August 15

My Darkside

Season_2

EP_22

Qo'riqchilarning ortidan ergashgan Aeraning nigohlari kaftlariga qaratilgandi. U jim va hissizlik bilan odimlab borarkan bilaklaridan tutgan qo'l uni hona ichiga tortdi. Ichkariga kirishi bilanoq tezlikda eshikni qulflagan inson qizni qichqirishiga izn bermaylab og'zini berkitdi. Lablarini berkitgan kaftni siltab tashlamoqchi bo'lgan Aera qarshisidagi insonni ko'rgach to'xtab qoldi

- Dea? ) hayrat bilan dedi qiz

- Kimni kutganding yana? ) uning savoliga hotirjamlik bilan javob berdi Dea. Bu kutilmagan ish sabab hayratga tushgan Aera lom-lum deyolmay qoldi. Bu istalgan odam bo'lishi mumkun edi biroq Dea bu u tahmin qilishi mumkun bo'lmagan yagona inson. Ularning suhbati uzoqga cho'zilmadi eshikni zarb bilan urayotgan qo'riqchilar halaqit berdi ularga - Men bilan yur

Aeraning bilagidan tutgan Dea qizga ortidan ergashishni buyurdi. Shu ondayoq undan qo'lini tortib olgan qiz qarshisidagi insonni siltab tashladi

- Istamayman! Sen bilan hech qayerga bormayman ) o'zini ortga olgancha dedi Aera. Uning yanoqlari nam

- Meni qanchalik yomon ko'rishingni bilaman. Biroq hozir vaziyat boshqa Aera. Ular tutib olishsa seni ayab o'tirishmaydi. Shunchaki menga ohirgi marta ishonch bildir seni bu lanati yerdan olib chiqaman ) garchand qarshilik qilsada Aeraning kaftidan tutgan qiz so'zlarini dona-dona qilib aytdi - Vada beraman qutqarib olaman seni bu yerdan. Faqat ortimdan ergash

Kichik bosh chayqadi Aera. Hizmatchilar uchun mo'ljallangan zinadan pastgi qavatga tushgan qizlar oshxona tomon harakatlanishdi. Tashqariga chiqiboq turargohda ularni kutib turgan mashina tomon harakatlanishdi

- Jeon honim ) ular tomon yaqinlashgan yigitning dag'al ovoz turargoh bo'ylab jarang sochdi - Ahvollingiz yahshimi?

- Men yahshiman ) ma'lum qilgan Dea ortidan kelgan shovqin sabab sergak tortdi. Nigohlari o'sha tomon yo'naltirgan qiz bir to'da qora kiyimdagi soqchilarga havfsirash bilan tikildi. Ularni "bizni ortimizdan ergashib kelgan" deya o'ylarkan etiborsizlik bilan ularni chetlab o'tib ketishganidan hayratlandi. Uning nigohlari nogahon ikki qo'riqchi yelkasida ko'targancha ketayotgan insonga tushdi. O'ziga tanish chehrani bir ondayoq tanib olgan qizning nafas olish ritmi birdan tezlashib ketdi. Aera buni payqamadi. Bundan foydalangan Dea sobiq dugonasiga mashinaga o'tirishini buyurdi. O'zi esa Evanning quloqlariga pichrladi

- Uni ko'rdingmi? ) nigohlarini o'zlaridan atiga ikki metr uzoqda ketayotgan qo'riqchilar tomonga ishora qilgancha dedi - Uni qutqara olasanmi?

Ikkinchi bor savol berdi qiz. U ishora qilgan tomonga nigohlarini qaratgan Evan hafsala bilan nafas rostladi

- Mening vazifam sizni himoya qilish Jeon honim ) vazminlik bilan dedi - Bu mening majburyatimga kirmaydi

- Uni qutqar! Buni qila olishingni bilaman. Aks holda Jungkook senga hayotimni ishonmagan bo'lardi... Uni qutqar! ) takrorladi Dea qarshisidagi yigitning qorachiqlariga tikilgan ko'yi - Iltimos

Uning iltimosini rad etolmagan Evan oldinda ketayotgan qo'riqchilarning ortidan ergashdi. Yurish barobarida yeng tugmalarini bo'shatarkan bir necha qadam bilan soqchilarning qarshisida paydo bo'ldi....

