My Darkside
- Bemor hushiga kelganda bari joyidamidi janob Kim? ) qo'lidagi kichkina fanarcha yordamida bemorning qorachiqlarini tekshirgan shifokor ortiga o'girilar ekan boyadan beri uning har bir harakatlarini kuzatayotgan yigit tomon savol nigohi bilan tikildi
- Bari joyida edi u o'zini avvalgidek tutdi. Hech bir o'gachalikni sezmadim huddi avalgidek gaplashdik ammo Dea kelgach u to'satdan o'zgarib qoldi. U o'zini juda g'alati tutdi men ilgari uni hech qachon bunday ahvolda ko'rmagandim
- Janob Kim rafiqangiz ve Dea honim o'rtasida biror muammo bo'lganmi? ular ilgari bir biri bilan kelshishmasmidi
- Yo'q nega bunday deyapsiz ) doktor so'zlaridan esankirab qolgan Taehyung yuzidagi hayratni yashirmay so'zlarkan uning harakatlariga javoban doktor yuzidagi hotirjamlikni yo'qotmay so'zida davom etdi
- Bemorning ahvoli barqaror men hatto alo darajada degan bo'lardim
- Buni o'z hohshi bilan qilgan demoqchiman. Harakatlarini qanday izohlash mumkin bilmayman shunisi aniqki bularning barini o'z ihtiyori bilan bajargan
- Yarim soatdan so'ng hushiga keladi, so'ng ketishingizga ruhsat beramiz
So'zlarini yakunlagan shifokor palatani tark etdi uning ketganiga ishonch hosil qilgach hona markazi tomon harakatlandim. Rafiqam huddi uyqudagi malika kabi orom olardi. Sal avvalgi hodisa takror ko'z oldimda gavdalanarkan ning qanday qo'rqib ketgani, huddi ajali bilan to'qnash kelgan insondek tipirchilaganini esladim. O'sha qichqiriq honani to'ldirgancha qichqirdi uni tinchlantirish uchun yaqinlashganimda quchog'imga kirgancha tinmay yig'lay boshladi. Boshini ko'ksimga bosgancha qo'llarini yelkamdan o'rab oldi. Opkasini to'ldirgancha piqqilar ekan lablari faqat bir so'zni takidlardi, "u kelmasin". Ming chiranmay hech qanaqasiga uni tinchlantira olmadim, palataga kirgan hamshiralar sabab ortga chekinar ekanman Aera kaftlarimdan tutib qoldi. Ikki hamshira uni yelkasidan bosgancha kravatga mihlarkan boshqa biri tomiriga tinchlantiruvchi dori yubordi. Igna qo'llariga sanchilishi bilan kaftimni qattiq siqgancha og'riqdan ingrab yubordi, U ukoldan va doktorlardan judayam qo'rqadi, hatto tobi bo'lmay kasal bo'lib qolsa ham doim shifohonaga borishdan bosh tortardi. Men esa u eng ko'p qo'rqgan narsalari qurshovida qoldirdim qo'limdan uning kaftlarini tutib, ko'zlaridan tomayotgan yoshni kuzatishdan o'zgasi kelmadi. O'sha payt kamarimga qistirilgan to'pponchani chiqargancha undagi barcha o'qni sevgilimning joniga ozor berayotgan shifokorlarning peshonasiga joylab qo'ygim keldi. Ichimdan kelayotgan g'azabni arang boshqarib turarkanman bari tezroq tugashini istagandim. Hozir unga termular ekanman boya nima uchun bunday ilganini hamon anglab ulgurganim yo'q nega Deaga bunday qildi nega birdan jazavaga tushib hamma yoqni ostun-ustun qilganini anglay olmay halakman. Doktor aytgan gaplarini tahlil qilar ekanman "bularning barini o'zi istab qilgan" degan so'zlari miyyam uzra charh urgandi. Dea bilan aloqador biror narsa bo'lmagani aniq chunki ular hech qachon tortishib qolishmagan. Balki bu unga nisbatan qilingan bir necha kunlik tazyiqlar sabablidur. Jay unga aynan nima qilganidan behabarman ammo bir narsa aniqki u hayotining so'ngi kunlarini yashayapti. Aera o'ziga kelgach Jayga haqiqiy jahannam qanday bo'lishini ko'rsataman. Hatto tasavur qila olmaydigan qiynoqlar ila jonini olaman. Qo'l soatimga qarar ekanman sal kam bir soat o'tganini payqadim ammo Aera hali hamon o'ziga kelmadi. Palata bo'ylab u yoqdan bu yoqga besabrlangancha harakatlanar ekanman hona bo'ylab sezilar sezilmas shovqun ko'tarildi ortimga o'girilgancha shifohonaning qattiq kravatiga o'rnasha olmay g'inshinayotgan rafiqamni ko'rdim. Qadamlarimni tezlashtirib uning qarshisiga turar ekanman ko'zlarini og'irlik bilan bazor ochib menga termuldi
- Aera~ ) egilgancha unga yaqinroq qarash maqsadida kravar qarshisiga cho'kkalagancha joylashdim. Hech qachon hech bir inson qarshisida tiz cho'kmaganman. Kim bo'lishidan qat'iy nazar inson qarshisida hatto bosh egmaganman ammo har gal rafiqamning qashisida ihtiyorsiz egilaman. Men sabab unga ziyon yetsa aybimni bo'ynimga olib boshimni yerga egaman. Tiz cho'kish va bosh egish atamalari men uchun zaiflikni bildiradi... chindan ham men zaifman! Har doim har gal qarshimdagi qiz oldida, Sevgim oldida zaifman!
