August 1

My Darkside

Season_2
EP_21

Ufqni qizg'ish tus tark etib tun zulmatini yoyishni boshlagan chog'. Hashamatli uy qarshisiga birma-bir kelib to'xtayotgan mashinalar ichidan dab-daba bilan kiyingan mexmonlar tushardi. Mehmonlar uchun mo'ljallangan zall benihoya chiroyli tashqi ko'rinishga ega. Yashirincha suhbatdoshining egniga boshdan oyoq nazar tashlagan ayollar bepisandlik bilan tabassum qilardi. Ular o'zlaridagi eng alosini ko'z-ko'z qilish istagi bilan ovvoralar holas. Erkaklar esa ularni kuzatish bilan. Hech qaysi erkakning nigohlari o'ziga tegishli bo'lgan ayolga qaratilmagan. Ular o'zinikini emas boshqasiga tegishlisini kuzatishdan zavqlanadi. Bu noodatiy emas. Bu davra uchun bunday jirkanchliklar odatiy hol aslida. Faqatgina bir nigoh o'zi uchun atalgan insonga qaratilgan, va har doimgidek uni yolg'iz qolishiga izim bermayapti

- Nega ularning davrasiga qo'shilmayapsan? ) nafasi ostida pichirladi Jungkook atrofni zimdan kuzatib turgan rafiqasining quloqlariga

- Meni yolg'iz qoldiryapsanmi? ) kesatiq bilan dedi qiz

- Qolaversa ular bilan bilan suhbatda hech qachon omadim kelmagan meni

Nigohlari orqali o'zidan bir necha metr narida yuzidagi sohta tabassum bilan suhbatlashayotgan ayollarga ishora qildi. Yigitning nigohlari ham endi qiz ishora qilgan tarafga qaratilgan. Ularning suhbatida samimiylik yo'qligini sezmaslik uchun ahmoq bo'lish kerak aaslida

- Istasang seni yolg'iz qoldiraman azizam~ Biroq ishonchim komilki bu senga yoqmaydi ) yuzini quyi ekgan erkak rafiqasining yanog'iga lablarini bosgancha shivirladi - Bilasanmi ular senga mensimay so'zlashlari uchun haddan ortiq mukammalsan. Doimo shunday bo'lgansan shu sabab bu olam ayollari sen bilan suhbatlashmaydi. Ular senga mensimay munosabat bildirisholmaydi. Tashqi ko'rinish borasida senga yetisholmasliklari tayin. Qarshingda tomiridagi aslzoda qonida bolak maqtanadigan narsasi yoq ularning. Sen....! ular kabi emasan. Shunday ekan hech kim olmosning oldida hira tortishni istamaydi

- Oshirib yuboryapsan ) yuziga urilgan yigitning nafasi sabab entikgan Dea o'zini olib qochishga urungancha dedi

- Qay biri yolg'on ekan? ) rafiqasining beli atrofiga kaftlarini bog'ladi erkak. U qizni o'ziga qattiqrroq tortgancha uning iforidan lazzatlandi. Uning harakatlari chetdan ahmoqona tuyilishi mumkun biroq bu Deani boshqa erkaklarning nigohlaridan himoyalaydi. Qiz o'zini yigitning changalidan qutqarishga urundi-yu har galgidek uning kuchi qarshisida ojiz qoldi. Biroq Dea yengilganini tan olmoqchi emas. Tinmay pitirchilarkan uning harakatlari faqatgina Jungkookning kulgusiga sabab bo'lardi halos

- Davom et malikam holdan toyib qolmaguningacha seni tutub turolaman ) lablaridagi kulguni yo'qotmay dedi Jungkook. Uning nigohlari atrofni zimdan kuzatarkan faqatgina ayollar shivirlash bilan ularni kuzatib turganini payqadi. Bepisand kulib qo'ydi erkak. Uning yuzidagi tabassum toki asosiy eshikdan kirib kelgan juftlikni ko'rmagunga qadar so'nmadi. Darhol yuziga jiddiylik yugurgan Jungkook chuqur nafas oldi - Lanati telba!

