Black swan
Hayot tasodiflar ham bõlib turadi...
*Barcha voqealar õylab topilgan*.
-Qani chu~ jonivor chu~. )- deya qora ot ustida shahzoda Taehyung shamol kabi yelib borardi. Uning ortidan esa askarlari yelib kelishardi.
-Ixxx ishshsh tõxta jonivor, tõxta yetib keldik)- deya otining jilovidan tortib tõxtatdi va otdan mağrur tushdi.
-Shahzodam sizga chavandozlik bõyicha teng keladigani yoq)- dedi shahzodaning ortidan yetib kelgan askarlardan biri.
-Qõysangchi, Jimin maqtovga ne hojat. Shunchaki sizlarga menga ketish uchun biroz mahorat yetishmaydi.)-deya kinoyali kuldi.
-Ha yana, hozir saroyda emas ekanmiz mulozamatni bir chetga sursak ham bõlar.
-Yaxshi. Eshiting qadrli jasur mard askarlarim. Bugun shu yerda shu õrmonda tunar ekanmiz chodirlarni qurishni boshlang! Keyin esa ovga tayyorlaning)- dedi shahzoda Taehyung ovozini hamma eshitadigan darajada balandlatib.
●Pov_avtor: Askarlar chodir qurishga tushib ketishdi. Otlarga yem-xashak berishib, tushlik payti shaxzodaning buyruğiga binoan hamma õrmonga ovga jõnadi.
Shaxzoda Taehyung õrmon oralab borar ekan butalar orasida shitirlagan tovush eshitildi. Taehyung ham yamonini õsha tomonga yõnaltirib sekin asta butalar tomon yura boshladi.
Shaxzoda õzini qanchalik sezdirmaslikka harakat qilmasin baribir kiyik õz ajalini sezdi va chopib ketdi. Taehyung ham tezda otiga minib kiyikning ortidan quvlashga tushdi.
-Baribir bugun meniki bõlasan. Seni qõldan chiqarmayman)-dedi Taehyung kiyikning ortidan quvlab borar ekan.
Taehyung bor diqqat e'tiborini kiyikka qaratib yon tomondan kelayotgan qizni payqamay qoldi. Bir on....
Shahzoda Taehyung tõsatdan zarb bilan otning jilovini õziga tortdi. Bu kutilmagan harakatdan hurkib ketgan otning oldingi ikki oyoği yuqoriga kõtarildi.
-Hoy bu nimasi-? Nima joningdan tõydingmi-? Bir bahya qoldiku otning oyoqlari ostida õlib ketishinga)- deya shaxzoda Taehyung otdan zarb bilan tushib, yerga õt-õlan ustiga yiqilgan qiz tomon borish barobarida.
Taehyung qizning tepasida bir oz turdi va sekin engildi. Yopinchiği tufayli qizning yuzi kõrinmas edi. Ammo dir-dir titrayotganidan judayam qõrqgani sezilib turardi shuningdek yelkasining tepadan pastga harakatlari tufayli yiğlayotgani ham ma'lum edi.
-Qattiq qõrqib ketdingmi-?)- maysa ustiga qizning rõparasiga õtirish barobarida sõradi.
-Nega unda yiğlayapsan)- dedi-yu deganiga pushaymon bõldi. Sababi qiz battar hõngrab yiğlab yubordi. Taehyung chõntagidan dastrõmol chiqarib qiz tomon uzatdi.
-Isming nima-?)- dedi Taehyung.
-Yeon)- dedi qiz mayin ovozda.
-Agar qõrqitib yuborgan bõlsam uzr sõrayman. Kiyikni ushlash bilan bõlib seni kõrmay qolibman)- dedi shaxzoda
-Uzrga hojat yõq . Men siz sababli yiğlamadim
-Bugun qirol Kimning saroyidan askarlar kelib valiaxd shaxzoda uchun kanizaklikka meni sõrab kelishdi. Otam esa rozi bõldilar. Men esa buni xohlamayman)- deya Yeon ilk bor shaxzodaga nazar soldi.
Nigohlar tõqnashdi. Yeon va Taehyung bir on bir birlariga tikilib turishdi.
-Yeon... Yeon... qizim qayerdasan)- uzoqdan kelayotgan erkak ovozi ularni chõchitib yubordi.
Yeon tezda õrnidan turib ovoz kelayotgan tomon yugurib ketdi. Yeon õrnidan turgan payt bir ziragi yerga tushib ketdi. Taehyung zirakni olib qiz tomon qaraganda u allaqachon õrmonga singib ketgandi.
●Pov_Taehyung: Ehhh axmoq qiz ziragini tushirib qoldirdi. Ğalati nega yuragim tez uryapti. Tshsh bõldi bas yurak senga nimalar bõlyapti. Lekin uning kõzlari... ajoyib chaqnab turardi...
Taehyung shu xayollar bilan õtirarkan Jiminni kelganini sezmay ham qoldi.
-Dõstim bu yerda nima qilib turubsan-?)- ded sõradi Jimin qõlini Taehyungni yelkasiga qõyish barobarida.
