Heart Murmur
EP.2
Shaharni piyoda sayr qilishni istagan Taehyung mashina va haydovichidan qutilib qolgan yo'lni yayov davom ettirdi. Erta bahor bo'lgani uchun turgan kechki yelvizak odamni biroz titrashiga sabab bo'ladi. Shaharning odamlar gavjum joylashgan qismi bo'lmagani uchun ko'chalar deyarli bo'sh. Katta yo'lda yolg'iz sayr qilayotgan yigit bolaligi o'tgan yo'llarga uzoq termuldi. Seoulning qashshoq aholisi joylashgan mavzey. Har bir qarichi, har bir burilishi yod bo'lgan ko'chalarga qararkan istamay lablarini qimtidi. Hatto o'zining qo'riqchilari-yu qo'l ostidagi hizmatchilar ham bundan ko'ra yahshiroq turarjoylarda yashashadi. Egnidagi hozirgi muhitga mos kelmaydigan oq kostyumiga nazar tashlarkan ular o'rtasidagi tafovud uni keragicha hayratga solardi.
Qo'l telefoniga kelgan ogohlantiruvchi signal sabab hayollari bo'linib butun etiborini telefonining ekraniga qaratdi. 19.30 belgilangan vaqtga oz fursat qolganini payqab yuziga istehzo aralash tabassum qildi.
- Oz qoldi kichik honim... Juda oz! ) telefonini qaytadan shimi cho'ntagiga joylagan Taehyung lablari chetini yalagancha takror yuziga tushinarsiz tabassumni yugirtirdi. Oynali restoran tomon harakatlanarkan kaftlari orasidagi allaqachon tugashga ulgurgan soju shishasini odamlar gavjum bo'lgan bino tomon uloqtirdi. Deraza shishalar bir zumda parchalanib ketar ekan bino ichida odamlarning qichqirig'i yangaradi. Ularning hech biriga etibor qaratmay bino ichiga kirgan yigit yo'lida uchragan har bir stollni ag'darib tashlashni unutmadi. Bu telba yigitning harakatlari sabab qo'rqishni boshalagan bazi odamlar restoranni tark etsa bazilar politsiya hodimlariga qo'ng'iroq qilishdi. 10daqiqaga qolmay atrofni politsiya mashinalarining sirena ovozi tutib ketdi. Restoranga kirgan afitserlar allaqachon ostun ustun bo'lishga ulgurgan zal bilan to'qnash kelishdi. Pol idishlarning sinig'i bilan to'lib ketgan, atrof qarab bo'lmaydigan darajada ko'rimsiz ahvolda. Bardagi har bir shishadagi ichimliklarni devorga uloqtirayotgan Taehyung ortidan kelgan ovozlar sabab to'xtab qoldi
- Qo'lingizni boshingizga qo'ygancha ortga o'giriling janob ) kaftlari orasidagi shisha idishlarni huddi ular aytganday tashlagan Taehyung boshi uzra kaftlarini birlashtirgancha ortga o'girildi. U tomon yaqinlashayotgan afitserlarga osson taslim bolgan yigit qo'liga kishan taqishayotganda ham hech qanday qarshi harakat qilmadi.
- Kunduzi ishlatganingiz kamdek kechasi ham navbatchilikda olib qoling endi ) hafsala bilan qo'lidagi papkani stoll ustiga tashlagan Aera hamkasbiga o'dag'aylagancha bo'sh bo'lgan o'rindig'larning biriga joylashdi.
- Menga baqirma Aera o'zing emasmi uyga bormasligim uchun bahona top degan ) stoll ustidagi ikkinchi gamburgerni qiz tomon surgan Suno ham qizga huddi o'zidek javob qaytardi.
- Uyga bormaslgim uchun bahona top deganim rost lekin qamab qo'yishing mumkin edi, 2kun izalyatorda qolsam uyga borganimda oyim meni urushmasdilar. Lekin sen yaramas meni tungi navbatchilikda olib qolding.
- Buguncha shu yerda qol ertaga oying o'zi yumshab qoladi ) Aeraning so'zlarini etiborsiz qoldirgan Suno qo'lidagi gamburgeridan tishlagancha hotirjam javob qaytardi.
- Agar shunday bo'lmasa sen o'z qo'llarim bilan o'ldiraman Kim Suno!
- Yahshi avval ovqatlanib ol keyin bemalol o'ldiraverasan meni ) ko'z qiri bilan gamburgerga ishora qilgan Suno qizga ovqatlanishi uchun imladi. Tinchlanish uchun chuqur nafas olgan qiz qo'liga ikkinchi gamburgerni olgancha uni paqqos tushirishni boshladi.
