September 18

My Darkside

EP.25

Yuzimdagi jizzilashga ham qaramay sochlarimda o'rmalayotgan barmoqlarni olib tashlash uchun qo'llarimni ishga soldim kerakli manzilga yetib kelgach ustimdagi yovvoyi mahluqga halaqit qilishga urindim ammo barmoqlarim titrashdan nariga o'tmay mahluqning pinagiga ham kelmadi. Qollarimning o'xshamagan harakatlaridan toqati toq bo'lgach esa ikki qo'limni o'zining kattagina qo'li orasiga olib boshimning yuqori qismiga mihlab qo'ydi meni terslik bilan yuz tuban qilib egnimdagi shifohona libosini yechib oldi. Butun tanam yerdagi loyga botgan kabi shanim ham tuproqga qorishardi yuzimga ikki bor vujudidagi bor kuchi bilan tarsaki urgan ismini ham bilmaydigan kimsa esa egnimga chang solishda davom etdi. Barcha* liboslarimdan meni halos etgach esa ayol kishining yalang tanasi bilan ilk bor to'qnashgandek har qarichimni yovvoyi hayvondan farq qilmaydigan nigoh bilan tekshirib chiqdi. Shimidan kamarini bo'shatishi bilan tanamni sovuq ter bosdi ichimdagi sovuqlik yer to'la haroratichalik bo'lmasada meni ko'proq titratdi. Bor kuchim bilan harakat qildim ojizlikda o'zimdan qolishmaydigan bilaklarimni uning kaftidan ajratib olish uchun tish tirnog'im bilan tirisha boshladim oyoqlarimni harakatga keltirib yer tepingancha undan qutilishga urinar ekanman u to'laqonlik tizzalarim ustiga joylashib so'ngi harakatimni ham cheklab qo'ydi shunda ham taslim bo'lmadim unga bosh egishni istamay huddi ilon singari burala boshladim mening harakatlarim uni bezovta qilmadi shunchaki boyadan beri ko'nglimni ozdirgan tabassumi yanada kengaydi

Aera

- Bu juda maroqli ekan qizaloq ) u yana iljayib keskir va tuban nigohlarini menga qadadi - Kim Taehyung chindan ham didinga tan berdim chindan ham eng sarasiga erishibsan. Men kech qolganimdan afsuslanyapman agar bu gavhar sendan oldin men bilan to'qnashganda hozir bu ahvolda oyoqlarim ostidagi tuproqga qorishagancha harob bo'lmagan bo'lardi Taehyung. Sen qilgan sho'xlik*laring izi tanasining har qarichini bezab turibdi juda chiroyli ko'rinyapti....lekin bu menga yoqmadi, buni to'g'irlash kerak sening muhrlaring o'z izini yo'qotmaguncha rafiqangni kamarim bilan siylashimga nima deysan

- O'lasan o'ldiraman seni Jay unga qo'l tekkazgudek bo'lsang o'ldiraman! Triklayin yoqib yuboraman olov taftida jizg'anak bo'lgan jasadingni shu qadar chuqurga ko'mamanki uni hatto o'z arvohing ham topolmaydi !

- Qo'rqitish va tahdod soloishdan o'zga ish ham keladimi qo'lingdan qani kel oldimga o'ldir mrni ko'zlarimni eshikga tikib o'tiribman seni kelishing uchun

- Sh*t omon qolmaysan, ming lanat, jin ursin seni JAY....) charm kamarning yalang tanaga ketma-ket urilgandagi achchiq tovushi jarang socharkan Taehyung aytayotgan yomon so'zlar ham bir zumda to'xtab qoldi nafas olishni ham unutgan yigit bir so'zsiz qoldi lablarini ochgancha havoni titroq bilan yutdi. Yana o'sha yig'i ovozi eshitilar ekan nozik tanasiga berilgan kamarning shavqatsiz zarbidan ortiq ovozini tuta olmagan qiz baralla qichqirib yig'lashga tushdi

- Bas qil ) bu gal Taehyungning ovozi allanechuk havotir bilan chiqdi bir necha soniya oldingi g'azab, idrok etib bo'lmas darajadagi nafrat bilan aytilgan so'zlar o'z o'rnini yo'qotgandek edi - Istaganingni...nima hohlasang o'shani beraman, nima desang oyoqlaring ostiga tashlayman

- Istaganimnimi

Jay

- Istaganingni!