Nafasi orstida pichirlagan erkak lug'atidagi barcha yomon so'zlarni qarshisidagi inson uchun ishlatdi. Bir necha soniyadan so'ng esa uning lablari tekkislandi. Va shunchaki jimlik bilan qarshisidagi manzarani kuzatarkan, kaftlari rafaqasining belidan yanada qattiqroq bog'landi

- Sekinroq ) pichrladi qiz faqatgina Jungkook eshitaoladigan to'nda. Shu ondayoq kaftlari bosimini yumshatgan erkak qo'lini tortib oldi

- Kechir azizam ) lablarini qizning iyagiga bosgan Jungkookning nigohlari qaytadan zal markaziga tikildi. U jim. Uyilgan qovoqlar va bir-biriga bog'langan kaftlar. Uning ko'zlarida esa hozirning o'zida portlashga tayyor nimadir yashiringandek. Dea uning harkatlariga tushunmay uning nigohlari ortidan ergashdi

- Senda hammasi yahshimi? ) savol berdi Dea yigitning qo'liga kaftlarini qo'ygancha - Bu sen uchun noqulaylik tug'dirayotgan bo'lsa ortga o'girilishimiz mumkun. Shunchaki barchasidan yuz o'gir!

Ikki daqiqalik o'ychanlik ketidan Jungkookning lablariga kulgu yugurdi. U rafiqasining kaftidan tutgani ko'yi yuqoriroq ko'targancha ularga lablarini bosdi

- Chindan ham... Doimgidek haqsan! ) u eshitishni istagan so'zlar. Dea aytgan so'zlar so'ngi ikki kun Jungkook eshitishni istagani edi - Sen yolg'iz qoldiraman. Bir ishni yakunlashim kerak

Javoban bosh chayqagan qiz Jungkookga ketishi uchun ijozat berdi

- Undan ikki qadam ham uzoqlashma! ) ulardan bir necha qadam uzoqda turgan yigitga qat'iy buyruq berdi u - Uni aslo yolg'iz qoldirma

Evan tomon yaqinlashgan erkak uning quloqlariga pichrladi. So'ng esa ulardan uzoqlashdi. Bir necha qadam bilan zalni keyin esa butun boshli uyni tark etgan Jungkook shaxsiy mashinasiga o'tirdi. U mashinani harakatlantirmadi shunchaki o'rindiqning yuqori qismiga boshini qo'ygancha kipriklarini zichladi

- Alvido Tae~.........

*

- Bu yer.... ) pichrladi qiz atrofga nigohlarini qadagan ko'yi - Nega ular soxta

- Bu ularga zavq beradi ) Aeraning so'zlarini davom ettirdi erkak - Haqiqat har doim ham quloqga hush yoqavermaydi shu sabab ham soxtalik eng yahshisi

- Bu ularga qanday naf olib keladi?

- Bunisidan habordor emasman kichkintoy~ ) jiddiylik bilan dedi erkak. Uning nigohlari qaytadan gavjum olamon tomon qaratilarkan ular tomon yaqinlashib kelayotgan ikki insonni payqadi. Yoshi kattaroq erkak va unga hamrohlik qilib kelayotgan yosh honim

- Hayrli kech Janob Seo ) kaftini qarshisidagi erkak tomon uzatdi Taehyung. U hurmat yuzasidan erkakga tazim qilmay shunchaki qo'l uzatdi. Uning bu harakati zaldagi barchaning hayratda qoldirdi