Pov.Aera: Qo'limdagi gamburgerga qaragancha hafsalasiz nafas chiqardim kechki ovqat uchun bunday narsalar oshqozonimga og'irlik qiladi lekin nailoj och qolmaslik uchun yeyishga majburman. Qarshimda o'tirgan Suno sevgilisi bilan yarim soatdan beri suhbatlashadi qanday qilib odamning jag'i bu qadar baquvvat bo'lishi mumkin. Yana ora-orada kulishinichi yaramas uni deb tungi navbatchilikda qolishimga to'g'ri keldi. Oldimga kelgan zobit menga to'rtinchi so'roq honasiga borishim kerak ekanini tayinladi. Stoll ustidagi salfetka bilan lablarimni artgancha hamon sevgilisi bilan suhbatlashayotgan do'stimga nazar tashlab u yerni tark edim. Kerakli hona qarshisiga kelgach tutqichni burab ichkariga kirdim yo'l bo'yi menga barcha voqeani tushintirib kelgan zobit esa eshik oldiga kelgach tashqarida qolishini aytib meni hona ichiga kirgazib yubordi. Hona markaziga yetib kelgach qo'limdagi papkani stoll ustiga qo'ygancha uni ochdim.
- O'zingizni tanishtira olasizmi janob? ) barmoqlarim orasiga ruchkani olgancha qog'ozga dalolatnoma tuzishni boshlarkanman uning ismini so'radim.
- Kim Taehyung 28yoshdaman. O'zim haqimdagi boshqa malumotlarni sendan ko'proq bilishimga shubham bor kamisar ) o'zim uchun anchagina tanish ovoz sabab barmoqlarim titrab ruchkamni qo'limdan tushirib yubordim. Nigohlarimni qarshimdagi insonga qaratar ekanman tabassum bilan menga tikilib turgan yigitni ko'rdim.
- Hayrli kech qo'g'irchoq~ ) o'zini biroz ortga tashlagancha stullga qulayroq o'rnashgan Taehyung hotirjam ovozda javob qaytardi.
- Sovuq turqing bilan to'qnashmagumgacha chindan ham hayrli edi ) asabiylik bilan qaytadan ruchkani qo'limga olgancha hujjatlarni to'ldira boshladim. Jin ursin* chindan ham u haqda o'zidan ko'p malumotga egaman - Nima sababdan restoranda tomosha ko'rsatding?
- Hamma bilan shunday qo'pol gaplashasanmi? ) mening so'zlarimga parvo ham qilmagan Kim doimgidek jig'imga tegishni boshladi.
- Senga savol berdim Kim Taehyung ) iloji boricha o'zimni bosishga harakat qilmay so'zlarim yakunida ovoz to'nimni meyoridan ortiq balandlatib yubordim buni sezgan yigit meni yanada battar asabiylashtirishga qasd qilgandek takror kuldi.
- Soatinga qara! ) egnimdagi jiketim yengini biroz yuqoriroq shimaralagancah qo'l soatimga nazar tashladim 20.03.
- Uch daqiqa sen bilan shirin suhbatimizga ketganini hisobga olsak men so'zimning ustida turdim.
- Jin ursin* bundan chiqti faqatgina men bilan uchrashish uchungina butun boshli restoranni... ) ko'zlarim hayratdan kettarib ketdi faqatgina men bilan uchrashish uchungina bu telba shunday qildimi? Savolimni yakunlab ulgurmadim so'zlarim qarshimdagi telba sabab to'xtatib qo'yildi. Boshini inkor ma'nosida silkitgan Taehyung ko'zlarimdan bir on bo'lsda uzilmay so'zlash uchun og'iz juftladi.
- Sen bilan uchrashish men uchun faqatgina emas!
- Ho'sh nima bo'ldi? Mana uchrashdik lekin bir narsada hatoga yo'l qo'yibsan men bu yerdan istagan chiqib keta olaman ) o'zimga ishonch bilan mag'rur sochlarimni ortga taradim. U bilan ko'rishganimiz chindan ham hech narsani anglatmaydi istamasam bu yerda bir soniya ham qolmayman.
- Chiqaolmasangchi? ) hotirjam va etiborsiz ohangda javob qaytardi Taehyung. So'zlaridagi vazminlik meni qaysidir manoda qo'rquvga solishga ulgurgandi. Men ta'sirchan emasman lekin qarshimdagi yigitning beparvo so'zlari meni yetarli darajada ta'sirlantirishga ulgurdi.
- Hech narsa demoqchi emasman qizaloq~ ) men tomon yaqinroq kelgan yigit qo'llarini bir biriga qovushtirib stoll ustiga qo'ygancha pichrladi. - Amalda ko'rsatmoqchiman!