~

Mashinaning old o'rindig'iga joylashgan Dea chuqur nafas rostladi. U qo'rquv va havotir bilan Evan ketgan tomonga yuzini o'girdi. nafas olish ritmi tezlashib borarkan titrayotgan barmoqlarini yashirish uchun kaftlarini birlashtirdi. Tahminan 10daqiqa shu holda o'tirarkan u allaqachon Evanning o'limiga ishonib ulgurgandi. mashina eshigi ogohlantirishsiz ochilarkan har ikki qizning o'takasi yorildi

- Yordamlash! ) eshikni zarb bilan ochgan Evan Aeraga odag'ayladi. Mashina ichiga Taehyungning hushsiz tanasini joylarkan uning boshini qizning tizzalari ustiga qo'ydi

- Tae~ ) hushsiz bo'lsadi sevgilisini ismini aytdi Aera. Qizning kaftlari Taehyungning sochlarini silarkan ko'z yoshlari yigitning yuziga sirg'alib tushdi. Ortga o'girilgan Dea uning jarohatini ko'zdan kechirdi. Qon hamon oqarkan qizning ko'zlari qo'rquv sabab kattalashib ketdi

- Eng yaqindagi shifoxonaga hayda ) orqa o'rindiqga o'tgancha dedi qiz - Faqat tezroq

Ustki kiyimini yechgancha jarohatga bosgan Dea butunlay orqa o'rindiqga o'tdi

- Ko'p qon yo'qotgan ) telefon yoritgichi ortqali yigitning qorachiqlarini kuzatgancha ma'lum qildi - Shu sabab ham hushini yo'qotgan. Aera uning boshini yuqoriroq ko'tara olasanmi?

Uning aytganlarini qildi Aera. Shifoxona kirish eshigi qarshisiga kelib to'xtagan qimmatbaxo mashina ichidan tushgan Evan aylanib o'tgancha orqa eshikni ochdi. Ehtiyotkorlik bilan Taehyungning tanasini undan tushurarkan shifoxona xodimlari zambil bilan ularning oldiga kelishdi

- Yelkasidan jarohat olgan. Ko'p qon yo'qotish sabab hushini yo'qotdi uni tezroq aperatsiya honasiga olishingiz kerak ) shifokorlar bilan barobar qadam bosgan Dea ularga to jarrohlik honasiga yetib borgunlariga qadar hamrohlik qildi. Eshik yonida uni to'xtatgan hamshira ichkariga kirish mumkun emasligini aytgancha uni ichkariga kiritmadi. Jarrohlik bo'limi eshigining kichik oynasi orqali ichkariga nihgohlarini qadadi u. Bir necha daqiqadan so'ng esa u Aera va Evan ham unga qo'shilishdi. Keliboq jarohlik honasi eshiklariga yopishgan Aera ichkarida hushsiz yotgan yigitga tikildi....

Vaqt atayin sekin o'tayotgandek. Kutish zaliga osig'liq turgan soatga hafsalasizlik bilan tikildi Dea. Sal kam ikki soatdan beri aperatsiya hamon davom etmoqda. Hamon eshik tagida tik yoqda turgancha ichkarini jim kuzatayotgan qizga tikilarkan nixoyat yurak yutgancha o'rnidan qo'zg'aldi. Biroz oldin Evan u uchun olib kelgan stakandagi suvni qiz tomon uzatarkan uni ichishini imladi

- Istamayman! ) Deaning qo'lini o'zidan itargancha dedi Aera - Buni men qildim. Yana...

