Black swan
I love his eyes. Because they are dark like my heart...
*Barcha voqealar õylab topilgan*
2-qism
Kunlar õtib borardi... Ba'zan kunlar keti haftalarga aylanar, haftalar esa õz õznini oylarga bõshatib berardi. Bu vaqt oraliģida Yeon va Taehyung anchayin yaqin bõlishdi. Ular birga õrmon ichkarisida joylashgan *õzlarining* soylari oldida goh suhbat qurishar goh kitob mutolaasi bilan shuģullanishardi... Har hafta sõngida õsha qadrdon *õzlarining* soylari bõyida kõrishishga odatlanishdi. Butun yoz shu zaylda õtdi.
Kuz ham õz hazonlari bilan keldi... Kuz nafaqat xazonlar bilan balki oģir musibatlar bilan keldi. Kuzning dastlabki kunlarida Qirol Kimning ahvoli oģirlashdi. Saroy tashqi va ichki ishlarining barchasi valiahd shahzoda bõlmish Kim Taehyungni zimmasiga yuklatildi. Taehyung saroydagi ishlari shu qadar kõpligidan Yeon bilan uchrashish uchun vaqt ham ajrata olmasdi.
Kuzning yarmiga kelib Qirol Kim vafot etdi. Yangi qirol deb Taehyung rasman e'lon qilindi. Oradan kõp õtmay kuchli yoģin kelib bor hosilni yuvib ketdi. Odamlar qish uchun zaxiralaridan ayrilishdi. Kòplab yerlarda isyon kõtarildi. Kòpchilik qishloqlar qaroqchilar tomonidan talandi, yoqib kul qilindi.
[Kim Qirolligi Saroyi, Qirol Taehyung qirolligining 1-yili]
Jimin: Qirolim anchayin kech bõlib qoldi. Balki dam olarsiz. Ertaga Jeon qirolligidan kelgan choparlar bilan devonimiz bor.
Taehyung: Choparlar... ahh... ularni unuta yozibman. Ertaga õrmonga bormoqchi edim. Anchadan beri Yeon bilan uchrasha olmadim. Necha kunlardan beri tushlarimga kiryapti. Soģ omon bõlsinda...
Jimin: Balki xat yozarsiz... Biron bir chopar bilan yuboramiz. Saroyni bu holatda yolģiz tashlab ketib bõlmaydi... Fitnachilar ham siz yõqligingizdan foydalanishi tabiiy hol.
Taehyung: Ehh... Jimin bu ģurbatxonadan bezdim... Bugun kunim õtdi, ertaga soģ-salomat uyģonar ekanmanmi, pariyimni sõnggi bora kõrarkanmanmi deya jon hovuchlab yashash naqadar qiyin... Qayerga boqma isyonchilar, fitnachilar... Gõyo inson emas xameleonlar ichida yashayotgandekman...)-oraga bir necha daqiqalik sukunat chõmdi. Sõngra Taehyung oltin suvi yugurtirilgan tillarang, kõzni qashtiruvchi taxtidan turib, qõliga qoģoz qalam olib yoza boshladi:
*Ey mening gul ģuncham, pariyim, omonmisiz? Õylaymanki favqullotda yõqolib qolganim uchun mendan xafa emassiz? Õzingiz ham saltanatda sodir bõlayotgan voqealardan xabardordirsiz. Ma'lumdurki, yaqinda padarimni sõngi manzillariga kuzatdik... Urf odatga kõra taxt va davlat boshqaruvi mening bõynimga tushdi... Ehtimol meni tushunarsiz... Sizga bõlgan soģinchim cheksiz... Har lahza hayolimda õsha sarvqomat siymoyingizni chizaman. Hayolan õzimizning soy bõyida siz bilan suhbatlashaman... siz bilan sayr qilaman... Ehtimol mendan xafadursiz... ammo aslo ,pariyim, aslo sizni unutganim yõq... Har kun, har tun, har bir nafasimda sizni eslayman... Õylaymanki, meni siz ham soģingandursiz. Ammo tushkunlikka tushmang masofalar abadiy emas. Biz albatta yana qayta uchrashamiz...
Hurmat ila oshiq-u beqaroringiz...*)- Taehyung xatini ikki buklab xat jild ichiga joyladi va Jiminga uzatdi.
Taehyung: Buni hoziroq biron bir chopar bilan Yeonga yubor.
Jimin: Amringiz bosh ustiga qirolim)- dedi Jimin tazim qilib. Taehyung bõshsan deya ishora qilgach sekingina chiqib ketdi.
* * *
- Yeon... balki bas qilarsan?! U kelmaydi! Oldida yuzlab gõzal joriyalari turganda qayerdagi qishloq qizi uchun saroyni tashlab kelarmidi ?!