Takror o'rindig'ining yuqori qismiga suyangan Taehyung ko'z aloqasini bir on bo'lsada uzmay lablarini bir-biridan ajratdi. Tili ustidagi allaqanday temir parcha chiroq nuri sabab tovlanarkan bir muddat uning nima ekanini anglolmay tikilib qoldim. Kishanlangan qo'li bilan lablari orasidagi matohni olarkan, uni barmoqlari orasida tutib turgancha kishanni yechdi. Avval o'ng qo'lini keyin esa ikkinchi qo'lini kishanlardan ozod qilgancha bilaklari uqaladi menimcha qo'liga taqilgan kishan yetarlicha unga noqulaylik tug'dirgan ko'rinadi. Ko'zlarimni pirpiratgancha qo'llariga tikilib turarkanman u tomoq qirib etiborimni qaytadan o'ziga tortdi. Qiziq u qanday qilib o'sha matohni lablari orasida tutgancha men bilan shuncha vaqt gaplashib turdi?
- Nima men kamisar Kang? ) javob berishni istamay qo'limdagi papkani yopgancha eshik tomon yo'naldim negadir bu yerda, mana bu telbaning oldida qolishni istamayapman, huddiki biror yomon narsa bo'ladigandek. Qo'limni eshik tutqichiga qo'ygancha uni tashqariga itardim. Ammo ochaolmadim yuzimni bir zumda hayrat sabab sodir bo'lgan emotsiya qoplab oldi. Nega men bu eshikni ocholmayapman? Qaytadan tutqichni tutgancha eshikni tashqariga itarishga urundim ammo bir necha bor amalga oshirgan harakatlarim kabi bunisi ham natijasiz qoldi.
- Chiqolmasang nima qilasan Aera? ) ortimdan o'sha yarmasning yoqimsiz ovozi yangrar ekan ana endi barini tushinib yettim. Eshik qulf kim bo'lsa ham uni tashqaridan qulflagani aniq. G'azabnok ifoda bilan ortga o'girilgancha o'sha lanatining qarshisiga turdim menga boshdan oyoq nazar tashlarkan pastki labini tishlagancha tabassum qildi.
- Mendan boshqa hushtorlaring ham bormidi? ) yana savolimga savol orqali javob oldim. Jin ursin* nega bu telba mening asab tolalarim bilan o'ynashishni bu qadar yoqtiradi?
- Jiddiylashsam nozik jussangga og'irlik qilib qolmasligiga aminmisan?
- Darding meni tanam emas tez orada kishan taftidan eziladigan bilaklaring bo'lsin bolakay, kelasi safar haligindek temirlarni xatto pastki ich kiyming* ostiga yashirsang ham uni tobip sendan yulib olaman.
Stoll ustidagi barcha narsani pastga uloqtirgan Taehyung qo'limdan tutgancha meni stoll ustiga yotqizdi. Ikki yelkamdan tutib qo'llari yordamida tobora qattiqroq bosim berarkan qopqora ko'zlari mendan uzilmasdi.
- Kelasi safarni kutishga shartmikin? Xozir ham tekshirib ko'rishing mumkin pastki ichki kiyimim* ostidagilarni. Qolaversa shu qadar yuvosh maxbusmanki ishingni oson qilish uchun ortiqcha ko'rsatmalarsiz ham qarshingda qib yalang'och xolga kelishim mumkun kichkina kamissar.
- Iflos qo'lingni mendan tort pastkash ) qaynab toshgan g'azabim bilan uni qΓ³llaridan chiqishga chiranarkanman, ustimda ortgan bosim endi yelkalarimga juda og'rlik qilayotgandi.
β Yo'qqq kamissar yo'q. Meni bunday atolmaysan. Iflos deyolmaysan meni eshitayabsanmi mmm?? Bilasanmi nima? Hozir birgina xarakatim bilan seni ifloslik botqog'iga shu qadar tortamanki, kam deganda butun palitsiya maxkamasining kΓ³z Γ³ngida jirkanchlanasan. O'sha burchakdagi mitti kamera esa guvohimiz bΓ³ladi. ) uzimdan 10sm balandda turgan yigit qo'rqinchli ovozda pichrlarkan tipirchilashni to'xtatdim. Ko'zlarimni uning sovuq nigohlaridan olib qochgancha hona devorlarining burchgiga o'rnatilgan o'rtacha kattalikdagi kamerga qaratdim. Hafsalasizlik bilan kipriklarimni zichladim, menda boshqa iloj yo'q. O'rmon qoidalari bΓ³yicha "yo'lbarsdan haflirog'i... bu yaralangan yo'lbars" bΓ³larkan, ayni dam bu xonadagi xafliroq kimsa ham menman Kim Taehyung.