Barmoqlarimizni bir-biriga bog'lagacha yuzidan silab ismini aytar ekanman javoban u hammeni ismimni takrorlashini kutdim. Ammo u kozlaridan qalqib turgan yoshlarini ortiq tutib tura olmay ularni qo'yib yubordi yuzidan sirg'alib tushgan yoshlar iyaklariga kelgach qadalib qoldi. Menga hamon qo'rquv bilan tikilar ekan ikta so'zni lablari orasidan qo'yib yubordi " Uyga ketaylik". Uning shifokorlardan qo'rqishini yodga olar ekanman yuzimga majburan tabassum oldim... Qo'rqoq quyoncham....
- Hozir shifokor chaqiraman ) o'rnmdan qo'zg'algancha doktorni chaqirish uchun undan uzoqlashar ekanman meni qo'yib yubormadi. Kaftimni shu qadar qattiq siqdiki hozirgina o'ziga kelgan insonda bunchalik kuch qayerdan paydo bo'lganidan hayratlandim
- Qo'rqaman... oppa ketib qolmang...
- Ketmayman Aera ammo shifokorni chaqirish kerak ) ortimga o'girilib ko'zlariga tikildim, ulardan allaqanday qo'rquv va iltijo aks etardi. Shifokor chaqiqrishim kerak ekanini aytganimda boshini inkor manosida silkitdi
- Yo'q yo'q... kerak emas. Meni olib keting uyga borishni istayman. Bu yerda qolgim kelmayapti ) boshini silkib ketmoqchi kanini aytib jazavaga tusha boshladi. Sal avvalgi hol takrorlanmasligi uchun uni tinchlantirishga urindim
- Ammo shifokor... ) so'zlarimning yarmi lablarim orasida qolib ketdi kafti bilan lablarimni yopgancha ko'zlarimga tikildi
- Iltimos... ) so'ngi so'zlaridan so'ng ortiq unga qarshilik qilmadim...
- Bu yigit aniq aqildan ozgan yoki meni jinni ilishga qasd qilgan ) qo'l telefoni orqali kerakli kantaktga 22chi qo'ng'iroqni amalga oshirgan Dea bu galgi chaqiruv ham oldingilari singari javobsiz bo'lganidan achchiqlanib mashina salonini to'ldirgancha qichqirdi
- Hoy sekinroq ) muyilishdagi svitafor qarshisida mashinasini to'xtatgan Jungkook tezroq qizil chiroq yonishini kutar ekan old o'rindiqni band etgan rafiasining asabiy qichqirig'i sabab quloqlarini berkitdi
- Qanaqa sekin Jungkook nima balo do'sting aqldan ozganmi? qanday qilib hech bir ogohlantirishsiz Aerani kasalhonadan olib chiqib ketgan bo'lishi mumkin? Nima u miyyasi bilan urushib qolganmi ) hamon ko'zlarini telefon ekranidan uzmagan qiz jahl bilan g'oliranar ekan Jungkookning so'zlariga ham parvo qilmagandi
- Jin ursin! TELEFONI KO'TARSANGCHI KIM TAEHYUNG!
