December 26, 2024

Heart Murmur

Heart Murmur

EP.1

- Hayot... unda doim biz tasavvur etaolmaydigan hayajonli treklar, shuningdek katta burilishlar mavjud. Har gal o'z zulmatimizda yashab turib uni begunohligimiz soyasiga yashirganmiz... balki barini o'zgartirish fursati yetgandir...

Begunoh niqobingizni yeching va qorong'u tomoningizni barchaga oshkor eting...

-

Oyna qarshisida turgancha unda aks etgan jismimga zimdan tikildim. Dadam aytgandek huddi malikalardekman o'zim kichkinaligimdan beri orzu qilgan qiyofam. To'yim kuni aynan huddi shunday haqiqiy malikalar singari ko'rinishda bolishni istardim. Bari men hohlagandek egnimdagi libosim, libosimni to'ldirib turgan aksesuarlar. Oppoq to'gnog'ichlar bilan yig'ilgan sochlarim yuzimning har qarichini to'laligicha ko'z ko'z etardi. Ko'zlarim yoshga to'ldi lablarimni qimtigancha achchiq tabassum qildim shu on lablarim chetidan yuzimning har qarichigacha yoyilgan og'riq sabab ko'zlarimni yumdim. Kecha bo'lajak erim tomonidan tarsaki bilan siylangan yanog'imga qo'limni bosdim, hamon og'riq yuzimni tark etmagandi. Allaqachon vaqt bo'lganini anglab chuqur nafas olgancha ortga o'girildim

- Sizni pastda kutishyapti ) menga boshdan oyoq tushunarsiz ifoda bilan termulgan yigit so'zlarini yakunlab ulgurmasdan u tomon harakatlandim. Qarshisiga kelgancha allaqachon namlanishga ulgurgan qorachiqlarimni unga tikdim

- Chiroylimanmi ) ovozimdagi qaltiroq bilan bazor so'zlarimni yakunladim. U esa inkor manosida boshini silkitdi. Qo'lini sochlarimdagi to'g'nog'ich tomon cho'zarkan ularni yechib oldi

- Endi ha ) yoyilgan sochlarimni yelkalarim ortiga tararkan ko'zlarim uning harakatlari sabab g'azabdan kattarib ketdi. Ich-ichimdan chiqayotgan anglab bo'lmas darjadagi nafratni his qilib sevgilim yuziga tarsaki tushirdim

- Menga teginma ) ichimdagi bor nafrat bilan unga o'shqirdim

- Kechirasiz Jeon honim ) harakatlarimga javoban bir so'z aytmagan yigit yuzini yerga tikgancha uzur so'rab menda ikki qadam uzoqlashdi

- Bu bari sen uchun bo'lishi kerak edi. Ayni dam meni pastda mehrob oldida U emas sen kutib turgan bo'lishing mumkin edi. Egnimdagi oppoq to'y libosini sen uchun kiygan bo'lishim kerak edi... Eng alam qilarlisi nima bilasanmi? agar bari shunday bo'lganda ko'zlarimdan tomayotgan yoshlarim baxtdan bo'lardi, hozirgidek g'am yoki alamdan emas. Bari sen sabab hammasiga sen sababchisan. Agar biroz jassuroq bo'lganingda, taslim bo'lmaganingda edi... Biroq men sevgan yigit o'z sevganini o'zgasining qo'liga ossonlikcha topshirib qo'yadigan JURATSIZ! Sen uchratgan kunimga lanatlar bo'lsin! Seni sevganim uchun... eshityapsanmi seni sevganim uchun o'zimga lanatlar bo'lsin... ) jahl bilan unga ort o'girgancha oyna qarshisiga turib sochimga to'g'ong'ichlarni qayta qaday bishladim. U uchun chiroyli bo'lgan ko'rinishdan nafratlanaman! Biz u bilan shu ahvolga kelib qolishga qachon ulgurdik? Ikki hafta ilgari menda bari ajoyib edi. Kipriklarimni bir biriga zichlab o'sha paytlarni yodimga olib o'sha paytga qaytdim...

~~~

2hafta oldin. Korea. Seoul.

Bahor faslining ilk oylari. Tong paytida turgan yelvizak sabab yengil titroqni his etgan qiz egniga palto'sini yahshiroq tortgancha qabrlar oralab borar ekan kerakli yerga yetib kelgach odimlarini to'xtatdi. Yuziga tabassum olgan qiz egilgancha qabr toshiga lablarini bosdi

- Hayrli tong oyijon! ) yerga cho'kkalab o'tirgach qabr toshiga barmoqlarini yuritgancha hitob qilib o'tdi qiz - Men keldim... sog'indingizmi meni?

- ...