- Y...yyo'q... ) boshimni inkor manosida silkitgancha past ovozda javob berdim.
- Unday bo'lsa yahshi ) javobimdan mamnun kiprik qoqgan Taehyung qaddini tikkalab meni ham turishim uchun ko'maklashdi. - Men senga nima degandim qizaloq?
- Va yana... ) qarshisidagi qizni kuch bilan o'ziga tortgan Taehyung uning nozik jismini hech ikkilanishsiz quchog'iga joyladi - Ana endi haqiqiy o'rningni topding!
Uning quchog'iga qulayroq joylashganimga ishonch hosil qilgach kaftimni menga butun diqqati bilan tikilayotgan telbaning ko'ksiga qo'ydim. Kaftimni nozik harakatlar bilan paslatar ekanman Kim lablarini tishlagancha iljaydi.
- Men shunday kuzatib o'tiraverasanmi?
- Menga seni kuzatish yoqadi~ Tongcha shunday o'tirishga ham qarshi emasman men juda erinchoqman!
- Senga dangasalik yarashmaydi yigitcha. Ayniqsa qarshingda men kabi ayol turganda! ) lablarimni quloqlari oldiga elitgancha o'sha so'zni yana takrorladim. - Men kabi ayol!!!
- Sen kabi ayol*... ahaha sen kabi ayolmi qizaloq? ) javobimdan handon otib kulgan telba yalkalarimdan tutgancha meni qattiqroq ko'ksiga bosdi. - Davom et negadir menga sening so'zlaring yoqa boshladi!
- Senga bir narsa haqida aytib bermoqchiman. ) kaftimni belidan quyiroq*ga tushirib o'sha yer*ni siqimlagancha qulog'iga pichrladim.
- Butun vujudim bilan tinglayman qizaloq~ ) pastki labiga tishlarini botirgancha ko'zlarini yumgan Taehyung og'ir nafas olgancha javob qaytardi.
- Bilasanmi nima sen aytgan kamera... ) nigohlarim bilan hona burchagida joylashgan kameraga imlagancha so'zlarimda davom etdim. - U ishlamaydi.
- Demak bizda kuzatuvchilar bo'lmaydi. ) sochlarimni hiyol ortga olgancha tabassum qildim.
Javobimdan yuziga shahvoniy tabassum olgan yigitdan nigohlarimni qochirmay o'ng qo'lim bilan kamarimga qistirilgan to'pponchani olib uning tutqich tomoni bilan Taehyungning bo'yniga yahshigina zarba berdim. Mendan bunday ishni kutmagan yigitning quchog'idan yulqunib chiqdim-u hushini yig'ib olishiga yo'l qoymay ikkinchi bor yana shunday zarba berdim. O'ng oyog'imni hushini bir joyga jamlay olmayotgan yigit qorin bo'shlig'iga bosgancha sal avval o'zi yechgan kishanni qaytadan qo'llariga taqdim.
- Menimcha pastki ich kiyiming*ni tekshirishimga hojat yo'q!
Yuziga haddan tashqari yaqin kelgancha quloqlariga pichrlab undan uzoqlashdim. Eshik qarshisiga kelgancha ikki bor uni chertdim so'ng bir necha soniyaga bormay u ochilib qarshimda kulgusini bazorgina tutib turgan Sunoni ko'rdim. Tashqariga chiqmoqchi bo'ldim ammo bir narsa yodimga tushib ortimga o'girildim.
- Ha aytgancha Kim Taehyung sen bilan o'ynashish* menga juda yoqdi! Shunday tomoshalarni ko'proq uyishtirib tur maylimi?
So'zlarimni yakunlab hushini deyarli yo'qotishga ulgurgan yigitga so'ngi bor nigoh tashlab eshikni yopdim.
- Hozir portlab ketasan Suno. ) bazorgina o'zini kulgidan to'xtatib turgan do'stim ortiq chiday olmay baralla ovozda kulib yubordi.
- Kamerani bekor o'chirtirib qo'yibsan lanati qiz... ) hamon o'zini kulgudan to'xtata olmagan Sunoo ikki bukilib qolgancha noliy boshladi. - Shunday sahnani yana qayerda ko'raman endi?
- Menimcha keyingi gal bundan qiziqroq bo'ladi. ) yurish barobarida yuzimdagi g'olibona tabassum bilan do'stimga javob qaytardim. Chindan ham kayfiyatim alo darajaga ko'tarildi men o'sha lanitadan uni qamoqga tiqish uchun sarflagan bir necha oylik vaqtim va asablarimning intiqomini olgandim. - Keyingi gal kamerani yoqishinga ruhsat beraman!
