My Darkside
Ertaga kampanyada ko'rishamiz yigitlar ) egnidagi kastyumini siltab yechgan Taehyung uni g'azab bilan uloqtirgancha ortiq bir so'z demay u yerni tark etdi. Uning jussasi ko'rinmay qolishi bilan Jungkook shoshgancha yerda ikki bukilib olgan qiz tomon harakatlandi. Egilib qarshisiga o'tirarkan uni boshdan oyoq tekshirdi. Bir qo'lini jarohat ustiga qo'yib qattiq bosdida qon ketishini bir muncha vaqtga cheklab qo'ydi
- Jungkook og'riyapti ) ikki qo'lini birlashtirgan Karina qon to'xtamayotgan oyoqlariga tikilgancha yig'lardi
- Jarohat u qadar jiddiy emas Karina ) egilib Karinani ehtiyotlab ko'targan yigit chiqish eshigi tomon shoshdi lift ichiga kirib tugmachani bosishga qanchalik urunmasin ikki qo'li band bo'lgani uchun sira uddalay olmadi 1-qavat tugmasi bosilgach hayrat bilan buni kim qilganini bilish uchun yon tomonga biroz tisarildi lift tugmasidan qo'lini olgan Jin o'zining doimiy vamin qiyofasida ularga etibor qilmay bir nuqtaga termulgancha jim turdi. Lift eshigi ochilib mashinalar turargohiga shoshib kirgan Jungkook o'zi uchun kerakli mashinani qidirar ekan o'zidan bir necha qadam uzoqga kelib to'xtagan qora mashina oynalari sekinlik bilan pastga tushdi
- Har qalay ikkingizni kótarib mashinamga ótqazib qóyishimni kutmayotgandursan ? ) Jin
Seoul markaziy shifohonasi tez yordam bo'limi
- Jinsi ayol 25yoshda oyog'idan o'q yegan106-honada ikkinchi bemor esa 40 yoshli erkak qurilishda beton bosib qolgan ahvoli og'ir Min honim ) navbatchi shifokorga yo'l yo'lakay bemorlar haqda malumot berib ketayotgan hamshira kerakli palata eshiklarini ochib shifokorga yo'l berdi. Ichkariga kiriboq ko'rgan manzarasidan yuzi burishgan qiz yo'nalishini Karina tomon emas uning yonidagi kravatdagi erkak tomon yo'naltirdi qo'lidagi fanarchasi yordamida allaqachon yumilishga ulgurgan ko'zlarini ochib bemorning qorachiqlarini tekshirdi
Dea: Aperatsiya honasini tayyorlang zudlik bilan va menga shifokor Parkni chaqiring ) og'riq zo'ridan yuzini burishtirgan erkakga ko'z tashlagan Deya tezroq bemorni aperatsiya honasiga olib borishlarni buyirib o'i ham ularning ortidan harakatlandi ammo eshikga yetib borishga ulgurmay bilaklaridan tutgan qo'l sabab to'xtab ortga o'girildi
Dea: Iltimos qo'limni qo'yib yubor men shoshilyapman bemor kutyapti ) bilaklarini yigitning qo'li orasidan ajratishga uringan qiz harakati befoyda ketganidan achchiqlandi
Jungkook: Har bir bemor teng huquqli Min honim ) allaqachon qon yo'qotish sabab hushini yo'qotgan Karinaga ishora qilgancha kesatiq bilan so'zladi
Dea: Bemorlarning hayot kórsatkichlariga qarab huquqlari ózgaradi. Ikki tomchi qon yóqotgan mashuqang sabab “qadirli” erim kóz yosh tókmasliging uchun ólim yoqasidagi bemorni qurbon qilmayman. Ahvoli qoniqarli hozir bu yerga shifokor Park keladi mashuqangni u tekshiradi qo'rqma o'lib qolmaydi ) Jungkookning qo'lini siltb tashlagan shifokor uni chetlab o'tib yugurgancha aperatsiya honasiga kirib ketdi
Bir necha soatdan so'ng ko'zlarini sekinlik bilan ochgan Karina honadagi yorqin muhitga avval moslasha olmadi ammo oyoqlari uzra yoyilgan og'riq sabab inqilagancha yig'lay boshladi qo'liga sanchilgan igna sug'irib olingach 15daqiqadan so'ng og'riq asta sekin tarqarkan ko'zlarini ochib atrofni yahshiroq ko'rishga uringancha o'ziga o'zi pichirladi
Karina: Men o'ldimmi ) o'zidan bir necha qadam uzoqda o'tirgan shifokorning hira tasvirini tiniqlashtirishga tirishgancha so'zladi
Dea: Ha o'lding jahannamdasan azizam) o'zi uchun tanish bo'lgan ovozni eshitgan Karina yuzini burishtirgancha g'inshindi
Karina: Olganimdan so'ng ham sendan qutilmas ekanman-a
Deya: Asti qóyaver, hatto katta kredit olib barchasini hisobiga ótqazib berish taklifini bersang ham, ólim farishtasi sendan nariroq yursa kerak. ) chuqur uhh tortgan qiz o'rnidan qo'zg'alib allaqachon tugagan tomchi dorini boshqasiga almashtirgancha ho'rsindi
Karina: O'lishimni istaganing aniq Min Dea
Bo'shagan dori idishini ahlat qutisiga tashlagan qiz qayta stol ustidan joy olgancha bemor haqdagi hujjatni birma bir to'ldira boshladi. Palata bo'ylab jimlik hukum surarkan bu to eshik ochilib undan ikki yigit kirib kelguncha davom etdi
Jungkook: Ahvoling yahshimi ) biroz vazmin qadam bilan Karinaga yaqinlashgan Jungkook undan ahvoli haqda so'rarkan ko'zi osti bilan birnimalarni qog'ozga tushirayotgan qizga nigoh tashladi
Dea: Jin ) homushlik bir zumda tarqagan Deya yuziga tabassum oldi
Jin: Tungi navbatchilik tugagan bo'lsa sizni qahva bilan mehmon qilsam boladimi
Dea: Sizdek kelishgan yigitni rad etsam odobdan bo'lmaydi ) palata boylab yoqimli kulgu yangrar ekan Jungkookning yuzi tundlashishni boshlagandi