- Oyoqlarim tagidagi tuproq o'rnida seni ko'rishni istayman Kim Taehyung u yerda sen bo'lishingni hammani qarshisida menga bosh egishingni istayman. Seni qirol deb bilgan insonlar qarshisida menga tiz cho'kishingni istayman ) yelkalarimga urilgan kamar zahmini butun tanam bo'ylab his qildim qanday qichqirganim-u qay yo'sin yig'laab yuborganimni anglaay olmay qoldim qo'liga ikki bukgancha ushlab olgan kamari yalang qqornim ustida turar ekan u yana takrror harakatga keelishidan cho'chiy boshladim. Agar u yana takror sal oldingi harakatini kamar turgan qismimda amalga oshirsachi yo'q...yo'q unday bo'lmaydi kichkintoy* ketib qolmaysan hopmi? Taening opkasini to'dirgancha nafas olganini eshitdim u chuqur nafas oldi huddi o'lim oldidan so'ngi nafasini olgan inson singari. Jonim ozorlansa mendan ziyod og'riq sezadigan sevgilim... U aytgan gaplari istaganingni beraman dedi bu uchun na quvonishni na hafa bo'lishimni bilarddim erimning men uchun o'zimdan ziyod qayg'urgani sabab sevinaymi yoki ustimga chiqib olgan iblis undan nima talb qilishi haqda o'ylab hafa bo'laymi. Qarshimdagi mahluq kuldi lablarini keng yozgancha iljaydi lablari orasida shunchaki aytgan so'zlaridan titrab ketdim g'ururini osmon qadar qo'ygan, hayoti davomida hech qachon hech kim uchun bosh egmagan sevgilimdan meni hayotim uchun tiz cho'kishini so'radi. Mafia olamining qiroli qayoqdagi shoqolga barchaning ko'z o'ngida bosh egishini talab etdi. O'lishni istayman chindan o'limni bo'ynimga olmoqchiman mag'rurlikni yuzida gavdalantirgan hatto ilk bor undan uzur so'ragnimda menga kechirim so'rashimni taqiqlagan "mening raffiqam ojiz emas" degan inson o'zi ojizlikni bo'yniga olgancha manashu kimsa qarshisida tiz cho'kadimi? Yo'q u bunday qilmaydi men bilgan Kim Taehyung hech qachon hech kimni qarshisida bosh egmaydi u o'limni afzal ko'radi meni uchun g'ururini oyoq osti qilmaydi

- Roziman ) Taehyungning gaplaridan butunlayiga tamom bo'ldim yo'q bu..bunday bo'lmaydi u bunday qilmaydi, qila olmaydi! Men eshitgan ovoz siniq edi hatto haddan tashqari siniq degan bo'lardim undagi qat'iyat yo'qdek edi. Uning ovozi huddi o'limni bo'yniga olgan insonni eslatardi ha..ha huddi shunday u men uchun shunday qildi. Men uchun boshini egdi undan ko'ra o'lishga tayyor edim manashu mahluq tagida, oyoqlari ostida tuproqqa qorishganim afzal edi, o'lgunimcha kalatak yesam rozi edim alam qilmasdi. Jonim og'rimasdi qalbim tiriklayin otash ichida yonmasdi. Bilaklarim kuchi bilan yerga bosilib turganiga etibor qilmay kaftlarim orasidagi tuproqni siqdim alamimni nimadan olishni bilmay lablarimni tishladim chinqirib baqirib yig'lashni istadim ammo mening ovozim yana Taeni havotirga solishidan qo'rqdim

Taehyung

- Unday qilmang ) yuzimni tolaligicha ivitgan ko'z yoshlarimga ham parvo qilmay inkor etdim. U bunday qilmasligi kerak - Men bu uchun arzimayman

- Arziysan sevgilim hatto bundan ortig'iga ham! Biroz kut maylimi, menga yana bir bor ishon seni albatta qutqarib olaman

- Senga o'zim aloqaga chiqaman Kim kelishuvimiz yodimda biroz kut hayr ) bilaklarimni o'zining chayr qo'llaridan ozod etib ikkinchi qo'lini bizdan bir necha qadam uzoqdagi telefonga cho'zdi

- Shunchaki menga ishonsang bo'ldi Aeram seni seva... ) o'zim eshitishi istagan so'zni eshitib ulgurmay mahluq qizil tugmani bosib qo'ydi yuzimga qarab iljayarkan o'zi qilgan ishidan mamnunligi aniq edi erimning lablari orasida qolib ketgan yarimta so'zni davom ettirdim

- Sevaman ) istamsamda uning sevgisi uchun biroz tabssum qildim

- Eringning yakuniga yetmagan dil izhori seni shu qadar quvontirdimi Kim honim! yoki men ham seni Aeram~ deb chaqiraymi ) "Aeram" meni faqat u shunday deb chaqiradi, faqtgina Taegina ismim yoniga egalik qo'shimchasini qo'shib aytadi bunga faqatgina u haqli! undan o'zgasi emas... Ammo ayni vaziyatda jim turganim afzal sababi bu mahluqning nimalarga qodir ekanidan to'laqonlik habardor emasman. Egilib yuzimga tobora yaqinlasha boshladi sal avval o'zi tarsaki tushirgan yanog'imni qattiq tishladi, ko'zlarimni yumdim shu qadar qattiq tishladiki o'sha yerni go'sht bo'lagidek uzib olishni qast qilgandek tortishni ham unutmadi. Boyadan beri yig'idan tinmaganim sabab ovozimni yo'qotib qo'ygandek edim bo'g'zimdan achchiq hirillashdan bo'lak hech nima chiqmadi. Lanati u nima qilyapti Taehyung bilan kelishdiku nega menga bunday qilyapti

- M..men..menga teg..ma ) uni o'zimdan itarishga tirishgancha bazorgina hirilladim

- Tegmay... qayeringa tegmay qizaloq qanday qilib senga tegmay. Har jihatdan mukammal bo'lgan nozik tanang ko'z o'ngimda to'laligicha ochiq holda tursa qanday senga tegmasligim mumkin ) qulog'im ostida shivirladi so'ng esa yanog'imdagi ishni bo'ynimda ham takrorladi. Huddi shoqol singari bo'g'zimga yopishib qattiq tishlay boshladi

*

- Nisaaa ) telefoni ekranini quloqlariga yaqin tutgan Hoseok nariga tomondan eshitilishi kerak bo'lgan javobni intiqlik bilan kuta boshladi