Pov.Yujin: Erinibgina o'rnimdan turdim soat kechki sakkizdan o'tgan ko'zlarimni barmoqlarim bilan ishqalagancha yotog'imdan pastga tushdim. Yuvinish honasiga kirib yuzimni iliq suvda chaygancha honaga qaytdim. Kiyim alishtirishga erinib egnimga qalinroq jemferimni ilib oyna qarshisiga kelib yuzimga yahshiroq tikildim hammasi joyida ortiqcha pardozga hojat yo'q. Hech kimga sezdirmay ikkinchi qavatdan pastga tushgancha oshxona tomon harakatlanib orqa eshikdan tashqariga chiqdim. Yo'l yoqasiga yetib ulgurmay yelkamdan tutgan qo'llar sabab qo'rquv bilan ortga o'girildim. Qarshimda menga doimgidan farqi ravishda tikilib turgan yigitni ko'rib men ham yuzimga tabassum olib uning quchog'iga o'zimni otdim.
- Oppaaaaaa ) Bo'yi mendan biroz baland bo'lgan yigitimning bo'yniga qo'llarimni bog'lab olgancha uni quchdim.
- Quyoshim~ ) belimdan tutgancha meni yanada o'ziga qattiqroq tortgan Hoseok qulog'imga pichrladi.
Meni qattiq quchib olgan sevgilim bir on bo'lsada belimga o'rab olgan qo'llarini bo'shatmadi. Agar qo'yib yuborsa qochib ketadigandek.
- Oppa siqilib ketdim. ) ovozimni biroz balandlatgancha injiqlik qila boshladim.
- Tshsh biroz shunday tur sog'inganman seni! ) ilojsiz bosh chayqab jim turdim, tan olaman men ham yigitimni sog'inishga ulurganman.
Sevgilim bilan qo'l ushlashgancha uning shahar markazidagi kvartirasiga keldik. Yo'l bo'yi kaftlarimni bir on bo'lsada bo'shatmagan Hoseok uy ichiga kirganimizdagina meni qo'yib yunordi. Egnidagi paltosini yechib yelkalarimdan tutgancha mehmonxona tomon harakatlandi. Honadagi divanlardan biriga qulayroq joylashib oshxona tomon ketayotgan yigitning ortidan termuldim. Yo'l bo'yi deyarli suhbatlashmadik u faqat qo'llarimdan tutgancha meni jim kuzatib ketdi. Bu odatiy bo'lgani uchun men uning bunday harakatlariga o'rganib qolganman. U odatda juda kamgap hatto bazan barmoq bilan sanaladigan darajada kam so'zlarni aytadi. Ikkimiz yolg'iz qolgan paytlardagina o'zini erkin tutib men bilan gaplashadi. Uning faqatgina men bilan muloqot qilishini juda yoqtiraman shuning uchun gavjum odamlar davrasida men bilan kam muloqot qilsa ham hech narsa demayman.
- Kechki ovqat uchun qanday taom hohlaysan Yujin? ) ortga qaytgan sevgilim stoll ustiga muzqaymoq va men yoqtirgan shirinliklarni qo'yish barobarida savol berdi.
- Och emasman o'zing nima istasang shuni pishir.
- Aniqmi? Chindan och emasmisan?
- Yo'q. ) so'zlarimni tasdiqlab bosh irg'idim u esa ortga burilib qaytadan oshxonaga kirib ketdi bir necha daqiqaga qolmay qo'lida men sevgan tovuq oyoqchalari bilan to'ldirilgan idishni ko'targancha oldimga keldi. Dimog'imga urulgan yoqimli is sabab past ovozda ingrab yubordim stoll ustiga qo'lidagi idishlarni joylab yonimga joylashgan yigit har ikkimizning likopchalarimizga tovuq oyoqchalarini soldi.
- Yemaysanmi? ) o'zining likopchasiga qo'l cho'zgan Hoseok bir qoshini ko'targancha savol berdi.
- Aytdimku och emasman deb. Sen ochqagan bo'lsang bemalol ovqatlanaver! ) so'zlarim sabab yengil tabassum qilgan yigitim bosh irg'igancha ovqatlanishda davom etdi. Meni uni kuzatib o'tirgandim bari bir tekkis katayotgandi toki qornim ochlik sabab ovoz chiqarib yubormaguncha. O'zimni qo'yarga joy topolmay nigohlarimni sevgilimdan olib qochdim boshqa tomonga tikilib tursamda yonimda bazorgina o'zini kulgudan tiyib turgan yigitni payqash qiyin emasdi.
