My Darkside
EP_8
- Istagingcha ye! Ammo kechagidek meyyordan oshirib yuborma! ) javoban yengil bosh chayqagan qiz etiborini likopchasidagi taomlarga qaratdi. Qo'liga pichoq va sanchqi olgan Dea kechagidan farqli ravishda yengil bo'lgan tamolarga qo'l cho'zdi. Erta tongdan ovqatlanishni hushlamagan Jungkook esa dasturxon ustiga nazar ham tashlamay janob Jeon bilan ishiga aloqador bir nechta masalalarni muhokama qilishdi. Ularning suhbatini buzushni hohlamagan Jeon honim esa nonushta uchun ajratilgan vaqtni sukutda o'tkazdi. Ora-orada qarshisida o'tirgan Deaga nigoh tashlarkan qiz ham huddi u singari erkaklarning suhbatiga halaqit qilishni istamagani uchun sukut saqlardi. Biroz muddatdan so'ng avvaliga janob Jeon, keyin esa bir necha daqiqadan so'ng Jeon honim ham muhum ishi bor ekanini takidlab mehmonxonani tark etishdi. Bir muddat yonveridagi qizni kuzatib o'tirgan Jungkook uning bo'shagan idishiga ko'z tashlab uzoq muddatlik sukutga yakun yasadi
- Sen uchun libos hozirlashlarini buyurdim tayyorlan! 15daqiqadan so'ng seni tashqarida kutaman. Bir daqiqaga ham kech qolma! ) telefon orali kim bilandir habarlashayotgan Jungkookning ovozi shisha stakandagi sharbatni simirayotgan qizning etiborini tortdi. Lablari orasidagi suyuqlikni vazminlik bilan yutgan Dea bir muddat yigitning yuziga tushunarsizlik bilan termuldi - Bir daqiqaga ham kech qolma dedim, Tezlash!
Yigitning so'ngi so'zlari sabab qo'lidagi stakanni shoshqaloqlik bilan stol ustga qo'ygan qiz o'rnidan qo'zg'alib hech bir etirozsiz yuqoriga ko'tarildi. Telefonini o'chirish oldidan vaqtni tekshirgan Jungkook zinalar yordamida yuqoriga ko'tarilayotgan rafiqasi ortidan tikilgan ko'yi pichrladi
- 15daqiqa~ ) qaytadan etiborini stol ustiga qaratgan yigit rafiqasining endigina yarimlagan sharbati tomon qo'l uzatdi. Shisha stakandagi sharbatni so'ngi tomchisi qolgunga qadar simirgan Jungkook bo'shagan idishni qaytadan stoll ustiga qo'ydi. Telefonini shimining cho'ntagiga solgach vazminlik bilan o'rnidan qo'zg'alib asosiy eshik tomon harakatlandi
Hona ichiga kiriboq tumba ustidagi kichik soatga nazar tashlagan Dea vaqt hisobini oldi. Jungkook aytgandek yotoq ustida u uchun kiyim hozirlangan. Qiz shoshqaloqlik bilan libosni qo'liga oldiyu yuvunishxonasi tomon harakatlandi. 7daqiqadan so'ng honaga qaytgan Dea oyna qarshisiga turgach egnidagi libosini tekshirib, sochlarini tartibladi. Bir necha daqiqagina talab qilgan yengil pardozini yakunlagan qiz so'ngi bor oynaga qaragancha tungi chiroq yonidagi sumkasini qo'liga olib honani tark etdi. Zinlardan shoshgancha tushgan qiz tashqariga chiqgach asosiy eshik qarshisidagi mashinaga suyangancha uni kutib turgan yigit bilan to'qnashdi. Yuzini quyi ekgan Jungkook nigohlarini bir nuqtaga tikgancha shunchaki jim turardi. Qarshisiga kelgan rafiqasining soyasini payqagan yigit boshini yuqoriroq ko'tarib qizga nigoh tashladi