Heart Murmur
Heart Murmur
EP.1
- Hayot... unda doim biz tasavvur etaolmaydigan hayajonli treklar, shuningdek katta burilishlar mavjud. Har gal o'z zulmatimizda yashab turib uni begunohligimiz soyasiga yashirganmiz... balki barini o'zgartirish fursati yetgandir...
Begunoh niqobingizni yeching va qorong'u tomoningizni barchaga oshkor eting...
Oyna qarshisida turgancha unda aks etgan jismimga zimdan tikildim. Dadam aytgandek huddi malikalardekman o'zim kichkinaligimdan beri orzu qilgan qiyofam. To'yim kuni aynan huddi shunday haqiqiy malikalar singari ko'rinishda bolishni istardim. Bari men hohlagandek egnimdagi libosim, libosimni to'ldirib turgan aksesuarlar. Oppoq to'gnog'ichlar bilan yig'ilgan sochlarim yuzimning har qarichini to'laligicha ko'z ko'z etardi. Ko'zlarim yoshga to'ldi lablarimni qimtigancha achchiq tabassum qildim shu on lablarim chetidan yuzimning har qarichigacha yoyilgan og'riq sabab ko'zlarimni yumdim. Kecha bo'lajak erim tomonidan tarsaki bilan siylangan yanog'imga qo'limni bosdim, hamon og'riq yuzimni tark etmagandi. Allaqachon vaqt bo'lganini anglab chuqur nafas olgancha ortga o'girildim
- Sizni pastda kutishyapti ) menga boshdan oyoq tushunarsiz ifoda bilan termulgan yigit so'zlarini yakunlab ulgurmasdan u tomon harakatlandim. Qarshisiga kelgancha allaqachon namlanishga ulgurgan qorachiqlarimni unga tikdim
- Chiroylimanmi ) ovozimdagi qaltiroq bilan bazor so'zlarimni yakunladim. U esa inkor manosida boshini silkitdi. Qo'lini sochlarimdagi to'g'nog'ich tomon cho'zarkan ularni yechib oldi
- Endi ha ) yoyilgan sochlarimni yelkalarim ortiga tararkan ko'zlarim uning harakatlari sabab g'azabdan kattarib ketdi. Ich-ichimdan chiqayotgan anglab bo'lmas darjadagi nafratni his qilib sevgilim yuziga tarsaki tushirdim
- Menga teginma ) ichimdagi bor nafrat bilan unga o'shqirdim
- Kechirasiz Jeon honim ) harakatlarimga javoban bir so'z aytmagan yigit yuzini yerga tikgancha uzur so'rab menda ikki qadam uzoqlashdi
- Bu bari sen uchun bo'lishi kerak edi. Ayni dam meni pastda mehrob oldida U emas sen kutib turgan bo'lishing mumkin edi. Egnimdagi oppoq to'y libosini sen uchun kiygan bo'lishim kerak edi... Eng alam qilarlisi nima bilasanmi? agar bari shunday bo'lganda ko'zlarimdan tomayotgan yoshlarim baxtdan bo'lardi, hozirgidek g'am yoki alamdan emas. Bari sen sabab hammasiga sen sababchisan. Agar biroz jassuroq bo'lganingda, taslim bo'lmaganingda edi... Biroq men sevgan yigit o'z sevganini o'zgasining qo'liga ossonlikcha topshirib qo'yadigan JURATSIZ! Sen uchratgan kunimga lanatlar bo'lsin! Seni sevganim uchun... eshityapsanmi seni sevganim uchun o'zimga lanatlar bo'lsin... ) jahl bilan unga ort o'girgancha oyna qarshisiga turib sochimga to'g'ong'ichlarni qayta qaday bishladim. U uchun chiroyli bo'lgan ko'rinishdan nafratlanaman! Biz u bilan shu ahvolga kelib qolishga qachon ulgurdik? Ikki hafta ilgari menda bari ajoyib edi. Kipriklarimni bir biriga zichlab o'sha paytlarni yodimga olib o'sha paytga qaytdim...
Bahor faslining ilk oylari. Tong paytida turgan yelvizak sabab yengil titroqni his etgan qiz egniga palto'sini yahshiroq tortgancha qabrlar oralab borar ekan kerakli yerga yetib kelgach odimlarini to'xtatdi. Yuziga tabassum olgan qiz egilgancha qabr toshiga lablarini bosdi
- Hayrli tong oyijon! ) yerga cho'kkalab o'tirgach qabr toshiga barmoqlarini yuritgancha hitob qilib o'tdi qiz - Men keldim... sog'indingizmi meni?
- Men ham sizni sog'indim juda-juda sog'indim oyijon. U yerda sovuq qotmayapsizmi? Bugun bir yil bo'ldi vanixoyat sizning erkatoy qizingiz o'z uyiga qaytdi ) qo'llarini tuproq ustiga bosgan qiz ikki tomchi ko'z yoshini qorachiqlaridan qo'yib yubordi