- Men ham sizni sog'indim juda-juda sog'indim oyijon. U yerda sovuq qotmayapsizmi? Bugun bir yil bo'ldi vanixoyat sizning erkatoy qizingiz o'z uyiga qaytdi ) qo'llarini tuproq ustiga bosgan qiz ikki tomchi ko'z yoshini qorachiqlaridan qo'yib yubordi

- Bugun Kareaga qaytdim birinchi bo'lib sizni oldingizga keldim. Dadam ham kelmoqchi edi ammo uzoq muddatli parvoz sabab biroz toblari bo'lmadi, akam bilan shifohonaga ketishdi men esa oldingizga keldim. Dadam so'ngi paytlar injiq bo'lib qoldilar so'ngi bir oy birro'v bo'lsada meni oldidan uzoqlashtirmadilar. Oyi oyi bo'yim cho'zildi sezdingizmi qizingizni bo'yi naqd 3smga o'sdi. Endi anabu o'g'lingiz meni pakana deb aytolmaydi. Men sizga bir narsa olib kelgandim ) shoshgancha o'zining ihcham sumkachasidan kichkina gul yaprochasini olib qabr ustiga qo'ydi- Sal qolsa unutay dedim... bu siz yoqtirgan magnolya guli. Hayriyat so'lib qolmabdi, buni siz uchun olib keldim

Qo'l telefoniga bo'lgan qo'ng'iroq sabab chalg'igan qiz unga javob berib bo'lgach asabiylik bilan lablarini qimtidi

Han Yujin

- Shunisi yetmay turgandi o'zi ) telefonini qayta paltosi ichiga solgancha g'inshindi qiz - Men ertaga yana kelaman ko'rishguncha oyijon...

*

Temir panjarali darvozadan kirgan qora BMW rusumli mashina qo'rg'onning asosiy eshiklari qarshisiga kelib to'xtadi. Haydovchi eshigi ochilib undan tushgan yigit shoshgancha orqa eshikni ochdi. O'zining doimgi sovuq ifodasi bilan mashinadan tushgan Taehyung atrofga ko'z qirini yugirtirgancha egnidagi kastyumi yoqasini kaftlari bilan to'g'rlab asosiy eshikdan uy ichiga kirdi.

Kim Taehyung

Uy hizmatchisi ko'rsatga tomon yo'nalgan yigit mehmonxonada o'tirga ikki insonni ko'rgach hech bir ifodasiz ular tomon yaqinlashib bo'sh bo'lgan divanlarning biriga o'tirdi. Qo'lidagi hujjatlarning har bir bandiga ko'z tashlab chiqgan Jungkook charm kursisini ortga o'girgancha qarshisidagi beso'roq ular orasiga qo'shilgan do'stiga va hissiz ifoda bilan uning so'zlarini kutib turgan yigitga nigohlarini qadadi

- Demak Jung Hoseok 26 yoshda ) qaytadan nigohlarini papka ichidagi qog'ozlarga qaratgan Jungkook beparvo ohangda so'zladi

- Ha ) tasdiqlagandeek boshini sezilar sezilmas silkidi Hoseok

- Bu men ko'rgan eng ajoyib malumotnoma meni undagi bir qator etiborimni tortdi. Bunda yozilishicha sen Lochin tashikiloti tomonidan tayyorlangansan. Menga bu tashkilot juda yahshi tanish bilishimcha sizlarni bolaligingizdan tayyorlashadi. Hissiz qotillar to'dasi. 1000ta boladan faqatgina 10tasigina barcha sinovlardan o'tib haqiqiy qotilga aylanadi. Ammo bu tashkilot ancha avval yopilgan bundan chiqdi sen uning eng so'ngi tarbiyalanuvchisisan. Aytishlaricha sizlarda his tuyg'u mavjud emas ekan. Bu rostmi? ) qo'lidagi papkani yopgancha uni stol ustiga tashlagan Jungkook etiborini qarshisidagi yigitga qaratdi

- Tekshirib ko'rishingiz mumkin!

- Yahshi... ) o'zi uchun kerakli javobni olgan Jungkook hizmatchilardan birini honaga chaqirdi. Ichkariga kirgan hizmatchi qiz atrofga alanglagancha o'zining "ho'jayini"ning qarshisiga turdi. Jungkookning buyrug'i bilan eshik tagidagi ikki qo'riqchi hizmatchi qizni yelkalaridan titgancha hona markazida tiz cho'ktirishdi

- Uni o'ldir! ) kamariga qistirilgan to'pponchani chiqargan yigit uni stoll ustiga qo'ygancha Hoseok tomon surgancha buyruq berdi. Beparvo ifoda bilan o'rnidan qo'zg'algan yigit qo'lidagi to'ppochaga tikilgancha hona markazidagi qiz tomon yaqinlashdi. Qo'lidagi to'pponchani uning peshonasiga tirar ekan bir necha soniya jim turdi so'ng esa qurolni pastga tushirgancha ortga o'girildi. Uning harakatiga bir qoshini ko'targan Jungkook "Nega o'ldirmading" degan ifodini yuzida gavdalantirdi

- Bu o'yinmi janob Jeon?

- Nega bunday deyapsan?

- Chindan ham uni o'ldirishmni istaysizmi?