- Senga ham Kim Taehyung ) o'zi tomon uzatilgan qo'lni tabassum bilan siqib qo'ydi Yeojun. Uning yuzidagi hotirjamlik bu harakatni u oldindan kutganini anglatadi. U bu davradagi boshqa insonlardan farq qiladi. Janob Seo Taehyungni hech kimning qarshisida bo'yin egmasligini juda yahshi biladi. Ehtimol shu sabab ham bu ish uni u qadar ham hayratga solmagan bo'lishi mumkun

- Yo'l toliqtirib qo'ymadi degan umiddaman ) allaqachon "qariya" deb atash yoshiga yetgan bo'lsada hamon basavlat va qaddini egmagan inson. Janob Seo o'z tengdoshlaridan ancha yosh ko'rinardi

- Ozroq. Biroq bu uyimga qaytish hissi oldida hech narsa bo'lmay qoldi. Bu rafiqangizmi janob Kim? ) nigohlarini Aeraga qaratgancha dedi

~

- Sen bu yerda nima qilyapsan? ) nigohlarini Taehyung va janob Yeojundan ko'chirgan qiz o'zi uchun tanish chehraga tikilgancha dedi. Atiga ikki qadam narida qadahini bo'shatgan erkakning nigohlari Aeraga qaratildi. Tabassum qildi yigit lablarini qimtigancha. Bo'shagan idishni stoll ustida qoldirgan Niki ikki qadam bilan qizning qarshisiga keldi

- Havotir olma! Seni kuzatmayapman kichik honim ) tabassum bilan dedi erkak

- Negadir ishonmadim bunga ) ensa qotirgancha dedi qiz. Va nigohlarini Taehyung tomonga yo'naltirdi. U qarshisidagi inson bilan suhbatga berilib ketgan, shu sabab ham qizga etibor qaratayotgani yo'q. Yengil nafas rostlagan Aera qaytadan yigit tomonga nigohlarini qaratdi - Yolg'iz gaplashib olsak bo'ladimi?

Taehyung ularni birga ko'rib qolgandagi hodisa hamon qizning yodida. U har qanday holatda ham o'sha ish takrorlanishini istamaydi. Bu qo'rquv. U Taehyungni sevadi. va uni yo'qotib qo'yishni istamaydi. Ahmoqona eshitilishi mumkun lekin Niki kelgan kundan boshlab ularning munosabati bir muncha sovuqlashgan

- Bu yer... suhbatlashish uchun qulay joymi seningcha? ) atrofni kuzatgancha dedi qiz

- Mutlaqo! ) kiprik qoqgancha tasdiqladi Niki

- Ayollar hojatxonasi? ) ensa qotirgancha dedi qiz. Uning yuzini kuzatgan erkak tabassum qildi. Bu u uchun zavqli tuyilardi go'yo

- Eringni madaniyatli inson deb hisoblagan holda shu yerga olib keldim seni. Umid qilamanki u bu yerga kirmaydi ) yelkasini marmar devor sirtiga tiragancha dedi

- Sendan farqli ravishda odob qoidalarida habardor u

- Yo hudoyim. Aera muddaoga o'tasanmi yoki so'z o'yini o'ynashda davom etaylikmi? ) chuqur nafas rostladi Aera. Chindan ham bunday gaplardan hech qanday naf yo'q

- Bilasanmi Niki so'ngi kunlarda sen bilan juda ko'p to'qnashyapmiz. Seni qandayligingni juda yahshi bilaman. Yahshi odamsan. Biroq Nik mening erim yahshi odam emas. U meni telbalardek sevadi va men ham shunday. So'ngi kunlarda sen bilan to'qnashuvlarimiz esa uni shubhalantiryapti. Yegiltak ayol emasman va erimga sodiqman. U buni biladi biroq menga boshqa erkaka yaqinlashishini istamaydi. Hoh u bolalikdagi eng yaqin do'stim bo'lsada

- Nima istaysan mendan? O'zimni tanimaganga olib begonadek tutishim kerakmi?