- MING LANAT ) so'ngi qo'ng'iroqq ham javobsiz qoldirilgach qo'lidagi telefonini mashinaning alla qaysi burchagig uloqtirgan qiz tishlarini g'ichirlatgancha tinchlanishga urunardi. Uning harakatlaridan bezor bo'lgan Jungkook qizni o'zi tomon tortgancha lablarini tutashtirdi. Uning harakatlarini avval boshidan tushunmagan Dea karaht holda qotib turardi. Avvaliga yuqori so'ng pastgi lablarni bir maromda shimib qiynarkan harakatlari davomida tishlarini ishga solishni ham unitmadi. Bir daqiqaga bormagan yoqimli harakatlar orqa tomondagi mashinaning yoqimsiz chiyillashi sabab yakunlandi. Tabassum bilan rafiasidan uzoqlashgan Jungkook gaz pedalini bosib mashinani harakatlanar ekan Deaning hamon unga niqtalgan ko'zlari sabab labini qimtidi
- Bilaman ering juda kelishgan lekin menga bunday tikilishni bas qil Dea. Keyin qo'lingni oyog'im ustidan ol aks holda mashinada ekanimizni ham unutib qo'yishim mumkin azizam ) Jungkookning so'zlaridan so'ng nigohlarini uning o'ng oyog'i ustiga qo'yib olgan kaftiga qaratarkan boya Jungkookni o'zidan uzoqlashtirish uchun qo'llaridan foydalanganini eslab ularni tezlikda tortib oldi. Yuzini oyna tomonga o'girgancha qizargan yanoqlarini sochlari bilan berkitdi
- Umuman olganda bu menga yoqdi
- Hammasi! ayniqsa nozik kaftlaringni oyoqlarim ustida his qilish ko'proq yoqdi Jeon honim ) pichrlab aytgan so'zlar sabab asablari taranglashgan Dea barmoqlarini o'ynar ekan ayni dam Jungkookga hech bir so'z aytaolmaganidan achchiqlanardi
- Tan olaman bosa borasida chindan ham mahoratlisan
- Ering har ishda mahoratli ) o'zidan g'ururangancha qosh qoqib qo'ydi Jungkook
- Ha albatta bu ishda mahoratli bo'lish uchun Karina honim bilan anchagina harakat qilganingiz sezildi... qadirli Erim
- DEA... ) tormoz keskinlik bilan bosilgach mashina shinalarining asfaltga ishqalangandagi yoqimsiz ovozi yangrarkan asabiylik bilan lablarini tishlagan Jungkook g'azab bilan qarshisidagi qiz tomon o'girildi
- Ha azizim ) atayin yigitning asab tolalari bilan o'ynashishni istagan Dea hamon mashina oynalaridan ko'zini uzmay yengil javob qaytardi
- Qachongacha Karinani yuzimga solmoqchisan?
- Havotir olma jazmaningni ismini bir lag'za ham unitishinga yo'l qo'ymayman ) qizga so'zlashdan foyda yo'qligini sezgan Jungkook qayta mashinani ishga solar ekan Karina hali anchagina ularning orasidagi to'siq bo'lishini tushinib bo'lgandi...
Eshik yopish oldidan takror hona ichiga nazar tashlagan Taehyung rafiqasining uyqusini buzib yuborishni istamay eshikni ohistalik bilan yopdi. Qo'llarini tutqichdan olgancha ortga o'giralar ekan qarshisida unga o'lim nigohlarini qadab turgan qizni ko'rdiyu hafsala bilan o'pkasidagi havoni tashqariga qo'yib yubordi
- Nima? ahmoqmisan Kim Taehyung? Yoki boshindan qattiq jarohat oldingmi agar shunday bolsa shifohonada aytish kerak edi seni ham tibbiy ko'rikdan o'tkazgan bo'lardik ) qarshimda hech bir so'z aytaolmay qolgan yigit hafsala bilan nafas rostlar ekan o'ylab o'tirmay nishimni unga sanchib oldim. Aytmoqchi bolgan so'zlarini hayolida tartiblarkan bir muddat jim bo'lib qoldi
- Aera ketishni istadi va men rafiqamni istagini bajardim ) hotirjam menga javob qaytarar ekan lablarim hayratdan ochilib qoldi
- U istagani uchun rafiqangni kasalxonadan olib qochdingmi tentak. Aqldan ozib qolibsan qanchalik havotir olganimni bilasanmi? Senga yuz marta qo'ng'iroq qildim naxot qo'ng'iroqlarimga javob berish shu qadar MUSHKUL BO'LSA ) ohirgi so'zlarini baland to'nda aytgan Dea yigitning harakatlari sabab to'xtab qoldi
- Hoy sal sekinroq ) ko'rsatgich barmog'ini lablari ustiga qo'ygan Taehyung hona eshigi ishora qilgancha qizga pastroq gapirishini imo qildi - Aera hozirgani uhladi
Qiya eshikdan bosh suqgancha hona ichiga nazar tashlagan Taehyung hammasi joyida ekaniga amin bo'lgach qayta nigohlarini qarshisidagi qizga ko'chirdi
- Ahvoli yahshimi ) yigit nigohlariga ergashgan qiz qorachiqlarini hona ichiga tashladi
- Anig'ini bilmayman ) eshikdan bir ikki qadam uzoqlashgan Taehyung devor sirtiga boshini tirab turar ekan ko'zlarini qarshisidagi qiya ochiq eshikga tikgancha hafsalasiz nafas rostladi - Tuzukroq gaplashmadik siquvga olishni istamadim. Ahvoli yahshi ekanini va shifohonada qolishni istamayotganini aytdi halos
- Balki o'zingni ayblashni bas qilarsan ) u nigohlarini qadagan nuqtaga bir muddat tikilib turib so'ng og'ir yutingancha gap boshladim. Iloji boricha yumshoqroq gapirishga harakat qilib shusiz ham o'zini qo'yarga joy topaolmayotgan do'stimning qarshisiga turgancha yelkalaridan tutdim
- Men hayotiga kirmagunimcha bari bir tizginda ketayotgan edi...