Qo'shib qo'ydi qiz lablarini qimtigancha

- Yana meni o'rtaga tiqib harob qilishdi uni. Yana men tufayli butunlayiga chorasiz qoldi u. Bazan o'ylanib qolaman lanatlanganmanmi men? Nega har gal Taehyungga qandaydir ziyon yetsa sababchisi men bo'laveraman

Hiqqilagancha dedi Aera. U hamon yig'lardi

- Yig'lashni bas qil! ) o'zini uning so'zlarini eshitmaganday tutdi Dea - Buni ich va u yerga o'tir tik oyoqda qolib ketding

Karidordagi stollardan biriga ishora qilgancha dedi

- Kerak emas ) inkor qildi Aera va takror nigohlarini yopiq eshikga qaratdi. Qizning kipriklaridan yosh sirg'alib chiqishdan to'xtamadi. Nafas olish ritmi tezlasharkan hiqqillagancha ko'ksini changalladi - U o'lib qoladi! Va men yolg'iz qolaman. U ketib qoladi...meni butunlayiga yolg'iz qoldirib

Asabiylik bilan sochlarini changallarkan qizning baland ovozi karidor bo'ylab jarangladi. Butun tanasi huddi tutqanoq tutgan kabi titrayotgan Aera hattoki Deani ham qo'rquvga sola boshladi

- U ENDI QAYTIB KELMAYDI.... ) qichqirgancha dedi qiz - Bas qilishsin! Uni qutqarib qolisholmaydi azoblashmasin uni. TOXTATTTTT! TO'XTATLARING BUNI.... UNI QIYNASHNI BAS QILLLARING LANATILAR

Yopiq eshikga kaftlarini urgancha dedi Aera. U tartibsiz harkat qilardi. Asabiylik sabab o'zini nazorat qilish qobilyatini yo'qotib qo'ygan qiz faqat eshikni tinmay mushtlardi. Uning harakatlari sabab nima qilishni bilmay qolgan Dea qizning kaftlariga yopishdi

- Aera bas qil! ) uning kaftlaridan mahkam qisgan ko'yi o'ziga qarashga majburlarkan nigohlari qizning qizarib ketgan qorachiqlarini payqadi - Nima qilganing bu? Tentakmisan yoki? Bas qil!.... to'xta dedim Aera!

Uning so'zlarini huddi eshimayotganday harkat qilayotgan qizga o'dag'ayladi qiz. Biroq Aera uni huddi tinglamayotganday faqatgina yopiq eshikga nigohlarini qaratgancha ularga to'xtashini aytardi. Deaning aytgan so'zlari-yu qizni to'xtatish uchun qilayotgan har bir harakatlari zoe ketdi . Aera huddi kar inson singari uning hech bir so'zini tinglamasdi. Uning tipirchilashlari tarsaki ovozidan so'ng to'xtadi. Yuziga urilgan kaft sabab tinchlangan qizning namlangan kipriklari qarshisidagi insonga qaratildi. Qilgan qo'polligi sabab hijolat bilan lablarini tishlgan Dea bir necha soniya hech narsa demadi

- Bas qil! Yana bir marta shu ishingni takrorlasang seni ham Taehyungni ham o'sha insonlarni qo'liga shaxsan o'zim topshiraman! Tahdid qilmayapman qanday qutqargan bo'lsam huddi shunday yana olov ichiga uloqtirman sizlarni! Masulyatni yelkanga yuklash vaqti keldi ) uning kaftlaridan qattiq siqimlagan Dea so'zlarini dona-dona qilib aytdi. U hozirgi vaziyatda Aeraga bosim berishni istamaydi biroq uning harakatlari bu gaplarni aytishga majbur qildi. Ehtimol bu uchun u yanada ko'proq nafratlanishi mumkun biroq hozir Deani bu qiziqtirmaydi. Chuqur nafas yutdi Aera va sokinlik bilan unga tikilib turdi. Uning qorachiqlari hamon nam. Zichlangan kipriklar orasidan ikki qtomchi yosh sizib chiqdi. Uning holatini kuzatgan Deaning ko'ksida kichik titroq turdi. U nojo'ya harakt qildi. U buni juda yahshi anglab turibdi

- Yosh bola emassan Aera! ojizlikni yig'ishtir! Sen kuchli bo'lishing kerak. Taehyung uchun, qizing uchun ham. U ertaga sog'aygach qarshisiga dadil chiqa olishing uchun ham kuchli bo'lishing kerak. O'smir qiz emassan endi ) lablarini qimtigancha qo'shib qoydi u. Qizdan ikki qadam uzoqlasharkan o'rindiq ustidagi suv idish bilan ortiga qaytdi - Buni ich!