- Hayrli kun ) chuqur nafas olgach yuziga tabassum o'rmalagan yigit biroz hayajon bilan lablarini juftladi

- Senga ham ) shu so'zdan so'ng sukunat to'laligicha ikkisining o'rtasida hukm surdi boshini devor sirtiga qo'ygan Hoseok hech bir so'z demay telefon orqali eshitilib turgan sevgilisining nafas olish ritmiga quloq tutgancha jim turdi. Bir so'z deyishga qo'rqdi chunki u huddi Sfinks topishmog'ini topayotgandek edi go'yo. Bittagina to'g'ri so'z agar noto'gri so'z ishlatilsa qo'ng'iroq narigi tomondan to'xtatiladigandek edi ammo qancha ahtarmay o'sha so'zni topa olmagach shunchaki jim turishni afzal ko'rdi

- Nega ketib qoldingiz? Sovuq harakatlarim sizni shu qadar hafa qilganmidi ) biroz sukutdan so'ng yangragan mayin ovoz Hoseokni butunlayiga tinchlantirdi. Lekin sevgilisining aytgan so'zlaridan so'ng Nisa uni ko'rmasada yuzini inkor manosida qimirlatdi

- Hech qaysi harakating meni hafa qilmaydi! Shunchaki ichimdagi qarshilikni yengish uchun biroz yolg'iz qolishni istadim

- Sog'indim ) Nisa tomondan aytilgan birgina so'z yigitning qalbidagi qarama qarshiliklarni butunlay unutilishiga sabab bo'ldi. Chindan endi yengil nafas oldi qo'lini sochlariga olib borib ularni ortga taradi

- Men ko'proq ) qizning yoqimli kulgusini ikki oydan so'ng eshitgan yigit ham u bilan barobar tabassum qildi u ayni dam o'sha jarangdor tabassumni ko'rishni istadi. O'sha nim pushti lablarga termulishni sevgilisini quchog'iga olib erkalashni, biroz attang qildi Nisani o'zi bilan ertaroq yolg'iz qoldirmaganiga. Agar u bu ishni oldinroq qilganida munosabatlari bu darajaga yetib kelmagan bo'larmidi. Ammo afsuslanish uchun endi allla qachon kech bo'lgandi

- Qayerdasiz?

Nisa

- Seoulda...

- O'sha do'stingizning oldida emassiz to'grimi ) ovoz to'nidagi hotirjamlik tark etgan Nisaning keskinlik bilan bergan savolidan so'ng yigit nima deyishini bilmay qoldi. Jumboq savol edi u uchun agar ha shu yerdaman desa bu gal Nisa uni aniq kechirmaydi. Agar "yo'q" desa o'z qoidalarini buzadi

- Hoseok~ u bilan emassiz-ku

- Ha emasman biroz dam olmoqchiman va yolg'iz qolish uchun shu yerga keldim ) umri davomida ikkinchi bor yolg'on ishlatgan yigit lablarini tishlab qoldi. Ilk bor ham yolg'onni shu qiz uchun ishlatgandi Taehyung bilan ko'rishganda "Orangizda hoyin bor" degandi. Agar gap Nisaga taqalsa bu yigit barcha qoidalarni buzadi hatto yolg'on so'zlamasligi bilan allaqachon odamlarni hurmatini qozongan bo'lsada u bu qoidaga ko'z yumgan holda sevilisi uchun yolg'on so'zlaydi

- Unday bo'lsa yahshi u bilan gaplashmang maylimi men ham gaplashmayman u juda yomon ekan menga sizning hamyoningizni ochib ko'rishim kerak ekanini aytdi aytishicha hammadan pinhon tutgan siringiz unda ekan. Men ahmoq esa uning aytganlarini qilibman

- Shoshma nima deding qanday gap qanday hamyon haqda gapiryapsan Nisa? ) o'z o'zini sotib qo'yganinni anglagan qiz qo'idagi kitob bilan boshiga urdi so'ng esa telefonini quloqlariga tutgancha ast ovozda pichrladi

- Ichingizdagi sizni bezovta qilayotgan savollar barham topgach ortga qayting o'shanda bafurja gaplashib olamiz ) gapirish uchun og'iz juftlagan Hoseok qo'ng'iroq tugatilgandagi ovozini eshitib to'htab qoldi miyyasida charh urgan bir necha savollar bilan ovvora bo'lar ekan boyadan beri etibordan qoldirgan hona tomon yaqinlashdi. Qo'lini eshik tutqichiga qo'yib uni ochgancha ichkariga kirdi. Avval boshida nima bolayotganini to'laligicha anglab ulgurmay hona markaziga tikilib qoldi Jayning tanasi ostida ezg'ilanayotgan hech bir kiyimsiz jussani ko'rishi bilan to'k urgandek ular tomoga yaqinlashdi. Jayni o'sha qizning ustidan yulib olgancha uning yuziga bor kuchi bilan musht tushirdi yuziga kelib tugan bosimni idrok eta olmagan Jay yer sirtiga quladi. Ana endi nigohlarini yig'idan nari kelmayotgan qizga ko'chirar ekan uning yalang tanasiga ko'z tashlashi bilan tezlik bilan yuzini yon tomonga burdi lablari orasida so'kinarkan egnidagi uzun paltoni tillarang soch qizning ustiga o'radi, egilgancha uni ko'tarish uchun qo'l cho'zarkan qiz keskinlik bilan o'zini ortga oldi