Jung Hoseok

- Senga uni o'ldir dedim menga savol ber deganim yo'q... Shunchaki uni o'ldir ) jiddiy ohangda qayta so'zlarini takidlagan Jungkook yigitning keyingi harakatlarini kuta boshladi

- Yahshi ) qaytadan qizning ko'zlariga tikilar ekan ular alla qachon namlanishga ulgurgandi

- Janob iltimos unday qilmang ) qaltiroq bilan bilan bazorgina so'zlarini yakunlagan qiz qarshisidagi yigitdan avf so'ragancha ko'z yosh to'kardi. Qizning ko'zlariga bir necha soniya tikilib turgan yigit qo'lidagi topponchani tashlab yubordi. Hona bo'ylab qizning yig'i ovozidan so'ng marmar polga tushgan qurolning ovozi jarang sochdi. Yuziga biroz tabassum olgan qiz chuqur nafas rostlar ekan undan yuqoriroqda turgan yigit kamariga qistirilgan o'zining to'pponchasini olib uni qizning peshonasiga niqtagancha o'q uzdi. O'q ovoziga kiprik qoqmagan yigit qurolini qayta shimiga qistirdi. Ortiga o'girilar ekan egilgancha Jungkook unga bergan qurolini yerdan olgancha stoll atrofiga qaytib qo'lidagi qurolni Jungkook tomon surdi

- O'qlanmagan to'pponchani berib odam o'ldirishimni buyurdingiz

- Nima qilishinga qiziqdim

- Sinovdan o'tdimmi? ) o'ziniki kabi sovuq nigohlarga bir necha daqiqa tikilgan Jungkook so'zlash uchun og'iz juftladi

- O'tding Jung Hoseok qo'riqchilar senga honangni ko'rsatadi. Ketishing mumkin

Jeon Jungkook

Jungkookning so'zlariga hech bir reaksiya bildirmagan yigit u aytgan kabi honani tark etdi. Uning ketganiga ishonch hosil qilgan yigit ularning har bir harakatini kuzatib o'tirgan do'sti tomon yuzlandi

- Nima deb o'ylaysan Taehyung?

- O'zing aytganingdek u hissiz qotil. Men ilk bor qurbonnining ko'zlariga tik boqgancha uni jonini olgan qotilni ko'rdim... ) nigohlarini hizmatchi qizning jasadini olib chiqib ketayotgan qo'riqchilarga tikilgancha javob qaytardi Taehyung

*

Kompyuteri orqali kerakli hujjatlarni ko'zdan kechirayotgan yigit telefoniga kelgan ogohlantiruvchi signal sabab to'xtab qoldi. Belgilangan vaqt alla qachon yetib kelgan. Charm kursisiga qulayroq ornashgan Jungkook ish stoli ustidagi suratga nigohlarini qaratdi. Unga qo'l cho'zgancha so'ngi bor bir yil muqaddam uchrashgan qaylig'ining rasmiga termuldi. Kaftlari orasidagi suratga chuqur tikilgan yigit bosh barmog'i bilan unda tasvirlangan qizning yuzini siladi

O'sha surat🌚.

- Bir yil ichida qanchalik o'zgargan ekansan kichkintoy? ) qo'lsoatiga qararkan baralla ovozda kulib yubordi - 6daqiqaga kechikyapsan bu menga yoqa boshladi. Demak meni kutishga majbur qilmoqchisan!

Qo'lidagi suratni qaytadan o'z o'rniga qo'ygan yigit yana takror sal avvalgi holatiga kirgancha kompyuteri ekraniga etiborini qaratdi. Bir necha soniyadan so'ng kabineti eshigi beso'roq ochilib undan kirgan qiz hech narsaga parvo qilmay yigitning qarshisiga keldi

- Beso'roq honaga bostirib kelganing uchun arzirli sababing bor degan umiddaman ) eshikdan kirgan insonga hatto nigoh tashlamagan Jungkook qo'pol ovozda so'zlarini yakunlarkan dimog'iga urulgan o'tkir ayollar atir hidi sabab kirib kelgan insonni ham kompanya hodimlaridan biri deb o'yladi

- Eshikni taqillatishim kerakmidi? ) o'zi uchun tanish bo'lgan ovoz sabab qiz tomon yuzlangan yigit qarshisidagi o'ziga juda tanish ammo ayni vaziyatda notanish bo'lgan chehraga hayron qiyofada tikildi. Yuzidagi ifoda bunday manzarini ko'rishini kutmaganini bildirardi

- Yujin... ) qarshisidagi qizga hamon hayrat aralash tikilgancha uninhg ismini takidlab o'tdi

- Hayrli kun Jungkook ) o'rindiqga qulayroq joylashgan qiz qarshisida o'ziga hayrat aralash tikilib turgan yigitdan farqli ravishda ishonch bilan javob qaytardi - Biroz kechikganim uchun uzur so'rayman yo'llar tirband ekan

- Senga ham hayrli kun ) o'zini befarq tututishga urinhgan yigit qarshisidagi qizga quruqqina javob qaytarib qaytadan nigohlarini kompyuteri ekraniga qaratdi. Ular ortiq gaplashsihmadi Jungkook hali tamomlanmagan ishlarini yakuniga yetkazarkan bir-bir qarshisidagi qizga nigoh tashlardi. Qo'lidagi telefonini titkilab o'tirgan Yujin bir bor bo'lsada yigitga qiyo boqmadi. Bu Jungkookni o'z o'rnida hayratga soldi, chunki ularning shu kungacha bo'gan barcha uchrashuvlari huddi shunday davom etardi faqat bitta farq ayni damda unga etibor qaratmay o'tirgan qizning nigohlari ilgari yigitdan bir soniya bo'lsada uzilmasdi. Yarim soatlar chamasi ishlarini yakunlagan Jungkook elektron pochta orqali hujjatlarni do'stiga yubordi. Chuqur nafas rostlarkan hamon telefon titib o'tirgan qiz bor etiborini qaratdi divanga viqor bilan joylashib qaddini tik tutgancha o'tirgan qiz ung bir yil oldingi kichik honimni eslatmasdi - Bir yil ichida qanchalik o'zgargan ekansan kichkintoy? ) qo'lsoatiga qararkan baralla ovozda kulib yubordi - 6daqiqaga kechikyapsan bu menga yoqa boshladi. Demak meni kutishga majbur qilmoqchisan!