Jungkook:Rafiqam bilan qahva ichishdan oldin balki mendan ruhsat olishing kerakdir Jin ) norozi qiyofani yuzida gavdalantirgan Jungkook g'azabda ekanini yashirmay so'zlarkan bunga javoban Dea "shundaymi" degandek qosh ko'tardi
Junkook: Nima "yo'q" Jeon honim haddingizdan oshmayapsizmi
Dea: Bazan sizga qoyil qolaman Janob Jeon, inson haddiga chegara qóyishga ôta maxoratli bo'lgan aqlingiz nega aynan óz shaxsiga kelganda ojizlik qiladi? Qolaversa boya ayni óz tilingiz bilan alohida takidlab ótgandek Doctor Min xonim! Boshqa qóshimcha ismim yonida xiralashib qoladi. Darvoqee teng xuquqlar haqida sóz ochgan ekansiz, ayol va erkak órtasida ham bunday huquqlar davlatimiz qonuni doirasida mavjud ekanini eslatib o'tishim lozim. Muxtarama jazmaningizni esa nozik oyoqchasi 2 haftada butunlay soğayadi. Siz har bir bemor teng huquqli dedingiz chindan ham shunday men uchun yot begona bo'ladimi yoki erimning jazmanimi men bemorlarga teng qarayman. Har birini saqlab qolish mening burchim lekin mashuqangizda bor bo'lgan vaqt o'sha bemorda yo'q bo'lgan bir vaqtda men sizni aytganingizga kirganimda hozir boshqa inson hayotdan ko'z yumgan bo'lardi. To'g'ri bu siz uchun muhim emasdir lekin kechirib qo'yasiz ikkisidan birini tanlash imkoni bo'lganda ham men o'sha bemorni tanlardim endi esa bizga ruhsat mashuqangiz bilan sizni yolg'iz qoldiramiz
Pov.Dea: Har bir so'zimni ishonch bilan so'zlarkanman Jungkookning ko'zlaridagi hayrat yaqqol sezilib turardi. Chindan ham u hayratda sababi meni hech qachon bunday g'azabda ko'rmagan tan olaman hech qachon bu qadar g'azablanmaganman u o'sha qizni qo'llarida ko'tarib kirgan payti hamon ko'z o'ngimda imkonim bo'lganda edi har ikkisini bir qoshiq suvga cho'ktirgan bolardim. Lanati yana mendan kechirim so'rash o'rniga keliboq jazmaning ahvoli bilan qiziqdi. Qo'llarim titrab ketdi tittoq turgan barmoqlarim ruchkani tutib turish uchun ham ojizlik qildi to'yimiz bo'lganiga bir hafta ham bo'lmay erimni boshqa ayol bilan ko'rib o'zimni yo'qotib qo'ydim. Karinani aperatsiya qilishni istamadim chunki ahvolim o'zimga ayon agar bu ishni men qilganimda qo'limga tushgan tig'ni o'ylab o'tirmay uning ko'ksiga sanchgan bolardim lanati nega uni o'zim aperatsiya qilmadim🗣🗣. Min honim emish hhh...siz uchun Min honim bo'ldimmi hali uyga borganingizda kuningizni ko'rsataman janob Jeon. So'ngi so'zim lablarim orasidan chiqgandan so'ng g'azab bilan o'zim sevgan keng yelkali yigitni bor kuchim bilan turtib o'tdimu palatani tark etdim jin ursin sal qoldiya uning atiri hidiga mast bolib to'xtab qolishimga
- Kesatishni ham unutmading yovvoyi honqizi, meni zaharhanda so'zlaring bilan siylab ortinga bir bor bo'lsada o'girilmay ketding ) rafiqasi ortidan tikilgan Jungkook o'ziga o'zi so'zlarkan tishlarini zichladi. Rafiqasining yoqimli rashkidan mamnun holda pastki labini qimtib qo'ydi
- Sen uchun mehmongonadan joy band qilaman bugun uyingda omon qolmaysan ) Jungkookning yelkasiga qo'lini qoygan Jin u yuzlangan tomondan ko'z uzmay so'zladi
- Hali o'lish niyyatim yo'q u bilan sinab ko'rishimiz kerak bo'lgan bir talay ishlar bor....
Chalg'ib ketmasligingiz uchun aytib o'taman oradan ikki oy o'tgan Min Deya 25yoshda va Jungkookning rafiqasi.)
- Bunisi chiroyli ) qarshisidagi bir nechta qutichalardagi bir biridan chiroyli bo'lgan uzuklardan yarim soatdan buyon ko'z uzmagan Aera va nixoyat bir to'xtamga kelib tabassum qilgancha o'sha qutichani Jin tomon uzatdi
- Bu biroz oddiy emasmi ) bundanda hashamdorroq bo'lgan uzuklarga termulgan Jin qo'liga tutqazilgan uzukni qolganlaridan biroz oddiyroq bo'lgani uchun mensimadi
- Obbo unda o'zingiz tanlang bularni bu yerga olib kelib nima qilar edingiz ) Jinning so'zlari jahlimni chiqardi chindan ham bu erkaklar noziklikni qadrlashmaydi qo'lidagi haqiqiy san'at asari u yoqda turib bu yigitning ko'zlari beo'hshov uzuklarga qaratilgandi. Burnimni jiyirgancha o'zi tanlashini aytdim shusiz ham sovuq sabab shamollashga ulgurganman bu ham yetmay kichkintoy hali mitti bo'lishiga qaramay men uchun bir qancha qiyinchilik tug'dirishga ulgurdi. 1haftadan beri yotog'im bilan qalin do'stga aylanishga ulgurdik shirin uyqumdan o'yg'otib olgan erimdanda sovuq bo'lgan kimsa esa sal kam bir soatdan beri quloq miyyamni yeb yubordi ont ichaman agar hozir yana bir og'iz gap aytsa mana shu qutichalarni uni kelishgan yuziga uloqtiraman zarda bilan o'rnimdan qo'zg'alib eshik tomon yura boshladim ammo ikki qadam ham bosib ulgurmay ortimdagi yigitning ovozi meni to'xtashimga sabab bo'ldi