- Uni qo'yib yuborishim kerak ekanini anglatadimi bu? ) hayolan o'tqazgan so'zlarimni ochiqchasiga uning yuziga aytdim bu shu qadar tez sodir bo'ldiki qanday qilib so'zlar lablarim orasidan chiqib ketganini anglolmay qoldim
- Balki... lekin men bunday qilmayman! Uni hech qachon qo'yib yubormayman!
- Jungkookga bo'lgan tuyg'ularing sevgimi yoki do'stik? ) so'zlarimni tamomlagach uning javobini kuta boshladim bu men uchun doim qiziq bo'lagn. Uning tuyg'ulari... ular sevgimi yoki egalik. Men Taehyungning tuyg'ularini hech qachon tushunmaganman ammo uning javoban aytgan so'zlaridan so'ng jimib qoldim. Chindan ham buni aynan nimaligini bilmayman hamon tuyg'ularimni aniq anglab yetmagandim, toki kechagi tunga qadar...
- Savolga savol bilan javob berib bo'lmaydi ahmoq ) qovoqlarimni uygancha jahl bilan unga o'dag'ayladim
- Savolingning javobi o'zingda Dea. Ho'sh?
- Sevgi... ) yuzimni yerga tikib lablarimn tishlagancha past ovozda bidrladim
- Har ikkimiz buni kech angladik... ) yuzida kichik tabassumni gavdalantirdi Taehyung
- Biz bir xilmiz, tuyg'ularini to'laligicha anglay olmaydigan ikki telbamiz. Menimcha shu sabab sen bilan tez til topishganmiz. Ikkimiz ham voz kechishni bilmaymiz, va hech qachon o'zimizdagini qo'yib yubormaymiz
- Huddi shunday Dea honim ) men tomon yuz o'girgan Taehyung qosh uchurgancha so'zlarini tamomladi. Ikkimiz ham bir birimizga bir muddat termulib turdik so'ng esa haqiqiy aqldan ozgan insonlar singari birdaniga kulub yubordik. Chindan ham har ikkimiz haqiqy Telbamiz!
- Tan ol Kim Taehyung hatto Jin va Jungkook bilan ham menchalik yaqin emassan. Menga ulardan ko'ra ko'proq ishonasan ) boshimni yuqoriroq tutgancha maqtanchoqlik qila boshladim. Menga javoban tabassum qilgan yigitni ko'rib uni kulishga undash uchun aytgan so'zlarim ish berganidan o'zim ham sevindim
- Huddi Jungkookdan ko'proq menga ishonganingdekmi?
- Hoy men oraga Aerani aralashtirmadim bu nohaqlik...