Qo'lidagi suratni qaytadan o'z o'rniga qo'ygan yigit yana takror sal avvalgi holatiga kirgancha kompyuteri ekraniga etiborini qaratdi. Bir necha soniyadan so'ng kabineti eshigi beso'roq ochilib undan kirgan qiz hech narsaga parvo qilmay yigitning qarshisiga keldi

- Beso'roq honaga bostirib kelganing uchun arzirli sababing bor degan umiddaman ) eshikdan kirgan insonga hatto nigoh tashlamagan Jungkook qo'pol ovozda so'zlarini yakunlarkan dimog'iga urulgan o'tkir ayollar atir hidi sabab kirib kelgan insonni ham kompanya hodimlaridan biri deb o'yladi

- Eshikni taqillatishim kerakmidi? ) o'zi uchun tanish bo'lgan ovoz sabab qiz tomon yuzlangan yigit qarshisidagi o'ziga juda tanish ammo ayni vaziyatda notanish bo'lgan chehraga hayron qiyofada tikildi. Yuzidagi ifoda bunday manzarini ko'rishini kutmaganini bildirardi

- Yujin... ) qarshisidagi qizga hamon hayrat aralash tikilgancha uninhg ismini takidlab o'tdi

- Hayrli kun Jungkook ) o'rindiqga qulayroq joylashgan qiz qarshisida o'ziga hayrat aralash tikilib turgan yigitdan farqli ravishda ishonch bilan javob qaytardi - Biroz kechikganim uchun uzur so'rayman yo'llar tirband ekan

- Senga ham hayrli kun ) o'zini befarq tututishga urinhgan yigit qarshisidagi qizga quruqqina javob qaytarib qaytadan nigohlarini kompyuteri ekraniga qaratdi. Ular ortiq gaplashsihmadi Jungkook hali tamomlanmagan ishlarini yakuniga yetkazarkan bir-bir qarshisidagi qizga nigoh tashlardi. Qo'lidagi telefonini titkilab o'tirgan Yujin bir bor bo'lsada yigitga qiyo boqmadi.

Bu Jungkookni o'z o'rnida hayratga soldi, chunki ularning shu kungacha bo'gan barcha uchrashuvlari huddi shunday davom etardi faqat bitta farq ayni damda unga etibor qaratmay o'tirgan qizning nigohlari ilgari yigitdan bir soniya bo'lsada uzilmasdi. Yarim soatlar chamasi ishlarini yakunlagan Jungkook elektron pochta orqali hujjatlarni do'stiga yubordi. Chuqur nafas rostlarkan hamon telefon titib o'tirgan qiz bor etiborini qaratdi divanga viqor bilan joylashib qaddini tik tutgancha o'tirgan qiz ung bir yil oldingi kichik honimni eslatmasdi

Yujin

- Dadang yahshimi? ) sal kam bir soatdan beri davom etayotgan sukunatni yigitning ovozi buzdi. Telefon ekranini o'chirgan Yujin yigit tomon yuzlanar ekan va nixoyat har ikkisining nigohlari tutashdi

- Ancha yahshilar so'ngi oylardagi muolajalar ancha foyda berdi ) so'zlarimni yakunlab qaytadan menga tikilib turgan Jungkookga etiborimni qaratdim. Ammo u boshqa hech so'z demay nigohlarini mendan uzdi

- Nimadir ichasanmi? choy yoki qahva?

- Achchiq qahvaga yo'q demsdim

- Yahshi ) menga ohista bosh chayqagan Jungkook kotibagasiga ikkita achchiq qahva olib kelishini buyurdi. Bir necha daqiqadan so'ng hona eshigi ochilib undan kirgan qiz har ikkimizning yonimizga bir finjondan qahva qo'yib honadan chiqib ketdi. Qo'limga finjonni olgancha uni lablarim tomon elitdim, qaynoq ichimlik tomog'imdan sirg'alib tusharkan ichimga ham qaynoqlik yugirgandek bo'ldi. Barchasi yahshi edi toki ko'zlarim meni harakatlarimni butun etibori bilan tomosh qilayotgan yigitga tutashmaguncha

- Qiylanmadingmi? yani o'zinga begona bo'lgan mamlakatda yashash sen uchun qiyinchilik tug'dirmadimi? U yerda senga qanday munosabatda bo'lishdi seni hech kim hafa qilmadimi?

- Bu senga chindan ham qiziqmi? ) qo'limdagi finjonni stol ustiga qo'yib asabiylik bilan unga javob qaytardim

- Bu nima deganing Yujin? ) savolim sabab menga hayron ifoda bilan termulgan yigit mendan bunday javob kutmagani aniq edi

- Tan ol bu seni qiziqtirmaydi. Menga ta'luqli bo'lgan hech narsa senga qiziq bolmagan, shu paytgacha hatto men bilan ikki og'iz gapni ham to'g'ri gaplashmaganding. Endi nega men bilan qiziqib qolding?

