda aytgan ko'rinaman eshik oldida menga qosh chimirib turgan yigit vazmin qadamlar bilan men tomon yaqilashdi. Unga hijolat aralash tikilar ekan u bir-biriga qovushtirib olgan qo'llarim ustiga paketdagi muzqaymoqlarni qo'ydi. Yuzim bir soniya o'zgarib tabassum qilib yubordim. Yuzimdagi tezlikda sodir bolgan o'zgarish Taeni ham hayratga soldi
- Aynan qanday muzqaymoq yeging kelganini aytmading shuning uchun hammasidan oldim ) oynaga qaragancha ustki kiyimini yechgan erim uni divan ustiga qo'ygancha so'zladi
- Qulpnoylik ) ortiga o'girilib qo'limdan muzqaymoqlar turgan paket olib qulpnoyligini o'zimga qaytarib berib keyin honada chiqib ketdi. Hech narsa haqda o'ylashni istamadim faqat qo'limdagi muzqaymoqni tezlikda paqqos tushirish meni yagona dardim edi. 5daqiqaga qolmay ortga qaytgan Tae qo'lida idish va kichkina qoshiqcha bilan qarshimga keldi
- Hammasini yeb qo'ydingmi shoshqaloq ) ikki yelkamni siqgancha tabassum qildim yotoq ustidan joy olgan erim ham menga javoban tabassum qildi. Qo'limdagi muzqaymoq idishini olib stol ustiga qoydi
- Hoy qaytaring unda yana qolgan ) ming'irlab tumba ustidagi muzqaymoq idishiga qo'l cho'zar ekanman erimning muzdek qo'llari bilaklarimdan tutib qoldi
- Idishi qoldi Aera uni ham yemoqchimisan? ) ustimdan mazahlab savol berdi boshimni inkor qilganday silkidim. U menga uzoq termulib lablarini tishlab kulib yubordi - Yosh bola
Qo'lini yuzim tomon yaqinlashtirib shoshilib yeganim sababli lablarim chetiga tegib qolgan muzqaymoq yuqini bosh barmog'i bilan artdi. Keyin o'sha barmog'ini lablari orasiga joylab mengi zimdan tikildi - Mazali
- Menga ham qulpnaylik muzqaymoq yoqadi ) uning harakatlarini ko'zlarimni katta-katta ochgancha tomosha qilib hijolatdan tilimga kelgan so'zlarni aytdim
- AERA... AERAAAA ) boshini ortga tashlagan erim ovozini baralla ko'targancha sof tabassum qildi - Men muzqaymoqni aytmadim! Nega bundaysan-a? Sen bilan juda qiyin! Bilasanmi meni shunday yoqimli harkatlaring va so'zlaring bilan seni qiynaganimdan ko'ra ko'proq qiynaysan
- Hech narsa demadim kichkintoy bo'ldi unut uni ) men tasdiqlab bosh chayqadim. Lablarim takror o'zga lablar asiriga aylandi. har doimgidek ular ustidan hukmini o'tqazgan erim meni harakatlarimga etibor qaratmadi. O'zining ulakan kaftalari bilan yanoqlarimdan tutgancha lablariga meni yanada jipslashtirib harakatlarida davom etdi. Boshim par yostiq sirtiga tekganini his qildim. Mendan huddi telbadek bo'saolayotgan Taehyung egnimdagi halatim bog'ichiga qo'l cho'zgancha uni mendan yechib oldi. Allaqachon erimning harakatlaridan mast bo'lgancha men ham uning harakatlariga teppa teng javob qaytardim. Huddi o'zidek tishlarimni uning pastki labiga botirgancha uni qattiq shimip erimning quloqlarimga yoqimli o'rnashgan hirillagan ovozini eshitdim. Yelkamni yotoqga qattiq bosgancha tashabbusni qayta qo'liga oldi. Tungi libosimning ingichka ipi yelkamdan sirg'alib tushdi uning keyingi harakatlarini kutar ekanman birdan mendan uzoqlashgancha bir-necha santimetr yuqoridan menga tikilib turdi. Ko'zlarimni ochib uning boyagidan farq qilgan qorachiqlarini payqadim