Menga ort o'girgan Taehyung uzun zal boylab harakatlanar ekan men tomon hatto o'girilmadi ham. Jahl bilan qizargan burnimni jiyirgancha nafasim ostida ustimdan mazahlagan do'stim uchun lug'atimdagieng chiroyli so'zlarni aytdim. Eshik tutqichiga qo'l cho'zgancha uni burab hona ichiga kirdim. Hona makazi tomon yaqinlashar ekanman ichimda biroz qo'rquv bor edi. Yotoq qarshisiga kelgach unga zimdan tikildim, egilib qarshisiga cho'kkalar ekanman qo'llarim bulan uning menikidanda nozikroq bo'lgan bilaklaridan tutdim. Tomir urishini tekshirar ekanman bari joyida ekanini payqab chuqur nafas oldim. Qo'llarni qaytadan momiq ko'rpa ichigi solgancha nigohlarimni yuzimiga ko'chirdim, menga homushlik bilan tikilib turgan qiz, men bir necha kun oldin ko'rgan dugonamga umuman o'xshamasdi
- Aera yahshimisan ) shoshgancha yuzini kaftlarim orasiga olgancha sinchiklab tekshirdim. Menga nafrat bilan tikilar ekan ichimdan kelayotgan qo'rquv sabab o'zimni ortga oldim
- Dea nega? ) yuzidagi poyonsiz homushlikni oshkor etgan qiz nigohlarini menga tikgancha pichrladi
- Nimalar deyapsan ) yuzimga o'rmalagan havotirimni yashirishg urungancha iloji boricha o'zimni hotirjam tutishga harakat qildim faqa men o'ylagan narsa bo'lmasin
- Nega bunday qildingiz? qanday qilib meni ko'zingiz qiydi? ) namlanishga ulgurgan qorachiqlari bilan menga termular ekan lablarim titrab ketdi. Ko'zlarim o'z o'zidan yoshlanib ketdi, bu yolg'on bo'lsin...iltimos quloqlarim adashgan bo'lsin
- Aera men...) ortiq hech so'z deyaolmadim o'zimni oqlash uchun menda hech bir sabab yo'q. U yosh qalqigan ko'zlarini bir on bo'lsada mendan uzmadi demak shifohonada men sabab qolmadimi? Agar u barini bilgan bo'lsa demak...
- Ha Dea siz... nega bunday qildingiz ) ustidani yopinchiqni olgan Aera oyoqlarini marmar polga qo'ygancha sekinlik bilan o'rnidan qo'zg'aldi. Men tomon harakatlanar ekan istamay o'zimni ortga oldim. Uning qadamalari bir onga bo'lsada to'xtamas ekan men ham undan qochgancha ortga tisarilaverdim. So'ngi manzil esa men o'ylagandek sovuq devor emas aksincha o'zimga nisbatan kattaroq insonning tanasi bo'ldi. So'ng tahtadek qotib qoldim. Men qo'rqaman ortga o'girilishdan qo'rqaman! Ko'ksimdagi yurak go'yoki yo'qolib qolgandek edi butun badanim qo'rquvdan titrar ekan yagona do'stimni yo'qotish hissi meni tamom qildi. Titroqdan nari kelmagan tanamni quchgancha ortga o'girilar ekanman Taehyung avval menga so'ng esa Aeraga hayrat bilan termulib turardi
- Bu yerda nima bo'lyapti? ) hech narsaga tushunmagan Taehyung savol ifodasi bilan bizga tikilib turar ekan Aera tomon yuz burgancha "buni unga aytma" degandek bosh chayqadim. Mendan nigohlarini olib qochgan Aera erining quchog'iga kirgancha yig'lay boshladi. Boshini Taening ko'ksiga qo'ygancha piqqilar ekan Tae menga savol nigohi bilan termuldi " unga nima bo'ldi" degandek men esa hech so'z demadim shnchaki qarshimdagi juftlikga nigohlarimni qadab turdim halos
- Senga nima bo'ldi sevgilim ) bir qo'li bilan Aeraning belidan tutgan do'stim ikkinchi qo'li bilan rafiqasini sochlarini silagancha so'zladi
- Oppa u... U o'sha kuni keldi, men betob bo'lib hushimni yo'qotgan kunim kelgan shifokor u edi. U meni qutqarishga urunmadi, hech narsa qilmadi. Ko'ra bila turib meni o'sha alanga ichida qoldirib ketdi. Men... men uni menga yordam berishini kutgandim ammo u bunday qilamadi. Men haqimda o'ylab ham ko'rmay o'sha mahluq kimsani oldida qoldirdi meni. Men...menga... bir...bor... bo'l...sada... achinmadi ) Aera aytgan so'zlaridan so'ng biroz bo'lsada havotirim tarqagandek bo'ldi. Men u meni ko'rib qolgan deb o'ylagandim ammo unday emas ekan. Ko'zlarimni yerdan uzib Taehyungga qarar ekanaman uning yuzidagi ifoda Aeraning so'zlariga u qadar ishonmaganidan dark berardi. Darxaqiqat Tae menga rafiqasidan ko'ra ko'proq ishonadi
- Uni ko'rdingmi ) quchog'idagi qizni avaylab bo'shatgan Taehyung uni iyaklaridan tutgancha yuzini yuqoriroq ko'targancha so'zladi
- Y...y...Yo'q ) hamon bir ritmda nafas olihning uddasidan chiqmagan Aera so'zlarida tutilib tutilib javob qaytardi
- Aera balki adashayotgandirsan, bu Dea bo'lmasligi ham mumkin ahr uning yuzini ko'rmaginingni aytding. Agar u payt hushsiz bo'lgan bo'lsak bu tush bo'lishi ham mumkin. Shunchaki alahlagan bo'lishing mumkin emasmi?