- Balki bu uzuk unga yoqmas ) qo'lidagi uzukga chuqur termulib og'ir nafas oldi uni kuzata turib beihtiyor ortimga qaytdim qo'lidagi uzuk qutichasini yopib uni stol ustiga qo'yib ko'zlarini yumdi so'ng esa chuqur uhh tortgancha peshonasini siqimladi - Yahshisi bu fikrimdan qaytaman
- Hoy bu uzuk chindan ham chiroyli
- Gap uzukda emas Aera biroz shoshmayapmanmi u hali tayyor emas ekanini aytib rad qilsachi
- Jin sizlarda bir biringizni bilish uchun yetrlicha vaqt bo'ldi har ikkingiz alla qachon qandayligigizdan bohabarsiz. Shunchaki qulay fursatdan foydalanib qoling deyapman
- Agar... ) chuqur o'ychanlik bilan
- Agar rad etsa ham kun kelib hech narsa qilmaganingiz uchun afsuslanmaysiz
uning so'zlariga mamnun qosh qoqgancha yuzimga tabassum olib harakatlarini kuzatdim. Qo'lidagi uzukaga chuqur tikilgan Jin ham bir necha daqiqadan so'ng tabassum qildi. Qo'li orasidagi ihchamgina qizil qutichagadan ko'z uzmas ekan kulgusi lablari chetiga qadar yoyildi
Kech tushib shahar bo'ylab qorong'ulik o'z hukmini asta o'tqaza boshladi o'zgarmas ko'chalar... hatto dunyoni suv bossa ham bu shaharga ziyon tegmaydigandek edi go'yo. Seoul o'zgarmasada undagi insonlar taqdiri esa har kun kerak bo'lsa har soniya o'zgaradi. 10yildan buyon odamni yutub yuborgudek sukunat bilan qoplangan qo'rg'on so'ngi ikki oy ichi butunlay barham topdi. Telefonni suhbatini yakunlagan Taehyung qizil tugmani bosgancha uni shimining cho'ntagiga soldi balkon ustuniga qo'llarini tirab bir muddat atrofni kuzatdi. Ichkaridan yangragan jarangdor kulguni eshitirkan o'zi uchun qadrli tabassumni tanib lablarini keng yoydi ortga o'girilib ichkariga kirdi. Butun uyni to'ldirgan tabassum ovozi so'ngi kunlar hech ham bu uyni tark etmadi mehmonhonaga kirishdagi eshikga yelkalarini tiragan Taehyung kipriklarini qoqmay har tasvirni hotirasiga muhladi. Bir biri bilan yonma-yon o'tirgan 3dugona tinmay bir nimalar haqda so'zlashar ekan har aytilgan so'zdan so'ng ular yuzidagi tabassum yanada ortib borardi. Jungkook esa Deaga yaqin bo'lgan divanda o'tirgancha u bilan so'zlashish uchun bahona qidirar ekan ammo bir biriga so'z bermayotgan 3dugona uning harakatlariga parvo ham qilmasdi ahiyri taqdirga tan bergan Jungkook ulardan uzoqlashdiyu shishali stol ustidagi qimmatbaxo viskidan ikki qadahga to'ldirib hatto hozir ham telefonidan boshini ko'tarmagan Jin tomonga harakatlandi. qo'lidagi ikkinchi viski idishini do'stining qo'llariga tutqazarkan o'zi esa uning qarshisidagi bosh o'rindiqni egalladi ular orasida ham yakuni uzoq bo'lgan qizg'in suhbat boshlandi
Pov:Taehyung: Ularning har bir harakatini chetdan shunchaki kuzatib turdim qiziq meni aslida payqamagan katta oilam bor ekan. Ularni tomosha qilish maroqli chindan ham juda maroqli degan bolardim oddatda juda kam gap bolgan rafiqam va dugonasi Dea kelgandan buyon butunlayiga o'zgarib qolishdi doim birga bolganmiz ammo to'laligicha oila bolmagandik ammo u kelgach bari o'zgardi hozir ham ikki dugona o'rtasiga o'tirib olib tinmay vaysar ekan mening odam ovi va "ha" yoki "yo'q" so'zidan boshqasini bilmaydigan rafiqam ham u bilan tengdan gaplashardi Lien u ikki ko'zini katta katta ochgancha Aera yangidan kashf qilardi go'yo ammo ko'zlari o'zidan uzoqdagi unga tikilib turgan yigitda edi har zamon u tomon ko'z tashlarkan harikkisining yuzidagi tabassum tobora jilvalanib borardi. Ko'zlarim takror rafiqamning nozik jussasi bilan to'qnasharkan Dea nimadir dedi-yu uning qiqirlagan kulgisi o'rnini yoqimli jilmayish egalladi qo'lini qorni ustiga qo'ygancha ko'zlarini yumdi bir nimalarni lablari orasida so'zlab ko'zini ochdi atrofga alanglar ekan bir necha soniyadan so'ng uning o'ynoqi nigohlari meni tutib oldi chaqnab turgan ko'zlari meni ko'rgandagi quvonchdan yanada kengaydi lablarini to so'ngiga qadar yoyib tabassum qildi bu qiz qanday qilib meni takror o'ziga oshiq qilishni yahshi biladi ko'zlari orqali davraga qo'shilishimni imlar ekan boshimni silkib ular tomon harakatlandim divanga o'tirar ekanman mening oppoq ko'ylagdagi rafiqam dugonalaridan ajralib meni oldimga keldi biroz surilib o'tirishi uchun joy hozirladim yonimdan joy olgan sevgilim chap qo'limni o'zing kaftlari orasiga oldi qaytadan qizlar suhbatiga qo'shilar ekan o'ng qo'limni uning ihcham belidan o'tkizgancha o'zim tomon tortdim u hech bir qarshilik qilmay mamnun holda kaftimni siqdi. Tabassumdan va so'zlar harakatidan bir zum bo'lsada to'xtamagan pushti lablariga tikilar ekan ularni har ko'yga solish haqda o'ylay boshladim...jin ursin... ONT ICHAMAN SEVGILIM MANASHU TABASSUMING SO'NMASLIGI UCHUN HAMMA NARSANI QILAMAN MANASHU LAG'ZALAR HECH QACHON TUGAMASLIGI UCHUN KERAK BO'LSA BUTUN DUNYOGA O'T QO'YAMAN...
