March 4

𝐻𝑒𝑎𝑟𝑡_𝑀𝑢𝑟𝑚𝑢𝑟

EP_2

Shaharni piyoda sayr qilishni istagan Taehyung mashina va haydovichidan qutilib qolgan yo'lni yayov davom ettirdi. Erta bahor bo'lgani uchun turgan kechki yelvizak odamni biroz titrashiga sabab bo'ladi. Shaharning odamlar gavjum joylashgan qismi bo'lmagani uchun ko'chalar deyarli bo'sh. Katta yo'lda yolg'iz sayr qilayotgan yigit bolaligi o'tgan yo'llarga uzoq termuldi. Seoulning qashshoq aholisi joylashgan mavzey. Har bir qarichi, har bir burilishi yod bo'lgan ko'chalarga qararkan istamay lablarini qimtidi. Hatto o'zining qo'riqchilari-yu qo'l ostidagi hizmatchilar ham bundan ko'ra yahshiroq turarjoylarda yashashadi. Egnidagi hozirgi muhitga mos kelmaydigan oq kostyumiga nazar tashlarkan ular o'rtasidagi tafovud uni keragicha hayratga solardi.

Qo'l telefoniga kelgan ogohlantiruvchi signal sabab hayollari bo'linib butun etiborini telefonining ekraniga qaratdi. 19.30 belgilangan vaqtga oz fursat qolganini payqab yuziga istehzo aralash tabassum qildi.

- Oz qoldi kichik honim... Juda oz! ) telefonini qaytadan shimi cho'ntagiga joylagan Taehyung lablari chetini yalagancha takror yuziga tushinarsiz tabassumni yugirtirdi. Oynali restoran tomon harakatlanarkan kaftlari orasidagi allaqachon tugashga ulgurgan soju shishasini odamlar gavjum bo'lgan bino tomon uloqtirdi. Deraza shishalar bir zumda parchalanib ketar ekan bino ichida odamlarning qichqirig'i yangaradi. Ularning hech biriga etibor qaratmay bino ichiga kirgan yigit yo'lida uchragan har bir stollni ag'darib tashlashni unutmadi. Bu telba yigitning harakatlari sabab qo'rqishni boshalagan bazi odamlar restoranni tark etsa bazilar politsiya hodimlariga qo'ng'iroq qilishdi. 10daqiqaga qolmay atrofni politsiya mashinalarining sirena ovozi tutib ketdi. Restoranga kirgan afitserlar allaqachon ostun ustun bo'lishga ulgurgan zal bilan to'qnash kelishdi. Pol idishlarning sinig'i bilan to'lib ketgan, atrof qarab bo'lmaydigan darajada ko'rimsiz ahvolda. Bardagi har bir shishadagi ichimliklarni devorga uloqtirayotgan Taehyung ortidan kelgan ovozlar sabab to'xtab qoldi

- Qo'lingizni boshingizga qo'ygancha ortga o'giriling janob ) kaftlari orasidagi shisha idishlarni huddi ular aytganday tashlagan Taehyung boshi uzra kaftlarini birlashtirgancha ortga o'girildi. U tomon yaqinlashayotgan afitserlarga osson taslim bolgan yigit qo'liga kishan taqishayotganda ham hech qanday qarshi harakat qilmadi.

~

Tungi soat 19.50 Mahkama.

- Kunduzi ishlatganingiz kamdek kechasi ham navbatchilikda olib qoling endi ) hafsala bilan qo'lidagi papkani stoll ustiga tashlagan Aera hamkasbiga o'dag'aylagancha bo'sh bo'lgan o'rindig'larning biriga joylashdi.

- Menga baqirma Aera o'zing emasmi uyga bormasligim uchun bahona top degan ) stoll ustidagi ikkinchi gamburgerni qiz tomon surgan Yeonjun ham qizga huddi o'zidek javob qaytardi.

- Uyga bormaslgim uchun bahona top deganim rost lekin qamab qo'yishing mumkin edi, 2kun izalyatorda qolsam uyga borganimda oyim meni urushmasdi. Lekin sen yaramas meni tungi navbatchilikda olib qolding.

- Buguncha shu yerda qol ertaga oying o'zi yumshab qoladi ) Aeraning so'zlarini etiborsiz qoldirgan Yeonjun qo'lidagi gamburgeridan tishlagancha hotirjam javob qaytardi.

- Agar shunday bo'lmasa sen o'z qo'llarim bilan o'ldiraman Choi Yeonjun.

- Yahshi avval ovqatlanib ol keyin bemalol o'ldiraverasan meni ) ko'z qiri bilan gamburgerga ishora qilgan yigit qizga ovqatlanishi uchun imladi. Tinchlanish uchun chuqur nafas olgan qiz qo'liga ikkinchi gamburgerni olgancha uni paqqos tushirishni boshladi.

Pov.Aera: Qo'limdagi yegulikga qaragancha hafsalasiz nafas chiqardim kechki ovqat uchun bunday narsalar oshqozonimga og'irlik qiladi lekin nailoj och qolmaslik uchun yeyishga majburman. Qarshimda o'tirgan yigit esa navbatdagi ovunchog'i bilan yarim soatdan beri suhbatlashadi. Qiziq qanday qilib odamning jag'i bu qadar baquvvat bo'lishi mumkin? Yana ora-orada kulishinichi yaramas uni deb tungi navbatchilikda qolishimga to'g'ri keldi. Oldimga kelgan zobit menga to'rtinchi so'roq honasiga borishim kerak ekanini tayinladi. Stoll ustidagi salfetka bilan lablarimni artgancha hamon telefonda suhbatlashayotgan do'stimga nazar tashlab u yerni tark edim. Kerakli hona qarshisiga kelgach tutqichni burab ichkariga kirdim yo'l bo'yi menga barcha voqeani tushintirib kelgan zobit esa eshik oldiga kelgach tashqarida qolishini aytib meni hona ichiga kirgazib yubordi. Hona markaziga yetib kelgach qo'limdagi papkani stoll ustiga qo'ygancha uni ochdim.

- O'zingizni tanishtira olasizmi janob? ) barmoqlarim orasiga ruchkani olgancha lablarimni juftladim

Aera

- Kim Taehyung 28yoshdaman. O'zim haqimdagi boshqa malumotlarni sendan ko'proq bilishimga shubham bor kamisar ) o'zim uchun anchagina tanish ovoz sabab barmoqlarim titrab ruchkamni qo'limdan tushirib yubordim. Nigohlarimni qarshimdagi insonga qaratar ekanman tabassum bilan menga tikilib turgan yigitni ko'rdim.

- Sen...

- Hayrli kech qo'g'irchoq~ ) o'zini biroz ortga tashlagancha stullga qulayroq o'rnashgan Taehyung hotirjam ovozda javob qaytardi.

- Sovuq turqing bilan to'qnashmagumgacha chindan ham hayrli edi ) asabiylik bilan qaytadan ruchkani qo'limga olgancha hujjatlarni to'ldira boshladim. Jin ursin* chindan ham u haqda o'zidan ko'p malumotga egaman - Nima sababdan restoranda tomosha ko'rsatding?

