My Darkside
EP_22
Qo'riqchilarning ortidan ergashgan Aeraning nigohlari kaftlariga qaratilgandi. U jim va hissizlik bilan odimlab borarkan bilaklaridan tutgan qo'l uni hona ichiga tortdi. Ichkariga kirishi bilanoq tezlikda eshikni qulflagan inson qizni qichqirishiga izn bermaylab og'zini berkitdi. Lablarini berkitgan kaftni siltab tashlamoqchi bo'lgan Aera qarshisidagi insonni ko'rgach to'xtab qoldi
- Dea? ) hayrat bilan dedi qiz
- Kimni kutganding yana? ) uning savoliga hotirjamlik bilan javob berdi Dea. Bu kutilmagan ish sabab hayratga tushgan Aera lom-lum deyolmay qoldi. Bu istalgan odam bo'lishi mumkun edi biroq Dea bu u tahmin qilishi mumkun bo'lmagan yagona inson. Ularning suhbati uzoqga cho'zilmadi eshikni zarb bilan urayotgan qo'riqchilar halaqit berdi ularga - Men bilan yur
Aeraning bilagidan tutgan Dea qizga ortidan ergashishni buyurdi. Shu ondayoq undan qo'lini tortib olgan qiz qarshisidagi insonni siltab tashladi
- Istamayman! Sen bilan hech qayerga bormayman ) o'zini ortga olgancha dedi Aera. Uning yanoqlari nam
- Meni qanchalik yomon ko'rishingni bilaman. Biroq hozir vaziyat boshqa Aera. Ular tutib olishsa seni ayab o'tirishmaydi. Shunchaki menga ohirgi marta ishonch bildir seni bu lanati yerdan olib chiqaman ) garchand qarshilik qilsada Aeraning kaftidan tutgan qiz so'zlarini dona-dona qilib aytdi - Vada beraman qutqarib olaman seni bu yerdan. Faqat ortimdan ergash
Kichik bosh chayqadi Aera. Hizmatchilar uchun mo'ljallangan zinadan pastgi qavatga tushgan qizlar oshxona tomon harakatlanishdi. Tashqariga chiqiboq turargohda ularni kutib turgan mashina tomon harakatlanishdi
- Jeon honim ) ular tomon yaqinlashgan yigitning dag'al ovoz turargoh bo'ylab jarang sochdi - Ahvollingiz yahshimi?
- Men yahshiman ) ma'lum qilgan Dea ortidan kelgan shovqin sabab sergak tortdi. Nigohlari o'sha tomon yo'naltirgan qiz bir to'da qora kiyimdagi soqchilarga havfsirash bilan tikildi. Ularni "bizni ortimizdan ergashib kelgan" deya o'ylarkan etiborsizlik bilan ularni chetlab o'tib ketishganidan hayratlandi. Uning nigohlari nogahon ikki qo'riqchi yelkasida ko'targancha ketayotgan insonga tushdi. O'ziga tanish chehrani bir ondayoq tanib olgan qizning nafas olish ritmi birdan tezlashib ketdi. Aera buni payqamadi. Bundan foydalangan Dea sobiq dugonasiga mashinaga o'tirishini buyurdi. O'zi esa Evanning quloqlariga pichrladi
- Uni ko'rdingmi? ) nigohlarini o'zlaridan atiga ikki metr uzoqda ketayotgan qo'riqchilar tomonga ishora qilgancha dedi - Uni qutqara olasanmi?
Ikkinchi bor savol berdi qiz. U ishora qilgan tomonga nigohlarini qaratgan Evan hafsala bilan nafas rostladi
- Mening vazifam sizni himoya qilish Jeon honim ) vazminlik bilan dedi - Bu mening majburyatimga kirmaydi
- Uni qutqar! Buni qila olishingni bilaman. Aks holda Jungkook senga hayotimni ishonmagan bo'lardi... Uni qutqar! ) takrorladi Dea qarshisidagi yigitning qorachiqlariga tikilgan ko'yi - Iltimos
Uning iltimosini rad etolmagan Evan oldinda ketayotgan qo'riqchilarning ortidan ergashdi. Yurish barobarida yeng tugmalarini bo'shatarkan bir necha qadam bilan soqchilarning qarshisida paydo bo'ldi....