Yeon: Insu... sen xato õylayapsan Taehyung unday emas! U judayam yaxshi yigit. Mana kõrasan u albatta qaytadi... ha qaytadi...)-Yeon shunday deya yugurib xondan chiqib ketdi.
•Pov_Yeon: Yoq... Taehyung unday emas... U umid berib yarim yõlda tashlab ketadiganlardan emas. U kelaman degandi, demak albatta keladi. Men kutaman.
Menga nimalar bõlyapti õzi... Kõzim achishib ketyapti õzimni yiğlash tiyolmayman... Oyoqlarim õzimga bõysunmayapti.
Xuddi aqldsn ozgandek yugurib ketar ekanman atrofda sodir bõlayotgan voqealar menga ahamiyatsiz edi. Insuning gaplari judayam menga judayam oğir botgandi.
Axir... axir... Taehyung me..mendan... bõsa olgandiku... *seni sevman* degandiku.
Yeon: Taehyung. Anavi oqqushlarni qarang. Judayam chiroyli shunday emasmi? )- xuddi yosh boladay quvonchdan kõzlari chaqnardi
Taehyung: Ha ular judayam... Yeon... senga... muhim...
Yeon: Oqqush nimaning ramzi ekanini bilasizmi? Ular sadoqat, chin muhabbat ramzidir. Agarda oqqushlardan biri vafot etsa, ikkinchisi umr bõyi yolğiz õtadi... Ajoyib shunday emasmi?
Taehyung: Ha ajoyib... Ularni Tangri shunday qilib yaratgan... Yeon senda bir muhim gapim...
Yeon: Nega Xudo insonlarni ham xuddi oqqushlar kabi sadoqatli qilib yaratmagan ekan-a? Nega insonlar ikkiyuzlamachi? Sevgi... sevgi deyishadiyu lekin ishqning sinovlariga dosh berisholmaydi. Sõngida emas *Taqdir emas ekan* deb qõya qolishadi...)- Yeonning ovozi titroq aralash yangrar, biroz avval quvonchdan porlayotgan kõzlari negadir xomush tortib qolgandi.
Taehyung: Yeon! )- Taehyung xoda ustidan irğishlab turdiyu köl böyida oqqushlarni tomosha qilayotgan qiz tomon bordi.
Yeon: Qanday muhim gap ekan? Yoki saroyda noxush nimadir sodir bõldimi?
- Yõq unday emas... saroyda hech nima sodir bõlmadi... Men aytmoqchimanki... haligi...
Yeon: Ufff... Taehyung ayta qolsangizchi)- dedi labini chuchaytirib.
Taehyung Yeonning labilariga bir lahza tikilib qoldi. Yeon tomon sekin qadamlar tashlar ekan nigohi haliyam qirmizi yurakcha shaklidagi lablarda edi. Taehyung bir qõlini Yeonning beliga õrab õzi tomon tortdi. Ikki tana jipislashdi. Yeon tinmay tipirchilardi.
Yeon: Taehyung nima qilyapsiz... qõyib yuboring. Yaxshimas)- derdi Taehyungning kiyimlaridan ham bõrtib bilinib turadigan mushaklariga urarkan.
- Yeon seni sevaman...)- deya qirmizi lablariga õzining sovuq lablarini bosdi. Yeon lablariga tegkan sovuqlikdan bir entikib ketdi. Taehyung bir qõli bilan hamon Yeonning ingichka belidan ushlar, ikkinchi qõli bilan esa qizning tim qora, uzun sochlari aralash yuzini silardi.
Taehyung qõpollik aralash mayinlik bilan qizning lablaridan mohirlik bilan bõsa olardi. Yeon gõyo ikki õt orasida qolgandek edi: na bõsaga javob qaytarardi, na Taehyungni õzidan itarardi. Bir haykal misol qotib turardi xolos.
Bu qaynoq bõsalarni Jiminning oyoq tovushlari buzgandi.
Jimin: Kxm... kxm... shahzodam...
Jiminning tovushini eshitib Taehyung ortiga õgirildi.
- Xõsh? Biron bir muhim gaping bormi?)- * shunday lazzatli onlarni buzishga yarasha sababing bõlsin! Aks holda mendan yaxshilik kutma!* degandek Jiminga õzining ehtiros aralash nigohlarini tikdi.
Jimin: Haligi... iloji bõlsa holiroq joyda gaplashsak... bu juda ham muhim )-. Endi Taehyungni ham yuragiga ğul- ģula tushdi. Saroyda biron kor-hol bölmadimikan deya katta katta qadamlar bilan Yeondan bitoz uzoqroqda bölgan joyda pichirlashib nimalarnidir gaplashdilar. Keyin Taehyung Yeonning oldiga qaytib:
- Men zudlik bilan saroyga qaytishim kerak!
