January 13

My Darkside

Season_2

EP_17

Havo harorati sovuq bo'lishiga qaramay qizning sochlari ter sabab ivib ketgandi. U buni qildi! Huddi Jungkook istagandek qizning tanasi uning oyoqlari ostidagi tuproqga qorishgandi. U nafaqat Deani jismonan tahqirladi, balki o'zi aytgandek qizning shanini ham tuproqga qorishtirgandi. Hech bir reaksiyasiz qaddini tiklagan Jungkook sal avval Deadan tortqilagancha yechib olgan paltoni qaytadan qizning egniga kiydirdi. Rafiqasining to'zg'ib ketgan sochlarini tartiblagan yigit uni ko'targancha omborxonani tark etdi. Behush bo'lsada yoqimsiz og'riqdan bezovtalangan Dea horg'inlik bilan nafas yuta boshladi. Uning og'riq sabab norozi shovqinini eshitgan Jungkook qizni mashina o'rindig'iga qo'yish barobarida uning haroratini teksirdi

~

Qosh qorayishga ulgurgan mehmonxona zalida uyoqdan buyoqga borib kelayotgan Hyewon honim yana bir bor soatni tekshirdi. Soat millari tungi to'qqizga yaqinlashib qolgan, hafsalasizlik bilan nafas chiqargan ayolning qulog'iga kichik shovqun chalindi. Ortiga o'girilgan honimning ko'zlari eng avvalo o'g'liga keyin esa uning qo'lida hushsiz yotgan keliniga tushdi. Bir ondayoq vujudini vahima qoplab olgan ayol shoshgancha ularning qarshisiga keldi. Jungkookning ertalab qizni tortqilagudek uydan olib chiqib ketgani yodiga tushgan ayol Deaning abgor ahvolini ko'rgach o'g'lini so'roqga tutmoqchi bo'ldi

- Jungkook...

- Hozir emas oyi... ) oyisining so'zlarini hattoki eshitishni istamagan Jungkook Hyewon honimni chetlab o'tgancha yuqoriga ko'tarildi - Faqat hozir emas...!

Hona eshigini ochgancha ichkariga kirgan yigit eng avval qizni yumshoq matras ustiga yotqizdi. Deaning egniga choyshabni yuqoriroq tortib, ikki soniya uning yuzini kuzatib turgancha honani tark etdi. Tashqariga chiqiboq unga izoh talab qilganday tikilib turgan onasi bilan to'qnashgan Jungkook chuqur nafas oldi

Jungkook

- Oyi... ) qo'lini shimining cho'ntagiga solgan yigit qarshisidagi ayolga tikilib qoldi

- Buni izohlab berasanmi? ) sal avvalgi voqea uchun hisob so'radi Hyewon honim - Unga nima qilding?

Nigohlari orqali biroz qiya ochiq holdagi hona eshigiga ishora qildi

- Aytarlik hech narsa ) quruq javob qaytardi Jungkook pinagini buzmay

- Ertalab salkam sudraguday uydan olib chiqib ketding endi esa hushsiz holda qaytarib olib kelyapsan. Unga nima qilding? ) savolini takrorladi Hyewon honim. Jungkookning nigohlari endigi navbatda onasidan chetlangan. U go'yo hatti harakatlarini izohlashni istamasdi - Izoh kutyapman Jungkook

Qat'iylik bilan dedi ayol. U javob berishdan qochmoqchi bo'ldi biroq Hyewon honim shunchaki bunga imkon qoldirmadi

- Jungkook... ) o'g'lining ismini takrorladi ayol

- Nima qilishim kerak bolsa shuni qildim! U qilgan hatosi uchun tovon to'ladi. Oyi iltimos qilaman meni siquvga olishni bas qiling. Siquvga olishlaringiz battar jahlimni chiqaryapti halos. Bilasiz jahlim menga emas atrofimdagilarga koproq ziyon yetkazadi. Eng ko'p esa siz kuyib pishayotgan kelingizga

- Sen kimsan o'zi? ) Jungkookning so'zlari sabab keragidan ortiq asabiylashgancha dedi ayol - Taniyolmayapman seni

Hyewon honimning so'zlarini etiborsiz qoldirgan yigit ortiga o'girilgancha hona eshigini qulfladi. Eshik tutqichidan kalitni chiqargani hamonoq uni shimining cho'ntagiga soldi. Oysini chetlab o'tgan yigit ikki qadam bosib ulgurmay to'xtab qoldi

- Bu haqda so'rashingiz kerak bo'lgan odam men emasman oyi ) kaftlarini musht qilgancha ortiga o'girilmay dedi Jungkook - Undan so'rang buni...