O'zi tomon uzatilgan ichimlikni kaftlariga olgancha undan simirdi Aera. Bo'shagan idishni Deaga qaytararkan uning ko'zlariga tikildi

- Menga qo'l yuvishxonasi kerak ) qizning sokin ovozini tinglagan Dea tabassum qildi

- Yahshi ) kichik bosh silkidi u - Evan unga hamrohlik qil!

Ikki metr uzoqda ularni jim kuzatib turgan qo'riqchisiga buyruq berdi Dea. Uning buyrug'i bilan qizning ortidan ergashdi. Uning ortidan tikilgan qiz esa horg'inlik bilan nafas chiqardi

- Qo'polligim uchun kechir~ ) pichrladi Dea lablarini qimtigan ko'yi. So'ngi bor jarrohlik honasi eshigiga nigohlarini qadarkan qaytadan orindiqga joylashdi. Uning kipriklari zichlanib, chuqur nafas yutdi-yu bu kecha qilgan ishlari birinma-ketin tahlil qila boshladi - U meni o'ldiradi!

Pichirladi qiz boshini devor sirtiga tirash oldidan. U hato qildi. Juda katta hato. Aralashishi kerak bo'lmagan vaziyat ichiga tushib qoldi. Shusiz ham Jungkook bilan oralaridagi munosabat tarang bo'lgan payt noto'g'ri ish bo'ldi. Bir necha daqiqa endi nima bo'lishini o'ylarkan nixoyat ko'zlarini ochdi. Nigohlari endigina liftdan tushgan erkakga tushishi bilan tanasini sovuq ter qopladi. Albatta Jungkook ularni topishi muammo emas. Uning tan soqchisi Deaning har qadami haqida boshlig'iga hisob beradi. Vazmin qadamlar bilan o'zi tomon yaqinlashib kelayotgan erkak sabab beixtiyor o'rnidan qo'zg'aldi Dea. Uning kaftlari asabiylik bilan titrarkan Jungkookning doimiy jiddiy qiyofasi ortida nima yashiringanini bilolmay halak bo'lardi. 2soniya qizning qarshisida paydo bo'lgan Jungkoook rafiqasining jismini boshdan oyoq kuzatdi

- Yahshimisan? ) savol berdi Jungkook qizning ko'zlariga tikilgan ko'yi

- Yahshiman! ) tasdiqladi Dea undan qorachiqlarini olib qochgancha. Bir necha soniya qizning jismini kuzatgan Jungkookning nigohlari uning egnidagi libosga tushdi. Qizning egnidagi oppoq libosda yaqqol ko'zga tashlanib turgan qon dog'lari hayratga soldi uni. Ikki qadam bilan oralaridagi masofaga barham bergan erkakdan qochmoqchi bo'lgan Dea qaytadan o'rindiqga o'tirib qoldi. Uning qarshisiga egilgan Jungkook rafiqasining yuzini kaftlari orasiga oldi

- Jarohatlandingmi? ) qizning yuzini barmoqlari bilan paypaslagancha dedi Jungkook

- Bu uniki ) jarrohlik honasiga ishora qildi qiz. Uning so'zlari sabab hotirjam tortdi erkak. Yuzidagi havotir tark etarkan yana o'sha jiddiy qiyofa gavdalandi uni chehrasida - Ketamiz

Ma'lum qildi u jiddiy ohangda

- Biroq Taehyung... uni bunday qoldirolmaymiz. Qolaversa Aera ham bor. Ularni tashlab ketolmaymiz

- Ketamiz dedim Dea!

- Ammo Jungkook ) u so'zlarini davom ettirmoqchi bo'ldi biroq yigitning sovuq nigohlari sabab jimib qoldi - Iltimos...

- Ketamiz dedim Dea!

- Ammo Jungkook ) u so'zlarini davom ettirmoqchi bo'ldi biroq yigitning sovuq nigohlari sabab jimib qoldi - Iltimos...