Mashinaning old o'rindig'iga joylashgan Dea chuqur nafas rostladi. U qo'rquv va havotir bilan Evan ketgan tomonga yuzini o'girdi. nafas olish ritmi tezlashib borarkan titrayotgan barmoqlarini yashirish uchun kaftlarini birlashtirdi. Tahminan 10daqiqa shu holda o'tirarkan u allaqachon Evanning o'limiga ishonib ulgurgandi. mashina eshigi ogohlantirishsiz ochilarkan har ikki qizning o'takasi yorildi
- Yordamlash! ) eshikni zarb bilan ochgan Evan Aeraga odag'ayladi. Mashina ichiga Taehyungning hushsiz tanasini joylarkan uning boshini qizning tizzalari ustiga qo'ydi
- Tae~ ) hushsiz bo'lsadi sevgilisini ismini aytdi Aera. Qizning kaftlari Taehyungning sochlarini silarkan ko'z yoshlari yigitning yuziga sirg'alib tushdi. Ortga o'girilgan Dea uning jarohatini ko'zdan kechirdi. Qon hamon oqarkan qizning ko'zlari qo'rquv sabab kattalashib ketdi
- Eng yaqindagi shifoxonaga hayda ) orqa o'rindiqga o'tgancha dedi qiz - Faqat tezroq
Ustki kiyimini yechgancha jarohatga bosgan Dea butunlay orqa o'rindiqga o'tdi
- Ko'p qon yo'qotgan ) telefon yoritgichi ortqali yigitning qorachiqlarini kuzatgancha ma'lum qildi - Shu sabab ham hushini yo'qotgan. Aera uning boshini yuqoriroq ko'tara olasanmi?
Uning aytganlarini qildi Aera. Shifoxona kirish eshigi qarshisiga kelib to'xtagan qimmatbaxo mashina ichidan tushgan Evan aylanib o'tgancha orqa eshikni ochdi. Ehtiyotkorlik bilan Taehyungning tanasini undan tushurarkan shifoxona xodimlari zambil bilan ularning oldiga kelishdi
- Yelkasidan jarohat olgan. Ko'p qon yo'qotish sabab hushini yo'qotdi uni tezroq aperatsiya honasiga olishingiz kerak ) shifokorlar bilan barobar qadam bosgan Dea ularga to jarrohlik honasiga yetib borgunlariga qadar hamrohlik qildi. Eshik yonida uni to'xtatgan hamshira ichkariga kirish mumkun emasligini aytgancha uni ichkariga kiritmadi. Jarrohlik bo'limi eshigining kichik oynasi orqali ichkariga nihgohlarini qadadi u. Bir necha daqiqadan so'ng esa u Aera va Evan ham unga qo'shilishdi. Keliboq jarohlik honasi eshiklariga yopishgan Aera ichkarida hushsiz yotgan yigitga tikildi....
Vaqt atayin sekin o'tayotgandek. Kutish zaliga osig'liq turgan soatga hafsalasizlik bilan tikildi Dea. Sal kam ikki soatdan beri aperatsiya hamon davom etmoqda. Hamon eshik tagida tik yoqda turgancha ichkarini jim kuzatayotgan qizga tikilarkan nixoyat yurak yutgancha o'rnidan qo'zg'aldi. Biroz oldin Evan u uchun olib kelgan stakandagi suvni qiz tomon uzatarkan uni ichishini imladi
- Istamayman! ) Deaning qo'lini o'zidan itargancha dedi Aera - Buni men qildim. Yana...