- Hamma bilan shunday qo'pol gaplashasanmi? ) mening so'zlarimga parvo ham qilmagan Kim doimgidek jig'imga tegishni boshladi.

- Senga savol berdim Kim Taehyung ) iloji boricha o'zimni bosishga harakat qilmay so'zlarim yakunida ovoz to'nimni meyoridan ortiq balandlatib yubordim buni sezgan yigit meni yanada battar asabiylashtirishga qasd qilgandek takror kuldi.

- Soatinga qara! ) egnimdagi jiketim yengini biroz yuqoriroq shimaralagancah qo'l soatimga nazar tashladim 20.03.

- Uch daqiqa sen bilan shirin suhbatimizga ketganini hisobga olsak men so'zimning ustida turdim.

- Jin ursin* bundan chiqti faqatgina men bilan uchrashish uchungina butun boshli restoranni... ) ko'zlarim hayratdan kettarib ketdi faqatgina men bilan uchrashish uchungina bu telba shunday qildimi? Savolimni yakunlab ulgurmadim so'zlarim qarshimdagi telba sabab to'xtatib qo'yildi. Boshini inkor ma'nosida silkitgan Taehyung ko'zlarimdan bir on bo'lsda uzilmay so'zlash uchun og'iz juftladi.

- Sen bilan uchrashish men uchun faqatgina emas!

- Ho'sh nima bo'ldi? Mana uchrashdik lekin bir narsada hatoga yo'l qo'yibsan men bu yerdan istagan chiqib keta olaman ) o'zimga ishonch bilan mag'rur sochlarimni ortga taradim. U bilan ko'rishganimiz chindan ham hech narsani anglatmaydi istamasam bu yerda bir soniya ham qolmayman.

- Chiqaolmasangchi? ) hotirjam va etiborsiz ohangda javob qaytardi Taehyung. So'zlaridagi vazminlik meni qaysidir manoda qo'rquvga solishga ulgurgandi. Men ta'sirchan emasman lekin qarshimdagi yigitning beparvo so'zlari meni yetarli darajada ta'sirlantirishga ulgurdi.

- Nima demoqchisan?

- Hech narsa demoqchi emasman qizaloq~ ) men tomon yaqinroq kelgan yigit qo'llarini bir biriga qovushtirib stoll ustiga qo'ygancha pichrladi. - Amalda ko'rsatmoqchiman!

Takror o'rindig'ining yuqori qismiga suyangan Taehyung ko'z aloqasini bir on bo'lsada uzmay lablarini bir-biridan ajratdi. Tili ustidagi allaqanday temir parcha chiroq nuri sabab tovlanarkan bir muddat uning nima ekanini anglolmay tikilib qoldim.

Kishanlangan qo'li bilan lablari orasidagi matohni olarkan, uni barmoqlari orasida tutib turgancha kishanni yechdi. Avval o'ng qo'lini keyin esa ikkinchi qo'lini kishanlardan ozod qilgancha bilaklari uqaladi menimcha qo'liga taqilgan kishan yetarlicha unga noqulaylik tug'dirgan ko'rinadi. Ko'zlarimni pirpiratgancha qo'llariga tikilib turarkanman u tomoq qirib etiborimni qaytadan o'ziga tortdi. Qiziq u qanday qilib o'sha matohni lablari orasida tutgancha men bilan shuncha vaqt gaplashib turdi?

- Sennn...

- Nima men kamisar Kang? ) javob berishni istamay qo'limdagi papkani yopgancha eshik tomon yo'naldim negadir bu yerda, mana bu telbaning oldida qolishni istamayapman, huddiki biror yomon narsa bo'ladigandek. Qo'limni eshik tutqichiga qo'ygancha uni tashqariga itardim. Ammo ochaolmadim yuzimni bir zumda hayrat sabab sodir bo'lgan emotsiya qoplab oldi. Nega men bu eshikni ocholmayapman? Qaytadan tutqichni tutgancha eshikni tashqariga itarishga urundim ammo bir necha bor amalga oshirgan harakatlarim kabi bunisi ham natijasiz qoldi.

- Chiqolmasang nima qilasan Aera? ) ortimdan o'sha yarmasning yoqimsiz ovozi yangrar ekan ana endi barini tushinib yettim. Eshik qulf kim bo'lsa ham uni tashqaridan qulflagani aniq. G'azabnok ifoda bilan ortga o'girilgancha o'sha lanatining qarshisiga turdim menga boshdan oyoq nazar tashlarkan pastki labini tishlagancha tabassum qildi.

- Bu sening ishingmi?

- Mendan boshqa hushtorlaring ham bormidi? ) yana savolimga savol orqali javob oldim. Jin ursin* nega bu telba mening asab tolalarim bilan o'ynashishni bu qadar yoqtiradi?

- Maynavozchilikni bas qil!!!

- Jiddiylashsam nozik jussangga og'irlik qilib qolmasligiga aminmisan?

- Darding meni tanam emas tez orada kishan taftidan eziladigan bilaklaring bo'lsin bolakay, kelasi safar haligindek temirlarni xatto pastki ich kiyming* ostiga yashirsang ham uni tobip sendan yulib olaman.

Stoll ustidagi barcha narsani pastga uloqtirgan Taehyung qo'limdan tutgancha meni stoll ustiga yotqizdi. Ikki yelkamdan tutib qo'llari yordamida tobora qattiqroq bosim berarkan qopqora ko'zlari mendan uzilmasdi.

- Kelasi safarni kutishga shartmikin? Xozir ham tekshirib ko'rishing mumkin pastki ichki kiyimim* ostidagilarni. Qolaversa shu qadar yuvosh maxbusmanki ishingni oson qilish uchun ortiqcha ko'rsatmalarsiz ham qarshingda qib yalang'och xolga kelishim mumkun kichkina kamissar.

- Iflos qo'lingni mendan tort pastkash ) qaynab toshgan g'azabim bilan uni qóllaridan chiqishga chiranarkanman, ustimda ortgan bosim endi yelkalarimga juda og'rlik qilayotgandi.

– Yo'qqq kamissar yo'q. Meni bunday atolmaysan. Iflos deyolmaysan meni eshitayabsanmi mmm?? Bilasanmi nima? Hozir birgina xarakatim bilan seni ifloslik botqog'iga shu qadar tortamanki, kam deganda butun palitsiya maxkamasining kóz óngida jirkanchlanasan. O'sha burchakdagi mitti kamera esa guvohimiz bóladi. ) uzimdan 10sm balandda turgan yigit qo'rqinchli ovozda pichrlarkan tipirchilashni to'xtatdim. Ko'zlarimni uning sovuq nigohlaridan olib qochgancha hona devorlarining burchgiga o'rnatilgan o'rtacha kattalikdagi kamerga qaratdim. Hafsalasizlik bilan kipriklarimni zichladim, menda boshqa iloj yo'q. O'rmon qoidalari bóyicha "yo'lbarsdan haflirog'i... bu yaralangan yo'lbars" bólarkan, ayni dam bu xonadagi xafliroq kimsa ham menman Kim Taehyung.

- Y...yyo'q... ) boshimni inkor manosida silkitgancha past ovozda javob berdim.

- Unday bo'lsa yahshi ) javobimdan mamnun kiprik qoqgan Taehyung qaddini tikkalab meni ham turishim uchun ko'maklashdi. - Men senga nima degandim qizaloq?