- Gap bunda emas ) inkor manosida so'zlagan Taehyung rafiqasining sochlaridan silash uchun qo'l cho'zar ekan Aer uning kaftlaridan tutgancha o'zidan sultab uzoqlashtirdi. Ilk bor Aeradan bunday munosabat olgan Taehyung havoda muallaq qolgan kaftlariga hayrat bilan tikilib qoldi
- U edi deyapman Taehyung! Ha hushsiz edim, hushim o'zimda emasdi ammo hushsiz bo'lsamda o'zim uchun tanish bo'lgan atr hidini unutmasdim. Siz doim menga sovg'a qiladigan atr hidi siz men uchun tanlagan brend. Deaning tug'ilgan kuni unga ham huddi shu atrni sovg'a qilgandingiz. Bu atrni mahsus yaratilganini va faqat ikki insonda Dea va menda bor ekanini aytgandingiz. O'zingiz uchun qadrli bo'lgan insonlaringizga shu atr bilan tamg'a qo'yganingizni aytgandingiz. Minglab iforlar ichida adashib qolsam ham bu iforni hech bir qiyinchiliksiz farqlay olaman bu... U edi. O'sha shifokor u edi...
pov.Aera: Qo'llarini siltagancha undan uzoqlashdim ko'ksim olov bo'lib yona boshlagandi. U menga ishonmadi, so'zlarimni shunchaki etiborsiz qoldirdi. Ichimdan o'tganlari faqat o'zimga ayon u bilmaydi, shuncha ishdan so'ng ham menga emas do'stiga ishonadi. Ortiq bardoshim yetmay barcha gapni uning yuziga aytdim, ko'zlariga tkilgancha Deaga qo'ygan ayblovimni so'zlar orqali isbotlarkanman u meni jim tingladi. So'zlarimni yakunlaganimdan so'ng ham bir muddat harakatsiz qoldi, hatto keltirgan isbotlarim ham uni ishontira olmagan ko'rinadi. Qayta ko'z yosh to'ka boshladim menga doim ishonishini aytgan erim, ishonch bildirgan insonlari orasida birinchi o'rinda turishimni bot-bot eslatgan sevgilim ayni dam hatto keltirgan isbotimni ham rad etganch shunchaki jim turardi. Undan ikki qadam uzoqlashgancha ortga tisarildim shu on meni chetlab o'tdiyu Deaning qo'llaridan tortqilagancha devorga zarb bilan tiradi. Bir lag'zada sodir bo'lgan voqeani to'laligicha anglay olmay uni haraktlarini shunchaki kuzatib turdim
- BU ROSTMI? ) qizni devor sirtiga tiralgan yelkalaridan qattiq siqgan Taehyung ko'zlarida uyg'onishni boshlagan g'azab bilan baqirdi
- Ha... ) ortiq Taehyungning ko'ziga qarash uchun o'zida kuch topmgan Dea nigohlarini undan olib qochgancha javob qaytardi
- Sen lanati qanday qilding? QANDAY HADDING SIG'DI? ) quloqni qomatga keltiradigan dajada so'zladi. Uning ovoz to'ni shu darajada baland ediki hatto men ham bundan qo'rqib ketdim. Kaftlarim bilan quloqlarimni to'sgancha erimning harakatlarini jim kuzatdim. Deaning yelkalarida turgan qo'llarini yuqorilatib uning bo'yniga ko'chirgan Taehyung unga shu qadar g'azab bilan termuldiki hatto men uni chetdan kuzata turib o'takam yorildi. Ortiq ularga qarashni istamay yuzimni kaftlarim bilan to'sgancha yig'lay boshladim. Hona bo'ylab ikki bor jarang sochgan tarsaki ovozi sabab tezlikda o'sha tomon yuzlandim, sochlari to'laligicha to'zg'ib ketgan Dea yerda yuz tuban yotar ekan huddi men singari yig'idan nari kelmasdi ammo men hech bir harakat qilmadim. Shunchaki erimning dugonamga nisbatan qilayotgan harakatlarini jim kuzatdim. Ichimdagi bir ovoz uni Taening changalidan qutqarishimga undasa ham joyimdan jilmadim unga yordam berishga qodir bo'la turib shunchaki jim turdim, huddi u singari o'ziga javob qaytardim. Qanchalik unga yordam berishni istamay o'sha kimsaning tanasi ostida ezg'ilanganim ko'z o'ngimdan o'tgancha menga to'sqinlik qilardi. Uchinchi bor tarsaki ovozi yangraganda ham hech bir harakatsiz turaverdim, Deaning joni ozorlansa ham indamadim uni bunga loyiq deb o'zimga uqtirdim. Tae uning sochlaridan changallab o'rnidan turgazgancha qarshisida tutib turdi men esa erimning harakatarini mag'rur holda