- Ha... ) bosh chayqadi qiz nigohlarini unga qaratgancha

- Yahshi unda sen istaganingdek bo'lsin. Ilgargidek do'st emasmiz Kim honim ) Aeraning ko'zlariga tikilgancha dedi Niki. Yigitning yelkalari marmar devordan uzilib oldinga ildamlarkan qadamlari qiz bilan yuzma yuz kelgach to'xtadi - So'ngi bor quchoqlasam bo'ladimi?

Qiz avval nigohlarini eshikga so'ng esa qarshisidagi erkakga qaratdi. Chuqur ho'rsindi-yu kiprik qoqish bilan roziligini bildirarkan baquvvat qo'llar o'rab oldi uni. Aerani o'zi tomon tortgan erkak uni imkon qadar qattiqroq quchdi

- Boya menga ishonmay to'g'ri qilganding Aera~ ) yigitning kaftlari qattiqlashib endigi galda qizga ozor berishni boshladi - Men yahshi odam emasman

- Nimalar qilyapsan? Qo'yib yubor meni Nik! ) yigitnig kaftalari orasida siqilib qolgan qiz norozilik bilan baqirdi. U qanchalik chiranmasin yigitning quchog'idan ozod qilaolmadi o'zini - Nik bas qil!

Bir necha daqiqadan so'ng Nikining kaftlari bo'shashib asirasini ozod qildi. Shu ondayoq uning kaftlaridan yulqinib chiqgan Aera nafas rostlab ulgurmay o'zini eshik tomon urdi. Qiz eshik tutqichiga yopishgan payt boshqa kaft eshikni kuch bilan yopib qo'ydi. Aeraning bilagidan tutgan erkak uni o'zi tomon majburan o'girgancha qizning ko'zlariga tikildi. Qo'rquv va hadik bilan nafas rostlardi u

- Nimalar qilyapsan qo'yib yubor meni!

- Qilmayman! ) ossonlik bilan rad qildi yigit. Uning ikkinch kafti avval Aeraning yanoqlarini so'ng esa lablarini siladi - Ularni tatib ko'rmay seni qo'yib yubormayman qizaloq!

Qiz uning so'zlarini tushunib ulgarmay lablari ustida iliqlikni his qildi. Avvaliga qiznining lablarini mayinlik bilan erkalagan lablar keyinchalik yirtqichga aylandi. Yigitning kaftlari qizning bo'ynidan tutgancha zo'ravonligini davom ettirdi. U Aeraga nafas yutishi uchun imkon bermadi hattoki. Faqat telbalardek qizdan foydalanishda davom etdi. Qizning chiranishlari yoki qarshilik qilish uchun qilgan har bir harakati ojizlik qildi. U shunchaki ilojsiz va chorasizlik bilan o'ziga qilinayotgan jirkanchlikni kuzatib turardi halos. Undan foydalanib* bo'lgan erkak qizni qo'yib yobordi. Yuziga tushgan tarsaki sabab tabassum qilgan Niki qizning holatini kuzatish bilan ovvora bo'ldi. Shu ondayoq marmar pol ustiga qulagan Aera zo'rlik bilan lablarini artishga tushdi. U tinmay yig'lar va ojizligi sabab o'zini lanatlardi

- Haddan ortiq yoqimlisan* ) qizning tepasiga kelgan Niki uning harakatlarini kuzatgancha dedi - Men bu lazzatni yana bir bor his qilish uchun albatta qaytaman

Qizning sochlari ustiga lablarini bosgan erkak javoban siltanib tashlandi. Bu ahamiyatsiz Nikini qizning sovuq muomilasi bezovta qilmaydi. U eshik tomon harakatlanarkan bosh qismiga qizning tuflisi (kabluk yani) zarb bilan urildi

- Ich kiyiming*ni uloqtirsang yoqimliroq bo'lardi~ ) lablarini qimtigancha dedi yigit u yerni tark etish oldidan.