So'zlarini davom ettirdi yigitdi hissiz ovozda. So'ng esa u yerni tark etdi. O'g'lining ortidan kuzatgan Hyewon honim afsus bilan lablarini tishladi

- So'rolmayman... unga qilgan ishlaringdan so'ng hech narsa haqda izoh talab qilib bo'lmaydi telba ) nigohlarini yopiq eshik tomon ko'chirgan ayol kaftini uning hoshiyasiga qo'yarkan, Jungkookning harakatlari sabab hafsalasi pir bolgancha siniq ovozda dedi

- Qurbon bo'lganing uchun kechir qizim...

~

Eshikni jahl bilan yopgancha ichkariga kirgan Jungkook kaftlari orasidagi kalitni alamzadalik bilan uloqtirib yubordi. O'zini nazorat qilish uchun tirisharkan ilk qilgan ishi yuvunishxonasiga kirish bo'ldi. Ichkariga kirgan yigit egnidagi kiyimlarini yechmay dush ostiga turgancha sovuq suv jo'mragini buradi. Hech bir harakatsiz turgan Jungkook faqatgina suv tomchilarini tushishi uchun imkon yaratib berardi halos

Tahminan yarim soat shu alfozda turgan yigit nixoyat suvni o'chirdi. Sovuq suv tasirida keragidan ortiq junjukga tanasini halat bilan oragancha honaga qaytdi. Qadamlarini honaning chetida joylashgan kichik bar tomon yo'naltirarkan u yerdagi eng o'tkir ichimlikning uch shishasini oldi. Keyingi galda hona markazidagi yotoq tomon yo'nalishini o'zgartirgan Jungkook shishalarning birini yurish davomida bo'shatdi. Yumshoq matras ustiga joylashgach allaqachon bo'shab ulgurgan idishni shunchaki honaning bir burchagiga uloqtirdi. Endigi navbat keyingisiga. Shu alfoz uchinchi shishani ham bo'shatishga ulgurgan yigit boshini par yostiq sirtiga qo'ydi. Tongda bo'lgan barcha narsani unutishni istab kipriklarini zichladi. U odatda bu qadar tez uhlab qolmaydi biroq meyoridan oshgan alkagol uning tetik tanasini lanjlashtirib yuborgandi

~

Erta tong. Odatdagidek kunini tongi qizdiruvchi mashqlar bilan boshlagan Jungkook uchun bu kunni ilgargilaridan deyarli farqi yo'q edi. Qo'lidagi shtangani o'z o'rniga joylarkan horg'inlik bilan nafas rostladi. Jungkook doimo o'zi uchun eng qulayini tanlagan, shu sabab ham bu yerdagi mashq zali Shatlandiyadagisi bilan bir xil. Hattoki mashq uskunalari joylashgan o'rinlar ham. Stol ustidagi idishni ko'tararkan undagi suvni hansiroq bilan ichdi. O'rnidan qo'zg'alarkan suvning qolgan qismini yuqoriga ko'tarilish barobarida bo'shatdi. Endigina ikkinchi qavatga ko'tarilgan Jungkookning nigohlari Dea ikkisining honasiga tushdi. Qo'lini eshikning tutqichi tomon uzatdi-yu uni o'zi tomon tortdi. Qoshlari tushunarsizlik bilan chimirilarkan yopiq eshikga tikilib qoldi

- Yo xudoyim unutibman... ) tunda honani aynan o'zi qulflaganini eslagan Jungkook pastki labini tishlagancha g'o'ldirandi - 15daqiqada qaytaman sevgilim so'ng esa tundagi suhbatimizni* davom ettiramiz. Men o'zingni oqlashing haqidagi tomoshani ko'rmoqchiman...