- Ko'rishamiz deganding.

- Va yana... ) qarshisidagi qizni kuch bilan o'ziga tortgan Taehyung uning nozik jismini hech ikkilanishsiz quchog'iga joyladi - Ana endi haqiqiy o'rningni topding!

Uning quchog'iga qulayroq joylashganimga ishonch hosil qilgach kaftimni menga butun diqqati bilan tikilayotgan telbaning ko'ksiga qo'ydim. Kaftimni nozik harakatlar bilan paslatar ekanman Kim lablarini tishlagancha iljaydi.

- Chindanmi? ) Aera

- Shubhasiz! ) Taehyung

- Men shunday kuzatib o'tiraverasanmi?

- Menga seni kuzatish yoqadi~ Tongcha shunday o'tirishga ham qarshi emasman men juda erinchoqman!

- Senga dangasalik yarashmaydi yigitcha. Ayniqsa qarshingda men kabi ayol turganda! ) lablarimni quloqlari oldiga elitgancha o'sha so'zni yana takrorladim. - Men kabi ayol!!!

- Sen kabi ayol*... ahaha sen kabi ayolmi qizaloq? ) javobimdan handon otib kulgan telba yalkalarimdan tutgancha meni qattiqroq ko'ksiga bosdi. - Davom et negadir menga sening so'zlaring yoqa boshladi!

- Senga bir narsa haqida aytib bermoqchiman. ) kaftimni belidan quyiroq*ga tushirib o'sha yer*ni siqimlagancha qulog'iga pichrladim.

- Butun vujudim bilan tinglayman qizaloq~ ) pastki labiga tishlarini botirgancha ko'zlarini yumgan Taehyung og'ir nafas olgancha javob qaytardi.

- Bilasanmi nima sen aytgan kamera... ) nigohlarim bilan hona burchagida joylashgan kameraga imlagancha so'zlarimda davom etdim. - U ishlamaydi.

- Demak bizda kuzatuvchilar bo'lmaydi. ) sochlarimni hiyol ortga olgancha tabassum qildim.

- Bir dona ham!

Javobimdan yuziga shahvoniy tabassum olgan yigitdan nigohlarimni qochirmay o'ng qo'lim bilan kamarimga qistirilgan to'pponchani olib uning tutqich tomoni bilan Taehyungning bo'yniga yahshigina zarba berdim. Mendan bunday ishni kutmagan yigitning quchog'idan yulqunib chiqdim-u hushini yig'ib olishiga yo'l qoymay ikkinchi bor yana shunday zarba berdim. O'ng oyog'imni hushini bir joyga jamlay olmayotgan yigit qorin bo'shlig'iga bosgancha sal avval o'zi yechgan kishanni qaytadan qo'llariga taqdim. Yuziga haddan tashqari yaqin kelgancha quloqlariga pichrlab undan uzoqlashdim. Eshik qarshisiga kelgancha ikki bor uni chertdim so'ng bir necha soniyaga bormay u ochilib qarshimda kulgusini bazorgina tutib turgan Yeonni ko'rdim. Tashqariga chiqmoqchi bo'ldim ammo bir narsa yodimga tushib ortimga o'girildim.

- Ha aytgancha Kim Taehyung sen bilan o'ynashish* menga juda yoqdi! Shunday tomoshalarni ko'proq uyishtirib tur maylimi...?

So'zlarimni yakunlab hushini deyarli yo'qotishga ulgurgan yigitga so'ngi bor nigoh tashlab eshikni yopdim.

- Hozir portlab ketasan Yeon. ) bazorgina o'zini kulgidan to'xtatib turgan do'stim ortiq chiday olmay baralla ovozda kulib yubordi.

- Kamerani bekor o'chirtirib qo'yibsan lanati qiz... ) hamon o'zini kulgudan to'xtata olmagan yigit ikki bukilib qolgancha noliy boshladi. - Shunday sahnani yana qayerda ko'raman endi?

- Menimcha keyingi gal bundan qiziqroq bo'ladi. ) yurish barobarida yuzimdagi g'olibona tabassum bilan do'stimga javob qaytardim. Chindan ham kayfiyatim alo darajaga ko'tarildi men o'sha lanitadan uni qamoqga tiqish uchun sarflagan bir necha oylik vaqtim va asablarimning intiqomini olgandim. - Keyingi gal kamerani yoqishinga ruhsat beraman!

*

Pov.Yujin: Erinibgina o'rnimdan turdim soat kechki sakkizdan o'tgan ko'zlarimni barmoqlarim bilan ishqalagancha yotog'imdan pastga tushdim. Yuvinish honasiga kirib yuzimni iliq suvda chaygancha honaga qaytdim. Kiyim alishtirishga erinib egnimga qalinroq jemferimni ilib oyna qarshisiga kelib yuzimga yahshiroq tikildim hammasi joyida ortiqcha pardozga hojat yo'q. Hech kimga sezdirmay ikkinchi qavatdan pastga tushgancha oshxona tomon harakatlanib orqa eshikdan tashqariga chiqdim. Yo'l yoqasiga yetib ulgurmay yelkamdan tutgan qo'llar sabab qo'rquv bilan ortga o'girildim. Qarshimda menga doimgidan farqi ravishda tikilib turgan yigitni ko'rib men ham yuzimga tabassum olib uning quchog'iga o'zimni otdim.

- Oppaaaaaa ) Bo'yi mendan biroz baland bo'lgan yigitimning bo'yniga qo'llarimni bog'lab olgancha uni quchdim.

- Quyoshim~ ) belimdan tutgancha meni yanada o'ziga qattiqroq tortgan Hoseok qulog'imga pichrladi

Meni qattiq quchib olgan sevgilim bir on bo'lsada belimga o'rab olgan qo'llarini bo'shatmadi. Agar qo'yib yuborsa qochib ketadigandek.

- Oppa siqilib ketdim. ) ovozimni biroz balandlatgancha injiqlik qila boshladim.

- Tshsh biroz shunday tur sog'inganman seni! ) ilojsiz bosh chayqab jim turdim, tan olaman men ham yigitimni sog'inishga ulurgandim.

~

Sevgilim bilan qo'l ushlashgancha uning shahar markazidagi kvartirasiga keldik. Yo'l bo'yi kaftlarimni bir on bo'lsada bo'shatmagan Hoseok uy ichiga kirganimizdagina meni qo'yib yubordi. Egnidagi paltosini yechib yelkalarimdan tutgancha mehmonxona tomon harakatlandi. Honadagi divanlardan biriga qulayroq joylashib oshxona tomon ketayotgan yigitimning ortidan termuldim. Yo'l bo'yi deyarli suhbatlashmadik u faqat qo'llarimdan tutgancha meni jim kuzatib ketdi. Bu odatiy bo'lgani uchun men uning bunday harakatlariga o'rganib qolganman. U odatda juda kamgap hatto bazan barmoq bilan sanaladigan darajada kam so'zlarni aytadi. Ikkimiz yolg'iz qolgan paytlardagina o'zini erkin tutib men bilan gaplashadi. Uning faqatgina men bilan muloqot qilishini juda yoqtiraman. Shuning uchun gavjum odamlar davrasida men bilan kam muloqot qilsa ham qarshilik qilmayman.