- Shunchaki sendan havotir olganim uchun so'radim halos

- Kerakemas! ) qat'iylik bilan so'zlarimni yakunladim qaytadan telefonim ekranini yoqgancha alla qachon belgilangan bir soat o'tganini angladim - Bu gaplarni bo'lmadi deb hisoblaymiz. Uchrashuv uchun ajratilgan vaqt alla qachon tugadi. Hayr Jungkook

Ortiq uning so'zlarini eshitishni istamay o'rnimdan qo'zg'algancha chiqish eshigi tomon harakatlandim. Uning hech bir so'zini eshitishni istamayman bir yil oldi ketayotganimda men bilan hayirlashishni ham o'ziga ep bilmagan qaylig'im bugun mendan havotir olganini takidladi. Eshik tutqichiga qo'l cho'zarkanman ortimdan kelgan ovoz to'xtashimga sabab bo'ldi

- To'xta! ) unining baland ovozi sabab qotib qoldim. Ortimga o'girilib meni boshdan oyoq kuzatayotgan qaylig'imni ko'rdim. Nigohlari oyoq uchimdan boshlab butun tanamda kezarkan kalta libosim sabab ochiq turgan sonlarimga qadaldi - Senga ketishing uchun ruhsat bermadim

- Bu menga kerak emas! ) qaytadan eshik tutqichi tomon qo'l cho'zib tashqariga chiqdim ammo ikki qadam bosib ulgurmay ortimdan chiqgan yigit qo'limdan tutgancha qayta hona ichiga tortdi

- Hech kim bizni bezovta qilmasin ) eshikni yopish oldidan kotibasiga buyruq bergan Jungkook honani ichkaridan qulflab menga tikilgancha tabassum qildi. Qo'limni bo'shatmay hona markazi tomon tortqilab divanlardan biriga o'tirishimga majburladi o'zi ham yonimga joylasharkan ilk bor u bilan bu qadar yaqin turgandik

- Sen qoidani buzding Yujin ) meni o'rindiqning burchagiga tiragan Jungkook ikki qo'lini divanning ikki yoniga tiragancha so'zladi. Men sal avvalgi ishlarimni hayolan tahlil qilar ekanman uning qaysi qoidasini buzganimni eslashga urundim. Uning ruhsatisiz ketib qoldim bu birinchi qoida edi. Jeon Jungkookning o'z qoidalari mavjud faqat men uchun yaratgan qoidalari hech qachon unga 2metr ortiq yaqinlashmasligim va u og'iz ochmaganuncha bir so'z aytmasligim kerak va yana shunga o'xshash u uchun hech kim ekanimni anglatadigan bir nechta qoidalar

- Sen ham o'z qoidangni buzyapsan menga 2metrdan ortiq yaqinlashmasliging kerakligi haqdagi qoidangni ) ko'zlariga tik qarab o'z qoidasini buzganini takidlar ekanman u kulib yubordi

- Bu qoidalar sen uchun amal qiladi menga emas! men istaganimni qilaman!

- Qanday jazo olaman? meni o'ldirmasliging aniq, yoki boshqalar kabi uying yer to'lasida qiynoqga solasanmi?

Jungkook

- Arzimagan hato sabab bo'lajak rafiqamni qiynoqga solish? hatto juda katta hato qilsang ham seni o'sha yerto'lada qiynamayman ) har bir so'zini ko'zlarimdan uzilmay qat'iy aytdi men ham undan bir on bo'lsada ko'zimni olib qochmadim. Unda nima qiladi? shunchaki qo'yib yubormasligi aniq aks holda meni qaytarmagan bo'lardi. Kafti bilan sochlarimni ortga tarar ekan mendan biroz yuqorilab qaddini rostladi. Jungkookning mendan uzoqlashgani sabab o'rnimdan qo'zg'alar ekanman yelkalarimdan tutgancha lablarimizni tutashtirdi. Bari shu qadar tez sodir bo'ldiki u meni qanday divanga yotqizganini sezmay qoldim, lablarini qattiq botirgancha bosa olayotgan yigit mendan ham javob kutardi ammo men uni istamay yelkalaridan turtgancha o'zimdan uzoqlashtirishga urundim

- Endi ketishing mumkin ) bir necha daqiqadan so'ng mendan uzoqlashgan Jungkook lablari chetini bosh barmog'i bilan artgancha so'zladi . O'rnimdan qo'zga'lib ustboshimni tartiblagancha unga nafrat bilan tikildim ko'zlarim allaqachon qizarishga ulgurgan. Qanchalik o'zimni kuchlidek tutishga urinmay ojiz ekanimni bildiruvchi yozlarim kipriklarim to'sqinlik qilishiga qaramay tashqariga otilib chiqishdi - Seni sevaman

Menga tikilib turgan Jungkook bir necha daqiqa harakatlarimni shunchaki kuzatib turdi. Keyin esa uning odatiy bo'lmagan ohangdagi so'zlari yangradi. Ammo ortiq men uchun uning hech bir so'zi hamiyatsiz. Unga javob qaytarmadim shunchaki so'zlarini etiborsiz qoldirib egnimga palto'yimni tashgancha bu lanati honadan chiqib ketishga urindim

- Seni sevaman dedim ) qo'limdan tutgan yigit sal avvalgi so'zlarini takrorladi

- Menga nima ) ortiq unga bo'sh kelishni istamay zahar handalik qila boshladim

- Takrorla! Har gal ko'rishganimizda ketish oldidan menga aytadigan o'sha so'zlarni qayta eshitmoqchiman.

- Nimani takrorlay qanday so'zlarni aytyapsan? Qo'yib yubor meni. ) bilaklariga o'ralgan qo'llardan o'zini halos eta olmagan qiz hunobi qo'zigancha so'zlarini takrorladi

- Nega o'zingni mendan olib qochyapsan? Hunobimni oshirishni bas qil! Bu senga yahshilik olib kelmaydi.