- Dea balki bas qilarsan bu 4-qadah ) rafiqasi qo'lidagi shisha idishni olib qo'ygan Jungkook uning har hashalariga quloq solmasdi
- Ber uni menga Jungkook u menga kerak
- Yo'q dedim hatto ikki qadahni ham ko'taraolmaysan shunchasi yetadi sen uchun
- Yo'q yetmaydi! yana istayman ) ichimdagi alanga ertalabdan beri o'chgani yo'q tungi navbatchilik mashuqasi sabab rasvo bo'lgani yetmagandek mendan hatto uzr so'ramagan erim endi ichkilik ichishimga ham monelik qilyapti chinddan ham ahmoqman ahmoq bo'lganimda kelib kelib senga ham turmushga chiqarmidim Jeon Jungkook. Qanchalik tihirlik qilib qo'lidagi viski to'ldirilgan idishni olishga kirishmay eplay olmadi so'ng harakatlarimni to'xtatdimu asabiy sochlarimni ortga taradim ozim uchun quygan ichimligimni maroq bilan hoplayotgan erimga termulib qoldim jin ursin battar asabim qo'ziy boshladi kamariga qistirilgan topponchani ko'rgach uni olib huddi Taehyung qilgandek erimni oyoqlariga otishni istadim ammo sevgilimning yuzini og'riqdan burishishin istamay u kulib tursa chiroyliroq ko'rinadi yo hudoyim Dea nimalar deyapsan-a jin ursin seni. Alamimni nima bilan olishni bilmay atrofga yahshiroq nazar tashlar ekanman boyadan beri etibor qilmaganim stol ustidagi viski shishasiga ko'zim tushdi qo'limni u tomon cho'zdim-u hech ikkilanishsiz shishasi bilan ko'tardim qandaydir achchiq narsa tomog'imni shilib o'tdi to'g'ri men oldin ham ko'p bor spirtlik ichimlik ichganman lekin doim o'zimga chegara qo'yardi ikki qadahdan ortiq bir qultum ham hoplamasdim ammo bugal meyoridan ortiqcha ichib yuborganim uchun qornimdan g'alayon ko'tarildi. Meni jinnicha harakatimga ko'zi tushgan erim esa qo'lidagi idishni stol ustiga qo'ygancha menga hayrat bilan tikilib qo'limdan alla qachon boshagan viski shishasini tortib oldi unga yahshiroq qarar ekan bir tomchi ham qoldirmaganim uchun battar asabiylashdi ko'zlarini yumib biroz tinchlanishga kirishar ekan tobora uning tasviri hiralasha boshladi bo'g'zimga nimadir tiqildiyu shoshgancha o'rnimdan turib yuvinish honasiga kirib ketdim ichkariga kiriboq lablarimni ochgancha oshqozonimni bezovta qilgan achchiq narsani tashqariga chiqishiga imkon yaratib berdim kalta sochlarim esa men uchun hech qanday qiyinchilik tug'dirmadi
- Dea ahvoling yahshimi ) yuvinish honasi eshigini taqillayotgan erimning ovozini eshitib bazor o'zimga keldim chuqur nafas oldim
- H...ha...yah...yahshiman ) ikki og'iz so'z ham lablarim orasidan bazo'r chiqarkan ortiq hech bir so'z aytmadim u esa horg'in nafas oldi
- Yahshi biroz o'zinga kelib ol seni shu yerda kutaman
Yuvinish honasi eshigidan bir necha qadam narida devorga tiralib turgan Jungkook eshik ochilib kutgan insoni ko'rinishini poylar ekan u istagan insonning hali beri ko'rinish niyyati yo'q edi. Toqati toq bo'lib eshikni ochib ichkariga kirishni istadiyu ammo o'zini arang bosib turardi
- Dea yahshimi ) Jungkookning yonidan joy olgan Jin bir nuqtadan ko'z uzmay turgan do'stiga qarata so'zladi
- Ko'ngli behuzur bo'ldi yoqmaydigan narsa yegan ko'rinadi ) soo'zlarini hitirjam ohangda so'zlar ekan nigohlari hamon o'sha eshikga qadalgan edi
- Menimcha yoqmaydigan narsa ichgan ) Jingkookning gapini o'zicha to'g'irlagan bo'ldi Jin
- Ehtimol ) ular ortiq suhbatlashishmadi bir necha soniyadga bormay ochilgan eshik ikkisini ham so'zlarini to'xtatib qo'ydi shoshgancha Deani ikki yelkasidan tutgan Jungkookuning iyaklaridan tutib yuzini yahshiroq tekshirar ekan qiz uning harakatlarini etiborsiz qoldirib qo'lini siltagancha boshqa tomonga harakatlandi. Qadamma qadam yuvinish honasidan uzoqlashgan Dea qo'llarini devorga tiyagancha harakatlanar ekan yelkalaridan tutgan qo'llarni siltashga urindi
- Kechir Jin men sizni Jungkook deb o'ylabman
- Eringning devor bilan suhbati yakunlangach keyin senga sherik boladi ) o'zicha qizni mazahlagandek bo'ldi Jin ammo uning so'zlari Deani tabassumi uchun yetarlik bo'lmadi
- Dea sendan bir nara so'rayman ertalab Karinada bor vaqt bemoringda yo'q ekanini aytganding chindan ham shundaymidi yaniy uning ham jarohti bir muncha iddiy edi
- Siz shu gapimga ishondingizmi ahahaha... sizni ishontira olgan bolsam demak Jungkook ham ishongan to'g'risi men Karinani qon yo'qotishdan o'ladi deb o'ylagandim ehh afsus yomonga o'lim yo'q ekan
- Sendan qo'rqish kerak ) har ikkisining kulgusi yangrar ekan Jin birioz bo'lsada Deani kayfiyatini ko'targanidan hursand edi. Chiqish eshigi tomon harakatlanishar ekan Deaning so'zlaridan so'ng to'xtab qolishdi
- Aera va Lien bilan hayrlashmadim
- Ular sendan hafa bo'lishmaydi yahshisi o'zingni o'yla shifohonaga borishing kerak
- Yaaa arzimagan narsaga shifonoga boradimi uyga ketaman biroz dam olsam o'tib ketadi ) meni mashinagacha kuzatib qo'ygan Jin hayrli tun tilanb uy ichiga kirib ketdi mashinam faralari yonishi bilan ko'zlarim qamashdi salonga nazar tashlar ekanman haydovchi o'rindig'ida o'tirga erimni ko'rib yuzimni burishtirdim. Mashinani aylanib o'tdimu haydovchi yonidagi o'rindiqga emas orqa o'rindiqga joylashdim meni harakatimdan qovoq uygan Jungkook mashinani o't oldirdi