Rafiqasiga uzoq tikilgan yigit hafsala bilan nafas chiqardi. O'rnidan qo'zg'alarkan qizga nima deb javob berish haqida o'yladi u. Uning hali hamon vazmin turgan qiyofasi Deani bir muncha havotirga solib qo'ydi. Bir necha kun oldin Taehyung qizga qilgan ishini hisobga olgan holda Jungkook bosh tortishi mumkun. Biroq ular o'tmishda do'stlar bo'lishgan. Qizning nigohlari Jungkookning lablariga qaratilgancha ulardan chiqadigan ikki og'iz so'zni qo'rquv bilan kutardi

- Jungkook~ ) ularningb bir-biriga qaratilgan nigohlari kelgan inson sabab uzildi

- Aera ) qizning ismini aytdi yigit. Ularning qarshisiga kelgan qiz Jungkookning qarshisiga kelgacha tiz cho'kdi. Tizzalariga tayangan ko'yi yigitning qarshisiga egilarkan endigan tingan yoshlar takror qorachiqlardan sizib chiqa boshladi - Uni himoya qiling.... Qutqaring uni

Qarshisidagi basavlat erkakga nigohlarini tikgancha dedi qiz. Uning dabdurusdan qilgan harakatlari Jungkookni shoshirib qo'ydi. U ayni vaziyatda nima qilishni va nima deyishni ham bilmasdi ham.

Tezlikda Aeraning yelkasidan tutgan erkak uni turishi uchun ko'maklashdi

- Bunday qilishing shart emas ) dedi yigit qizning yelkalaridan kaftlarini olish barobarida - Shu siz ham bu vaziyatda sizni yolg'iz qoldirmayman

- Ammo qanday?

- Evan ) ularni chetdan kuzatib turgan yigit tomon o'girilgancha dedi Jungkook - Honimlarni uyga olib bor

- Hech qayerga ketmayman ) darhol inkor qildi Aera uning so'zlarini - U o'ziga kelgunga qadar bir qadam ham jilmayman bu yerdan. Yolg'iz o'zini qoldirmayman

- Hammasi yahshi ekaniga ishonch hosil qilmagunimcha men shu yerda bo'laman. Bu yerda qolishingdan hech qanday naff yo'q. Qolaversa hafsizlik uchun qizingizni bizning qo'rg'onga olib borishlarini buyurdim. Hozir vaziyat murakkabligini bilaman biroq qizingizga Taehyungdan ko'ra ko'proq keraksan hozir ) Aera qarshilik qilish uchun biror so'z aytmoqchi bo'ldi biroq Jungkookning so'zlarida jon bor. Jina hali kichkina hozirgi vaziyatda Aeraga u ko'proq muhtoj. Uning jim qolganini ko'rgan Jungkook takror qo'riqchiga yuzlandi - U bilan bor

Jungkookning buyrug'i bilan Evanning ortidan ergashdi qiz. Bir necha daqiqadan so'ng ularning sharpasi ko'zdan g'oyib bo'lgach takror Jungkookga nigohlarini qaratdi Dea. U javobini olib bo'ldi. Biroq u nima qilmoqchi ekanini o'zidan eshitmoqchi. Jungkookning nigohlari rafiqasining qorachiqlariga tushishi bilan u nima demoqchi ekanii uqib oldi

- Ular bilan bor. Aerani yolg'iz qoldirib bo'lmaydi hozir. Bari yahshi ekaniga amin bo'lgach oldinga boraman ) qizning kaftlaridan ttgancha dedi Jungkook - Endi esa ket!

- Yahshi ... ) bosh silkigancha dedi Dea va ortiq biror so'z aytmay u yerni tark etdi. U ketishi bilanoq Jungkookning tund nigohlari jarrohlik honasining eshiklariga qaryildi. Vazminlik bilan u yerga yaqinlashib borarkan eshikning oynavand qismi orqali ichkariga nazar tashladi

- "u yerga borma" degandim senga ) bexush yotgan yigitgatikilgancha dedi u - Ahmoq* O'zing qolib oilangni ham harob qilding