- Kechki ovqat uchun qanday taom hohlaysan Yujin? ) ortga qaytgan sevgilim stoll ustiga muzqaymoq va men yoqtirgan shirinliklarni qo'yish barobarida savol berdi.

- Och emasman o'zing nima istasang shuni tayyorla.

- Aniqmi? Chindan och emasmisan?

- Yo'q. ) so'zlarimni tasdiqlab bosh irg'idim u esa ortga burilib qaytadan oshxonaga kirib ketdi bir necha daqiqaga qolmay qo'lida men sevgan tovuq oyoqchalari bilan to'ldirilgan idishni ko'targancha oldimga keldi. Dimog'imga urulgan yoqimli is sabab past ovozda ingrab yubordim stoll ustiga qo'lidagi idishlarni joylab yonimga joylashgan yigit har ikkimizning likopchalarimizga tovuq oyoqchalarini soldi.

- Yemaysanmi? ) o'zining likopchasiga qo'l cho'zgan Hoseok bir qoshini ko'targancha savol berdi.

- Och emasman dedim. Sen ochqagan bo'lsang bemalol ovqatlanaver! ) so'zlarim sabab yengil tabassum qilgan yigitim bosh irg'igancha ovqatlanishda davom etdi. Meni uni kuzatib o'tirgandim bari bir tekkis katayotgandi toki qornim ochlik sabab ovoz chiqarib yubormaguncha. O'zimni qo'yarga joy topolmay nigohlarimni sevgilimdan olib qochdim boshqa tomonga tikilib tursamda yonimda bazorgina o'zini kulgudan tiyib turgan yigitni payqash qiyin emasdi.

- Yujin~ ) yonimdagi yigit ismimni erkalab chaqirdi ammo men uni yuziga qaray olmadim.

- Menga qaramaysanmi kichkintoy?

- H..haligi...men...
Hijolat aralash nigohimni qarshimdagi yigitga qaratdim chindan ham bu juda noqulay vaziyat edi. Lablarimni tishlagancha talmovsiranib ikkita so'zni bazorgina aytaoldim ammo menga etibor qilmagan sevgilim lablarim orasiga bir bo'lak go'shtni joyladi. Va ortiq hech narsa demadi yuzida meni mazahlayotganini bildiradigan hech qanday ifoda yo'q. Og'zimdagi luqmani chaynab yutishim bilan Hoseok lablarim orasiga keyingi go'sht bo'lagini soldi.

- Menga hech narsa demaysanmi? ) tovuq go'shtini chaynagancha savol berdim unga.

- Nim deyishim kerak Yujin? ) yana biroz oldingi harakatini takrorlagan Hoseok o'zini likopchasidagi taomini men tomon uzatdi.

- Ustimdan kulmaysanmi?

- Bu seni mazahlashimga arzimaydi! qolaversa men eng boshidan parhez qilishinga qarshi edim.

- Parhez qilishim senga yoqmasligini bilaman ammo men... meni tashlab nozik honimlarni oldiga ketib qolishingni istamayman!

- Seni tashlab ketish... Menga nisbatan ishonching bu qadar mo'rt deb o'ylamagandim.

- Men unday demoqchi emasdim. ) nigohlarini olib qochgan Hoseok qaytib men tomon nazar tashlamadi ham. 10daqiqacha shunday o'tirdik bitoq u bir so'z ham aytmadi

- ...

- Hoseok~

- ...

- Oppa~

- ... ) u barcha so'zlarimni javobsiz qoldirdi menga beparvo taomlanayotgani uchun u bilan ilk tanishgan kunlarimizga qaytgandek bo'ldim.

- Mening telba sevgilim~ Yaa bo'ldi endi birgina gapimga shunchami?

- ... ) bu gal ham sukunat va beparvolik bilan javob olgach hafsalam pir bo'ldi. O'rnimdan turib ketmoqchi bo'ldim ammo miyyamga kelgan bir so'z sabab bu fikrimdan qaytdim. U tomon biroz yaqinlashdim bu so'zni birinchi marta ishlatishim agar o'xshamasa chindan ham uyimga qaytib ketishimga to'g'ri keladi.

- Daddy~ ) qulog'iga hiyol egilgancha pichrladim tezlik menga nigohlarini qadagan yigit tabassum bilan belimdan tutgancha meni o'zi tomon tortdi.

- Nima deding quyoshim?

- Unutdim. ) bo'yniga qo'llarimni o'ragancha sevgilimning lablariga labimni bosib bir necha daqiqaga qolmay undan uzoqlashdim. - Endi mendan hafa emasmisan?

- Hammasini tugat likopchada faqat suyaklar qolsin! Shunda o'ylab ko'rishim mumkin. ) ko'zlari bilan likopimdagi tovuq oyoqlariga ishora qilgancha javob qaytardi.

- Yahshi. ) huddi u aytgandek qilib likopchada faqat suvaklarni qoldirdim. Meni jim kuzatib turgan Hoseok mamnun tabassum qildi. So'ngi bo'lakchani yeb bo'lganimdan so'ng quruq salfetkani men tomon uzatgan Hoseok ichishim uchun stakandagi suvni oldimga surib qo'ydi keyin esa o'rnidan qo'zg'alanib stoll ustini yig'ishtira boshladi.

- Men ham yordamlashaman. ) stoll ustidagi qolgan idishlarni ko'tarib orqasidan ergasha boshladim.

- Idishlarni sindirishgami? ) oshxona chanog'i oldida idishlarni tartiblayotgan Hoseok meni mazah qila boshladi.

- Yaaa oppa o'tkan gal tasodifan shunday bo'lib qoldi.

- Tasodifan naqd 5ta likopni sindirding.

- O'sha singan idishlaring mendan afzal bo'lsa keyingi gal meni uyingga taklif qilma! ) qo'limdagilarni zarda bilan oshxonada qoldirib chiqib ketmoqchi bo'ldim ammo ortimdan quchgan qo'llar meni to'xtatib qoldi.

- Hazillashdim kichkintoy shunchaki bu bino endigina sotuvga qo'yilgan va suv taminotida muammo bor. Aniqrog' aytadigan bo'lsam hali ham issiq suv yo'q men esa sevgilim qo'lini sovuq suvga urishini istamayman halos. Zero bu nozik barmoqlar bunday qora ishlar uchun yaratilmagan. ) kaftimga keyin esa barmoqlarimga lablarini bosgancha pichrladi. Bir zumda hafaligim tarqab yuzimga tabassum yugirdi. Nega u buqadar mehribon? Ortimga o'girilib uning doimgi sovuq ifodasi bilan to'qnashdim oyoq uchimda tutgancha yanog'iga lablarimni bosib undan uzoqlashdim. Menga hira tabassum bilan tikilgan Hoseok kaftimga labini bosib sal oldingi ishini davom ettira boshladi.

- Besh daqiqada bo'shayman istasang kutib tur agar hohlamasang mexmonxonaga qaytishing mumkin.