tomosha qildim. Hatto yuzimda sezilar sezilmas tabassum o'ynadi, naqadar jirkanch hatto insonlarning joni og'risa hursand bo'ladigan jirkanch insonga aylanishga qachon ulgurdim. Bir lag'za ulardan nigohlarimni olib qochib so'ng yana ularga tikildim va shu on ko'zlarim kosasidan chiqgudek kattarib ketdi. Qo'lidagi to'pponchani Deaning peshonasiga tiragan Taehyung ko'zida hech qanday achinish hissisiz qo'llarida qo'rquvdan titrab turgan qizni kuzatardi. To'pponchaning saqlagich bo'shatilgach qo'rquvim ikki karra ortib ketdi. Men...men bunga yo'l qo'yolmayman jon holatda o'rnimdan qo'zg'algancha erimning qurol tutib turgan qo'llariga yopishdim
- Taehyung...Tae unda qilmang tushiring qurolni
- Aera qoch uzoqroq tur ) meni harakatlarimni pisand etmagan Taehyung so'zlaaimni tinglash haqda o'ylab ham ko'rmadi. Ammo men bu qadar oson taslim bo'laomayman undan uzoqlashmadim aksincha qo'llarimni erimning qorin bo'shlig'iga o'rab olgancha unni qattiq quchdim
- Oppa kerak emas. Unday qilmang... Iltimos... ) u qo'lidagi qurolni pastga tushirgancha men tomon o'girildi qorin bo'shlig'iga o'rab olgan kaftlarimni bir biridan ajratib kaftimning ichki tarafiga lablarini bosdi. Bu nima degani? qo'lidagi qurolini qayta kamariga qistirar ekan hotirjam nafas oldim
- Unga mendan o'zgasi hatto nigoh tashlashi ham mumkin emas! Shuni bilarmiding Dea? mendan o'zgasi shu kichik jussaga ko'z tashlashi mumkin bo'lmagan bir paytda seni uni o'zga erkakning qo'llari orasida shunchaki qoldiridingmi? Bunga seni qanday hadding sigdi manjalaqi?
- JIM BO'L LANATIIIII ) Deaning so'zlari yakunlanib ulgurmay ular Taehyung tomondan bo'lib qo'yildi. U ortiq bir so'z deyaolmadi. Bilaklariga o'ralgan kuchli kaftlar uni tortqilab shik tomon sudrar ekan hona bo'ylab Deaning qichqirig'i tutib ketdi. Qo'llarini Taening changalidan olish uchun chiranayotgan qiz nihoyat bilaklarini kuchli kaftlar orasidan ajratishni uddalab polga sirg'algancha men tomon yaqinlashdi. Taehyungning tarsakilari sabab qizrib ketgan yanoqlarini ko'rib yuragim ezilib ketdi ming yomon bo'lgan taqdirda ham qarshimdagi qiz bilan bog'liq yoqimli hotiralarim mavjud
- Aera iltimos...o'tinaman bu hada Jungkook bilmasin. Bu haqda unga aytma iltimos vada ber menga u... agar u buni bilib qolsa meni hech qachon kechirmaydi. Bu haqda bilmasin o'tinib so'rayman senda Aera... Aera iltimos ) ko'zlarimga o'tinch bilan termular ekan unga javob berish uchun labalarim harakatlanishga ulgurmay qoldi. Biz tomon yashin tezligida yaqinlashgan Taehyung qayta Deaning kaftlaridan tutdiyu uni zo'rlik bilan hondan olib chiqib ketdi
- U BILMASIN OTINAMAN UGA BU HADA AYTMA ) butun qo'rg'on bo'ylab jarang sochgan ovozi sabab endigina tina boshlagan yoshlarim qayta ko'z gavharimga tiqila boshladi. Sovuq marmar ustiga qulagancha egilib takror yig'lay boshladim
- Uni ko'zimdan yo'qoting ) asosiy eshik qarshisida to'xtagan Taehyung qo'llari oarasidagi nozik bilaklarni siltagancha ko'chaga uloqtirarkan uning harakatlarini hayrat bilan kuzatib turgan soqchilarga buyrug' bergancha qizning hech bir so'zini tinglamay qayta qqo'rg'on ichiga kirib ketdi. Vazmin qadamlar bilan yuqoriga kotarilar ekan hona ichiga kirgach pol ustiga yotgancha tinmay yig'layotgan rafiasi tomon oshiqdi. Uning nozik jussasini avaylab quchog'iga joylar ekan unga ozor berib qo'yishgdan qo'rqgancha avaylab ko'tardida yotoqga uni joyladi. O'zi ham rafiqasi yonidan joy olar ekan hech bir so'zsiz uni quchgancha lablarini sevgilisining peshonasiga bosdi
- Iltimos qilaman yig'lama... ) huddi qizniki kabi chuur titroq bilan tamomlandi yigitning so'zlari...