So'ngi so'zlarini deyarli pichrlab aytgancha u yerni tark etdi yigit

10 daqiqalik yengil dushdan so'ng ortiga qaytgan Jungkook kalit yordamida eshikni ochdi. Ichkariga kiriboq hamon uyquda bo'lgan rafiqasi bilan to'qnasharkan, qo'l soati orqali vaqtning aniq hisobini oldi. 11.13 tush vaqtiga yaqinlashib qolgan.

Jungkook rafiqasini juda yahshi biladi. Dea hech qachon tush vaqtiga qadar uhlamagan, hattoki butun tunni uyqusiz o'tkazgan kezlarda ham. Rafiqasining yumuq ko'zlariga tikilgan yigit qadamlarini yotoq tomon yo'naltirdi

- Dea~ ) past ammo qizning eshitishi mumkun bo'lgan to'nda shivirladi yigit - Dea uyg'on...

Qizdan hech bir sas chiqmagach takror og'iz juftladi Jungkook. Biroq ikkinchi bor ham hech qanday javob bo'lmadi. Yuzini quyi ekgan erkak o'zini vazmin tutishga uringancha Deaning yelkasidan yengil turtdi

- Shunchalik qattiq uhlab qoldingmi? ) o'ziga-o'zi pichrladi Jungkook - Yoki tomosha ko'rsatyapsanmi? mmm..... menimcha yana ro'l o'ynayapsan

Lablarini qimtigancha dedi yigit. Ikki soniyadan so'ng esa uning lablariga bepisand kulgu yugurdi. Qizni mazahlash uchun qilingan tabassum bu

- Aktrisalik qobilyating zo'rligini bundan 5yil ilgari sezib ulgarganman Jeon honim~ .... biroq senga past baxo bergan ko'rinaman ) yuzidagi o'sha jirkanch tabassumini yo'qotmay turib qizni kesatishda davom etdi Jungkook. Ikki daqiqa huddi telba insonlardek baland ovozda kuldi-yu keyin esa yuzida doimgidek sovuq ifoda yaratdi. Kaftlarini qizning ustidagi yopinchiq tomon cho'zgan yigit uni jahl bilan yotoqdan pastga uloqtirdi. Nigohlari rafiqasining egnidagi kiyimi bilan to'qnashgan Jungkookning musht qilib tugilgan kaftlari bo'shashib ketdi. Dea kecha Jungkook uni qanday qoldirib ketgan bo'lsa aynan o'sha holatda. Qizning yalang tanasi faqatgina qalin palto bilangina o'ralgan. Hattoki to'laligicha tuproqga botgan ustki kiyimi ham yechilmagandi - Dea...

Qizni qattiqroq turtgancha dedi Jungkook. Biroq ilgargilari kabi javoban qizdan biroq sas yangramadi. Ana endi qizning ahvoliga jiddiy qaragan Jungkook takror-takror rafiqasining ismini aytdi. Bari besamar. Dea Jungkookning chaqiruvlari-yu, yigitning turtishlariga ham hech qanday reaksiya bildirmadi. Kichik qo'rquv.... o'zida kichik qo'rquvni his qilgan Jungkook yuzini yanada quyi ekgancha rafiqasining lablariga yaqinlashdi. "U nafas olyapti"....

Pov.Jungkook:

Bu yerga Dea bilan kechagi suhbatimizni yakunlash uchun kirdim. Hamon g'azabdaman o'zimni tutishga qanchalik urunmay ichimdagi olovni so'ndirolmayapman. Ichimda hamon to'planib turgan g'azabni rafiqamga sochib, garchi imkonsiz bo'lsada uni qanday o'zini oqlayotganini tomosha qilishni istadim. Ammo ayni dam uni ko'rib turgan ahvolim.... u havas qilarli darajada emas. Mening rafiqamning sochlari... ular juda yomon ahvolda tanasi haqda esa gapirmasa ham bo'laveradi. Men uni bir necha bor uyg'otdim biroq bunga javoban unda kichik harakatni ham payqamadim. U men kecha qay holatda bir o'zini manashu honada qoldirib ketgan bo'lsam aynan o'shanday edi. Egnidagi loyga botgan kiyim, sezilar-sezilmas to'zg'ib ketgan sochlar. U hattoki egidagi kiyimini ham o'zgartirmagan. Men 5yildan so'ng ilk bor unga nisbatan qo'rquvni his qildim. Kaftlarimni rafiqam tomon cho'zgancha unga qaddini tiklashiga ko'maklashdim