- Seni kuzatib turaman! ) qo'llarimni ko'ksim uzra bog'lab sevgilimning har bir harakatini kuzata boshladim. Ishini tamomlab men tomon yaqinlashgan yigit belimdan qo'lini orab olgancha boshqa bir honaga yetakladi. Ichkariga kirgach qotib qoldim, bu uning yotoqxonasi egnidagi sviterini yechib yotoqga o'zini tashlagan Hoseok bir necha daqiqadan so'ng men tomon nigoh tashladi.

- Bu yerga kel Yujin! ) yotoqning o'zidan ortgan qismiga kafti bilan urgan yigitim meni quchog'iga chorladi.

- Oppa men ketishim kerak.

- Ketasan?

- Bu yer Amerika emas istaganingcha oldingda qololmayman uydan qochib chiqganman agar dadam bilan akam habar topgudek bo'lishsa mendan havotir olishadi.

- Hech qayerga ketmaysan! Bugun shu yerda... meni oldimda qolasan.

- Ammo... dadam... ) so'zlarimni yakunlashimga ulgurmadim o'rnidan qo'zg'algancha meni quchog'iga tortgan yigitim bir og'iz so'zimni ham tinglamadi. Ortiga ikki qadam bosdi-da har ikkimiz matras ustiga quladik. meni quchgancha ko'zlarini yumarkan ortiq biror so'z aytmadi

- Chindan ham ketishim kerak Hoseok. ) uning quchog'idan chiqishga urunib tipirchilay bosjladim ammo tanamni o'rab olgan qo'llari bir soniyaga ham bo'shashmadi.

- Tshsh seni qo'yib yubormayman dedim! Shusiz ham bir hafta seni ko'rmadim shundat ekan menga halaqit qilma. Agar tipirchilashda davom etsang tishlab olaman Yujin!

- Biroz qo'llaringni bo'shata olasanmi? Siqib qo'yding meni.

- Boya qo'ng'iroq qilganimda nega darhol javob bermading? ) sochlarimni bir maromda silagancha savol berdi doimgidek yana mening gaplarim etiborsiz qoldi.

- Sen qo'ng'roq qilishingdan oldin shu qadar miriqib uhlayotgandimki agar meni ko'rganingda qayta-qayta qo'ng'iroq qilib uyqimni buzmasding.

- Unday bo'lsa chala qolgan uyqing davom ettir seni kuzatib yotaman. ) qo'llarini biroz bo'shatib peshonamga labini bosgancha pichrladi. Men doim tinch va hafsiz bo'laman agar u yonimda bo'lsa. Agar kechalari uhlayolmasam undan yonimda bo'lishini so'rardim bu quchoq men uchun dunyodagi eng behatar joy.

- Kuning qanday o'tdi?

- Aeraportdan chiqiboq birinchi oyimning oldiga bordim ular bilan ancha vaqt suhbatlashdim. Oyimni judayam sog'inyapman... ) so'ngi so'zlarimni shu qadar past ovozda aytdimki buni u eshitganinga shubham bor edi.

- Undan so'ng nima qilding? Aera bilan ko'rishmadingmi dugonang o'sha ortidan quvib yurgan jinoyatchini panjara ortiga jo'natibdimi? ) meni chalg'itish uchun mavzuni boshqa joyga burgan Hoseok Aera haqda so'ray boshladi ular bir marta ham ko'rishishmagan lekin men sabab u dugonamni yahshigina tanib olishga ulgurgandi.

- Yaaa uni eslatma~ ) tushlik vaqtidagi Taehung bilan ko'rsatgan tomoshamizni yodimga olib yuzimga kulgu yugurdi biz o'sha yaramasni yahshigina mazahlagandik.

- Quog'im senda ikki dugona kimnidir tazirini bergan ko'rinasiz? ) tabassumining qandydir ma'nosi borligini payqagan sevgilim meni so'roqga tuta boshladi. Qaddimni tiklab yotoqning yuqori qismigi yalkalarimni tiragancha so'zlash uchun og'iz juftladim.

Men tush vaqtida bo'lgan barcha voqeani unga aytib berarkanman yuzimdan kulgu arimasdi huddi men kabi tabassum qilayotgan Hoseokning ko'zlari bir lag'za bo'lsada mendan uzilmadi. U odamlarga rahm shavqat qilib o'tirmay kiprik qoqmasadan berilgan kimsani o'ldiradigan sovuqqon qotil men esa tug'ilganidan boshlab qo'lidan hech vaqo kelmaydigan faqatgina boy ota-onasining erkatoy, tantiq va tannoz qiziman. Meni hattoki kibr* odamlarni nazariga ilmaydigan kimsa deb atashganini eshitganman. Lekin u bilan yolg'iz qolganimzda ikkimiz shunchaki bir-birini jim tinglaydigan sevishganlarmiz undan ortiqg'i emas...

*

Tungi soat 00.45

Qo'lidagi shisha idishga to'ldirilgan o'tkir ichimlikdan ho'plagan yigit tomog'idan sirg'alib tushayotgan sevimli ichimligi tamidan rohatlandi. Bo'g'zini biroz shilib o'tgan ichimlik asablarini tinchlantirishi uchun kifoya qilib ko'zlarini ochgan Jungkook atrofni skaner qila boshladi. Sho'x ritmik musiqaga hamohang tarzda bar markazini band qilib raqsga tushayotgan juftliklarga nigohlarini qadarkan o'zida taranglikni his qila boshladi.

- Somin men bilan gaplashsih shu qadar zerikarlimi? ) kelganidan buyon telefon titib o'tirgan qizga qarata savol bergan Jungkook uning beparvoligidan noliy boshladi.

- Qo'lingdagi shisha idishga quyilgan klub narxidanda qimmat bo'lgan ichimlikni qanday ichayotganingni kuzatib o'tirish, men uchun qiziq bo'lmasa nima qilishim kerak? Men Yujin emasman sening har bir harakatingni kuzatib o'tiradigan . ) hamon qo'lidagi telefonidan bosh ko'tarmagancha javob qaytardi qiz.

- Demak o'zingizni qiziqtirmagan narsalarga etibor qaratmar ekansizda?

- Huddi shunday o'zimiz uchun qiziq bo'lmagan kimsa yoki buyumga hech qachon etibor qilmaymiz! Garchand u bizga foyda keltirsada... Shuning uchun qaylig'ingning nigohi doim senga qadalgan bo'ladi.

- Ammo hozir uning etibori menga qaratilgan emas. ) nafasi ostida pichrlagan Jungkookning ovozi clubdagi baland musiqa sabab Sominga yetib bormadi. Yana o'sha beparvo ifoda bilan telefonini kovlashtirib o'tirgan qiz ertangi sud ishi uchun o'zini tayyorlardi.

Park Somin

- Hayrli kech yoshlar. ) Jungkookga qarama-qarshi o'ringa joylashgan yigit ularning suhbatiga aralashmagunga qadar har ikkisining orasida sukunat hukm surgandi.

- Senga ham hayrli kech Jaeyun ) quruqgina javob qaytargan Jungkook qaytadan nigohlarini barga qaratdi.

- Salom qizaloq. ) bir qoshini uchurgancha pichrlagan Jaeyun tabassum bilan qizga nigoh tashladi.

- Senga ham! ) Somin

Yigitga huddi o'zidek pichrlab javob qaytargan Somin lablarini yoygancha keng jilmaydi.