Alla qachon oq ko'ylagini to'laligicha qonga bo'yashga ulgurgan Taehyung badanining har qarishi oyoqlari tagidagi tuproqga qorishgan yiitga yuqoridan nazar tashlagancha undan uzoqlashdi. Sal kam 1soat oldin boshlangan mushlashuv Taehtungning anglab bo'lmas g'azabi sabab haqiqiy kaltaklashuvga aylanib ketgandi. Jayning butunlay holdan toygan tanasi ustiga chiqb olgan Taehyung uning tanasidan huddi boks qopidan foydalangandek foydalandi. Hech bir tinimsiz son-sanogi aniq bo'lmagan zarbalar berar ekan Jayning shikastlangan ichki azolaridan chiqgan qon lablari orasidan otilib chiqganda ham harakatda to'xtamadi. Ortidagi bir nechta barzangi yigitlarga Jayni hona markazidagi dstol ustiga yotqizishni buyurar ekan o'zi ham u tomon harakatlandi
- Senga tallash imkoniyatini beraman qaysi tig' sen uchun qulayroq aynan shu yordamida joningni olaman
Taehyung: Yahshi demak tanlovni menga qoldiribsanda menga bunisi ma'qul nima deysan chiroyli-ya, odam terisi triklayin shilinganda nimani his etadi bilasanmi? Menimcha bilmaysan kel senga buni his ettiraman azob ila chinqirganlaringni eshitishni istayapman jonimni ol deyda yalinishingni tinglamoqchiman. Lekin qo'rqma mening qiynoqlarim seni o'ldirmaydi ishon, qadimgi Valeriya hukumdorlari dushmanlariga qanday jazo qo'llashganini bilasanmi ular dushmanlarini tiriklayin yoqib yuborishardi men hechqachon bunday qilmaganman kel buni ilk senda sinab ko'ramiz nima deysan. Men qarshi emasman avval kimdadur sinashim kerakku men odam kuygan terisidan qanday hid taratishiga qizqyapman ) - Yigit so'zlarni yakunlab qo'lidagi pichoqni huddi telbadek o'ynagancha stolga oyoq qo'li bog'langan inson tomon sekin qadam bosa boshladi. So'zlarini yakunlab qo'llaridagi qon yuqini Jayning kastyumiga artar ekan, kastyumning ichki cho'ntagidagi allaqanday qog'ozni ko'rib harakatlarini to'xtatdi. Kichik kanvertchani ochgancha ichidagi qog'ozga yozilgan misralarni o'qir ekan lablarini asabiylik bilan tishladi
- Men fikrimdan qaytdim Jay ) qo'lidagi qog'ozga yahshiroq tikilgan Taehyung kng tabassum bilan so'zladi - Qasd olish uchun ayollardan foyldalandingmi. Mendan intiqomingni rafiqam orqali olmoqchi bo'lgan ekansan nega men bunday qila olmayman. Seni o'liming menga nima bera oladi? Boshqa reja paydo bo'ldi menda. Bu hatni o'qib to'g'risi ko'zlarimga yosh keldi, naqadar ajoyib sevgi qissasi. Agar Jungkook rafiqasi va sening o'rtangdagi sevgi haqda habar topsa nima bo'ladi? Qiziq Dea honim omon qolarmikan ) qo'lidagi kanvertchaga chuqur mano bilan termulgan Taehyung sirli qosh qoqgancha ko'zdan yo'qolar ekan yerto'la Jayning alam bilan baqirgan ovozi bilan to'di
#Nisa
@gold_fanfics