-Oh azizim men uchun yaxshi bólmaydimi? Bilasanmi nima?? Tupurdim ósha taxdidlaringga. Sevgi deb bong urayotganmiding? Qanday sevgi aa? Bor ekanmi u bizni olamda?? Bordiyu 6 yildan beri zaxarli chivinday qonimni sórgan tuyğuni aytayotgan bólsang bitdi. Tugadi eshitayabsanmi?? Qachon dersan balki? Onamning tobuti ustida ravo kórilmagan bir oğiz taziya sabab, chiqarolmagan kóz yoshlarim bilan qolib ketgan choğimda yo'q bo'lgan ular. Boshqa davlatlarda ólim taqibidan yurak hovuchlab uyqusiz o'tkazgan kechalarimda qolib ketgan. Bir bor sóralmagan holimga achinib tunlari ko'zyoshlarimga qorishgan onim tóxtadi u tuyğular. Qolgani faqat soxta rishta. Ammo ishonaver ilk fursat tuğildi deguncha manashu lanati* unashtiruvni ham buzaman janob Jeon.

Vujudimdagi barcha kuchni yig'gancha qarshimdagi men aytgan so'zlarimga javoban hech so'z deyolmayotgan yigitni yelkasidan tutgancha o'zimdan uzoqlashtirdim. Eshik tutiqichini burab honani tar etarkanman chiqish oldidadan ortga o'girilgancha takror hona ichiga nazar tashlab qo'llarini musht qilib hamon sal avvalgi holatini yo'qotgmagan yigitni ko'rdim. Kalidor boylab harkatlangancha lift ichiga kirdim Jungkook ortimdan kelmadi. Albatta kelolmaydi. Shunchaki koʻzlarimni chuqur yumib liftning pastlashishini kutdim. Hammasidan charchaganimni koʻrsatishni xoxlamayman, ammo uning keskin harakatlari istaklarimni chippakka chiqardi...

*

Politsiya Mahkamasi. Qo'lidagi papkadagi hujjatlarni diqqat bilan ko'zdan kechirayotgan qiz stoli ustidagi qaynoq qahvadan ho'pladi. Bari juda chigal gumondor har doim dalillar kam bo'lgani sababli jazodan qutilib qolavergan.

Bu gal ham bir necha yilga ozodlikdan mahrum qilingan bo'lishiga qaramay atiga 2oydan so'ng muddatdan avval ozodlikga chiqgan. Qo'lidagi hujjatni asabiylik bilan siqgan Aera bir necha oylik harakatlari havoga uchganidan achiqlanardi

- Ming lanat bo'lsin senga Kim Taehyung ) stol ustidagi barcha narsani yerga uloqtirgan qiz honani to'ldirgancha qichqirdi. Asabiylik natijasida hamon qo'llari titrarkan tinchlanish uchun chuqur chuqur nafas rostlardi. Hona eshigi ikki bor taqqillab undan kirgan yigit avval yerda tartibsiz yotgan buyimlarga so'ng esa asabiylik bilan qo'llari musht qilib turgan qizga tikildi

Kang Aera

- Kang honim sizni bosh kamisar honasida kutyapti ) so'zlarini yakunlagan yigit hurmat yuzasidan bosh ekgancha honani tark etdi. O'rnidan qo'zg'algan Aera kiyimlarini tartibblagancha tashariga chiqdi kalidor bo'ylab harakatlanar ekan mahkamadagi barcha hodimlar uning ortidan pichrlashlari eshitildi. Ammo bunga etibor qaratmagan qiz kerakli hona qarshisiga turdi eshikni taqillatgach bir necha daqiqadan so'ng kirish uchun ijozat oldi. Honaga kirib bosh kamisarning qarshisiga turgan qiz uning buyrug'iga ko'ra stollarning biriga joylashdi

- Bu nimasi izoh beraolasizmi kamisar? ) qo'l telefoni orqali arxivdagi kuzatuv kamerasi yozuvlarini Aeraga ko'rsatganyoshi ellikni qoralashga ulgurgan erkak qizdan izoh talab qila boshladi. Sal avval arxiv bo'limida ko'rsatgan tomoshasini eslagan qiz afsustalik bilan lablarini tishlar ekan harakatlarini oqlash uchun hech bir izoh topolmadi

- Kechirasiz bosh kamisar ) boshini quyiroq ekgan Aera ortiq hech so'z demadi. Qo'llarini bir-biriga birlashtirib olgancha ularga nigohlarini qadab oldi. Uning harakatlari vazmin kiprik qoqgan erkak chuqur nafas rostlagancha o'rnidan qo'zg'alib hijolatdan o'zini qayerga qo'yishni bilmayotgan qizning yonidagi stoldan joy olgancha uning qo'llaridan tutdi

- Asablaring joyiga tushdimi malikam? ) endigi so'zlarini biroz yumshoqroq ohangda aytgan erkak qizga biroz tabassum qildi

- Dada men atayin qilmadim... shunchaki...shunchaki biroz qizishib ketdim bilasizku bunday paytda o'zimni boshqarolmay qolaman ) qo'llarini dadasining yelkalariga o'rab olgan Aera bir necha daqiqadan so'ng hiqqilab yig'lashga tushdi

- Shsh bo'ldi unday qilma Aera. Meni qizimga yig'lash umuman yarashmayda kamiga o'z o'rnini bilmaydiga allaqanday jinoyatchi uchun hech qachon ko'z yosh to'kma ) Aerani boshini silagancha uni ovutishga urunayotgan janob Kang unga ortiq yig'lamasligini uqtirdi