Pov:Avtor:

Qizning egnidagi ustki kiyimini yechayotgan Jungkookning nigohlari qalin paltoning etak qismiga tushdi. Shubha uyg'otuvchi qizil dog'lar. Oppoq paltoning etak qismida uqadar ko'p emas ammo odamni havotirga sola oladigan darajada qon dog'lari mavjud. Havotiri yanada ortgan Jungkook kaftlari orasidagi qizning tanasini qattiqroq quchdi. Imkon qadar o'zini vazmin tutishga urindi-yu qadamlarini yuvunishxonasi tomon yo'naltirdi. Ichkariga kiriboq Deani vanna ichiga joylarkan sovuq suv jo'mragini buradi. Tanasiga tushgan suv tomchilari sabab bezovtalangan qiz istamasada ko'zlarini ochdi. Ilk lag'zadayoq chiddab bo'lmas og'riqni his qilgan Dea lablarini tishladi. Qizning asta sekin o'ziga kelayotganini payqagan Jungkook qaddini bukgancha marmar ustiga o'tirdi

- Sovuq.... ) bazo'rgina kipriklarini ochgan qizning kichik ingroq tovush yuvunishxonasi bo'ylab tarqaldi. U buni aniq eshitdi. O'rnidan qo'zg'alarkan rafiqasini quchgancha dush ostiga turdi. Biroq u suvni o'chirmadi. Shunchaki suv bosimini yanada ko'targancha Deaning yalang tanasini quchib turishda davom etdi - Jungkook... ilti...mos...suvni o'chir....

- Yo'q! ) keskinlik bilan rad qildi yigit - Bu o'zinga kelishinga yordam beradi

O'zini oqlagandek bo'ldi Jungkook.

- Naf..rat...lana...man... ) hamon titroq tark etmagan lablarini juftlagancha birgina so'zni aytaoldi qiz - lanati*

~

10daqiqadan so'ng hanaga qaytgan Jungkook rafiqasini yotoq ustiga qo'ydi. Ortiga o'girilarkan o'zining nam kiyimlaridan yurish barobarida halos bo'ldi. Ikki daqiqadan so'ng quruq ust bosh bilan ortiga qaytgan Jungkookning qo'lida Dea uchun ham kiyimlar bor edi

- Ularni kiy! ) qo'lidagi kiyimlarni yotoq ustiga tashlagan Jungkook kipriklarini bir-biriga zichlab olgan rafiqasiga tikildi. Dea uhlamayapti. Shunchaki yigitning aft-angorini ko'rishni istamayapti halos

- Qilmayman!

- Nima?

- Ularni kiymayman Jeon! ) ko'zlarini ochmay turib javob qaytardi qiz. Uning so'zlari hech bir hissiz mutlaqo befarq yangradi

- Dea ularni kiy! Shifoxonaga borishing kerak yahshi ahvolda emassan )ilk bor ularning suhbat ohangi bir xil yangradi. Hech qanday hissiyotsiz, majburlikdan aytilgan so'zlar. Bu umumiylik tom manoda dilni xira qiladi

- Meni bu axvolga kim soldi?

- O'zing aybdorsan barchasiga

- Vaholanki shunday ekan men bilan ishing bo'lmasin! Hoziroq chiqib ket honamdan! ) ortiq o'zini nazorat qilolmagan Dea ko'zlarini ochgancha befarqlik bilan Jungkookga tikildi. Kaftini eshik tomon yonaltirarkan nigohlari orqali unga ketishga undadi

- Demak yahshilikcha bularni kiymaysan.... ) qiz tomon yaqinlashish oldidan dedi yigit - Doimgidek...