- Yujin~ ) yonimdagi yigit ismimni erkalab chaqirdi ammo men uni yuziga qaray olmadim. - Menga qaramaysanmi kichkintoy?
Hijolat aralash nigohimni qarshimdagi yigitga qaratdim chindan ham bu juda noqulay vaziyat edi. Lablarimni tishlagancha talmovsiranib ikkita so'zni bazorgina aytaoldim ammo menga etibor qilmagan sevgilim lablarim orasiga bir bo'lak go'shtni joyladi. Va ortiq hech narsa demadi yuzida meni mazahlayotganini bildiradigan hech qanday ifoda yo'q. Og'zimdagi luqmani chaynab yutishim bilan Hoseok lablarim orasiga keyingi go'sht bo'lagini soldi.
- Menga hech narsa demaysanmi? ) tovuq go'shtini chaynagancha savol berdim unga.
- Nim deyishim kerak Yujin? ) yana biroz oldingi harakatini takrorlagan Hoseok o'zini likopchasidagi taomini men tomon uzatdi.
- Bu seni mazahlashimga arzimaydi! qolaversa men eng boshidan parhez qilishinga qarshi edim.
- Parhez qilishim senga yoqmasligini bilaman ammo men... meni tashlab nozik honimlarni oldiga ketib qolishingni istamayman!
- Seni tashlab ketish... Menga nisbatan ishonching bu qadar mo'rt deb o'ylamagandim.
- Men unday demoqchi emasdim. ) nigohlarini olib qochgan Hoseok qaytib men tomon nazar tashlamadi ham. 10daqiqacha shunday o'tirdik lekin ortiq bir so'z ham aytmadi
- ... ) u barcha so'zlarimni javobsiz qoldirdi menga beparvo taomlanayotgani uchun u bilan ilk tanishgan kunlarimizga qaytgandek bo'ldim.
- Mening telba sevgilim~ Yaa bo'ldi endi birgina gapimga shunchami?
- ... ) bu gal ham sukunat va beparvolik bilan javob olgach hafsalam pir bo'ldi. O'rnimdan turib ketmoqchi bo'ldim ammo miyyamga kelgan bir so'z sabab bu fikrimdan qaytdim. U tomon biroz yaqinlashdim bu so'zni birinchi marta ishlatishim agar o'xshamasa chindan ham uyimga qaytib ketishimga to'g'ri keladi.
- Daddy~ ) qulog'iga hiyol egilgancha pichrladim tezlik menga nigohlarini qadagan yigit tabassum bilan belimdan tutgancha meni o'zi tomon tortdi.
- Unutdim. ) bo'yniga qo'llarimni o'ragancha sevgilimning lablariga labimni bosib bir necha daqiqaga qolmay undan uzoqlashdim. - Endi mendan hafa emasmisan?
- Hammasini tugat likopchada faqat suyaklar qolsin! Shunda o'ylab ko'rishim mumkin. ) ko'zlari bilan likopimdagi tovuq oyoqlariga ishora qilgancha javob qaytardi.
- Yahshi. ) huddi u aytgandek qilib likopchada faqat suvaklarni qoldirdim. Meni jim kuzatib turgan Hoseok mamnun tabassum qildi. So'ngi bo'lakchani yeb bo'lganimdan so'ng quruq salfetkani men tomon uzatgan Hoseok ichishim uchun stakandagi suvni oldimga surib qo'ydi keyin esa o'rnidan qo'zg'alanib stoll ustini yig'ishtira boshladi.
- Men ham yordamlashaman. ) stoll ustidagi qolgan idishlarni ko'tarib orqasidan ergasha boshladim.
- Idishlarni sindirishgami? ) oshxona chanog'i oldida idishlarni tartiblayotgan Hoseok meni mazah qila boshladi.
- Yaaa oppa o'tkan gal tasodifan shunday bo'lib qoldi.
- Tasodifan naqd 5ta likopni sindirding.
- O'sha singan idishlaring mendan afzal bo'lsa keyingi gal meni uyingga kechlikga taklif qilma! ) qo'limdagilarni zarda bilan oshxonada qoldirib chiqib ketmoqchi bo'ldim ammo ortimdan quchgan qo'llar meni to'xtatib qoldi.