- Uyga borganingda omon qolmaysan bugun hech qanday bahona bilan mendan qocha olmaysan yahshigina taziringni beraman seni ) uning sovuq so'zlaridan so'ng qo'rqib kettim oyoqlarim o'z o'zidan titrashni boshladi u hech qachon menga bunday qo'pol ovozda gapirmagandi ehtimol undan o'zimni olib qochishim yaqinlashtirmayotganim jahlini chiqargandir lekin bariga o'zi sababchi-ku. Ortiq hech so'z demadi to uyga borgunimizcha shunchaki jim ketdi. Qo'rg'on ichiga kirishimiz bilan qo'rquv butun tanamni qamrab oldi hamma joy qorong'u janob Jeon bilan Jeon hinim bugun uyda emaslar atay qilgandek hech bir hizmatkor qo'rg'onda yo'q edi ortimga o'girilib qaytib ketmoqchi bo'ldim ammo yelkalarimdan tutgan erim meni yuqori qavatga boshladi honamiz qarshisiga kelganimizda bir haftadan beri o'z hohshim bilan kirgan yotoqhonaga qadam bosgim kelmadi meni majburan ichkariga kiritib eshikni yopdi qulfning ovozini eshitib qo'rqib kettim meni chetlab o'tib yotoq ustiga o'tirdiyu meni kelishimni kutdi mayda qadamlar bilan unga yaqinlashdim qo'llarimdan tortib yotoqga tashlaganda yig'lab yubordim o'zi ustimdan joy olar ekan yanoqlarimni yuvishga ulgurgan ko'z yoshlarimni ohista artdi. Egnimdagi uski kiyimimni yechganda takror yig'lashga kirishdim unig ko'zlaridagi tushinarsiz hisdan qo'rqa boshladim. To'yimizga bir hafta bo'lgan bo'lsada hamon ilk kecha*mizni o'tqazmadik sababi Karina haqda to'y kunim habar topdim uning o'tmishida hech kim yo'q deb o'ylagandim ammo adashgan ekanman ehtimol u o'sha qizni sevmas ammo ikkimizga imkon berishga tayyor emasaman u ham meni to'g'ri qabul qilib menga ortiqcha tihirlik qilmadi ammo ortiq o'zini bosib tura olmasligini endigina payqadim
- Jungkook... ) u lablarimni bosh barmog'i bilan siladi
- Meni qo'rqityapsan ) u so'zlarimdan kulib yubordi lablarini yanog'imga bosib so'ng yotoqning bo'sh qismidan joy oldi
- Qo'rqma senga tegmayman qachon meni kechirib o'zing imkon yaratmaguningacha tegmayman lekin shu yerda yotaman bir hafta sovuq polda yotganim ham yetadi yana bir necha kun polda uhlasam aniq kasallik ortirib olaman
Meni o'zi tomon tortib quchoqladidan quloqlarimga pichirladi
- Kechirim so'rayman Karina bilan bog'lib bo'lgan hamma narsada meni kechir......
- Suv sovuq emasmi ) meni vannaga avaylab joylagan Tae qo'li bilan suvni tekshirar ekan ko'zlarimga tikilgancha so'zladi
- Yo'q ) men inkor etib bosh chayqadim u ishonch hosil qilgach qo'lidagi suyuq sovunni tanamga surtdi jismimning har qarichini ko'zlari orqali skaner qilarkan men yuzimni boshqa tomonga o'girdim. Tanam bo'ylab sayr qilgan qo'llari hech qanday ortiqcha harakat qilmadi chindan ham u o'zgargan bir hafta oldingi yigit va ayni dam qarshimdagi yigit o'rtasida osmon bilan yerchalik farq bor
- Nima haqda o'ylayapsan ) o'ziga qaratilgan nigihlarimni payqagach u ham menga tikildi ilk bor undan nigohlarimni olib qochmadim ilgari ko'zlarimiz to'qnashsa o'zimni qo'yish uchun joy topaolmay qolsam hozir hech ikkilanishsiz ko'zlariga tikildim qop qora ko'zlar huddi labirintga o'xshaydi ichida adashib qolasan tashqariga chiqqishga itilasanu lekin yo'l toopaolmaysan. Har bir yo'lning ohiri keyingisining boshlanishi bilan tugaydi. Chuqurroq qarshga intildim Oldinlari men uchun noqulaylik tug'diradigan harakatlari hozir men uchun yoqimlidek tuyilardi 15daqiqadan so'ng meni vanna ichidan chiqarib olgan sevgilim egnimga dush halatiga o'rab qaytadan quchog'iga oldi. Oyna qarshisiga o'tirib u orqali Taening harakatlarni kuzatdim sochlarimni quritib egilgancha iyagini yelkamga tiradi bir birimizni oyna orqali kuzatar ekanmiz ikkimiz ham tabassum qildik
- Boya senga savol berdim lekin javob olmadim ) oyna orqali ko'zlarimga tikildi
- Qanchalar kelishgan ekaningizni o'yladim
- Bunday son mavjud emas ) nigohlarimni yerga qadagancha so'zimni yakunladim Taening istehzoli kulgusini kutgandim lekin unday bo'lmadi meni quchoqlab iyagimga labini bosdi. Qaytadan qo'liga ko'tarib yotoq ustiga qo'ygancha sovuqqotmasligim uchun ustimni choyshab bilan o'radi
- Men 10 daqiqada chiqaman ungacha uhlab qolma ) men "hop" degandek bosh chayqadim uning keng yelkalarini yuvinish honasi ichiga kirguncha kuzatdim eshik yopilib uning soyasi ko'zdan g'oyib bo'lgach qo'limni stoll ustidagi telefonima uzatdim uni ochgancha anchadan buyon ko'rishni rejalashtirgan "Last Christmas" filmini tomosha qilishni boshladim oradan 15 daqiqa o'tmay yuvinish honasi eshigi ochilib erimning yalang yelkalari ko'rinish berdi egniga sport shimidan boshqa narsa kiymagandi ho'l sochlarini quritgancha chiqar ekan qadamlari barobarida menga tabassum qilishni ham unutmadi. Tepamga kelib turib olgancha telefon orqali nima qilayotganimni tekshirdi ekrandagi har bir lag'sani unga ham yotlatib yuborgan filmimni ko'rgach qoshlarini chimirdi
- Hech shu filmdan zerikasnmi o'zi?