- Yo'q yo'q kelma...kela ko'rma ) karaht holdan to'laligicha chiqmagan Aera yer sirtiga tirangacha tobora o'zini ortga tortar ekan Hoseok ikki qo'lini havoga ko'tardi

- Qo'rqmang sizgaga yomonlik qilmayman, yordamlashmoqchiman halos ) qizga tobora yaqinlashgancha shimiga qistirilgan to'pponchani chiqardi uni ko'rgach Aeraning qo'rquvi yanada ortdi. Ammo qo'llariga tutqazilan sovuq qurolni his etib biroz qo'rquvi bosilgandek bo'ldi

Aera

- Agar ortiqcha harakat qilsam menga o'q uzishingiz mumkin kelishdikmi ) men nima deyishimni bilmay qoldim qo'limga tutqazilgan topponchani ikki qo'llab ushlab oldim u esa egilib meni qo'llariga oldi avaylab ko'targancha zah yer to'lani tark etdik. O'zi takidlagandek ortiqcha harakat qilmadi, meni ko'targancha huddi par yostiqni ko'targandek hech bir qiyinchiliksiz yuqoriga olib chiqdi meni qarshimizdan chiqgan birinchi honaga olib kirdi. Egnimga tashlagan paltosi uzun bo'lsada u tanamni yuqori qisminigina to'laqonlik yopgandi ochiq sonlarimga bir bor bo'lsada ko'z tashlamagani meni hayratga soldi. Meni ichkariga olib kirib yotoq ustiga avaylab qo'ydi so'ng esa honaning yon tomonidagi ikkita yonma-yon eshiklardan biriga kirib ketdi 5daqiqa o'tmay ichkaridan chiqb meni qayta qo'llariga oldi. Bu gal qarshilik qilmadim sababi u menga nimadir qilmasligiga to'laqonlik ishonishga ulgurgandim meni o'sha eshikdan olib kirdi hammom atrofi oynalar bilan o'ralgan yuvinish honasi edi. Meni dush ichiga avaylab joyladi iliqdan biroz issiqroq bo'lgan suvga tushgach tanamdagi muzlik erigandek bo'ldi, kaftlarim orasidagi to'pponchaga qo'l cho'zgan yigitga qarshilik qarshilik qilmoqchi edim ammo uning bir nigohi bilan kaftlarim bo'shashib ketdi

- Dush qabul qiling biroz yengil tortasiz u yerda toza sochiq va halat bor ularni kiyishingiz mumkin ) u ortiq so'z aytmay eshikni sekin yopgancha tashqariga chiqib ketdi.

*

Hoseokning zarbasi sabab ko'zi tagidagi allaqachon ko'karishga ulgurgan jarohatga muz bosib turgan Jay hona eshiklarining qo'pollik bilan ochilganidagi ovozini eshitib tabassum qildi

- 5...4...3...2...1... boom ) huddi telbadek ortga sanagan yigit so'ngi sanoqga yetib kelgach takror yuziga urilgan zarbni his etib telbadek iljaya boshladi - Seni kutayotgandim Hoseok 15daqiqa doimgidek o'z vaqtida kelding

- U QIZGA NEGA BUNDAY QILDING JAY? ) honani to'ldirgan yo'g'on ovoz bir soniyaga Jayni ham qo'rquvga soldi ammo yuzidagi hotirjamlikni yo'qotmay havotirini yashirishga urindi

- Shunchaki u bilan biroz o'yin o'ynagim keldi va o'ynadim ham ) jinnidek aytilgan so'zlariga javoban ikkinchi yuziga tushirilgan Hoseokning tarsaki bilan siylandi

- Unga tegindingmi*? ) biroz qo'pol aytgan savolidan o'zi ham yoqimsiz vaziyatga tushib qolgan Hoseok qanchalar noqulay bo'lmasin Jayni so'zlarini kuta boshladi

- Yo'q biroz o'yin qildim lekin sen aytgan narsa bo'lmadi ) asabiy sochlarini ortga taragan Hoseok chuqur nafas olib iloji boricha o'zini bosishga urindi

- Biz qasd olish uchun oraga ayollar va bolalarni aralashtirmaymiz. Hech qachon bizning intiqomiz begunohlarga zarar yetkazmaydi

- Bu mening qoidam emas Hoseok seniki bu lanati qoidalarning bari seniki. Meni maqsadim aniqmi istagan usulimni ishga solaman istasam bor alamimni o'sha qizdan olaman, istasam u bilan birga bo'laman, zo'rlab o'ldiraman mana men mana mening qoidam istadimmi har qanaqasiga maqsadimga yetaman ) Hoseokga unikidanda balandroq bo'lgan to'nda javob qaytargan Jay so'zlarini yakunlab o'sha jirkanch ifodada yigitga termuldi

- Unday bo'lmaydi! istaginingni qilmaysan toki shu yerda ekanman unday bo'lmaydi o'sha qizga qo'lingni uchuni teqqizgudak bo'lsak qarshingda meni ko'rasan. O'ylab o'tirmay to'pponchamdagi bor o'qni miyyanga qadayman Jay sen sabab biror ojiz inson azoblansa ham do'stligimizni unutib o'zim seni yo'q qilaman

HoseokπŸ₯Ή

- Tanimagan hatto ismini ham bilmaydigan bir yengiltak qiz uchun menga o'lim bilan tahdid qilyapsanmi

- Ha tanimaydigan qiz uchun qadrdon do'stimga tahdid qilyapman, ko'z o'ngimda o'sha qizni shanini oyoq osti qilishinga hech qahon yo'l qo'ymayman ) kaftlari orasidagi Jayning yoqasini siltab tashlagan yigit eshik tomon harakatlanarkan orqa tomondan yangragan ovoz uni to'xtatdi

- Bir ko'rishda muhabbatmi? agar istasang u seniki men do'stimga sherik bo'lmayman

- Yo'q bu odamgarchilk ) eshik qanday ochilgan bo'lsa huddi shunday zarb bilan qayta yopildi eshikga tikilib qolgan Jay o'zicha o'zi hitob qildi

- Shunchaki odamgarchilik emish...