- Qirolning ahvoli oğirlashibdi. Darhol yetib borishim kerak. Bundan buyoģiga bu yerlarga kõp kelolmasam kerak.
Yeon: Vaziyat shunchalik jiddiymi? Endi boshqa hech qachon uchrashmaymizmi?)- yiģlashdan beri bölib gapirardi.
- Seni hech qachon unutmayman... Sen ham unutma hopmi sen qanchalik sevishimni unutma!
Jimin: Shahzodam otliqlar tayyor ketishimiz kerak!
- Yeon kutasan-a? Ayt iltimos qilaman kutaman degin.)- Taehyung otga minarkan hamon qizdan * ha kutaman umrimning sõngigacha kutaman* degan javobni kutardi. Yoq... Yeon kutaman demadi. uning õrniga pastki labini tishlab hõng hõng yiģlardi. Taehyung otini choptirib õzining* kõlidan, õzining huridan yiroqlashar ekan Yeon astagina pichirlab * Kutaman...* dedi.
Pov_Yeon: Õz hayollarim oģushida bõlib qanday qilib bozorga kelib qolganimni ham sezmabman. Nima balo odamlarning uyidan õt chiqqanmi? Hamma kõch-kõroni bilan bozorga kõchib kelganga õxshaydiya.
Rastalar orasidan õtib borar ekanman beixtiyor odamlarning gapiga quloq soldim.
- Eshitdingizmi yangi qirol Taehyung Jeon qirolligi malikasiya uylanayotgan ekan.
Eshitganlarimga ishongim kelmayapti.
Nahotki Insu haq bõlsa? Nahotki Taehyung men bilan shunchaki vaqt õtkazib yurgan bõlsa? Shunchalar ham omadsiz bõlamanmi? Ilk bor kimnidir chin qalbdan sevib, unga õzimni topshirganimda õsha inson menga... Qanday qilib... Nega Taehyung? Nega?
Kõzimdan shashqator bõlib oqayotgan yoshlarni artgancha soy bõyiga õsha- uni ilk bor kõrgan, qõlidan ushlagan, birinchi bõsamga guvoh bõlgan soy tomon yugurdim.
Xoda ustiga õtirib õsha bizning iqrorimizga guvoh bõlgan oqqushlarga termilib hõngrab, hõngrab yiģlashni istayman. Ammo tomoģim achishim ovoz chiqarishimga izn bermaydi.
Yana qancha vaqt davomida soy bõyida õtirganimni bilmayman ammo yaqin atrofdan ot dupurlashi eshitildi. Aynan õsha on yuragim entikib ketib ortimga qaradim. Ne kõz bilan kõraykim ortim Taehyung turardi. U oddiy odamlardek kiyinib olgan ammo yuzida niqobi bor edi.
U otdan tushib shaxd bilan men tomon yurib kelib, chayir qõllari bilan belimdan ushlab tatamni õz tanasi bilan birlashtirdi. U kõzlarimga bir lahza tikilib turdi va õzining sovuq lablarini lablarimga boshdi. U lablarimni õz tishlari orasiga olib mohirlik bilan sõrardi. Men ham beixtiyor unga javob qaytardim. Taehyung oģiz bõshliģimga tili bilan kirib xuddi oģzimni õrganayotgandek edi. U ora-orada lablarimni tishlab qõyardi.
Otning kishnashi bu meni hushim yana õzimga qaytishiga sabab bõldi va Taehyungni õzimdan itardim. Mening bu kutilmagan ishimdan u orqaga tisarildi va õsha qop-qora kõzlarini menga savol nazarida tikdi. Men esa shunchaki boshimni boshqa tomonga burdim.
- Yeonim, Pariyim, seni juda soģindim. Bilasanmi bu saroy hayoti qanchalar meni jonimga tashna qilganini.
- Yeon nega jimsan nimadir bõldimi?)- deya Yeon tomon qadam tashladi
- Yaqinlashmang! Menga yaqin kelmang iltimos.
-Pariyim....
- MENI BUNDAY ATAMANG. SIZ.. SIZ MENI ALDADINGIZ. Tuyģularimni õyinjoq qildingiz. Yaqinlashmang!
- Yeon senga hammasini tushuntirib beraman
- Nimani tushuntirasiz-a? Jeon qirolligi malikasiga uylanayotganingiznimi? Yoki menga xiyonatingiznimi? Aslida ikkalasi ham bir narsa... Ketting iltimos Taehyung keting) -yiģlamsirab dedi Yeon.
- Yaxshi unda sen ham men bilan ketasan.
- Nima? Hech qachon!
- Bu iltimos emas bu Qirol Kim Taehyungning buyruģi!