- Yo'q zerikmayman nima bu film sizga yoqmayapti
- Gap yoqishi yoki yoqmasligida emas Aera ikki oy ichi juda ko'p tomosha qilganingdan hatto men ham so'zlarini yotlab oldim
- Nega har gal shuday deyaverasiz sizga ziyonim tegmaydiku indamay filmimni tomosha qilaman
- Indamay tomosha qilamanmush keyin yana yig'lab chiqasan oldin bilinmasdi ammo so'ngi paytlar juda tasirchan bo'lib qolgansan tongacha seni yupatib chiqmoqchi emasman
Taening so'zlaridan jahlim chiqdi yuzimni unga ters o'girib boshqa tomonga qarab yotib oldim u nimadir demoqchi bo'ldi lekin ozir ovozini ham eshitishni istamay ko'rpani boshimgacha ko'tarib oldim. 1soatdan so'ng mening eng sevimli sahnam yaqinlashganda boshimni ko'tardim yonimda kampyuteri klavishlarini bosgancha bir nimalarni yozyotgan erimning qo'llaridan tutib yozishini cheklab qo'ydi u hayron qiyofada menga termular ekan ko'rsatich barmog'imni burnim va lablarim ustiga qo'ydim
- 5daqiqa ) u nima uchun bunday qilayotganimni sezib bosh chayqadi kompyuteri ekranini yopib meni quchoqlarkan yelkasiga boshimni qo'ygancha eng sevimli sahnamni tomosha qildim telefonim ekraniga yahshiroq tikilgancha nurini eng so'ngigacha ko'tardim ovozi shusiz ham eng balantida har gal takror eshitsam ham to'ymaydigan qo'shig'im boshlangach tabassum qildim sahna chiroqlari o'chirilib yangi yil libosini kiyib olgan sevimli aktrisam so'zlarini boshlar ekan o'zgacha bo'lib kettim libosidagi chiroqchalar yonib sahnada o'zgachalik aks etarkan boshiga yiltiroq kiyib olgan sochlari kalta mallasoch qiz qo'shiq kuylay boshladi. Entikib ketib yuzimga siniq tabassum oldim uning sevgilisi bilan bog'liq sahnalarini eslashi bilan tabassumim tobora siniqlashib bordi qo'shiqning avj qismi yangrar ekan hotiralar ham uzuq yuluq tasvirlar bilan ekranda ko'rinish berdi. Shu sahnani yoqtiraman va uni ko'rayotgan paytim atrofda tiqrlagan tovush bo'lsa ham asabiylashaman buni yahshi bilgani uchun Tae kampyuterini o'chirib qo'ygandi. Qo'shiq tamomlangach bir necha daqiqadan so'ng film ham tugadi ekranda aktyorlarning ismi qora fonda ko'rinish berishi bilan ko'zlarimni yumdim ularni ochganimda esa ikki tomchi yosh sirg'alib yanog'imga tushdi. Ilkbor bu filmni Dea bilan uning taklifiga binoan tomosha qilgandim oshanda ham yig'lab yuborganman qiziq necha bor tomosha qilsam bu filmga bo'lgan tasirchanligim hech qachon yo'qolmadi so'ngi kunlar esa homiladorligim sabab battar oshib ketdi. Men qo'rqaman ayni dam meni quchib o'tirgan insonim ham huddi filmdagi yigit singari yo'q bo'lib qolishidan juda qo'rqaman
- Tae siz ham kun kelib g'oyib bo'lib qolmaysiz-a ) uni qattiqroq quchib quloqlariga pichirladim yig'lamsiragan ovozimni eshitgandan so'ng iyagimdan tutgancha ko'zlarimga tikildi
- Hech qachon qaytaraman hech qa-chon ) ikkita so'zni lablari orasida yumshoq aytib keyin o'sha jumlani takror bo'g'inlab aytdi
- Ishonmayman aldayapsiz ) qizarishga ulgurgan ko'zlarim bulan unga termulib so'zlarimni hech ikkilanishsiz aytdim qiziq bitta film uchun shu darajada tasirlanishim mumkinmi oldin ko'z o'ngimda mashinada odam urib ketishsaham pinagim buzilmasdi lekin homiladorlik davri menda biroz qinchilik bilan boshlandi
- Ha ) ikki harfni haddan tashqari past ovozda lablarimdan siqib chiqardim
- Ishontirishimni istaysanmi ) bo'ldi endi tamomman ortiq hech bir so'zi ayta olmay qoldim lablarimni harkatlantirishga qanchalik urinmay ular meni butun vujudi bilan tinglayotgan erimning ko'zlari sabab qimirlab ham qo'yishmadi. Boshim tagidagi qo'lini olib ko'zlarimga tikilarkan nigohlarini bir soniya bo'lsada uzmasdan boshimni yostiqga avaylab joylab so'ng ustimga bor og'irligi bilan joylashdi. Tanasi ostida ezilib qolay dedim odam bu qadar og'ir bo'lishi mumkin emas menimcha u 200kilogramm chiqadi
- Meni ezib qo'ydingiz ) qimirlashga uringancha g'inshindim
- Shundaymi? Men kichkina rafiqamni ezib qo'ydimmi? ) men tasdiqlab bosh chayqadim yuzini men tomon yanada yaqinlashtirib ko'zlarimga chuqur termuldi. Uning nigohlarida istak va egalik yaqqol sezilardi sevgi ham bor... tundek qora ko'zlar o'zida manashu uchta hisni jamlagandi
- Menga bunday qarashni bas qiling... bu men uchun noqulay ) menga aytgan so'zlari yodimga tushdi (Agar mening harakatlarim sen uchun noqulaylik tug'dirsa shunchaki "Bu men uchun noqulay" desang bas mn sen uchun u ishni ortiq takrorlamayman!) so'zlarimdan so'ng ko'zlarini yumdi men uni to'xtashini kutgandim lekin unday bo'lmadi ko'zlarini takror ochganda sal oldin aks etayotgan his yanada ortganini ko'rdim lablarini tishlab tabassum qildi lekin bu odatiy tabassum emas istehzo bor edi kulgusida
- Bu gal senga quloq tutmayman kechirasan azizam chunki bugun ering seni yolg'iz tashlab ketmasligiga ishontirish uchun harakat qiladi ) yuzimga yanada yaqinroq egilib lablarimizni tutashtirdi pastki labimni lablari orasiga olib erkaladi so'ng esa kuch bilan tishlab oldi - Biroz qo'polroq bo'laman....