Honaga qaytgan Hoseok bo'sh yotoq bilan to'qnashgach yuvinish honasi eshigi oldiga borib qo'lini tutqich ustiga qo'ydi. Ammo qo'llarini harakatga keltiraolmay bir muddat harakatsiz qoldi, tutqichni burab ichkariga kirishga jur'ati yetmay quloqlarini eshik sirtiga qo'ydi ichkaridan eshitilganyig'i aralash suv ovozini eshitib biroz hotirjam tortgandek bo'ldi. Egnidagi kastyumini yechgancha yuvinishhonasi bilan yonma yon joylashgan gardirobga kirdi egnidagi liboslarini alishtirib shkafdan toza futbolkani qo'liga olgancha tashariga chiqdi. Qo'lidagi kiyimni yotoqustiga qo'yib so'ng oyna qarshisidga kelib oppoq qor bilan qoplagan manzarani tomosha qildi.

Pov.Aera: Qancha vaqt bunday o'tirganimni bilmayman sira o'zimga kela olmadim tanamni har qarichini yuvar ekanman o'sha hayvon tekgan jismimning hech bir yerini unutmadim. Oynali devorlarda aks etgan tanamga tikildim yanog'imda va bo'ynimda o'sha mahluqning tish izlarini ko'rishim bilan rosmana o'zimdan jirkandim. Barmog'imni o'sha iz ustiga qo'ydimu og'riqdan ingrab yubordim, tirnog'imni o'sh izlar ustiga botirgancha terimni shildim ko'nglim to'lmadi o'sha izlar o'chib ketmadi qanchalik tirishmay ularni o'chirishni uddasidan chiqmadim. Suvni yoqib uning tagida hech bir harakatsiz turdim ko'zlarimdan tomayotgan iliq yoshlar sovuq suvga qo'shildi. Tik turishga ortiq bardoshim yetmay bukilib qolgan tanamni qollarim yordamida dush devoriga tiradim hamon yig'lardim bir soniya bo'lsada ko'z yoshlarimni to'xtata olmadim. Bir soniya ham bir soniya bo'lsada ular to'xtashmadim qizig'a ko'zlarimga buncha namlik qayerda keldi, opkam to'lib yig'lar ekanman ular tugab qoladimi deb o'ylay boshladim. Suvni o'chirib sochiq bilan tanamni o'radim egnimga halatni kiyib so'ngi bor oynaga qaradim bo'ynim va iyagimdagi tirnalishdan hosil bo'lgan qizarish uning izlarini yo'qotgandi hech bo'lmasa uning izlarini tanamdan o'chira olganim uchun sal bo'lsada mamnun bo'ldim. Honaga qaytgach yotoq ustida turgan oppoq futbolka va siport shimini ko'rdim hali hamon titroq tark etmagan tanamni yotoq ustiga qo'yishim bilan deraza tomondan erkak kishining ovozi eshitildi

- Yahshimisiz ) biroz dag'al va shu bilan bir qatorda o'ta ehtiyotkor bo'lgan ovozdan cho'chib tushdim yuzini ortga burarkan boya menga yordam bergan yugitni ko'rib biroz qo'rquvim tarqagandek bo'ldi. Nima deyishni bilmay qoldim nigohlarimni uni ko'ziga qaratib turarkanman hech bir so'zsiz Jim qoldim - Yahshimisiz

- Ha ) ikkinchi bor savolini takrorlagach boshimni silkigancha tasdiqladim, yahshimanmish sira ham yahshi emasman "umuman yahshi emasaman" unga shu so'zlarni aytmoqchi edim ammo bu yigitga qo'pollik qilishga jur'atim yetmadi. Ortga burilib men tomon odimlar ekan hotirjam uni harakatlarini kuzatardim, oramizda ikki metr masofa qolgach esa harakatdan to'xtadi

Aera

- Mendan qo'rqishingizga hojat yo'q sizga tegmayaman ) mendan bir necha qadam uzoqda qo'llarini chalishtirgancha undan qo'rqmasligim kerak ekanini aytdi

- Shusiz ham sizdan qo'rqayotganim yo'q ) biroz qo'rqibgina aytdim qo'rquvimni ovozim orqali fosh etib qo'ymaslikga urinib, yuzida biroz hayronlik ifodasi aks etdi lekin so'zlarimga zarracha bo'lsada ishonmadi

- Ishondim ) vazmin qiyofasini yo'qotmay kesatishni ham unutmadi - Bu honadan tashqariga chiqmang o'zim aytgandek sizga tegmayman va boshqalarni ham sizga yaqinlashtirmayman va'da beraman. Evaziga esa sizdan bir narsani so'rayman qochishga urinmang, ortiqcha harakat qilmang, shundagina sizga ziyon yetmaydi