Kafti yordamida Deaning bilaklarini majburan siqgan Jungkook yotoq ustidagi ich* kiyim tomon cho'zdi. Qo'pollik va kuchli bosim bilan rafiqasining jismini tanasi ostiga olgancha qolgan kiyimlarini birma bir kiydirishga tushdi. Uning harakatlaridan betoqatlangan Dea yigitdan qutilishga urindi. Biroq Jungkookning zo'raki harakatlari oldida doimgidek ojiz qoldi

*

Markaziy shifoxona qarshisiga kelib to'xtagan qora rangdagi mashina. Uning ichidan tushgan erkak mashinani aylanib o'tgach yon eshikni ochdi. Rafiqasini qo'llariga ko'targancha bino ichiga kirgan yigit huddi filmlardagidek ko'rinardi. Kelishgan qomat, qora rangdagi klassik shim, tugmalari ikki pog'ona yechilgan oq ko'ylak. Uning qo'llarida esa jussa jihatdan o'zidan ikki karra kichik qora sochli honim. har qanday insonni o'ziga rom eta oladigan darajadagi uyg'unlik. Karidordagi barchaning nigoha endigina ularning oldidan o'tib ketgan juftlikga qaratilgandi. Ularning barchasida birgina umumiy his bor.... havas...

- Bu hona janob Jeon ) shoshgancha Jungkookning ortidan ergashgan Evan kerakli honani ko'rsatdi. Hona ichiga kiriboq qizni shifoxona kravatiga qo'ygan Jungkook Deaning hamon yumuq ko'zlariga tikildi. U gapirmayapti. Hafsalasizlik bilan nafas chiqargan Jungkook butun yo'lni dilni hira qiladigan sukutda o'tqizishganini esaladi. Barmoqlari yordamida peshona sohasini ishqalarkan telefoniga kelgan qo'ng'iroq sabab sergaklandi. Qo'ng'iroqni ovozsiz rejimga qo'yishni istadiyu biroq ekrandagi ism sabab bu fikridan qaytdi. Istar-istamas yashil tugmani bosgan Jungkook telefonni quloqlari tomon yaqinlashtirdi

- Eshitaman janob Yeobin ) nariga tomondan yangragan so'zlar shusiz ham tarang bo'lib turgan asab tolalarini chertgandek bo'ldi. Kaftlarini musht qilib tugdiyu biror so'z aytolmay jim qoldi - Ammo janob hozir bundanda muhumroq ishlarim bor meni... Ammo janob.... Tushunarli

Suhbat yakunlangancha qizil tugmani bosgan Jungkook nigohlarini rafiqasiga qaratdi. U tongda qanday ahvolda bo'lsa hozir ham huddi shunday. Qaddini biroz ekgancha Deaning qarshisida cho'kkalagan Jungkook so'zlash uchun og'iz juftladi

- Dea~ ) qizning ismi Jungkookning lablari orasidan yangradi - Janob Yeojun qo'ng'iroq qildi

- Ketishing mumkun ) yigitga so'zlarini davom ettirishga imkon bermadi qiz

- Tushunmadim?

- Ket! ) qat'iylik bilan dedi qiz hamon kipriklari zichlangan ko'yi - Sensiz qulayroq bo'ladi ...

So'zlarini davom ettirdi Dea. Reaksiya 0 foizga teng. U shunchaki yigitga etibor qilmayapti, ayni vaziyatda har qanday so'z ortiqcha ekanini anglagan Jungkook shunchaki jim bo'ldi. Qadamlarini chiqish tomon yo'naltirgan Jungkook eshik yonverida turgan qo'riqchisiga yuzlandi

- Undan bir qadam ham uzoqlashma! Boshing bilan javob berasan ) sekinlik bilan ko'zlarini ochgan Dea eshik tomon nigohlarini qaratdi. So'zlarini tamomlagan Jungkook hatto ortiga qaramay u yerni tark etdi. Qizning yuziga mazaxona kulgu yugirdi

Ko'rdingmi? u sen uchun hech qachon ortiga o'girlmaydi ) faqat o'zigina eshita oladigan to'nda pichrladi Dea

Ikki daqiqadan so'ng esa shifokor kirib keldi. Qizga o'rnidan qo'zg'alishi uchun ko'maklashgan shifokor uni tug'ruq stoli ustiga yotkizdi