- Hazillashdim kichkintoy shunchaki bu bino endigina sotuvga qo'yilgan va suv taminotida muammo bor. Aniqrog' aytadigan bo'lsam hali ham issiq suv yo'q men esa sevgilim qo'linini sovuq suvga solishini istamayman halos. ) bir zumda hafaligim tarqab yuzimga tabassum yugirdi. Nega u buqadar mehribon? Ortimga o'girilib uning doimgi sovuq ifodasi bilan to'qnashdim oyoq uchimda tutgancha yanog'iga lablarimni bosib undan uzoqlashdim. Menga hira tabassum bilan tikilgan Hoseok kaftimga labini bosib sal oldingi ishini davom ettira boshladi.
- Besh daqiqada bo'shayman istasang kutib tur agar hohlamasang mexmonxonaga qaytishing mumkin.
- Seni kuzatib turaman! ) qo'llarimni ko'ksim uzra bog'lab sevgilimning har bir harakatini kuzata boshladim. Ishini tamomlab men tomon yaqinlashgan yigit belimdan qo'lini orab olgancha boshqa bir honaga yetakladi. Ichkariga kirgach qotib qoldim bu uning yotoqxonasi egnidagi sviterini yechib yotoqga o'zini tashlagan Hoseok bir necha daqiqadan so'ng men tomon nigoh tashladi.
- Bu yerga kel Yujin! ) yotoqning o'zidan ortgan qismiga kafti bilan urgan yigitim meni quchog'iga chorladi.
- Bu yer Amerika emas istaganingcha oldingda qololmayman uydan qochib chiqganman agar dadam bilan akam habar topgudek bo'lishsa mendan havotir olishadi.
- Hech qayerga ketmaysan! Bugun shu yerda... meni oldimda qolasan.
- Ammo... dadam... ) so'zlarimni yakunlashimga ulgurmadim o'rnidan qo'zg'algancha meni quchog'iga tortgan yigitim bir og'iz so'zimni ham tinglamay meni quchgancha ko'zlarini yumdi.
- Chindan ham ketishim kerak Hoseok. ) uning quchog'idan chiqishga urunib tipirchilay bosjladim ammo tanamni o'rab olgan qo'llari bir soniyaga ham bo'shashmadi.
- Tshsh seni qo'yib yubormayman dedim! Shusiz ham bir hafta seni ko'rmadim shundat ekan menga halaqit qilma. Agar tipirchilashda davom etsang tishlab olaman Yujin!
- Hech bo'lmasa qo'llaringni biroz bo'shat siqib qo'yding meni.
- Boya qo'ng'iroq qilganimda nega darhol javob bermading? ) sochlarimni bir maromda silagancha savol berdi doimgidek yana mening gaplarim etiborsiz qoldi.
- Sen qo'ng'roq qilishingdan oldin ahu qadar shirin uhlayotgandimki agar meni ko'rganingda qayta-qayta qo'ng'iroq qilib uyqimni buzmasding.
- Unday bo'lsa chala qolgan uyqing davom ettir seni kuzatib yotaman. ) qo'llarini biroz bo'shatib peshonamga labini bosgancha pichrladi. Men doim tinch va hafsiz bo'laman agar u yonimda bo'lsa. Agar kechalari uhlayolmasam undan yonimda bo'lishini so'rardim bu quchoq men uchun dunyodagi eng behatar joy. - Kuning qanday o'tdi?
- Aeraportdan chiqiboq birinchi oyimning oldiga bordim ular bilan ancha vaqt suhbatlashdim. Oyimni judayam sog'inyapman... ) so'ngi so'zlarimni shu qadar past ovozda aytdimki buni u eshitganinga shubham bor edi.
- Keyinchi? keyin nima qilding? Aera bilan ko'rishmadingmi dugonang o'sha ortidan quvib yurgan jinoyatchini panjara ortiga jo'natibdimi? ) meni chalg'itish uchun mavzuni boshqa joyga burgan Hoseok Aera haqda so'ray boshladi ular bir marta ham ko'rishishmagan lekin men sabab u dugonamni yahshigina tanib olishga ulgurgandi.
- Yaaa uni eslatma~ ) tushlik vaqtidagi Taehung bilan ko'rsatgan tomoshamizni yodimga olib yuzimga kulgu yugurdi biz o'sha yaramasni yahshigina mazahlagandik.
- Quog'im senda ikki dugona kimnidir tazirini bergan ko'rinasiz? ) tabassumining qandydir ma'nosi borligini payqagan sevgilim meni so'roqga tuta boshladi. Qaddimni tiklab yotoqning yuqori qismigi yalkalarimni tiragancha so'zlash uchun og'iz juftladim.