- Agar o'sha yigit yana... ) boshqa so'z ayta olmadim boyagi voqea takror ko'z o'ngimda gavdalanib jimib qoldim davom etishga kuchim yetmadi

- Qochishga urinmasangiz bo'lgani sizga boshqa birovni yaqin yo'latmayman. Sog' salomat holda hech qanday ziyonsiz Taehyungning qo'liga topshiraman vada beraman ammo iltimos qochishga urinmang aks holda sizga yordam bera olmayman ) aniqmi bu yigitning gaplari qanchalik haqiqat tushinishim bo'yicha u Taening dushmani unda nega menga bunday munosabatda bo'lyapti ortiqcha qo'pollik qilmayapti

- Sizni tanimayman ) qo'rquvim qanchalik kuchli bo'lmasin hotirjamlik bilan savol bersdim

- Bularni kiyishingiz mumkin ) ko'z qiri bilan yotoq chekasidagi kiyimlarga nigohlarini qadab so'zladi so'ng esa hech bir so'zsiz eshik tomon harakatlandi

- Savolimga javob bermadingiz ) ortidan ovozimni ko'targancha baqirib yubordim qanday bunchalik baland ovozda gapirib yuborganimni sezmay qolib uning jahli chiqadi deb o'ylagandim ammo u bunga ahamiyat bermadi

- Jung Hoseok ) hatto ortiga o'girilmay menga javob qaytardi so'ng honadan butunlayiga g'oyib bo'ldi. "Jung Hoseok" ismini eshitgandan so'ng biroz hotirjam bo'ldim, bu ism haqda bir necha bor Tae aytgandi u menga doim ehtiyot bo'lishimni va barcha dushmanlarini tanishtirgan lekin Jung Hoseok haqda hech qachon dushmanim deb ochiqchasiga aytmagan. Bir narsani aniq bilardim Tae u bilan dushman bo'lishiga qaramay mafia olamida eng hurmat qilgan insoni Hoseok ekanini aytgandi. U hech qachon yolg'on gapirmaydi degandi

Hoseok

Uzun kalidor so'ngidagi ikkinchi qavatga olib chiquvchi zina poya qarshisiga kelgan Hoseok oyoq harakatlarini vazminlik bilan to'xtatdi. Aerani qoldirgan honasi eshigi tomon ko'z tashlab lablari orasida past ovozda shivrladi

- Vada beraman Kim Taehyung rafiqangni hech bir shikastsiz qo'linga topshiraman! 0 so'zlarini yakunlarkan qayta ortiga o'girildiyu zinalardan odimlab ikkinchi qavatga ko'tarildi

*

4kundan so'ng

Pov.Aera: Boshimdagi qattiq og'riqni his etib ko'zlarimni ochishga urindim ammo ularni ochishga kuchim yetmadi. Atrofdan dorilarning yoqimsiz isi kelar ekan ko'nglim behuzur bo'la boshladi, o'ng qo'lim kaftining ustki qismiga igna sanchilishi bilan istamay yuzimni burishtirdim. Atrofda erkak va ayolning suhbati yangrar ekan ongim ularning so'zlarini idrok eta olmadi. Miyyamda turgan og'riqni unitishga qanchalik tirishmay ko'zlarimni ocha olmaganim kabi buning ham uddasidan chiqaolmadim. Huddi jonsiz inson singari edim undan farqim ayni dam nafas olayotganimda. Bu hodisa menda ikkinchi bor takrorlanishi huddi shunday voqea bir necha hafta oldin sodir bo'lgan o'shanda ham bir necha kun o'zimga kelaolmagandim. Meni tekshirish uchun kelgan doktrni ayol kishiligini g'ira shira eslayman buni uning atir hididan bilsa bo'ladi. O'sha ayol menga yaqinlashib qo'limdan ignani sug'irib oldi o'sha payt uning qimmatbaho atirini hidini to'laligicha his qildim qo'limdan igna sug'irib olishi bilan bir tomchi ko'z yoshimni qo'yib yubordim

- Yarim soatda o'ziga keladi uni bu erda davolab bo'lmaydi shifohonaga olib borishingiz kerak Hoseok ) chiqish oldidan yotoqdagi qizga so'ngi bor nigoh tashlagan hamshira past ovozda so'ngi so'zlarini aytib butkul honani tark etdi

*

Uch bor eshikni taqillatgan Dea ichkaridan hech bir javob olmagach chuqur nafas rostladi-yu qo'lini eshik tutqichiga olib bordi. Eshikni ochib ichkariga kirishi bilan honadiga qorong'ulik sabab oyoq ostida yotgan tungi chiroqga qoqilgancha butun og'irligi bilan pol ustiga qulab tushdi. Atrofga alanglarkan amallab o'rnidan qo'zg'alib hona burchagidagi chiroqni yoqdi