Mashina oynasiga boshini qo'ygancha shahar chiroqlarini homushlik bilan kuzatib ketardi qiz. Uning yanoqlari nam. Qanchalik yig'lamaslikga harakat qilmasin bari chappasiga ketdi. Aeraning g'amgin nigohlari chiroqlar bilan yoritilgan yo'llarni kuzatish bilan band. Uni boyadan beri kuzatib ketayotgan Dea lablarini tishladi. U ayni dam qizni quchoqlagancha ovutishni va ko'z yoshlarini tiymay, to'yib yig'lab olishi mumkunligini aytishni istardi. Biroq o'rtada chegara mavjud. Dea istasa ham bu chegarani buzib o'tolmaydi. Aeraning o'zi bunga yol qo'ymaydi. Yarim soatdan so'ng kerakli manzilga yetib kelishdi ular. Mashina ulkan temir darvoza qarshisiga yetib kelgach tun yarmi bo'lishiga qaramay ikki qo'riqchi ular uchun yo'lni ochib berishdi. Favvora yoqalab harakatlangan mashina uyning asosiy kirish eshiga qarshisiga kelgach to'xtadi. Mashinadan tushgan Evan avval Dea uchun keyin esa mashinani aylanib o'tgancha Aera uchun eshikni ochib berdi

- Kettik~ ) mashinadan tushgan qiz shunchaki qarshisidagi ulkan uyga tikilib qoldi. Uni yengil turtgan Dea qizga yurishi uchun ishora qildi. U bilan barobar qadam tashlagancha qo'rg'on ichiga kirgan Aera mehmonxonadagi divanlarning biriga o'tirib olgancha oyoqlarini o'ynayotgan qiz bilan to'qnashdi. Egnida o'ziga yarashgan libos kiygan qo'ng'iroq soch qizaloq zerikish sabab oyoqlarini o'ynardi. Uni ko'rgan Aera yengil tortganday bo'ldi. Marmar pol ustiga urilgan baland poshnalardan chiqgan ovoz Jinaning etiborini tortdi. Boshini yuqoriroq ko'targan qizaloq o'zi tomon yaqinlashib kelayotgan onasini ko'rdi-yu sapchib o'rnidan turdi. Bir necha mayda qadamlar bilan o'zini Aeraning quchog'iga otgan Jina oyisini qattiq quchib oldi

- Keldingizmi? Sizni uzoq kutdim oyijon~ ) qizaloqning kichik kaftlari oyisining bo'yni atrofiga o'ralgancha uni mahkam quchib turardi

- Keldim malikam~ ) javoban qizini qattiqroq quchdi Aera. Ularni chetdan kuzatgan Deaning yuziga tabassum yugurdi. Kaftlarini qorin bo'shlig'iga olib borgan qizning yuzidagi tabassumi yanada kengayarkan lablari tishladi. Uning kaftlari qorin boshlig'ini bir necha bor mehr bilan siypalarkan keyin yana jiddiy tortdi-yu ular tomon yaqinlashdi

- Yarim tun bo'ldi. Nega hamon uhlamading kichik honim? ) ularning qarshisiga egilgan Dea tabassum bilan savol berdi

- Qo'rqdim... ) lablarini qimtigancha dedi Jina - U hola juda qo'rqinchi ekan

Ko'rsatgich barmog'i bilan eshik yonidagi hizmatchi ayolga ishora qilgancha dedi Jina

- Chiroyli amakim ketib qoldi ) qo'shib qoydi qizaloq. Yuzidagi tabassumi yanada kengaygan Dea qizchaning kaftlariga lablarini bosdi

- Pastroq gapir. U eshitsa hafa bo'lib qoladi ) pichrladi qiz tabassum bilan - Uhlash vaqtini allaqchon o'tkazib yuboribsan kichik honim

- Lekin u uhlashi kerak ) nixoyat Aeraning ingichka ovozi yangradi. U yo'l bo'yi jim kelgandi - Bizga honamizni ko'rsata olasanmi?

- Albatta... men bilan yur......