- Honim oyoqlaringizni yoying ) dedi shifokor qo'liga strillangan metal anjomni olgancha

- Chiq! ) yuzini yon tomonga burgan Dea hamon eshik yonida turgan yigitga yuzlandi - Hoziroq chiqib ket bu yerdan

- Ammo Jeon honim janob aytdilarki... ) so'zlarini tamomlashga ulgurmagan yigit tomon shisha idishni uloqtirdi qiz

- O'z hadding chegarisini bil! Hoziroq honadan qorangni o'chir! Keyingi gal uloqtiradigan narsa* senga yoqmasligi mumkun.... ) qat'iy aytilgan so'zlarga javoban hech narsa deyolmagan yigit honani tark etdi. Ortiqcha qarshilik qilishga o'rin yo'q har ne bo'lganda ham Dea Jungkookning rafiqasi. Evan uning kim ekanini va o'z o'rnini juda yahshi biladi

- Honim bu yigit turmush o'rtog'ingizmi? ) ortiga o'girilgancha dedi shifokor

- Yo'q ) quruq javob qaytardi qiz. So'ng esa shifokor talab qilgandek oyoqlarini ikki yonga yoydi. Yuzini quyiroq ekgan shifokorning nigohlari Deaning pastki* qismiga qaratildi. Uning harakatlaridan bezovtalangan qiz yuzini yon tomonga burdi. Nozik qismga* tekgan sovuqlik. Tobora yuqorilab borayatgan metal bo'lagining sovuq harorati sabab bezovtalandi qiz. Istamasada tezlashib borayotgan nafas olish ritmi va titroq turishni boshlagan tana. Hijolat sabab lablarini qimtigan Dea tezroq ko'rik tugashini kuta boshladi. Yarim soatdan ortiqroq davom etgan muolaja tugagach Deaga suv uzatdi shifokor. Hovluqqancha idishdagi suvni bo'shatgan qiz uni shifokorga qaytarib berdi. Muolaja stoli qarshisiga o'tirgan ayol qo'lidagi tahlil natijalarini ko'zdan kechirdi

- Jeon honim anchadan buyon Kontraseptiv (homiladorlikni oldini oluvchi) dorilar qabul qilasizmi? ) hamon titroq bilan nafas olayotgan qiz tomon yuzlangancha dedi

- Ha... 3yildan beri ) ma'lum qildi Dea - Muntazam ravishda

- Bunday dorilarning sog'liq uchun zararli tomonlari haqda habaringiz bormi? Hech o'zingizda salbiy asoratlarni payqaganmisiz?

- Surunkali bosh og'rig'i va holsizlik. O'tkan bir yil mobaynida menda shunga o'xshash holatlar kuzatildi. Uch oy oldin esa men bunday dorilarni qabul qilishni to'xtatdim

- Nima uchun? Jeon honim 3yil muntazam ravishda homiladorlikga qarshi dorilar qabul qilganingizni aytdingiz buni nima uchun qildingiz?

- Bu haqda hisob berishga majbur emasman deb o'ylayman

- Yo'q majbursiz! Sizning shifokoringizman izoh berishingiz kerak bu haqda

- Shunchaki buni istamaganmiz ) istamaygina javob qaytardi qiz - Agar muolaja nixoyasiga yetgan bo'lsa ketishim mumkun

Ortiq biror so'z aytishni istamagn qiz yoqimsiz og'riq bilan o'rnidan qo'zg'aldi. Biroq ikki qadam bosib ugurmay ortidan kelgan ovoz sabab mutloq harakatsiz qoldi

- Siz homiladorsiz ) qizning beparvoligidan betoqatlangan ayolning lablaridan ikkita so'z yangradi. Dea barchasini unutdi butun vujudidagi yoqimsiz og'riqga ham qo'l siltagan qiz shifokorning aytgan so'zlari sabab tushunarsiz vaziyatga tushib qoldi

- Nima?