- Men sabab sizga gap tegib qolmaydimi? ) janob Kangning quchog'idan chiqgan Aera ko'z yoshlarini artgancha savol berdi

- Erkatoy qizim maktabga chiqgan birinchi kundan boshlab uning orqasidan gap eshitish menga odat bo'lib qolgan ) qizining so'zlariga yengil tabassum qilgan erkak uning boshini silagancha javob qaytardi - Sen undan ko'ra ertalab oyingning sevimli guldonini sindirib qo'yganing uchun qanday javob berishing haqda o'yla. Oyinga mening gaplarim o'tmaydi

- Dada balki arxivda ko'rsatgan tomosham sabab meni bir necha kunga qamab qo'yarsiz ) ko'zlarini katta katta ochgan Aera kaftlari bilan dadasining qo'llaridan tutgancha yalina boshladi

Kang Do Young

- Qamoqda o'tirish yahshiroqmi seningcha? ) bir qoshini ko'targan erkak qizga savol tariqasida yuzlandi

- U yerda meni meni hech kim urishmaydi ) stolga qulayroq joylashgan Aera qo'llarini bir-biriga qovushtirgancha hafsalasiz javob qaytardi. Uning harakatlariga javoban tabassum qilgan janob Kang uni sochlarini silagancha chiqishi uchun ishora qildi

*

Sal kam yarim soatdan beri bidrlab o'tirgan qiz dugonasiga Jungkook bilan bo'lgan barcha voqea haqda aytib berardi. Ammo etiborini bir joyga jamlay olmagan Aera hamon o'z hayollariga qorishgancha qarshisidagi qizning so'zlarini eshitmasdi. Dugonasinig etiborsizligidan hunobi qo'zigan Yujin asabiy nafas chiqargancha Aeraning yelkasidan turtdi

- Jin ursin Kang Aera meni eshityapsanmi? ) Yujinni ovozi sabab o'ziga kelgan Aera etiborini qarshisidagi dugonasiga qaratdi

- Nimadir dedingmi Yujin? ) Aeraning savolidan battar achchiqlangan Yujin boyadan beri kaftlari orasidaga asabiylik sabab g'ijimlab o'tirgan quruq salfetkasini dugonasi tomon uloqtirdi

- Nimadir emas nimalardir dedim Aera! Men shuncha gapni o'zimga gapirdim jin ursin* hayolling qayerda sen qizni? ) butun restaranni boshiga ko'targan qiz so'zlarini yakunlarkan stoll ustida turgan stakandagi sharbatdan ho'pladi

- Haligi... ) yelkalaridan o'ralgan kaftlar sabab so'zlari bo'linib qolgan qiz ortga o'girilarkan beso'roq yonidagi o'rindiqga o'tirgan yigit ko'rdi

- Dugonangning hayollari men tomondan band etilgan bir necha oy bo'lgan ) Taehyung

Ko'zlarini pirpiratgancha tushinarsiz ifoda bilan o'ziga tikilgan qorachiqlar sohibasiga boshdan oyoq nazar solgancha malum qildi Taehyung

- Aera topshiriq vaqtida boshingdan qattiq jarohat olganmiding? Dunyo to'la kelishgan yigitlar bor topganing shu badbashara bo'ldimi ) qo'lidagi stakanini qaytadan stoll ustiga qo'ygan Yujin hafsalasiz nafas chiqarib nigohlarini avval qarshisidagi yigitga so'ng esa dugonasiga qadagancha noliy boshladi

Yujin

- Aerada hammasi joyida lekin sen ko'zlaringni tekshiruvdan o'tqazishing kerak menimcha ular hira tortib qolishgan

- Shundaymi? ) bir qoshini ko'targan Yujin savolatomuz ifoda bilan yigit tomon yuzlandi

- Ha ) kiprik qoqgancha tasdiqladi Taehyung

- O'rningdan tur! ) avvalgilariga qaraganda qat'iy yangragan so'zlar sabab o'zini biroz jiddiy tutishga urundi yigit - Senga o'rningdan tur dedim Kim Taehyung. Hoziroq bu yerdan daf bo'l aks holda...

- Aks holda nima Han Yujin? nima qilasan dadang va akanga ustimdan shikoyat qilasanmi ) Yujinning so'zlarini o'zicha davom ettirgandek bo'lgan yigit qayta etiborini boyadan beri ularning suhbatini jim kuzarib turgan Aera tomon qaratdi. Ichidagi bir ovoz mana shu tillarang soch qizni bag'riga tortib toki nafas ololmay qolguncha qizning lablarini qiynashi kerak ekanini takidlardi. Dunyoni ko'ngil hushlikdan iborat deb bilgan savdoyi yigit yonverida undan atiga bir necha santimetrgina uzoqdagi qizga nisbatan to'laqonli tob'elikni his qilardi

- Dadam va akamsiz ham sendan qutilish muammo emas ) ko'z qisgancha tabassum qilgan Yujin bir necha daqiqadan so'ng sodir bo'ladigan spektaklga o'zini tayyorlagandek bo'ldi

- Bir kecha uchun 1000 dollar? ) restorandagi barcha eshitishi uchun ovoz to'nini sezilarli darajada balandlatgan Aera hammaning diqqat markazida ekaniga ishonch hosil qilgach so'zlash uchun qayta og'iz juftladi - Janob kuppa kunduz kuni, jamoat joyida bizga nimani taklif qilyapsiz? Bu qanday surbetlik bo'ldi uyalmaysizmi?