-Jimin hoziroq saroyga qaytamiz)- deya õrnidan sapchib turdi.
-Yoq shunchaki buguncha yetarli hozir ovdanda zarurroq ishlarim bor. Askarlarga xabar ber ketishga tayyorlanishsin.)- dedi Taehyung va Jimin ham "hop" degandek bosh silkib ketdi.
-Yeon qayerlarda yuribsan qizim )-dedi Janob Yon qizining õrmon ichidan yugurib chiqib kelayotganini kõrib.
-Axvoling yaxshimi? Nima bõldi? Nima bu yurish? )- deya qizining yuz kõzlaridan õpdi. Sababi Yeonning kõzlari yiğidan qizargan va qõllari tirnalgan edi.
-Hech narsa bõlmadi otajon hammasi joyida. Xavotir olmang. )-deya kõzlarini yerdan uzmay javob berdi.
-Nima deb õylading qizim, seni ularga berib yuboradi deb õyladingmi? Hech qachon axir sen meni yakkayu yagona qizimsan. Seni hech kimga bermayman.
-Men roziman otajon~ )-dedi Yeon yiğlamsirab.
-Bu nima deganing qizim axir...
-Agar ular siz yoki oyimga biror nima qilishsa men õzimni hech qachon kechira olmayman. Agar ular shu bilan chekinishsa men roziman
-Bilasanmi qizim nega biz sening ismingni Yeon qõyganmiz? Chunki sen bizning zulmat hayotimizning yorqin nuri bõlding. Oying bilan turmush qurganimizga 5yil bõlgandiki ham biz bir tirnoqqa zor edik. Oying ham men ham tushkunlikka tushib qolgandik... Hayotimiz xuddi zulmat singari edi... Ammo bir sen õsha zulmatimizga yorqin nur bõlib kirib kelding va hayotimizni baxtga tõldirding. Xõsh endi õzing õylab kõr qancha mashaqqatlar bilan erishgan shodligimizni qayerdagi bir dod põpisani deb boy beramizmi? Hech qachon... Sen mening yagona farzandimsan... Kerak bõlsa bu yerlardan ketamiz. Lekin aslo seni õzing istamagan odamga bermayman...)-dedi janob Yon yiğidan beri bõlib.
-Otajon~~)-deya Yeon otasini quchoqlab yiğlab yubordi.
-Böldi qizim bõldi hammasi yaxshi bõladi.... Qan yura qol oying ham xavotir olib õtirgandir.
-Volidam xonalaridamilar)- deya sõradi Taehyung eshik oğalaridan
-Yaxshi unda ularga men huzurlariga kirishni xohlayotganimni ayting.
-Hop bõladi deya kirib ketdi. Bir necha daqiqadan sõng yana qaytib chiqib shahzodaga eshikni ochib berdi.
-Mening arslon shahzodam, valiaxdim, sizni ovga ketgan deb eshitgandim. Axvolingiz yaxshimi erta qaytibsiz)- deya Qirolicha Asena õğli Taehyung yonidagi stollga õtirishiga imladi.
-Xabardorligingiz rostdir volidam. Ovga katta olchalarni maqsad qilib borgandim. Ammo sizning orqamdan qilgan ishlaringizdan ortga qaytishga majbur bõldim.
-Bu qanday gap bõldi, arslonim. Qaysi onam õz farzandining ortidan ish qilar ekan. Xõsh sizni ğazablantiradigan qanday ish qilibmanki ovni tashlab qaytibsiz?
-Mening izmimsiz men uchun kanizaklar yiğayotgan emishsiz? Shu rostmi volidam.
-Tõğri eshitibsiz. Biroq bu uchun sizdan ruxsat sõrishni joiz topmadim. Sababi valiaxd shahzodaning saroyning ichki ishlariga aralashishga xaqqi yõq.)-dedi Qirolicha Asena
-Hech qanday ammo pammosi yoq! Bu mening ishim. Va har kim õz vazifasini bajarsa yaxshi bõlardi. Shunday ekan agar menda boshqa gapingiz bõlmasa marhamat qilib xonani bõshatib qõying
Taehyung ham onasining sõziga qarshi chiqolmay xonani tark etdi. Chunki u Asena Sakamakining gapini ikki qilishning oqibatlari qanday bõlishini yaxshi bilardi.
Shahzoda Taehyung õz xonasida bugun õrmonda uchratgan qizining ziragiga tikilib turardi.
●Pov_Taehyung: Ey ohu kõzli pari sen kimsan õzi rõyomisan yoki tush. Seni uchratgan onimdan boshlab na aqlim na yuragim menga bõysunyapti. Hammasi bir bõlib sening ismingni aytyapti - Yeon... Naqadar ajoyib va yoqimli ism.
* * * * * *
Oradan kunlar õtdi...
Bu õtgan kunlar ichida Taehyung har kuni Yeon uchratgan õrmonga uni yana qayta uchratish ilinjida borardi. Afsuski buning hech iloji bõlmadi... Bugun ham Taehyung Jimin bilan yana õsha yerga keldi.