Qo'shib qo'ydi qiz lablarini qimtigancha
- Yana meni o'rtaga tiqib harob qilishdi uni. Yana men tufayli butunlayiga chorasiz qoldi u. Bazan o'ylanib qolaman lanatlanganmanmi men? Nega har gal Taehyungga qandaydir ziyon yetsa sababchisi men bo'laveraman
Hiqqilagancha dedi Aera. U hamon yig'lardi
- Yig'lashni bas qil! ) o'zini uning so'zlarini eshitmaganday tutdi Dea - Buni ich va u yerga o'tir tik oyoqda qolib ketding
Karidordagi stollardan biriga ishora qilgancha dedi
- Kerak emas ) inkor qildi Aera va takror nigohlarini yopiq eshikga qaratdi. Qizning kipriklaridan yosh sirg'alib chiqishdan to'xtamadi. Nafas olish ritmi tezlasharkan hiqqillagancha ko'ksini changalladi - U o'lib qoladi! Va men yolg'iz qolaman. U ketib qoladi...meni butunlayiga yolg'iz qoldirib
Asabiylik bilan sochlarini changallarkan qizning baland ovozi karidor bo'ylab jarangladi. Butun tanasi huddi tutqanoq tutgan kabi titrayotgan Aera hattoki Deani ham qo'rquvga sola boshladi
- U ENDI QAYTIB KELMAYDI.... ) qichqirgancha dedi qiz - Bas qilishsin! Uni qutqarib qolisholmaydi azoblashmasin uni. TOXTATTTTT! TO'XTATLARING BUNI.... UNI QIYNASHNI BAS QILLLARING LANATILAR
Yopiq eshikga kaftlarini urgancha dedi Aera. U tartibsiz harkat qilardi. Asabiylik sabab o'zini nazorat qilish qobilyatini yo'qotib qo'ygan qiz faqat eshikni tinmay mushtlardi. Uning harakatlari sabab nima qilishni bilmay qolgan Dea qizning kaftlariga yopishdi
- Aera bas qil! ) uning kaftlaridan mahkam qisgan ko'yi o'ziga qarashga majburlarkan nigohlari qizning qizarib ketgan qorachiqlarini payqadi - Nima qilganing bu? Tentakmisan yoki? Bas qil!.... to'xta dedim Aera!
Uning so'zlarini huddi eshimayotganday harkat qilayotgan qizga o'dag'ayladi qiz. Biroq Aera uni huddi tinglamayotganday faqatgina yopiq eshikga nigohlarini qaratgancha ularga to'xtashini aytardi. Deaning aytgan so'zlari-yu qizni to'xtatish uchun qilayotgan har bir harakatlari zoe ketdi . Aera huddi kar inson singari uning hech bir so'zini tinglamasdi. Uning tipirchilashlari tarsaki ovozidan so'ng to'xtadi. Yuziga urilgan kaft sabab tinchlangan qizning namlangan kipriklari qarshisidagi insonga qaratildi. Qilgan qo'polligi sabab hijolat bilan lablarini tishlgan Dea bir necha soniya hech narsa demadi
- Bas qil! Yana bir marta shu ishingni takrorlasang seni ham Taehyungni ham o'sha insonlarni qo'liga shaxsan o'zim topshiraman! Tahdid qilmayapman qanday qutqargan bo'lsam huddi shunday yana olov ichiga uloqtirman sizlarni! Masulyatni yelkanga yuklash vaqti keldi ) uning kaftlaridan qattiq siqimlagan Dea so'zlarini dona-dona qilib aytdi. U hozirgi vaziyatda Aeraga bosim berishni istamaydi biroq uning harakatlari bu gaplarni aytishga majbur qildi. Ehtimol bu uchun u yanada ko'proq nafratlanishi mumkun biroq hozir Deani bu qiziqtirmaydi. Chuqur nafas yutdi Aera va sokinlik bilan unga tikilib turdi. Uning qorachiqlari hamon nam. Zichlangan kipriklar orasidan ikki qtomchi yosh sizib chiqdi. Uning holatini kuzatgan Deaning ko'ksida kichik titroq turdi. U nojo'ya harakt qildi. U buni juda yahshi anglab turibdi
- Yosh bola emassan Aera! ojizlikni yig'ishtir! Sen kuchli bo'lishing kerak. Taehyung uchun, qizing uchun ham. U ertaga sog'aygach qarshisiga dadil chiqa olishing uchun ham kuchli bo'lishing kerak. O'smir qiz emassan endi ) lablarini qimtigancha qo'shib qoydi u. Qizdan ikki qadam uzoqlasharkan o'rindiq ustidagi suv idish bilan ortiga qaytdi - Buni ich!