Tashqariga chiqarkan yuzidagi kulgu uni bir onga bo'lsada tark etmadi. Ehtimol bir necha yil oldin qilishi kerak bo'lgan ish sabablidir. Bu ish uchun ilgari unga jasorat yetishmagan, biroq hozir u buni qildi. U endi shunchaki bariga qo'l siltab ketmaydi. Qiz uchun kurashadi

- U yerda nima qilayotganding? ) qarshisidan chiqgan qiz hayollarini tarqatib yubordi uning

- Azizam~ ) tabassum bilan dedi erkak va qarshisidagi qiz tomon yaqinlashdi - Men adashib qoldim

- Adashib ayollar qo'l yuvishxonasiga kirib qoldingmi?

- Ha ) lablarini qimtigancha dedi - Buning nima ahamiyati bor. Ayni dam faqat bir narsa ahamiyatli seni sog'inganman~

U qiz tomon yaqinlashib kaftlarini uning bel atrofiga o'radi. Yuzini quyiroq egarkan rafiqasining quloqlariga pichrladi

- Haddan ortiq... ) qo'shib qo'ydi erkak. Shu ondayoq qizning yuziga tabassum yugirdi

- Ziyofat tugagach istaganingni beraman senga! ) yuzidagi kulguni yashirmagan Sunji yigitning yuziga lablarini bosdi - Ortig'i bilan.... Biroq bugungi tun uzoq bo'ladi

Qo'shib qo'ydi qiz horg'in nafas chiqargancha...

*

Ziyofat bo'layotgan zalga qaytgan Aera Taehyungni qidirishga tushdi. Yuzidagi yangilangan pardoz go'yoki qizning yuzidagi qizarishni yashirib turardi. U imkon qadar o'zini odatiydek tutishga urinmasin titrayotgan barmoqlar sotib qoyardi uni

- Qayerda eding kichkintoy? ) ortidan kelgan ovoz sabab uchib tushdi qiz - Yahshimisan?

Tabassum bilan rafiqasi tomon yaqinlashgan Taehyung uning ko'zlariga tikildi. U nimadandir havfsirayotgandek edi

- Hammasi joyida. Pardozimni yangilash uchun ketgandim

- Yig'ladingmi? ) uning ko'zlaridagi qizarishni payqagan yigit sevgilisining iyagini silagancha dedi

- Unday emas~ ) Taehyung qizga hech narsa demadi shunchaki uning ko'zlariga tikilib turishda davom etdi - Aldamayapman

- Ishontirolmading! Kechroq bu haqda bafurja suhbatlashamiz ) past ovozda so'zladi erkak.

Aera kichik bosh silkigancha tasdiq bildirarkan boshqa birov qo'shildi ularning suhbatiga. Kichik titroq turdi qizning vujudida. U beixtiyor o'zini Taehyungning ortiga yashirgancha kelgan insonga qo'rquv bilan tikildi

- Hayrli kech janob Kim ) ovoz kelgan tomon ogirlgan Taehyung javoban biror so'z aytishga ulgurmadi. So'zlarini tamomlagan Niki kamariga qistirilgan to'pponchani chiqargancha qarshisidagi insonga o'q uzdi. Yelka qismiga tekgan o'q sabab yerga quladi yigit. Butun boshli zalni suv quygandek jim-jitlik qopladi. Atrofdagi insonlarning barchasi jim va shunchaki kuzatish bilan ovvoralar halos. Huddi bu ish bo'lishini oldindan bilganday hech narsa qilishmasdi ular...