Dea

- Tae~ ) chiroq yonishi bilan honadagi tartibsizlikdan jinni bo'lay dedim, atrofda butun qolgan narsaning o'zi yo'q. Oyoqlarim osti esa singan shisha idishlari bilan to'lgan, honaning har bir qarichi spirtli ichimlikning o'tkir hidi bilan qoplangandi. 2kun Taehyung 2kun rafiqasini huddi telbadek qidirdi Seulning har qarichini ko'zdan kechirdi, hech bir yerni etibordan qochirmadi, ammo har gal umidi puchga chiqdi. Butun shaharni oyyoq turgazgan bo'lsada Aerani topishning uddasidan chiqaolmadi, bu ham kamdek Jayning yana bir bo'lmag'ur tahdidi bilan siylandi agar qidirishni bas qilmasa Aerani o'ldirish bilan tahdid qildi. Butunlayiga qo'l oyog'i bog'langan do'stim esa ikki kundan beri honasidan chiqgani yo'q, o'sha kun Jay bilan suhbati yakunlangach u butun uyni alg'ov dalg'ov qildi. Yerda yotgan sanoqsiz bo'shagan ichimlik idishlarini ko'rdim Aera hech qachon Taega ichishi uchun ruhsat bermasdi juda g'alati qiz edi agar Taehyung bir qultum ichimlik ichsa ham uni o'ziga yaqinlashtirmasdi topgan bahonasi esa "ichklik hididan ko'nglim ayniydi" edi. Men Taehyung bilan tanishganimga endigina ikki oy bo'ldi ammo uning rafiqasiga bo'lgan tuyg'ularini qanday ekanini to'laligicha anglashga ulgurgandim u uchun Aera shunchaki rafiqasi emas hech qachan Aera u chun faqatgina rafiqasi bo'lib qolmagan. Atrofni ko'zdan kechirar ekanman uni topmadim balkon eshiklari ochiq tashqaridan sovuq havo hech bir to'siqsiz ichkariga kirar ekan o'sha tomon harakatlandim. Tashqariga chiqgach esa uni devoraga tiralib o'tirgancha qo'lidagi navbatdagi shishani bo'shatayotganini ko'rdim, chokkalab o'tirgancha yonidan joy oldim qo'lidagi shishani lablari tomon eltar ekan qo'lidan tutib unga to'sqinlik qildim

Taehyung

- Men bilan bo'lishmaysanmi ) qo'lidan tutgancha ko'zlariga tikilib qo'lidagi shishaga ishora qildim u biroz menga termulib turib keyin qo'lidagi shishani menga tutqazdi. Lablarimni kengyoygancha ikki qltum sharobni yutib yubordim keyin yan bir qultum so'ng qo'limdagi shishani ikkimiz oramizda bo'lgan bo'sh yerga qo'ydim. Chuqur nafas olib ichimdagi havoni tashqariga chiqardim lablarim orasidan chiqgan issiqlik sovuq havo tasirida bug'lanib ketti, ich ichimdan ichkilik tasirida qiziy boshladim men aniq bilaman ikki yuzim alla qachon qizarishga ulgurgan. Qulog'im yonida Taening vazmin nafas olishi yangrar ekan nigohlarimni unga ko'chirdim qo'llari yordamida boshini changallarkan kaftlariga tekgan qonni ko'rib qo'rqib ketdim, tezlikda qo'limni u tomon cho'zib kaftini tekshira boshladim. Qo'lining ichki qismida kattagina chandiqni ko'rib hushim uchdi, barmoqlarim bilan jarohati paypaslar ekanaman u menga tikilib turardi

- Og'rimayapti ) hasta ovozda so'zlari yangrar ekan ichimdan bir niam uzilgandek bo'ldi. Ovozida hamisha insonlarni titrashiga sabab bo'ladigan qat'iylik yo'qolib qolgandi. Nigohlarimni unga ko'chirib "nega" degandek tikilib qoldim

- Bu yerim qattiqroq og'riyapti ) Tae qo'lini ko'ksiga qo'ygancha boyagi siniq ovozida davom etdi - O'zimni yomon ko'rib ketyapman Dea naxot uni himoya qilaolmagan bo'lsam, hali tug'ilmagan farzandimni dushmanlarim changaliga tushganini ko'ra olmaydigan darajada so'qir bo'lishga qachon ulgurdim

Uning so'zlari meni yig'lashga majbur qildi, ammo o'zi yig'lamasdi hamon o'sha jiddiy ham sovuqqon Kim Taehyung edi...lekin singan butunlay tamom bo'lgan yigit. O'zimni ortiq nazorat qilaolmay do'stimni bagrimga bosdim keng yelkalaridan qo'limni o'tkazgancha uni quchdim, bir necha soniyadan so'ng yelkamga tekgan muzdek namlikni his etib titrab ketdim u yig'layaptimi. Yupin kiyimimda sovuqotishga ulgurgan bo'lsamda indamay uni quchib turdim bir necha daqiqadan so'ng mendan uzoqlashar ekan yuzimni undan burib turdim o'zini tartibga solishini kutdim

- Kechir ) lablarimni ochgancha bitta so'zni ulardan chiqishiga imkon berdim yuzimni yerga qaratgancha osha so'zni yakunladim - Meni deb bo'ldi, bariga men aybdorman

- Sening aybing yo'q ) u so'zlarimni inkor etdi

- Biz sen bilan biroz ko'proq suhbat qurdik agar agar suhbatimiz qisqaroq bo'lganda Tae chindan kechir meni, afsustaman

- Hech birimiz aybdor emasmiz na sen, na men asl aybdor hozir galabasini nishonlayapti ) unga javoban hech narsa demadim nima ham deya olardim shunchaki jim turdim - Dea mn qo'rqyapman uning ahvolini bilmayman, hozir qayerda? qay ahvolda? Balki u allaqachon...