Men tush vaqtida bo'lgan barcha voqeani unga aytib berarkanman yuzimdan kulgu arimasdi huddi men kabi tabassum qilayotgan Hoseokning ko'zlari bir lag'za bo'lsada mendan uzilmadi. U odamlarga rahm shavqat qilib o'tirmay kiprik qoqmasadan berilgan kimsani o'ldiradigan sovuqqon qotil men esa tug'ilganidan boshlab qo'lini suvga urmagan boy ota-onasining erkatoy, tantiq va tannoz qiziman. Meni hattoki kibr* odamlarni nazariga ilmaydigan kimsa deb atashganini eshitganman. Lekin u bilan yolg'iz qolganimzda ikkimiz shunchaki bir-birini jim tinglaydigan sevishganlarmiz undan ortiqg'i emas...
Qo'lidagi shisha idishga to'ldirilgan o'tkir ichimlikdan ho'plagan yigit tomog'idan sirg'alib tushayotgan sevimli ichimligi tamidan rohatlandi. Bo'g'zini biroz shilib o'tgan ichimlik asablarini tinchlantirishi uchun kifoya qilib ko'zlarini ochgan Jungkook atrofni skaner qila boshladi. Sho'x ritmik musiqaga hamohang tarzda bar markazini band qilib raqsga tushayotgan juftliklarga nigohlarini qadarkan o'zida taranglikni his qila boshladi.
- Somin men bilan gaplashsih shu qadar zerikarlimi? ) kelganidan uyon telefon titib o'tirgan qizga qarata savol bergan Jungkook uning beparvoligidan noliy boshladi.
- Qo'lingdagi shisha idishga quyilgan qizmmat markadagi ichimlikni qanday ichayotganingni kuzatib o'tisrish men uchun qiziq bo'lmasa nima qilishim kerak? qolaversa men Yujin emasman har bir harakatingni kuzatib o'tiradigan . ) hamon qo'lidagi telefonidan bosh ko'tarmaganchaa javob qaytardi qiz.
- Demak o'zingizni qiziqtirmagan narsalarga etibor qaratmar ekansizda?
- Huddi shunday o'zimiz uchun qiziq bo'lmagan kimsa yoki buyumga hech qachon etibor qilmaymiz! Garchand u bizga foyda keltirsada... Shuning uchun qaylig'ingning nigohi doim senga qadalgan bo'ladi.
- Ammo hozir uning etibori menga qaratilgan emas. ) nafasi ostida pichrlagan Jungkookning ovozi clubdagi baland musiqa sabab Sominga yetib bormadi. Yana o'sha beparvo ifoda bilan telefonini kovlashtirib o'tirganqiz ertangi sud ishi uchun o'zini tayyorlardi.
- Hayrli kech yoshlar. ) Jungkookga qarama-qarshi o'ringa joylashgan yigit ularning suhbatiga aralashmagunga qadar har ikkisining orasida sukunat hukm surgandi.
- Senga ham hayrli kech Jake. ) quruqgina javob qaytargan Jungkook qaytadan nigohlarini barga qaratdi.
- Salom qizaloq. ) bir qoshini uchurgancha pichrlagan Jake tabassum bilan qizga nigoh tashladi.
Yigitga huddi o'zidek pichrlab javob qaytargan Somin lablarini yoygancha keng jilmaydi.
- Nega clubdasan bugun uda bo'lishing kerak emasmidi? ) Jungkook
- Sen sabab uyda emasman! ) do'stining sovuq ohangidan farqli ravishda javob qaytardi yigit.
- Men sabab. ) ko'rsatgich barmog'i bilan o'ziga ishora qilgan Jungkook uning so'zlarini tushunmay qarshisidagi yigitning so'zlarini takrorladi.
- Yujinga nima qilganingni bilmayman ammo tushlik vaqtidan beri uydagi hammaga zahrini sochib chiqdi. Uning g'azabiga nishon bo'lib qolmaslik uchun tunni kshu yerda o'tqazishga majbur bo'ldim. ) o'rindiqga bor og'irligi bilan joylashgan yigit alamzada ifoda bilan Jungkookga tikilgancha noliy boshladi.
- Menga unday qarama Jake singling bitta bo'sani ko'tarolmasa ayb menda emas!
- Birgina bo'sa uchun bunchalar asabiylashmagan bo'lardi agar ortiqcha biror harakat qilgan bo'lsang...
- Hech narsa qilmadim deyapman Jake! qolaversa unga nimadir qilishimga singling yo'l qo'yib beradi deb o'ylaysanmi?
- Bir daqiqa jim turasizmi yigitlar? ) Somin
Telefoniga kelgan qo'ng'iroq sabab yashil tugmani boshgan qiz telefon ekranini quloqlariga tutgancha yigitlarga "jim bo'ling" ishorasini qildi.
- Taehyung mahkamada nima qilypti? ) Somin
#Nisa
@gold_fanfics