Butun boshli zalni suv quygandek jim-jitlik qopladi. Atrofdagi insonlarning barchasi jim va shunchaki kuzatish bilan ovvoralar halos. Huddi bu ish bo'lishini oldindan bilganday hech narsa qilishmasdi ular. Ular faqatgina qarshisidagi manzarani kuzatish bilan ovvoralar halos. Qo'rquv bilan Taehyungning qarshisiga egilgan Aera bir kafti bilan jarohatni qattiq bosib o'tirgan yigitga tikildi. Kaftlarini uning yelkasiga qo'yarkan yigitning og'riq sabab burushgan yuzini kuzatishdan narisiga o'ta olmasdi

- Ziyofat tugadi azizlar ketishingiz mumkun ) sokin zall bo'ylab yangragan ovoz. Nigohlarini yerda yotgan yigitga qaratgancha dedi Niki. Biroq zalldagilarning hech biri joyidan siljib ham qo'ymadi. Albatta tekin tomosha hammaga qiziq. Yigitning tund nigohlari atrofdagi insonlarga qaratildi, uning jahli chiqish o'rniga bu narsaga yengil qaradi. Lablarini qimtigan yigit to'pponchasini yuqoriroq ko'tardi. Ikki bor shiftga o'q uzarkan qaytadan nigohlarini gavjum odamlar tomon yo'naltargan erkakning lablari tekkislandi - Takrorlashimni istaysizmi? Daff bo'l barchang!

Yigitning o'shqirishi sabab sergaklangan odamlar birin ketinlik bilan zallni tark eta boshlashdi. Eshikdan chiqayotgan har bir insonning yuzi tund va hafsalasiz. Ularning hech biri bunday tomoshani o'tkazib yuborishayotganidan hursand emas albatta. Barcha ketgach Nikining etibori qarshisidagi erkakga qaratildi. Jarohatiga kaftini bosgan ko'ya arang qaddini tiklagan Taehyung rafiqasini yelkasi ortiga yashirdi

- Sen lanati.... ) so'zlarini tamomlab ulgurmadi yigit. Unga musht tushirgan Niki yigitni qaytadan yerga qulatdi. U o'zini tiklab ulgurmay qayatadan yoqasiga yopishgan yigit ketma-ket Taehyungga musht tushirishda davom etdi. Taehyung ustida unga tinmay musht tushirayotgan yigitdan ancha kuchli. Biroq jarohati sabab u zarbalarga javob qaytarolmasdi. Jarohatlanganiga qaramay o'zini qo'lga olgan Taehyung siltanish bilan ustidagi yigitni uloqtirib yubordi. Pol ustiga tushgan to'pponchani qo'liga olgan yigit uni Nikining peshonasiga tiradi - Qimirlama!

- Qurolni tushiring janob Kim! ) ovoz kelgan tomon yuzini o'girgan Taehyungning kaftlari titradi - Rafiqangiz o'limini istamsangiz kerak?

Qosh uchurgancha dedi Sunji. Uning nigohlari sovuq. U Aeraning bilagidan tutgan ko'yi yaqinroq tortgancha qo'lidagi kichik o'lchamli hanjarni qizning bo'yin qismiga qattiqroq botirdi. Qizning oppoq va silliq bo'yin qismida kichik pichoq izi ketidan bir necha tomchi alvon qon ko'rindi. Shu ondayoq qurolni tushurgan Taehyungning umidsiz nigohlari rafiqasiga qaratildi. Ehtimol yolg'iz bo'lganda bu vaziyatdan chiqish u uchun qiyinchilik tug'dirmasdi. Biroq garovda u sevgan yagona inson turibdi

- Tiz cho'king! ) yuziga kulgu olgan Sunji ikki bor buyruq berdi - Takrorlaymi janob Kim?

Pichoqni yanada qattiqroq botirgancha savol berdi qiz. Taehyung shunchaki jim. Uning nigohlari rafiqasida va uning bo'yin chizig'iga tiralgan qurolda edi. U zaiflikdan nafratlanadi biroq bir necha yil ilgari uning hayotiga zaiflikni o'zi olib kirgan. O'pkasini to'ldirgancha havo yutdi erkak. Biroq uning nigohlari bir on bo'lsada Aeraning qorachiqlari bilan to'qnashmadi

- Maynavozchilkni bas qil Sunji! ) dedi janob Yeojun qizining harakatlariga moyillik qilgancha - Qizni qo'yib yubor

Janob Yeojunning so'zlari sabab qurolni tushirgan qiz Aerani qo'yib yubordi

- Suhbatlashamizmi o'g'lim? ) qadamlarini Taehyung tomon yonaltirgan erkak uning qarshisiga kelgach to'xtatdi

- Rad qilomayman ) lablarini qimtigancha dedi Taehyung - Shunday ekan savolga nehojat?