-Shahzoda otlarimiz judayam charchadi õzi nimani qidiryapmiz )-deya Taehyungga yuzlandi.
-Hech narsani shunchaki toza havoda bahra olish uchun keldik
-Yaxshikuya lekin otlarga zavol bõldida. Ular juda holsiz kõrinishyapti. Hoynahoy ochqagan bölsalar kerak. Shu yaqin atrofda bir qishloq bor deb eshitgandim balki õsha yerga borarmiz.
-Nima qishloq bor nega buni menga avvalroq aytmagansan.
-Balki sõramaganingiz uchundir
-Yaxshi unda qani ketdik)- deya qishloq tomon borishdi.
-Oyijon bozorga borsam maylimi uyda guruch qolmabdi.
-Mayli qizm faqat yõlda ehtiyot bõl
-Yaxshi oyijon)- deya Yeon bozor tomon yõl oldi.
●Pov_Yeon: Ahhh ob havo bugun qanday yaxshiya. Bugun bir kõnglimni yozib kelay. Oyimdan guruch baxona ruxsat oldim. Uff aldamasam bõlmasdi hamda aks holda uydan chiqishga ruxsat bermasdilar. Avval zargarga borib ziragimga juft yasatishim kerak. Esi yoq qizsanda Yeon õsha kuni yugurgilan ziragingni qayerga tushurdindaaa axmoq qiz. )- deya xayol surib zargarga keldi. Afsuski zargarlik dõkoni bugun yopiq ekan. Yeon hafsalasi pir bõlib bozor tomon yõl oldi.
Yeon rastalar bõylab mahsulotlarni tomosha qilib yurar ekan ortidan "Yeon" deya kimdir chaqirganini eshitdi va ortiga õgrildi. Ortida esa bir yigit turar edi. Yeon yigitni tanidi bu õsha u õrmonda uchratgan yigit edi. Yigit Yeon tomon qõl silkib u tomon yura boshladi.
-Qanday ajoyib tasodif shunday emasmi ?)- dedi Taehyung.
-Kechirasizkuya men sizni uncha tanimadim. Biz tanishmizmi janob?)- dedi Yeon. Lekin aslida u Taehyungni tanigandi.
-Bir necha hafta ilgari õrmonda tanishgandik nahotki esingizda bõlmasa
-Ha yuz kõrinishingizni esladim biroq ismingiz...
-Ismim Taehyung. Kim Taehyung miladiy
●Pov_Yeon: Nima u hozir ismini kim dedi. Kim Taehyung dedimi? Yoq bõlishi mumkin emas naxotki u Kim qirolligi valiaxdi bõlsa.
Yeon Taehyungni boshdan oyoq kuzatdi va u shahzoda ekanligiga amin bõldi.
-Ke.. ke.. chirasiz men ketishim kerak )- deya nafosat bilan tazm qilib ortiga õgrilib shaxdam qadamlar bilan yura boshladi.
Taehyung bunday bõladi deb õylamagandi. U Yeon bilan uzoq muddat suhbatlashishni maqsad qilgandi va bunday imkon yana qayta bõladimi yoki yoq deya u Yeonning ortidan yura boshladi.
-Kechirasiz milediy biron bir sizga yoqmaydigan nomaqul ish qildimmi?
-Yoq janob shunchaki m..me..menda zarur ishlarim bor edi.
-Ammo siz xuddi men qochayotgandeksiz nazarimda.
-Yoq aslo.... siz shahzodasiz degani sizdan qochishim kerak degani emas) - dedi Yeon tezlikda va noörin gapirganidan tilini tishladi.
* Axmoq Yeon galvars Yeon nega unday deding nima esingni yeganmisan *- deya xayolidan õtkazdi.
-Demak shahzoda ekanimni anglabsiz...
-Ha shunday va yana men fikrimni õğrartirmayman
-Ya'ni...?)- Taehyung bir qoshini kõtarib savol ohangida Yeonga yuzlandi.
-Ya'ni men sizga joriya bõlishni istamayman!
-Ha buni aytyapsizmi... Notöğri xayolga bormang men ham joriyalik mashmashasini õsha kuni õrmonda sizdan eshitdim. Bu ishni menga aslo dahli yõqdir.
Yeon shahzodaning bu sõzlariga javoban sukut qilishni afzal kõrdi va yõlida davom etdi. Shahzoda Taehyung ham uning ortidan ergashdi.
Ular birga yõl bõyi yonma yon kelishdi ammo gapirishga jazm eta olishmadi.
Yeon tõxtadi va shahzoda yuzlanib
-Men endi ketishim kerak bu mening uyim)-deya tõğridagi uyni kõrsatdi.
-Yaxshi... Siz bilan yana kõrishamiz degan umiddaman milediy.
-Abatta agar taqdir bõlsa...)- deya uyi tomon kirib ketdi. Taehyung ham ortiga qaytdi.