- Nega clubdasan bugun uyda bo'lishing kerak emasmidi? ) Jungkook

- Sen sabab uyda emasman! ) do'stining sovuq ohangidan farqli ravishda javob qaytardi yigit.

- Men sabab. ) ko'rsatgich barmog'i bilan o'ziga ishora qilgan Jungkook uning so'zlarini tushunmay qarshisidagi yigitning so'zlarini takrorladi.

- Yujinga nima qilganingni bilmayman ammo tushlik vaqtidan beri uydagi hammaga zahrini sochib chiqdi. Uning g'azabiga nishon bo'lib qolmaslik uchun tunni shu yerda o'tqazishga majbur bo'ldim. ) o'rindiqga bor og'irligi bilan joylashgan yigit alamzada ifoda bilan Jungkookga tikilgancha noliy boshladi.
- Menga unday qarama Jaeyun singling bitta bo'sani ko'tarolmasa ayb menda emas!

- Birgina bo'sa uchun bunchalar asabiylashmagan bo'lardi agar ortiqcha biror harakat qilgan bo'lsang...

- Hech narsa qilmadim deyapman Jake! qolaversa unga nimadir qilishimga singling yo'l qo'yib beradi deb o'ylaysanmi?

Han Jaeyun🌚

- Bir daqiqa jim turasizmi yigitlar? ) Somin

Telefoniga kelgan qo'ng'iroq sabab yashil tugmani bosgan qiz telefon ekranini quloqlariga yaqinlashtirdi. Yigitlarning jim bo’lishi uchun barmoq harakati bilangina kifoyalangan Somin qo’ng’iroqga javob qaytardi. Asabiylik aralash suhbatni yakunlarkan qizil tugmani bosgach qo’ng’iroq qilgan insonni lanatlashni ham unutmadi.

- Jin ursin*

- Nimadir bo’ldimi? ) qizning yuzida hosil bo’lgan keskin o’zgarish sabab hayratlangan Jaeyun uni so’roq qilishni boshladi.

- Taehyung yana hunar ko’rsatibdi ) hafsalasiz nafas rostlagancha so’zladi. - Hozir mahkamada.

Javoban hech so’z deyolmagan ikki yigit shunchaki jim turishni afzal ko’rishdi.

- Jungkook meni mahkamaga olib borib qo’ya olasanmi? ) sumkasi va telefonini olgan Somin o'rnidan turish barobarida savol berdi. Uning so’zlariga beparvo qosh chimirgan yigit qo’lidagi billur idishdagi ichimlikni lablari tomon elitdi. Unga tushunarsiz ifoda bilan tikilib qolgan Somin yigitning aynidamdagi haddan tashqari beparvoligidan yetarlicha hayratlanishga ulgurgandi.

- Yo’q! ) bo’shagan idishni oynali stoll ustiga qo’ygan Jungkook gapni cho’zib o’tirishni istamay qisqa javob berdi.

- Nima? ) Jungkookning so’zlarini huddi eshitmagandek o’zini tutgan Somin hali hamon qo'lidagi viskisidan simirayotgan yigit tomon savol nigohi bilan yuzlandi.

- Hozir borib Taehyungni qutqarasanmi? Somin yosh bola emassan 2oy qamoqda o’tirib bugun tongda chiqgan Taehyung yana qayta o’zini o’sha panjara ortiga uloqtirdimi buni o’ziga yarasha sababi bor. Ha u telbadir lekin biror ishni besabab qilmasligiga aminman!

- Demak olib bormaysan yahshi unda o’zim ham ketaolaman! ) ortiq Jungkookning so'zlarini tinglashni istamagan qiz tezlikda davrani tark etdi.

- Men uni ogohlantirdim. ) hafsalasiz nafas rostlagan Jungkook allaqachon clubdan chiqib ketishga ulgurgan qizning ortidan kuzatgancha pichrladi. - Ammo u menga quloq solmadi, demak men aybdor emasman... shunday...

So'zlarini yakunlagan yigit yengilgina bosh chayqab o'zini oqlagandek bo'ldi. Qaytadan shisha idishni o'tkir ichimlik bilan to'ldirgan Jungkook, butun etiborini club markazida humoridan chiqguncha raqsga tushayotgan o'smirlarga qaratdi. Bir muddat ularni kuzatar ekan qo'lidagi alla qachon bo'shashga ulgurgan idishni stoll ustiga zarb bilan qo'ydi.

- Taehyung hech ikkilanmay g'azabini Sominga sochadi. ) do'stining harakatlarini boshidan beri kuzatib o'tirgan Jaeyun hotirjam ovozda so'zladi. Ammo uning so'zlaridagi havotirni payqab olish u qadar qiyin emasdi.

Shunaqa o'tiribdide Jaeyun faqat clubda🌚

- Yana uni yupatish menga qoladi. Jin ursin* ) o'zini iloji boricha hotirjam tutishga urungan Jungkook qanchalik chiranmasin yakunda baribir o'z g'azabiga yengilgancha o'shqirdi. - Ularning orasida hakamlik qilishim kam edi menga...

*

15daqiqadan buyon yo'l chetida turgan qiz qanchalik urinmasin taksi ushlolmasdi. Bu ko'chada odatda taksi ushlash bir muncha qiyin, aksariyat haydovchilar bu mavzeyga kelishdan bosh tortishadi. Sababi mast holdagi o'smirlar o'zlarini nazorat qilolmay turli xil mojorolar ko'rsatishadi. Soat tungi 2dan o'tgan bu vaqtda taksi buyurtma qilishning ham iloji yo'q taksi butkalari alla qachon ish vaqtini tugatishga ulgurgan. Hafsalasizlik bilan yer tepingan Somin haydovchisiz kelgani uchun o'zini koyishni ham unutmadi. Telefoni ekranini yoqgancha kotibasiga qo'ng'iroq qilayotgan qiz qarshisiga kelib to'xtagan qora mashinaga etibor ham qaratmadi. Uni ham shilqim yigitlardan biri deb o'ylagan Somin hamon telefoni ekranidan ko'zini uzmay turarkan quloqlariga o'rnagan tanish ovoz sabab harakatlaridan to'xtab qoldi.

- Jungkook? ) biroz egilib mashina ichiga yahshiroq nazar tashlagan Somin haydovchi o'rindig'idagi yigitga tikilib qoldi.

- Tushib eshikni ochib berishimni kutmayotgandirsan har holda? ) uning kinoyasi manosini tushungan qiz mashinani aylanib o'tgancha oldi o'rindiqga joylashdi.

- Mahkamaga olib borib qo'yasanmi meni?

- Yo'q istirohat bog'iga olib boraman.) qizning so'zlarini etiborsiz qoldirgan Jungkook mashinani harakatga keltirish oldidan javob qaytardi.

- Rahmat~ ) minnatdorchilik yuzasidan yigitning yanog'iga lablarini bosgan Somin havfsizlik kamarini taqib oldi. Unga bir muddat tikilib turgan yigit qizdan izoh talab qilardi go'yo. - Do'stim~

Qo'shib qo'ydi qiz o'zining past ovozida. Uning so'ngi so'zi sabab kulimsiragan yigit qaytadan yuzini yo'lga qaratgancha mashinani ishga tushurdi.