O'zi tomon uzatilgan ichimlikni kaftlariga olgancha undan simirdi Aera. Bo'shagan idishni Deaga qaytararkan uning ko'zlariga tikildi
- Menga qo'l yuvishxonasi kerak ) qizning sokin ovozini tinglagan Dea tabassum qildi
- Yahshi ) kichik bosh silkidi u - Evan unga hamrohlik qil!
Ikki metr uzoqda ularni jim kuzatib turgan qo'riqchisiga buyruq berdi Dea. Uning buyrug'i bilan qizning ortidan ergashdi. Uning ortidan tikilgan qiz esa horg'inlik bilan nafas chiqardi
- Qo'polligim uchun kechir~ ) pichrladi Dea lablarini qimtigan ko'yi. So'ngi bor jarrohlik honasi eshigiga nigohlarini qadarkan qaytadan orindiqga joylashdi. Uning kipriklari zichlanib, chuqur nafas yutdi-yu bu kecha qilgan ishlari birinma-ketin tahlil qila boshladi - U meni o'ldiradi!
Pichirladi qiz boshini devor sirtiga tirash oldidan. U hato qildi. Juda katta hato. Aralashishi kerak bo'lmagan vaziyat ichiga tushib qoldi. Shusiz ham Jungkook bilan oralaridagi munosabat tarang bo'lgan payt noto'g'ri ish bo'ldi. Bir necha daqiqa endi nima bo'lishini o'ylarkan nixoyat ko'zlarini ochdi. Nigohlari endigina liftdan tushgan erkakga tushishi bilan tanasini sovuq ter qopladi. Albatta Jungkook ularni topishi muammo emas. Uning tan soqchisi Deaning har qadami haqida boshlig'iga hisob beradi. Vazmin qadamlar bilan o'zi tomon yaqinlashib kelayotgan erkak sabab beixtiyor o'rnidan qo'zg'aldi Dea. Uning kaftlari asabiylik bilan titrarkan Jungkookning doimiy jiddiy qiyofasi ortida nima yashiringanini bilolmay halak bo'lardi. 2soniya qizning qarshisida paydo bo'lgan Jungkoook rafiqasining jismini boshdan oyoq kuzatdi
- Yahshimisan? ) savol berdi Jungkook qizning ko'zlariga tikilgan ko'yi
- Yahshiman! ) tasdiqladi Dea undan qorachiqlarini olib qochgancha. Bir necha soniya qizning jismini kuzatgan Jungkookning nigohlari uning egnidagi libosga tushdi. Qizning egnidagi oppoq libosda yaqqol ko'zga tashlanib turgan qon dog'lari hayratga soldi uni. Ikki qadam bilan oralaridagi masofaga barham bergan erkakdan qochmoqchi bo'lgan Dea qaytadan o'rindiqga o'tirib qoldi. Uning qarshisiga egilgan Jungkook rafiqasining yuzini kaftlari orasiga oldi
- Jarohatlandingmi? ) qizning yuzini barmoqlari bilan paypaslagancha dedi Jungkook
- Bu uniki ) jarrohlik honasiga ishora qildi qiz. Uning so'zlari sabab hotirjam tortdi erkak. Yuzidagi havotir tark etarkan yana o'sha jiddiy qiyofa gavdalandi uni chehrasida - Ketamiz
- Biroq Taehyung... uni bunday qoldirolmaymiz. Qolaversa Aera ham bor. Ularni tashlab ketolmaymiz
- Ammo Jungkook ) u so'zlarini davom ettirmoqchi bo'ldi biroq yigitning sovuq nigohlari sabab jimib qoldi - Iltimos...