- Aera yahshi farzandingiz ham, Tae u seni oldinga qaytadi sog'-salomat holda yana avvalgidek yashashni boshlaysizlar 7oydan so'ng esa haqiqiy uyqusiz kechalar boshlanadi. Bu gala Aera uchun emas sen uchun aniq bilaman bolaga kechasi bilan sen qarab chiqasan Aeraning uyqusi qanchalik qattiqligini bilasan-ku to'g'rimi qulog'ini tagida atom bombasi portlasa ham g'inshinib qo'yishi mumkin lekin uyg'onmaydi ) so'zlarimdan so'ng Taening yuziga biroz bo'lsada tabassum yugirganini ko'rdim, chehrasi biroz yorishgani uchun o'zim ham quvondim

Dea

- Yahshi ham borsan Dea ) menga nigohlarini qadam bir necha kun deganda bazor yorishgan chehrasi bilan so'zladi

- Hoy unday qarashni bas qil oilali erkaksana shu qarashingni Aera ko'rgandami...

- Ikkimizni shu yerdan pastga uloqtirgan bo'lardi ) u so'zimni o'zicha davom ettirgandek bo'ldi ko'z o'ngida o'sha paytdagi Aeraning ko'rinishi gavdalandi shekili lablarini tishlagancha takror kuldi

*

Pastga tusharkanman menga keskin qadamlar bilan yaqinlashgan Jungkookni ko'rib qo'rqib ketdim. Ikki yelkamdan tutgancha ko'zlarimga tikildi atrofdagi sokinlik bir onda yo'qolib uning qichqirig'i bilan qoplandi. Yuzimga yaqin kelgancha menga hech bir zarar yetmaganiga ishonch hosil qilarkan shu bilan bir qatorda baqirishni ham unutmadi

- QAYERDA EDING? NEGA QO'NG'IROQLARIMGA JAVOB BERMADING DEA? ) atrofni to'ldirgan ovozidan qo'rqib quloqlarimni kaftlarim bilan yopib oldim u menga shu qadar qattiq baqirar ediki alla qachon ko'zlarimnamlanishga ulgurgandi

- Bemor...shifo..shifoxona ) tutilib tutilib bir nimalar dedim ammo aytgan so'zlarimni jamlay olmadim. Ko'zlarimdan nigohi uzilmagan ekan qo'rquvdan titrab yig'lashga tushdim. Huddi ayb ish qilib qo'ygan insondek o'zimdan anchagina baland bo'lagan yigit qarshisida ko'ziga qarashga ham jur'atim yetmay yer chizgancha yig'lashdan narisiga o'tmadim

- Kechir seni qo'rqitib yubodim ) tezlikda meni bag'riga tortar ekan hamon yig'ladim ko'ksiga qo'ygan boshimni sekin silarkan kechirim so'rashni ham yodidan ko'tarmadi. Men tushunmay qoldim nega menga baqirganini hech bir harakatsiz quchog'ida turar ekanaman Jungkookning vajohatidan titroq qurshab olgan tanam bundan ortig'ini uddalay olmasdi

- Baqirmoqchi emasdim chindan bunday qilmoqchi emasdim. Nega qo'ng'iroqlarimga javob bermading ) meni quchog'idan chiqargan Jungkook ko'zlarimga tikildi - Men sendan havotir oldim senga bir nima bolagna deb o'ylabman. Seni ham yo'qotib qo'ydim degan qo'rquv meni jinni qilay dedi Dea

Jungkook

Takror meni bag'riga tortib qattiq quchdi, sochlarimni bir maromda silar ekan egilib peshonamga o'zining qaynoq lablarini bosdi

- Kechir ) hech bir so'z demoy boshimni tasdiqlagandek ikki bor silkidim

*

- Hayrli kech Kim Taehyung ) ikkinchi qavtdan pastga tushayotgan Taehyung zina oldidagi eshiklari ochiq hona ichidan yangragan erkak ovozi sabab to'xtab qoldi. Manzilni o'zgartirgancha ovoz kelgan hona tomon harakatlanarkan ichkariga kiriboq hona markazidagi kresloni egallab olgan o'zi kutmagan insonini ko'rib hayratlandi

- Sen bu yerga qanday kirding

- Eshikdan yana qayerdan bo'lardi

- Ammo qo'riqchilarchi

- Ular uhlashyapti ) yuzida biroz ayyorroq qiyofa gavdalantiragan Hoseok hotirjam ovozda so'zladi

- Bu yerga nega kelding Hoseok butunlay singanimni tomosha qilish uchunmi

- Yo'q! bu rafiqanga taluqli....

Taehyung

Davomi bor...

Keyingi qismda:

Ko'zlarimni ochishni vanixoyat uddasidan chiqdim ilk bor to'qnashganim oppoq bulular va uardan tushayotgan laylak qor edi. Yuzimga tushayotag qor parchalar mening qaynoq harorat sabab erib ketar ekan meni ko'tarib ketayotgan o'sha tanish yuzni ko'rdim

- Tae~ ) o'z ismini eshitgan sevgilim yuzini men tomonga ko'chirdi, zimdan telshirar ekan yanog'imga labini bosdi

- Ha menman men man sevgilim seni oldinga keldim ) yuzimni kiyimiga bosgancha doim meni telbaga aylantiradiga iforidan to'yib nafas oldim

- Kechiring ) ortiq kipriklarimni ushlab turishga qurbim yetmay ularni qo'yib yubordim....

( Tugadi shadowsπŸ’‹ keyingi qismni yozishim uchun menga ko'pkina fikr kerak boladi🫠 Menimcha eng qiylanib yozgan qismim shu qism bolsa kerakπŸ™‚β€β†”οΈ)

#Nisa
@gold_fanfics