- His etyapsanmi Aera meni his qilyapsanmi ) qattiq surish bilan barobar aytilgan so'zlar harakatlar boshidan beri davom etayotgan Aeraning qichqiriqlarini yanada balandlashiga sabab bo'ldi
- So'zlar Aera to'liq javob ber
- Hech qachon hayotingdan yo'q bo'lib qolmayman hayotingning so'ngi lag'sani ham men bilan qarshi olasan. So'ngi nafasingni ham meni quchog'imda olasan! Mening zulmat tarafimni to umring so'ngigacha yoritib o'tasan... qachonki yonimda ekansan zulmatda yashayotganimni ham unutaman. Tirik ekanman zulmatimdagi quyoshim bo'lasan!
Quloqlarim tagida yangragan so'zlarni to'liq anglay olmadim bunga tanamga berilayotgan bosim sababchi so'zlarini anglamay turib bosh chayqadim chunki u bari bir so'zlariga tasdiq olmaguncha to'xtamaydi. Bo'yniga o'tqazib olgan qo'llarim o'z o'zidan bo'shab ketti qornimning past qismidagi og'riq ham unitilib miyyam uzra yoqimsiz chiyillash turdi Taeni ustimdan uloqtirib boshimni changallagancha og'riqlarga qaramay yotoqdan sakrab turib kettim menga biroz tushinarsiz ifoda bilan termulgan erim bir so'z demay harakatlarimni kuzatdi. Tanam ustidan boshqaruvni yo'qotdimu ko'z oldim zimiston bilan qoplandi qorong'ulik ichida eshitganim Taening ismimni baland ovozda aytgani bo'ldi...
- Dea uning ahvoli yahshimi ) eshikdan chiqgan shifokor tomon tezlikda yaqinlashgan Taehyung havotir bilan unga tikildi
- Qo'rqadigan hech narsa yo'q havotir olma ) yuzidagi maskani yechgan Dea yigitning so'zlariga hotirjam javob qaytarib ortidan yurishini imladi. Honasiga kigach Taehyungga o'tirishi uchun joyni ko'rsatib qo'lidagi bir nechta tekshiruv hujjatlariga ko'z yugirtirdi
- Bolachi u ham yahshimi yani biz birga bo'lgandik va bu gal men biroz qo'polroq harakat qilgandim ) qo'li bilan ko'zlarini ishqalarkan havsala bilan nafas chiqardi
- Aerada ham bolada ham hammasi joyida hovotir olishing uchun asos yo'q shunchaki kichkintoy dadasiga "oyimga qo'pollik qilmang" deb eslatib qo'ydi. Agar hushidan ketgani haqda so'ramoqchi bo'lsang bu homiladorlik vaqtida bo'lib turadi
- Unchalik havfli emas ) Taening so'zlarini tasdiqlab uni tinchlantirishga urindi
- 2soat janob Kim 2soat va sizni kulgulari bilan quloqlaringizni bezor qilib yuboradigan sevgilingiz quchog'ingizda bo'ladi
- Men rahmat aytadigan ish qilganim yo'q ) past ovozda unga javob qaytarib qo'limdagi Aeraning tekshiruv qog'ozlariga etiborimni qaratdim. Yonimda o'tirgan yigit to'satdan o'rnidan turib ketdi-yu hech bir so'z demay honani tark etdi oradan 10 daqiqa o'tgach honaga qaytgan yigit stolim ustiga limonli suvni qo'ydi. Ko'zlarimni natijalarrdan olib avvalga stolim ustidagi qadohlangan suvga so'ng esa menga yuqoridan qarab turgan yigitga ko'chirdim
- Limonli suv bosh og'rig'ini biroz bo'lsada bosadi ) boyadan beri tars yorilay deyayotgan boshim og'rig'ini unutayozipman
- Eng yomon ko'rganim limonli ichimlik buni o'zing ich ) boshimni silkigancha so'zlarini rad etib g'inshindim u esa qo'lini uzatib limonli suvni kafti orasiga oldi
- Yahshi unda boshing tars yorilmaguncha shunday o'tiraver ) men chuqur nafas oldimu qo'lidagi allaqacho qopqog'i ochilishga ulgurgan idihni qo'llaridan olib qo'ydim
- Menga yordam berding sendan qarzdorman istagan narsangni so'ra ) bir qultum limonli suvni yuzimni burishtirgancha bazo'r yutib yubordim so'n esa uning so'zlariga etiborimni qaratdim uzoq o'ylab so'ng og'iz jufladim
- Karinani mamlakatdan tashqariga jo'natib yubor. Shunday qilginki Karina haqda Aera hech qachon habar topmasin. Bilasanmi bu juda og'riqli bolar ekan men o'zim his etganlarimni Aeraga ravo ko'ra olmayman uni qalbi ham meniki singari og'rishini istamayman ) yuzimni kaftlarim yordamida berkitib yig'lab yubordim
- Jungkook bilan munosabatlaringiz qalay ) meni diqqat bilan kuzatgan Taehyung so'rash uchun biroz tortinsada savolini ikkilanish bilan berdi
- Urishib qolganmiz Karina sabab yo'q adashdim sen sabab Kim Taehyung ) kaftlarim bilan yoshlarimni sidirgancha erkalik qilib gapirdim
- Yarashmadi ) meni yoshbolalardek qilhan qiligimga qarab biroz tabassum qildi so'ng men ham harakatlarim chetdan qanday ko'ringanini tasavvur qilib kulib yubordim
- Oyog'iga ham otadimi lapashang uni chala o'ldirib senga nima naf edi to'g'ri miyyasini mo'jjalga olsan nima bo'lardi yoki boshqa joyini bilasanmi inson tanasida shunday nuqtalar borki agar osha yerdan qon ketsa odam 5daqiqaga bormay qon yo'qotishdan o'ladi
- Qotilga qotillikdan dars o'tyapsanmi Dea uni o'ldirish niyyatim bo'lganda alla qachon o'lgan bo'lardi shunchaki Aera haqda aytgan so'zlaridan jahlim chiqdi va popugini pasytirib qo'yishni istadim
- Bilaman lekin Jungkook uni qo'lida ko'tarib kelganda ko'nglim og'rib ketdi ) yana piqqillashni boshlaganimda u stoldan turdiyu meni qarshimga keldi