- Bu haqda Taehyung bilib qolsa jazo olishingni bilasanmi? ) nigohlarini yo'ldan olmay turib savol berdi yigit.

- Ha! va yana bu haqda unga aytmasligingni ham bilaman~ ) haddan ziyot hotirjam javob qaytardi Somin. Chunki u Jungkook bu haqda Taehyunga hech qachon og'iz ochmasligini bilardi.

- Yo'q bu gal aytib beraman!

- Ho'sh nima deysan Taega?

- Sevgiling meni yo'ldan uryapti deyman, majburan mendan bo'sa ham oldi deyman. Sening changalingdan arang qutilib qolganimni ham aytaman.

- U meni o'ldiradi!

- O'ldirmaydi ammo shifohonaga tushishinga kafolat beraman. ) Jungkookning so'zlari sabab qosh chimirgan Somin unga alamzada nigoh bilan tikildi.
- Havotir olma bir hafta shifohonaga sen uchun bemaza sho'rva tashiyman. Eng yaqin do'stimni och qo'dirib qo'ymayman har holda! Qara qanchalar mehribon do'sting bor seni.

Bir qoshini maqtonchoqlik bilan ko'tardi Jungkook.

- Sendek mehribon do'stim bor ekan umrim ohirigacha dushmanga zoriqmayman! ) qo'llarini bir-biriga bog'lagan Somin o'rindaqga suyangancha qoshlarini chimirdi. Bir necha daqiqalik sukutdan so'ng mashina salonida har ikkisining ham kulgu ovozlari jarang sochdi...

*

Biz Hoseok bilan yarim tungacha suhbatlashib chiqdik. Aniqrog'i meni jag'im tinmadi, sevgilim esa hech bir so'zimni etiborsiz qoldirmay meni gapirishdan to'xtamagunimgacha tinglab yotdi. Qanday uhlab qolganimni bilmayman ammo ko'zlarimni yumganimdan keyin ham nimalarnidir bidrlab chiqganim yodimda. Kam vaqt uhlagan bo'lsamda tiniqib dam oldim. Men yana biroz uhlashni istadim ammo kimdir meni o'zi tomon tortgancha qattiq quchib oldi. Bo'ynimga urilgan qaynoq nafas va dimog'imga urilgan o'tkir atrning men uchun yoqimli bo'lgan ifori sabab uning kimligini bilishga allaqachon ulgurgandim. Sochlarim barmoqlari yordamida ortga taragan sevgilim yelkamdan yengil turtgancha meni o'yg'ota boshladi. Quloqlarimga hiyol egilgancha ismimni bir necha bor erkalab chaqirgan yigitim hech bir qo'polliksiz yelkamdan qattiqroq turta boshladi.

- Uyg'onish vaqti bo'ldi kichkintoy~

- Yana biroz uhlashni istayman. ) ustimga yopilgan choyshabni yuqoriroq tortib yuzimni berkitgancha norozi ohangada o'dag'aylay boshladim. Chindan ham biroz ko'proq uhlashni istardim.

- Ishga kech qolaman Yujin. Birinchi kundan masulyatsizlik qilgim yo'q. ) men Hoseokning so'zlariga javob qaytarmadim, shunchaki yuzimni u tomon burgancha qorin bo'shlig'iga qo'limni o'rab olib qaytadan uyqimni davom ettirishga urindim. - Turaqol endi~

- Yana 10daqiqa maylimi? ) ko'zimni ochmay turib pichrladim.
- Yahshi faqat 10daqiqa! Ammo keyin hech qanday bahonalar o'tmaydi. ) men rozi ekanimni bildirib boshimni chayqadim. Hoseok ortiq menga hech narsa demay, boshimning orqa qismidan tutgancha meni ko'ksiga qattiqroq bosdi. Yuzim sevgilimning ko'ksiga ko'mgancha chuqur nafas rostlarkanman yelkamga bir maromda kelib urilayotgan kaftni his qildim. Huddi oyim kabi yelkamga tip-tip urgan sevgilim hotirjam dam olishimni istardi. Meni o'z domiga tortayotgan "uyqu" yo'qolib qolgandek bo'ldi. So'ngi 10daqiqani kipriklarimni bir-biriga zichlagancha uyqu bilan emas aynidam meni butun vujudi bilan quchib olgan yigitimning taftini his qilish bilan o'tkazdim. Oyimdan boshqa hech kim menga mehrini bu qadar ochiq namoyon qilmagandi hatto dadam bilan akam ham.

Ularni bu borada ayblamayman ehtimol mendan tortinishgani bois bunga jur'at qilishmagandir ammo Hoseok... u o'z his qilgan tuyg'ularning barini doimo ochiq namoyon qilgan. U tuyg'ularini so'zlar bilan emas aksincha harakatlari bilan ifodalaydi. U menga bir marotaba ham "Seni sevaman" demagan biroq sevmagan inson bu qadar mehr ko'rsatmaydi. Uning sevgisi shunday, uning tuyg'ulari shunday. Ular so'zlardan bilan emas aksincha harakatlardan iborat.

- Yujin~ vaqt bo'ldi.

- Shunchalik tezmi? 10daqiqani bunchalik qisqa ekanini bilganimda ko'proqq so'ragan bo'lardim. ) boshimni yuqoriroq ko'targancha qaddimni rostlab sevgilimning quchog'idan chidim.

Sochlarimni ortga taragancha g'o'ldiranar ekanman mening bu harakatlarimga tabassum qilgan Hoseok ko'z qiri bilan yuvunishxonasiga ishora qildi. Yotoqdan sirg'alib tushgancha oyoqlarimga uy shippaklarini kiyib u ko'rsatgan tomonga harakatlandim. 20daqqadan so'ng honaga qaytib kirdim yotoq ustida men uchun kiyimlar hozirlangan. Hozirga ob-havoga mos bo'lgan qalinroq sviter va jinsi shimga qarab qoshlarimni chimirdim. Ortimga shkafni ochgancha javonda qator tahtlab qo'yilgan Hoseokning kiyimlaridan birini olib ortimga qaytdim. Egnimga o'z o'lchamimdan ko'ra sezilarli darajada katta bo'lgan kiyimni ilgancha oyna qarshisiga keldim. Sochlarimni tartiblab sevgilimning atriga boshdan-oyoq burkanib olgancha oshxonaga qaytdim. Ochiq oyna orqali boshini tashqariga chiqargancha kim bilandir gaplashayotgan Hoseok anchagina asabiy ko'rindi. Agar adashmayotgan bo'lsam bu ispan tili. Bir necha daqiqa joyimda qadalib turgancha u suhbatni yakunlashini kutdim. Go'shakni qo'ygach qo'lidagi sigaretani pastga uloqtirgach ortga o'girildi. Menga zimdan tikilgan Hoseok lablarini tishlagancha kulib yubordi.

- Bu meniki. ) egnimdagi sviteriga ishora qilgancha pichrlagan yigit men tomon harakatlana boshladi. Qadamlari toki oramizda 10sm masofa qolguniga qadar to'xtalmadi. Qarshimga kelgan yigit menga zimdan tikilar ekan dimog'imga urilgan sigaretning achchiq isidan yoqimsizlana boshladim.