~

Telefon ekranini yoqgancha aniq vaqt hisobini oldi qiz. Soat tungi 3dan o'tib bo'lgan. Sal kam ikki soatdan ortiqroq muddatdan beri Jungkookning kelishini kutayotgan qiz asabiylik bilan sochlarini siqmladi. Bir necha soat oldin qo'ng'iroq qilgancha uzoq suhbatlasha olishmagandi ular. Jungkook hali operatsiya tugamaganini aytdi-da boshqa biror so'z demay telefonni o'chirib qo'ydi. Asabiylik sabab nafas siqishni boshlagan qiz o'rnidan qo'zg'algani hamonoq hona eshiklari taqilladi

- Aera? ) eshikni ochgancha dedi qiz

- Jungkook bilan gaplashmadingmi? Taehyungning ahvoli qanday ekan ) uning yuzi qizarib ketgan. Shubhasiz bu u ko'p yig'laganidan dololat

- Boya gaplashgandik. Aperatsiya hamon tugamaganini aytdi. U ham kutyapti. Yangilik bo'lishi bilan habar beraman senga

- Yahshi ) kerakli javobni olgan qiz takror ortiga o'girildi. Ketish uchun shaylanarkan bir qadam bosib ulgurmay ortidan ovoz yangradi

- Istasang qol. Ozroq suhbatlashamiz ) Deaning lablaridan bazor sirg'alib chiqdi so'zlar. Takror ortiga o'girilgan Aera qizga uzoq tikilib turdi. Uning sukunati sabab noqulay tortgan Dea barmoqlarini o'ynay boshladi

- Keyingi gal... maylimi?

- Albata~ ) shovqinsiz harakatlar bilan u yerni tark etdi Aera. Uning ortidan kuzatgan qiz esa hafsala bilan nafas chiqargancha eshikni yopdi. Uyqusi qochgan faqat u emas. Honaga qaytgan qiz qadamlarini yuvunishxonasi tomon yo'naltirdi. Egnidagi qon hidi kelib turgan kiyimlarini yechgancha dush ostiga turdi qiz. Chalkash hayollarini tartiblashni istarkan bir necha daqiqa ortiqcha harkatlarsiz jim qoldi. Bu sokinlik to honaga boshqa birov kirib kelmagunga qadar davom etdi. Yalang tanasida o'rmalagan kaft qizning beli atrofidan quchdi. Kichik teginish sabab sergaklangan Dea kelgan odamni siltab tashlashga urinarkan quloqlari ostida yangragan tovush sabab to'xtab qoldi

- Tshshsh bu menman.... qo'rqma~ ) past ovozda dedi yigit qizni qattiqroq quchgancha. Uning lablari rafiqasining bo'yin sohasiga galma-gal bosilarkan kichik titroq turdi qizning tanasida

- Ehtimol bu aynan sen bo'lganing uchun ham qo'rqyotgandirman ) bo'yin va yelka qismidagi harakatlardan bezovta bo'lgancha dedi qiz

- Ehtimol... ) qo'shib qo'ydi Jungkook

- Taening ahvoli qanday?

- Aynan hozir u haqda gaplashmasak bo'ladimi? Qattiq charchaganman

- Men bilishim kerak

- U havfsiz shuni bilsang kifoya. Qolganini keyin aytib beraman senga ) qizni yelkasidan tutgan Jungkook uni o'zi tomonga o'girilishga undadi. Uning egnidagi smoking allaqachon shalobbo bo'lishga ulgurgan. Nam kiyim tanasiga yopishib atayin uning qanchalar kelishgan ekanini ko'z-ko'z qilayotgandek. - Senga qo'shilsam bo'ladimi?

- Allaqachon qo'shilib bo'lding savolga nehojat ) uning yuzini diqqat bilan kuzatgancha dedi qiz

- Demak qarshi emassan ) tabassum bilan dedi Jungkook avval ustki kiyimini yechgan yigit keyinchalik oq ko'ylagi tugmalarini birma-bir bo'shata boshladi. Uning ko'zlari qarshisidagi rafiqasida va uning ortiqcha liboslardan holi bo'lgan tanasida edi

- Men tugatdim ) shoshqaloqlik bilan dedi qiz - Men dush qabul qilib bo'ldim seni yolg'iz qoldiraman

Chiqish uchun shaylangan qizning bilagidan tutib qolgan Jungook uni majburan o'zi tomonga tortdi

- Endi qo'yib yuboramanmi seni ....?

Davomi_bor...
#Nisa
@gold_fanfics