- To'g'ri aytasan ) miyig'ida kuldi erkak va nigohlarini undan qochirgancha ortiga o'girildi - Kim honimni kuzatib qo'ying

Taehyung bunga qarshilik qilmoqchi bo'ldi biroq janob Yeojunning nigohlari uni to'xtashga majbur qildi. Nigohlari Taehyungga qaratgan Aera undan nimadir deyishini kutdi. Kichik bosh silkigancha qizni tinchlantirmoqchi bo'ldi yigit

- Seni albatta qutqarib olaman ) past ovozda pichrladi yigit. Ehtimol uning so'zlarini hech kim eshitmagan bo'lishi mumkun biroq Aera sevgilisining nigohlaridan barini fahmlab oldi. Qo'riqchilarni teginishiga yoo'l qo'ymagan qiz ularning ortidan ergashgancha zallni tark etdi. Uning ortidan kuzatgan erkakning kaftlari g'azabdan mushtlandi

- Suhbatga qaytamizmi? ) dag'al ovoz etiborini tortdi uning. Qaytadan nigohlarini qarshisidagi insonga qaratgan Taehyungning nigohlari yanada tundlashdi

- Nima istaysiz mendan? ) birdanigga muddaoga o'tdi yigit. Uning so'zlar janob Yeojunni kulishga majbur qildi

- Seni! Yana nimani istashim mumkun o'g'lim? Aslida menga tegishli bo'la turib sen tomoningdan o'zlashtirib olgan hamma narsamni istayman. Hamma narsangni istayman yigitcha. Zero ularning barchasi aslida menga tegishli

- Istagingiz bu emas ) Janob Yeojunning so'zlarini tinglagan yigit inkor qilgancha dedi - Agar chindan maqsadingiz bu bolganda allaqchon o'lgan bo'lardim

- Tan olaman aqillisan... haddan ortiq. Biroz oldin aytganimdek seni istayman. Men uchun ishlashingni. Sen haqingda barchasini bilaman kimliging va nimalarga qodirligingni ham. Shunchaki tiz cho'k, menga sodiq bo'lishga qasam ich va yashashda davom et

Kulib yubordi Taehyung. Nigohlarini qarshisidagi insondan uzmagan erkak telbadek kularkan uning harakatlari janob Yeojunni sira ham bezovta qilmasdi

- Javobimni olib bo'ldim

- HECH QACHOOON! ) oshqirdi Taehyung qarshisidagi insonning ko'zlariga tikilgan ko'yi - Sen lanatining qarshisida hech qachon tiz cho'kmayman!

Qo'shib qo'ydi Taehyung

- Nima qilishni yahshi bilasan ) dedi janob Yeojun Nikga nigohlarini qaratgan ko'yi. U Taehyungning javobidan u qadar ham hayratlanmadi. Uning yuzi jiddiy. Ehtimol bu narsani u ilgari bilgandek

- Bilasanmi? ) yigit tomon yanada yaqinroq borgancha dedi Yeojun - Tan olaman yosh yigit emasman. Biroq chiroy ayollar haqida gap ketsa har qanday yosh yigitni ortda qoldiraman. Mallasoch va ihcham qomat egalari doimo qiziqtirgan. Rafiqangni sinab ko'rmoqchiman~ Agar ko'nglimni hushlay olsa boshqa tunlarda ham foydalanaman unda...

Davomi_bor...
#Nisa
@gold_fanfics