- Tabriklayman Jeon honim yaqinda ona bo'lasiz.... homila ikki yarim oylik unda hammasi joyida. Nazarimda qattiq qo'rqib ketgansiz shu sababli ham qon ketgan biroq buning qo'rqinchli joyi yoq. Hammasi alo darajada

Ortiq hech qanday so'zni qabul qila olmagan Dea pol ustiga cho'kkaladi. Ayni vaziyatda na sevinishni va na hafa bo'lishini bilmagan qiz bo'sh ifoda bilan bir nuqtaga tikilib qoldi

~

Arang qadam bosgancha tashqariga chiqgan Dea uni karidordagi stollarning birida o'tirgancha kutib o'tirgan yigitga parvo ham qilmadi. Kaftini devor sirtiga tirgancha holsiz qadam bosayotgan qizni ko'rgan qo'riqchi shoshib qoldi

Shoshgancha u tomon yaqinlashdi-yu qizning beli atrofiga kaftlarini bog'lagancha yurishi uchun ko'maklashdi

- Ahvolingiz yahshimi Jeon honim? ) qizning o'ychan ifodasini kuzatgancha dedi Evan

- Meni bu yerdan olib ket... ) nigohlarini yon veridagi yigit tomon qaratgan Dea past ovozda pichrladi - iltimoss...

Shu so'zlaring o'zi kifoya qildi. Qizning nozik tanasini hech ikkilanmay qo'liga olgan yigit Dea istagandek uni shifoxonadan olib ketdi. Shahar markazidagi kichik mavze'yga yetib kelgach mashinani to'xtatgan Evan orqa o'rindiqga nigohlarini qaratdi. Hech bir so'zsiz shunchaki oyna orqali tashqarini kuzatayotgan honimga zimdan tikilgan yigit mashinadan tushdi. Yo'lning narigi chetidagi oziq ovqat do'koni tomon harakatlanarkan birozdan so'ng u yerdan qo'lida kichik paket bilan chiqdi. Mashinaga o'tirgach qo'lidagi paketni Deaning kaftlariga tutqazdi

- Bu nima?

Javoban kichik tabassum qilgan yigit biror so'z aytmay dvigitelni qaytadan ishga tushurgancha u yerni tark etdi. Qizil chiroq sabab ilk muyilishdayoq mashinani to'xtatgan Evan telefonini yoqgancha musiqalar bo'lmasiga kirdi. Ikki soniya nimanidir qidirdi-da so'ng esa ekranni o'chirdi. Mashina saloni bo'ylab Shine with me (Men bilan porla) nomli qo'shiq yangradi

Evan

Uyga qaytgan Dea hech narsaga etibor qilmay o'z xonasiga ko'tarildi. Ichkariga kiriboq eshikni qulflagan qiz qo'lidagi paketni yotoq ustiga tashladi. Egnidagi palto'sini yecharkan so'ng o'zi ham u yerdan joy oldi. Boshini par yostiq ustiga qo'ygan qiz shiftga tikilgan ko'yi takror o'z hayollari domiga cho'kdi

Pov.Dea:

Butunlayiga hayratda qoldim. Shifokoraytgan o'sha so'z hamon quloqlarim ostida jaranglarkan nima qilishimni bilmay qolgandim. Bu habardan sevinishim kerakmi? Yoki aksincha ranjishim? Ayni o'sha kezda nimani hos qilish kerak ekanini bilmay qoldim. Hottoki hozir ham. Men o'tkan yillar mobaynidan Jungkookdan farzandli bo'lish haqda o'ylab ko'rmadim. Bu istamaganim uchun yoki Jungkookdan qo'rqganim sabab qilmadim. Bizda u qadar ko'p suhbat bolmagan. Jay bilan bog'liq ishlardan so'ng u men bilan deyarli gaplashmasdi ham. O'tkan 3yil esa faqatgina uning ko'nglini hushlagan paytlarimdagina suhbatlashdim. Bunday paytlarda esa bola haqda gaplashaolmasdik. Men farzandlik bo'lishni istaganman biroq o'rtamizdagi chigal vaziyat sabab bu narsani ortga surishni istadim. Jungkook men bilan bo'lganda hech qachon himoya* vositalaridan foydalanmagan. Va menga homiladorlikga qarshi dorilarni qabul qilishimni ham so'ramagan. Garchand munosabatlarimizga zarracha umid bo'lmasada. U uchun bolaning hech qanday qizig'i bo'lmagan huddiki butunlayiga dars ketgan munosabatlarimiz kabi. Men agar farzandlik bo'lsam Jungkookning menga nisbatan tuyg'ulari o'zgari mumkun edi. Iliqlashishi. Avvalgi holiga qaytishi. Yoki aksincha ilgardek hech qanday manosiz davom etishi. Eng qo'rqinchlisi esa undandan yomonlashishi. Oldimda ikki yo'l bor. Jungkookni yahshi bilardim u mehribon va ayolllarga nisbatan juda ehtiyotkor. Va yana bolarni juda-juda yahshi ko'radi. Agar homiladorligimni bilsa bu kichik farishta bizning hayotimizga kichik mash'ala bo'lgan bo'lardi. Biroq.... men... o'sha eski Jungkookni bilardim... Va uni o'zim o'ldirdim. Ayni dam men bilan birga yashayotgan kimsa esa eski Jungkook emas chunki uni men o'z qo'llarim bilan yaratgandim. U mendan farzandimni tortib oladi yoki har ikkimizni ham o'zining jahannamiga uloqtiradi. Men bu ikki dahshatli tahminni bila turib tavakkal qila olmadim. Hali tug'ilmagan farzandimning taqdirini o'yin qilishga haddim sig'madi. Men har kuni homiladorlikdan saqlovchi dorilar qabuldim shu qo'rquv bilan qayta to'qnashmaslik uchun. Biroq bugun u bari bir ham qarshimdan chiqdi

Pov.Avtor

Shiftgan tikilgan ko'zlarini yumgan Dea o'ng kaftini qorin bo'shlig'ining quyi qismiga qo'ydi. O'sha yerni hech qanday ozorsiz avaylab silarkan yuziga kichik tabassum oldi

- Hush kelibsan yagonam ) kaftlari yordamida qornini erkalagancha dedi qiz - Oying seni juda-juda yahshi ko'radi. Kecha meni tashlab ketishing mumkun edi kichkintoy. Biroq bunday qilmading.... endi oying ham seni hech qachon tashlab ketmaydi

Hali sezilib ulgurmagan qornini silashda davom etgancha pichrladi

~

Tun kirib ulgurgan. Devorga osig'liq turgan soat vaqtni ko'rsatarkan nixoyat Jeon honimning savollaridan qutilgan Dea honasiga qaytdi. Qiz siquvga olgan ayol o'g'lini aynan nima qilganini bilishga urinmasin Dea barcha savollarga vazmnilik bilan javob qaytargancha ayolning shubhalarini tarqatib yuborgandi. Ichkariga kiriboq qarshisida unga peshvoz chiqgan erkakning sovuq nigohlari bilan to'qnashdi qiz. Ikki daqiqa rafiqasini kuzatgan Jungkookning qo'pol ohangi hoan bo'ylab yangradi

- Meni buyruqlarimni o'z boshimchalik bilan bajarmaydigan bo'ldingmi deyman azizam?

- Nimani nazarda tutyapsan?

- Men Evanga sendan uzqolashmasligini tayinlagandim. Biroq mening o'z boshimcha rafiqam byruqlarimga tupirib qo'ygan ko'radi?

- Intim zo'nalarni tekshiruvchi shifokor qabulidan qo'riqching bilan birga o'tmaganim uchun uzur so'rayman. Agar sening rashk hujayralaring o'lgan bo'lsa... keyingi gal o'zing istagandek begoan erkak hamrohligida ginikolog qabulidan o'taman. Huddi senga qilgandek uning ham ko'z ongida oyoqlarimni kengroq yoyaman... Bunga qarshi emassanku to'g'rimi? ) atayin yigitning asab tolalari bilan o'ynashgan Dea lablarini qimtigancha tabassum qildi. Biroq uning tabassumi bo'yni atrofiga o'ralgan ulkan kaft sabab yo'qoldi

- O'yin o'ynamoqchimisan men bilan?

Jungkook

Davomi bor...

#Nisa
@gold_fanfics