- Mumkin emasmidi? istamasang yechib qo'yishim mumkin. ) o'zimni ortga olgacha javob qaytardim.

- Yo'q! u mendan ko'ra senga ko'proq yarashib turibdi. Endi esa nonushta qilamiz. ) bosh chayqagancha ortidan ergashib oshxona ichiga kirdim...

*

Tongi soat 8.40

Palitsiya mahkamasi qarshisiga kelib to'xtaganan qora BMV rusumli mashinaga butun gavdasi bilan suyangan yigit qarshisidagi binodan ko'zlarini uzmasdi. Sal kam 2soatdan beri shu holatda turgan Jungkook uyqusizlik sabab yumilib ketayotgan ko'zlarini barmoqlari bilan ishqalarkan allaqachon sovushga ulgurgan qavasidan hopladi. Bir muddatlik o'ychanlikdan so'ng qaytadan etiborini mahkama darvozasi tomon qaratgan Jungkook yonverida huddi u kabi bir nuqtaga termulib turgan qizning horg'in nafas chiqarganini payqadi.
- Qachon qo'yib yuborishadi uni? ) yuzini biroz yon tomonga burgan Jungkook qo'llarini ko'ksi uzra bog'lab olgan qizga tikilgancha savol berdi.

- Allaqachon qo'yib yuborishlari kerak edi. ) yuziga o'rnashib qolgan charchoq aralash javob qaytardi Somin. Bir necha soniyalardan so'ng mahkamaning kichik eshigi ochilib ular kutgan yigit ko'rinish berdi. Yaqinlashib kelayotgan yigitga yahshiroq tikilgan qiz yuziga tabassum olgancha o'sha tomonga yugirdi. Hech ikkilanib o'tirmay o'zini yigitning quchog'iga otgan Somin chuqur nafas olgancha boshini sevgilisining yelkasi ustiga qo'ydi.

- Shshsh qizaloq bu nimasi ko'rishmaganimizga 24soat ham bo'lmadi hatto. Shunchalar tez sog'inib qoldingmi meni? ) quchog'idagi qizning belidan qo'llarini orab olgancha o'ziga qatiqroq tortgan Taehyung uning harakatlariga unchalik ham etibor qaratmadi. Shunchaki qizni qattiqroq quchish bilan kifoyalangan yigitni Sominning deyarli odatga aylanib ulgurgan harakatlari unchalik ham ta'sirlantirmagandi.

- Ha sog'indim seni~ ) hamon Taehyungdan uzoqlashmagan qiz o'zining past ovozida javob qaytardi. Uning javobidan mamnun tabassum qilgan yigit yuzini quyiroq ekgancha qizning lablariga labini bosdi. Qizning belidan tutgancha o'ziga yanada qattiqroq tortgan Taehyung harakatlarini sezilarli darajada qo'pollashtirib yubordi. Avval boshida qarshilik qilish uchun tish tirnog'i bilan kirishgan Somin yigitning ko'ksiga kaftlarini qo'ygancha o'zidan uzoqashtirmoqchi bo'ldi ammo Taehyungning huddi yirtqich hayvon kabi harakatlari uni uzog'lashishi uchun imkon bermadi. Bir lag'za... ikki oylik sog'inchi sabab o'z tuyg'ulariga yengilib ulgurgan Somin huddi sevgilisi kabi yovvoyilik bilan yigitga javob qaytardi. Ularning harakatalari sabab keragidan ortiq bezovtalangan Jungkook yuzini boshqa tomonga burarkan nafasi ostida do'stini lanatlashni ham unutmadi. Bir necha daqiqadan so'ng qizdan uzoqlashgan Taehyung uning allaqachon qizarishga ulgurgan yuziga tikilgancha tabassum qildi.

~

Tungi navbatchilik sabab keragidan ortiq charchagan Aera bino tashqarasihga chiqiboq chuqur nafas olgancha yaqin atrofdagi piyodalar uchun mo'ljallangan o'rindiqlarning biriga joylashdi. To'liq 24soatlik ish uni haddan ortiq toliqtirib qo'ygani bois hatto ko'zlarini ochish uchun o'zida kuch topolmay bir muddat shu holda turdi. Oradan o'tgan 5daqiqalik hordiq uni biroz o'ziga kelib olishi uchun kifoya qilmasada telefoniga kelgan habar sabab ko'zlarini ochdi. Qo'l telefonini yoqib kelgan habarga ko'z yugirtirib chiqgan Aera injiqlangancha o'rnidan qo'zg'aldi. Qaddini tiklab o'rnidan turgan qiz mashinasi tomon harakatlanar ekan kelgan habarga javob qaytarishni ham unutmadi. Qo'lidagi matohga chalg'ib mashinalar turargohiga kelgan qiz yo'l barobaridagi suhbatni yakunlab telefonini o'chirdi. Mashinasi oldiga kelgan qiz o'zidan bir necha metr uzoqlikdagi bir-birini pinjiga kirib ketar darajada turgan juftlikga tikilib qoldi. O'sha yigit... o'zi bir necha soat oldin qo'llariga kishan taqib panjara ortiga jo'natgan mahbus hozir uning qarshisida. Ozodlikda turardi. Quchog'idagi qizdan humoridan chiqgunga qadar bo'sa olayotgan yigit. Kipriklarini bir-biriga zichlab olgancha hech kimni etiborga olmagan Taehyungning yagona dardi ayni dam quchog'idagi qizdan boshqasi emasligi aniq edi. O'zi uchun yoqimsiz va tom manoda jirkanchli bo'lgan manzaraga ko'zi tushgan Aera yuzini boshqa tomonga burishi, yoki u yerni butunlay tark etishi mumkin edi. Ammo u bunday qilmadi shunchaki o'sha ikkita juftlikning har bir harakatini kiprik qoqmay kuzatib turdi. Quchog'idagi qizdan uzoqlashgan yigit uning iyaklaridan tutgancha shu qadar yoqimli tabassum qildiki... o'sha tabassumning o'zi ham Tahyungning sevgisi aslida qay darajada ekanini ko'rsatib bergandek bo'ldi. Yigitning ko'zni qamashtiruvchi tabassumiga bir muddat tikilib qolgan Aera terslik bilan nigohlarini yon tomonga olib qochdi. O'zini befarqdek tutib mashina ichiga joylashgan qiz dvigetelni ishga tushirgancha turargohni tark etdi. Rulni bir maromda boshqarib ketarkan keskinlik bilan tormozni bosdi. Mashinaning old oynasi orqali Taehyung va o'sha qizni kuzatgan Aera lablari orasida pichrladi.

- Demak sevgiling bor ekanda Kim Taehyung? ) mashina salonida bir muddatlik sukunat hukm surarkan Aera bu vaqtni o'sha juftlikni kuzatish bilan o'tqazdi. - Men esa seni "yuraksizsan" deb o'ylagandim.

Lablariga tushunarsiz tabassum olgan qiz so'ngi bor mashina oynasi orqali ortga nazar tashlarkan qaytdan mashinasini ishga tushurgancha turargohni butunlayiga tark etdi.

Davomi_bor....

#Nisa
@gold_fanfics