- Kel o'zimga ) oylab ham o'tirmay quchog'iga o'zimni otdim kechadan beri to'plab turgan yoshlarimni ortiq ushlab tura olmay do'stimni quchgancha yig'ladim
- Vada ber kuyingi gal o'qni uni peshonasiga qada o'sha yerni o'zida joni uzilsin ) mening jinnicha so'zlarimdan kulib yuborga Taehyung boshini qimirlatdi
- Yahshi vada beraman keyingi gal u shifohonagacha yetib kelmaydi
- Shunday bo'lsin ) bizning suhbatimiz eshikdan beso'roq kirib kelgan hamsharini ko'rgunimizgacha davom hansirab nafas olgan qizni ko'rib Taehyungdan uzoqlashdim ikkimiz ham hamshiraga termulib nimadir deyishini kutardik
- Min honim bemor Kim Aera palatasida yo'q ) aytagan so'zlaridan so'ng Taehyung shoshgancha honani tark etdi uning ortidan eshk shu qadar qattiq yopildiki ko'zlarimni pirpirab ketdi bu eshikning ovozidan emasdi
Boyadan beri qarshisidagi yigitning so'zlarini beparvolik bilan tinglagan Jay uning yakuni kutilgan natijani bermaydigan rejalarini eshitishdan bezib og'iz juftladi
- Kim Taehyungni sen aytgandek halol yo'l bilan yo'q qila olmaymiz hiylasiz uni mag'lub qilishimiz osson bo'lmaydi
- Qandaydir re'jang bormi ) Hoseokning savolini javobsiz qoldirgan yigit yuzida yoqimsiz tabassumni gavdalantirib unga ortidan yurishini imlagancha yer to'la tomon boshladi
- Mana meni rejam ) odamni titratadigan darajada sovuq honaga kirgan Hoseok bu yerdagi qorong'u muhitga avval moslasha olmadi so'ng esa ko'zlari qo'llari yordamida o'zini quchib o'tirgan tillarong soch qizga tushdi
- Taehyungning rafiqasi ) kichikina bo'lgan jussada ko'zini uzmagan Jay huddi shoytondek yoqimsiz iljaydi
- Bu bilan aytmoqchisanki ) Hoseokning so'zlari tugab ulgurmasdan Jay tomonidan uzib qo'yildi
- Huddi shunday demoqchiman ) o'sha yoqimsizlikni yuzidan uzmagan Jay hona burchagi tomon harakatlanib devorga butun jussasi bilan tiralib olgan qizning sochlaridan ssiqqmlagancha uni hona markaziga olib keldi. Uning harakatlariga nimadir demoqchi bo'lgan Hoseokni shimi cho'ntagidagi telefonidan yangragan musiqa to'htatib qo'ydi aytar so'zini unutgan yigit shoshganch qo'l telefonini qo'lga oldi chunki bu musiqa faqat bir inson qo'ng'iroq qilgandagina yangrardi. Hech narsaga etibor qilmasan eshik tomon o'girilib ketar ekan tashqariga chiqiboq shoshgancha qo'ng'iroqga javob qaytardi
- Nisa....
- Hoseok ham bizni yolg'iz qoldirdi qizlaloq ) Aeraning yuzidan silagan Jay quloqlariga egilgancha shivrladi qo'lini shimining cho'ntagiga solib undan telefonini oldi so'ng esa qandaydir raqamlarni terib yashil tugmani bosdi bir nechta chaqiruvdan so'ng mamnun tabassum bilan telefonini qulog'i tomon elitdi. Men uning kim bilan gaplashayotganini bilmadim uning so'zlarining hech biri qulog'imga kirmadi ammo Tarhyungning ismini eshitgach qorachiqlarim kengayib ketdi
Jay: Juda qiziqdim Kim Taehyung rafiqangning ovozi qandayligiga. U bilan biroz suhbatlashmoqchiman agar qarshi bo'lmasang
Taehyung: Unga qo'tekkizgudak
bo'lsang seni o'ldiraman Jay
Jay: Juda qo'rqib ketdim Taehyung ) etiborini menga qaratdi va man alla qachon yoqimsiz deb bilishga ulgurgan ovozi yangradi - Azizam menimcha kimdir sening yoqimli qichqiriqlaringni sog'ingan ko'rinadi balki ering eshitishi uchun ovoz to'ningni yanada balandlattirarsan ) qo'lidagi telefoni ovozini balandlatgan Jay uni o'zidan bir necha qadam nariga qo'yib nigohlarini qayta yig'idan tiyilmayotgan qizga ko'chirdi kichik kaftlari bilan lablarini to'sib olgan Aera bir so'z demay unsiz yig'lardi
- Yo'qmi? nega lablaringni berkitib olding kichik honim ovozingni eringdan qizg'onyapsanmi? unda kel bir narsa qilamiz ) Aeraning lablarini to'sib turgan ikki kaftlarini zo'rlik bilan ajratgan Jay ularni birlashtirib boshidan yuqori qismga ko'tardi qo'llarini havoga muallaq ko'targancha bor kuchi bilan qizning yuziga zarba berdi yuzidagi jizillashdan qichqirib yig'lagan Aera hali birinchisining ta'mi ketmay ikkinchi bor yana tarsaki bilan siylandi yer to'laning har qarichi qizning yig'i ovozi bilan to'ldi telefon orqali sevgilisining azobli qichqirig'larini eshitgan Taehyung Jay uchun aytayotgan haqoratlarini to'xtatdi tarsaki zarbi qattiqligidan uning ovozi telefon ortidagi yigitga ham eshitildi
- Bas qil Jay to'xtat sen nima istasang shunday bo'ladi bu biz ikkimiz o'rtamizdagi muammo bunda uning aybi yo'q
- Chindan ham unin aybi yo'q ) qo'larini yig'idan shishib ketgan qizning sochlariga yaqinlashtirgan Jay uning sochlaridan silab so'zladi - Lekin har doim badalni aybsizlar to'lagan ilk qotilligim yodimga tushdi juda ayanchli o'lim bo'lgan lekin yakunga tez erishganman 10daqiqaga bormay o'sha inson o'lgan lekin bu honmi uchun unday osson o'lim berilmaydi...
#Nisa
@gold_fanfics