Zaldagi barcha odamlar Taehyunga tikilgancha pichrlashishar ekan unga g'azabnok ifoda bilan qarashni unutishmadi. Bir necha daqiqaga qolmay yetib kelishgan qo'rqchilar ular o'tirgan stoll tomon harakatlanishdi. Tepasida turib olgan qo'riqchilarga, va atrofdagi u haqda pichrlashayotgan odamlarga nigoh tashlagan yigit istamaygina tabassum qildi

- Menga o'yin qildim-de kichik kamisar?

- Huddi shunday ) bir qoshini ko'targan Aera mamnun tabassum bilan yigitga javob qaytardi

Aera

- Yahshi bu yerda subatimizni davom ettirolmas ekanmiz kechroq ish vaqting tugagandan so'ng uchrashib chala qolgan suhbatimizni yakunlaymiz ) yelkasidan siltagancha uni turishiga majbur qilayotgan qo'riqchilarni pinagiga ham ilmagan Taehyung hamon yuzidagi tushunarsiz tabassumi bilan so'zlarida davom etdi. Hotirjam lablari orasiga sigarani joylar ekan cho'ntagidan yondirgichni oldi - Kechqurun soat 20.00da sen bilan takror ko'rishamiz Kang Aera

- Ko'rishmaymiz azimas insonlar uchun vaqt sarflashni yoqtirmayman. Ayniqsa sen kabi haddini bilmaydigan jinoyatchilar uchun! ) qo'lidagi sigaretani lablari orasigajoylagan Taehyung qizning so'zlari sabab unga biroz termulib qoldi. So'ng lablari orasidagi tutunni qiz tomon furkadi. Tutun sabab biroz nafas olishga qiylangan Aera tinmay yo'talar ekan uning harakatlari sabab yigit yuzida yoqimli emotsiya paydo bo'ldi

- Men uchrashamiz dedim! demak shunday bo'ladi va o'sha payt ) yelkasidan tortqilayotgan qo'riqchilarni siltab tashlagan yigit yonveridagi qizning nozik kaftidan tutgancha o'zining sonlari ustiga qo'ydi. Qizning kaftlarini qattiqroq oyoqlari ustiga botirar ekan quloqlari tomon egilgancha pichrladi - Va o'sha payt kafting turgan joyda mana shu nozik jisming bo'ladi qizaloq. Ishontirib aytamanki u payt hech kim bizga halaqit qilmaydi faqat ikkimiz bolamiz!

Qat'iylik bilan so'zlarini tamomlagan yigit stullni biroz orqaga tortgancha o'rnidan turdi. O'zi tomon qo'l cho'zyotgan qo'riqchilarga inkor manosida bosh chayqar ekan egnidagi jiketini oldini biroz ochgancha kamariga qistirilgan to'pponchaga ishora qildi. O'zi tomon yaqin kelishga hayiqayotgan qo'riqchilardan yuz burib hamon unga tikilib turgan ikki qizga yarim jilmaygancha tikilib qoldi

- Ko'rishamiz! ) nafasi ostida pichirlagan yigit Aeraga ko'z qisgancha bir necha daqiqaga qolmay restoranni tark etdi.

Taehyung

*

6soatlik parvoz sabab ko'zlarida toliqish sezgan Yujin kechki ovqatdan bosh tortgach ko'rpasini yuziga tortgancha shirin uyquga ketdi. Tongda Jungkook bilan sodir bo'lgan ishlar sabab asab tolalari yetarlicha tortishgani bois uhlashi bir muncha osson bo'lmadi ammo shu siz ham charchoq sabab sulayib qolgan ko'zlari tufayli yostiqning o'zi ham uhlashi uchun kifoya qildi. Hech narsaga parvo qilmay tiniqib uhlagan qizni telefoniga kelgan qo'ng'iroq uyqusini buzilishiga sabab bo'ldi. Injiqlangancha yonboshlar ekan unga etibor qilmay chaqiruv tugashini kuta boshladi ammo to'rtinchi bor qayta yangragan qo'ng'iroq sabab asabiy tumba ustidagi telefoni tomon qo'l cho'zdi. Ko'zlarini yarim ochgancha ekranda yozilgan "sevgilim" kontaktiga parvo ham qilmay yashil tugmani bosdi. Telefonni quloqlari tomon elitarkan kim bo'lsa ham o'sha insonni yahshigina postagini qoqishga o'zini tayyorlardi

- ... ) so'zlash uchun endigina og'iz juftlagan qiz nariga tomondan eshitilgan ovoz sabab jim bo'lib qoldi

- Hayrli kech sevgilim~

//////////////////////////

Keyingi qismda:

- Men senga nima degandim qizaloq?

- Ko'rishamiz deganding

- Va yana... ) so'zlariga alohida urg'u bergancha cho'zib aytgan yigit qarshisida o'tirgan qizning qo'llaridan tutgancha tizzalari ustiga joyladi - Endi o'z o'rningni topding!

Davomi bor...

#Nisa
@gold_fanfics